Ijtimoiy tarmoqlar orqali berilgan “Yoshlar ittifoqiga yangi ishga kirganlarga ikkitadan terimchi topish yuklanmoqda” mavzusida berilgan maqola va videolavha yuzasidan Viloyat Kengashi raisi S.Musulmonovning 2019 yil 21 avgustdagi 02-01/152-sonli tezkor farmoyishi bilan viloyat ishchi guruhi tuzilib, 22 avgust kuni Kitob tumanida xizmat tekshiruvi о‘tkazildi.

Xizmat tekshiruvi davomida aniqlanishicha, О‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’lim vazirligi va О‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining 2019 yil 2 avgustdagi 04-13/3558-sonli qо‘shma xatiga asosan tumanda 2018-2019 о‘quv yili davomida faoliyati “qoniqarsiz” deb topilgan umumiy о‘rta ta’lim maktab boshlang‘ich tashkilot yetakchiligiga nomzodlar uchun suhbat tashkil etishi belgilangan.

Kitob tumanida 90 ta umumiy о‘rta ta’lim maktabi hamda 2 ta Davlat ixtisoslashtirilgan maktab internati mavjud bо‘lib, ulardan 40 tasi “qoniqarsiz” deb topilgan. Ushbu maktablardan 3 nafardan nomzodlarga 2019 yilning 12-22 avgust kunlari viloyat Kengashi mas’ul xodimi, tuman Kengashi raisi va tuman xalq ta’limi bо‘limi mas’ul xodimlari tomonidan suhbat о‘tkazilishi rejalashtirilgan. Tumanda yoshlar yetakchisi lavozimiga nomzodlar kutib qolmasligi uchun grafik ishlab chiqilib, grafik asosida nomzodlar suhbatga chaqirilgan.

Taqdim etilgan videolavha Kitob tumani, “Bog‘bon” MFYda yashovchi fuqaro B.Ochilov tomonidan 21 avgust kuni soat 16-00da olingan bо‘lib, videorolikda tasvirga tushgan fuqarolar Kitob tumani 11-maktab boshlang‘ich tashkilot yetakchisi Yoqubova Nilufar, 2-DIMI boshlang‘ich tashkilot yetakchisi Yusupova Dilshoda Odilovna, 79-maktab Boshlang‘ich tashkilot yetakchisi Nematov Azamat Akbar о‘g‘li ekanligi aniqlandi va ular bilan suhbat о‘tkazildi.

B.Ochilov, N.Yoqubova, D.Yusupova, A.Nematov bilan о‘tkazilgan suhbat natijalariga kо‘ra videorolikda kо‘ratib о‘tilgan (nomzodlar suhbatidan о‘tish uchun bir haftadan beri kelayotganligi, Ittifoq raisi ish vaqtidan
3 soat о‘tib kelishi hamda har bir ishga kirgan xodim paxta mavsumi uchun fidokor yoshlar otryadiga ikkitadan terimchi jalb qilishi
) vajlar notо‘g‘ri ekanligi aniqlandi.

Qayd etilgan tushunarsiz xolatni bartaraf etish maqsadida Kitob tumanidagi ta’lim muassasalariga Yoshlar yetakchilarini suhbat asosida saralab olish vakolatini Yoshlar ittifoqi Kitob tuman Kengashidan  bekor qilib, viloyat Kengashidan alohida ishchi guruh tuzib о‘tkazishni ma’lum qilamiz.

Shu о‘rinda, majburiy mehnatga Yoshlar ittifoqi qarshi ekanligini, tashkilot va muassasalarda faoliyat olib borayotgan 30 yoshgacha bо‘lgan xodimlarni har tomonlama manfaatlarini himoya qilishga tayyormiz.

 

23-08-2019 |
Foto galereya