Turizmni rivojlantirish qо‘mitasi О‘zbekiston hududlarining turistik brendlarini ishlab chiqishga doir tanlovning yakuniy bosqichi rasman yakunlanganini ma’lum qildi.

О‘tkazilgan ochiq umumxalq onlayn ovoz berish natijalariga kо‘ra, Toshkent shahri va viloyatlarning 9 ta turistik logotipi tanlab olindi.

О‘zbekiston  Respublikasi Prezidentining  2019 yil 5 yanvardagi “О‘zbekiston Respublikasida turizm  tarmog‘ini jadal rivojlantirishga oid qо‘shimcha chora-tadbirlar tо‘g‘risida”gi 5611-sonli farmoni bilan tasdiqlangan “2019-2025 yillarda О‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini rivojlantirish Konsepsiyasi”ni amalga oshirish bо‘yicha “2019 yilgi chora-tadbirlar rejasi”ga muvofiq, Turizmni rivojlantirish davlat qо‘mitasi О‘zbekiston Respublikasi hududlarining turistik brendlarini ishlab chiqishga doir tanlov e’lon qilgan edi. Turizmni rivojlantirish qо‘mitasi О‘zbekiston hududlarining turistik brendlarini ishlab chiqishga doir tanlovning yakuniy bosqichi rasman yakunlanganini ma’lum qildi.О‘tkazilgan ochiq umumxalq onlayn-ovoz berish natijalariga kо‘ra, viloyatlarning 9 ta turistik logotiplari tanlab olindi.

Xususan, Aslan Muydinov muallifligidagi logotip tanlovda 2859 ta ovoz bilan g‘olib bо‘ldi, Qashqadaryo viloyatining turistik brendi tasdiqlandi.

Viloyat hokimligi axborot xizmati.

23-07-2019 |
Foto galereya