Murotjon Azimov Tojikistonning O‘zbekistondagi elchisini qabul qildi
11
12

Murotjon Azimov Tojikistonning O‘zbekistondagi elchisini qabul qildi

Tojikiston Respublikasining yurtimizdagi favqulodda va muxtor elchisi Abdujabbor Aziz Rahmonzoda bilan Qashqadaryo viloyati hokimi Murotjon Azimov o‘rtasida sanoat va turizmni hamkorlikda rivojlantirish bo‘yicha ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda viloyat hokimi vohamizning turizm va sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish sohasidagi yutuq va imkoniyatlarini so‘zlab bergan bo‘lsa, elchi janoblari vohaning bir qator tumanlarida bo‘lib, bir qator sohalardagi rivojlanishlarni, ayniqsa, Oqsaroy majmuasidagi tarixiy qadamjolarni alohida eʼtirof etdi. To...

  • Ijtimoiy
  • 1445
  • 11.12.2023
Batafsil
Qishloq xo‘jaligi sohasi xodimlari kuni munosabati bilan viloyat hokimi Murotjon Berdialiyevich Azimovning vohamiz soha xodimlariga yo'llagan bayram tabrigi
10
12

Qishloq xo‘jaligi sohasi xodimlari kuni munosabati bilan viloyat hokimi Murotjon Berdialiyevich Azimovning vohamiz soha xodimlariga yo'llagan bayram tabrigi

Qadrli qishloq xo‘jaligi xodimlari, dehqon va fermerlar! Hurmatli agroklaster rahbarlari! Sohaning jonkuyar xodimlari va muhtaram faxriylar! Qishloq xo‘jaligida mavsum yakunlanib, ishlar sarhisob qilinayotgan shu kunlarda, barcha dehqon va fermerlar, zahmatkash chorvador va pillakorlar, mexanizator va agronomlar, suvchi va irrigatorlar, fidoyi olim va mutaxassislarni, shuningdek, Sizlar orqali mehnatkash va tanti xalqimizni – Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni bilan samimiy tabriklayman. Sizning mashaqqatli va sharafli kasbingizni ulug‘lab ulug‘ mutafakkir...

  • Ijtimoiy
  • 325
  • 10.12.2023
Batafsil
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni munosabati bilan viloyat hokimi Murotjon Berdialiyevich Azimovning voha ahliga bayram tabrigi
7
12

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni munosabati bilan viloyat hokimi Murotjon Berdialiyevich Azimovning voha ahliga bayram tabrigi

Assalomu alaykum aziz vohadoshlar! Tantanali bayram tadbirining muhtaram ishtirokchilari! Avvalo barchangizni, viloyatimizda istiqomat qilayotgan ko‘pmillatli xalqimizni – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bilan samimiy tabriklayman. Qadrli do‘stlar. Yurtimizda qo‘lga kiritilayotgan yutuqlar hamda yangi davrda yangicha dunyoqarash bilan yashashning negizida bosh Qomusimiz mustahkam poydevor bo‘layotganligini barchamiz chin dildan his qilamiz. Joriy yilning 30-aprel kuni bo‘lib o‘tgan umumxalq referendumida xalqimiz o‘zining...

  • Ijtimoiy
  • 1647
  • 07.12.2023
Batafsil
Korrupsiyaga qarshi kurash - rivojlanishning muhim omilidir
6
12

Korrupsiyaga qarshi kurash - rivojlanishning muhim omilidir

“Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” munosabati bilan viloyatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan viloyat hokimligi Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘limi tomonidan deputatlar, jamoatchilik nazorati vakillari va OAV vakillari ishtirokida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazildi. Unda, hokimlik faoliyati ochiqligini taʼminlash, ochiq eʼlon qilinishi lozim bo‘lgan ijtimoiy ahamiyatga molik maʼlumotlar va ularni axborot resurslarida joylashtirish va yangilab borish bo'yicha hisobotlar ochiq eʼlon qilin...

  • Ijtimoiy
  • 1457
  • 06.12.2023
Batafsil
Murotjon Azimov Respublika qiz bolalar o‘quv-tarbiya muassasasidan qaytarilganlar bilan uchrashdi
5
12

Murotjon Azimov Respublika qiz bolalar o‘quv-tarbiya muassasasidan qaytarilganlar bilan uchrashdi

Viloyat hokimi Murotjon Azimov Respublika qiz bolalar o‘quv-tarbiya muassasasidan qaytarilgan qashqadaryolik 7 nafar voyaga yetmagan qizlar hamda ularning ota-onasi va vasiylari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda ularning hayotiy muammolari o‘rganilib, tuman/shahar hokimlariga qiz bolalarni shaxsan nazoratga olib, ularni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, bilim olib mamlakatimiz rivojiga hissa qo‘shadigan soha vakillari bo‘lishlari uchun barcha sharoitlar yaratib berilishi hamda haftada kamida bir marotaba ularning holidan xabar olishi, taʼlim muassasasi va maha...

