Umumiy ovqatlanish sohasida faoliyat yuritayotgan yuridik shaxslar diqqatiga!

Umumiy ovqatlanish sohasida faoliyat yuritayotgan yuridik shaxslar diqqatiga!

    Qashqadaryo viloyati hokimligi huzuridagi O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining harbiy qismlarida autsorsing xizmatlarini ko‘rsatishga talabgorlarni o‘rganish hamda eng yaxshi takliflarni tanlab oluvchi Ishchi guruhi tomonidan Muborak tumanida joylashgan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi 99196-harbiy qism harbiy xizmatchilarini va shaxsiy tarkibini ovqatlantirishni autsorsing shartlari asosida tashkil etish yuzasidan o‘tkaziladigan tanlovga taklif etadi.

Tanlovda ishtirok etuvchi talabgorlar viloyat Ishchi guruhiga qo‘yidagi hujjatlarni taqdim etishlari so‘raladi:

Tanlovda qatnashish uchun talabgor ommaviy axborot vositalarida oldindan e’lon qilingan tanlov o‘tkazilishi sanasidan kamida bir ish kuni oldin Hududiy tanlov komissiyasining ko‘rib chiqishi o‘z taklifini taqdim etadi.

Talabgorlarning takliflari 2019 yil 25 iyunda hududiy tanlov komissiyasi tomonidan viloyat hokimligi binosida ko‘rib chiqiladi. Tanlov takliflarini qabul qilishning oxirgi muddatlari 2019 yil 24 iyun kuni soat 18-00gacha.

Tanlovda qatnashish uchun Ishchi guruhiga talabgor yoki uning vakili tanlov o‘tkazish to‘g‘risidagi e’londa belgilangan muddatlarda chopar yoki pochta orqali quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda tanlovda qatnashishga buyurtmanomani taqdim etadi:

davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganlik to‘g‘risidagi va ta’sis hujjatlarining nusxasi;

talabgorning tegishli faoliyati turini amalga oshirish uchun litsenziyasi nusxasi;

moliyaviy jihatdan to‘lovga qodirligini tasdiqlovchi hujjatlar, ya’ni bank hisob-raqamlarida harbiy xizmatchilarni 15 kun davomida ovqatlanishini tashkil etish uchun yetarli mablag‘lar mavjudligi (yil boshidan aylanma mablag‘i) haqida bank muassasining ma’lumotnomasi asli;

soliq organlaridan soliqlar bo‘yicha qarzdorligi yo‘qligi to‘g‘risida ma’lumotnoma. 

Buxgalteriya balansi nusxasi (moliyaviy natijasi);

Tegishli tarmoqqa oldin xizmat ko‘rsatganligini tasdiqlaydigan hujjat
(Harbiy qism yoki ijtimoiy muassasasaning tavsifnomasi);

Moddiy texnik bazasini mavjudligini tasdiqlaydigan hujjatlar;

- Transport vositasining mavjudligi (tex pasport nusxasi),

- Mahsulotlar zaxirasi uchun omborxona mavjudligi va hajmi (kadastr hujjati nusxasi);

- Sovutgichli sig‘imi (xolodilnik) borligi va hajmi (kadastr hujjati nusxasi);

- Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun ekin maydoni borligi, ga (qaror nusxasi);

- Oziq ovqat mahsulotlarini qayta  ishlash yoki ishlab chiqarish sexlarini mavjudligi. (sutni qayta ishlash, go‘shtni qayta ishlash, non sexi va boshqalar);

- Ishlovchi xodimlar soni to‘g‘risidagi ma’lumot

Taqdim etilgan hujjatlarniig barcha varaqlari talabgorning muhri va imzosi bilan tasdiqlangan bo‘lishi kerak. Tanlov takliflarining amal qilish muddati tanlov hujjatlarida belgilanadi.

Murojaat uchun manzil: Qarshi shahri, Mustaqillik ko‘chasi 2-uy,

Ma’lumotlar uchun telefonlar: (0375) 221-02-34, 221-31-10, Faks: 221-31-10,                

Hurmatli tadbirkorlar va ishbilarmonlar! Tanlovga marhamat qiling!   

                                                        Viloyat  hokimligi  axborot  xizmati