  • Ijtimoiy
  • 1447
  • 05.12.2023
Batafsil
Odamlar dardiga darmon bo‘lmoq – ezgulik va olijanoblikning yuksak namunasidir!
4
12

Odamlar dardiga darmon bo‘lmoq – ezgulik va olijanoblikning yuksak namunasidir!

Bugun viloyat hokimi Murotjon Azimov sog‘liqni saqlash va farmatsevtika tizimi xodimlari bilan uchrashdi. Unda soha rivoji va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tanqidiy muhokama qilindi. Murotjon Azimovning taʼkidlashicha, viloyat tibbiyot muassalarini saqlash xarajatlari uchun 2 trln. so‘m yoki 2016-yilga nisbatan 4 baravar ko‘p mablag‘ ajratildi (qurilish-taʼmirlashdan tashqari). Ko‘p yillardan beri qurilishi to‘xtab qolgan Koson va Nishon tibbiyot birlashmalari zamonaviy ko‘rinishga keltirilib, foydalanishga topshirildi. - Tibbiy xizmatlarni...

  • Tibbiyot
  • 1463
  • 04.12.2023
Batafsil
Konstitutsiya fuqarolarning huquq va erkinligi kafolatidir !
2
12

Konstitutsiya fuqarolarning huquq va erkinligi kafolatidir !

Konstitutsiya davlatimizning Asosiy qonuni sanalib, unda fuqarolarning huquq va erkinliklari mujassamlashgan. Konstitutsiyaga so‘zsiz amal qilish barchamizning burchimiz hisoblanadi. Qabul qilinayotgan har bir qonun va qonunosti normativ huquqiy hujjatlar Konstitutsiyaga asoslanadi. Konstitutsiya muhim siyosiy hujjat bo‘lib, davlat siyosiy tizimning asosini tashkil etadi. Ushbu tizim mamlakatning olib borayotgan siyosiy maydondagi faoliyati orqali jamiyatda inson huquqlari va erkinliklarining buzilishidan himoya etish uchun xizmat qiladi. Xalqimizning erkin va farovon yashashi,...

  • Ijtimoiy
  • 1562
  • 02.12.2023
Batafsil
Sud-huquq sohasidagi islohotlar-xalq manfaatlari uchun xizmat qiladi!
2
12

Sud-huquq sohasidagi islohotlar-xalq manfaatlari uchun xizmat qiladi!

Mustaqillik yillarida respublikamizda sud-huquq sohasida juda katta islohotlar amalga oshirildi, jinoiy jazolar liberallashtirildi, jazo tizimidan o‘lim jazosi, mol-mulkni musodara qilish jazolari chiqarildi, yarashuv instituti joriy qilindi, yetkazilgan zararlar qoplangan taqdirda ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolarni tayinlash belgilandi, qamoqqa olish sanksiyalarini qo‘llash sudlarga o‘tkazildi. Shuning bilan bir qatorda respublikamizda sud huquq islohotlari jadallik bilan olib borilmoqda. 2023-yil 11-sentabrda “O‘zbekiston Re...

  • Ijtimoiy
  • 304
  • 02.12.2023
Batafsil
Qashqadaryoda yer hisobi qanday yuritilmoqda?
1
12

Qashqadaryoda yer hisobi qanday yuritilmoqda?

Joriy yilning 21-noyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida yer resurslaridan oqilona foydalanish, yer hisobini yuritish hamda kadastr xizmatlarining sifatini yaxshilash masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda yer hisobini joy-joyiga qo‘yish shartligi, lekin ayrim hokimlar va vazirlar buni hisob-kitobini hali o‘ylab ham ko‘rmagani, o‘ziga biror-bir vazifa ham belgilab olmagani qayd etildi. Xo‘sh bu borada Qashqadaryoda qanday ishlar amalga oshirilmoqda? Viloyatda jami 2,9 mln gektar yer maydoni ma...

  • Ijtimoiy
  • 361
  • 01.12.2023
Batafsil
Ma’naviyat va ma’rifat kengashining navbatdagi muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
30
11

Ma’naviyat va ma’rifat kengashining navbatdagi muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Bugun viloyat hokimi Murotjon Azimov raisligida viloyat Ma’naviyat va ma’rifat kengashining navbatdagi muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig'ilishda Murotjon Azimov Kengash raisi sifatida viloyatimizda bu yo‘nalishda qilingan va qilinishi lozim bo‘lgan statistik ma’lumotlar bilan tanishtirib o‘tdi. Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi mas’ul xodimi Akbar Tog‘ayev hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari o‘rinbosari Zohid To‘raqulov, viloyat Ma&rsquo...

  • Ijtimoiy
  • 1447
  • 30.11.2023
Batafsil