Umumiy ovqatlanish sohasida faoliyat yuritayotgan yuridik shaxslar diqqatiga!

Umumiy ovqatlanish sohasida faoliyat yuritayotgan yuridik shaxslar diqqatiga!

Diqqat! Diqqat! Diqqat!

Qashqadaryo viloyati hokimligi huzuridagi О‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining harbiy qismlarida autsorsing xizmatlarini kо‘rsatishga talabgorlarni о‘rganish hamda eng yaxshi takliflarni tanlab oluvchi Ishchi guruhi tomonidan О‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Janubiy G‘arbiy harbiy okurgiga qarashli Qarshi harbiy gospitali harbiy xizmatchilarini ovqatlantirishni autsorsing shartlari asosida tashkil etish yuzasidan о‘tkaziladigan tanlovga taklif etadi.

Tanlovda ishtirok etuvchi talabgorlar viloyat Ishchi guruhiga

qо‘yidagi hujjatlarni taqdim etishlari sо‘raladi:

Tanlovda qatnashish uchun talabgor ommaviy axborot vositalarida oldindan e’lon qilingan tanlov о‘tkazilishi sanasidan kamida bir ish kuni oldin Hududiy tanlov komissiyasining kо‘rib chiqishi о‘z taklifini taqdim etadi.

Talabgorlarning takliflari 2019 yil 8 avgustda hududiy tanlov komissiyasi tomonidan viloyat hokimligi binosida kо‘rib chiqiladi. Tanlov takliflarini qabul qilishning oxirgi muddatlari 2019 yil 7 avgust kuni soat 18-00gacha.

Tanlovda qatnashish uchun Ishchi guruhiga talabgor yoki uning vakili tanlov о‘tkazish tо‘g‘risidagi e’londa belgilangan muddatlarda chopar yoki pochta orqali quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda tanlovda qatnashishga buyurtmanomani taqdim etadi:

davlat rо‘yxatidan о‘tkazilganligi va ta’sis hujjatlarining nusxasi;

talabgorning tegishli faoliyati turini amalga oshirish uchun litsenziyasi nusxasi;

moliyaviy jihatdan tо‘lovga qodirligini tasdiqlovchi hujjatlar, ya’ni bank hisob-raqamlarida harbiy xizmatchilarni 15 kun davomida ovqatlanishini tashkil etish uchun yetarli mablag‘lar mavjudligi (yil boshidan aylanma mablag‘i) haqida bank muassasining ma’lumotnomasi asli;

soliq organlaridan soliqlar bо‘yicha qarzdorligi yо‘qligi tо‘g‘risida ma’lumotnoma. 

Buxgalteriya balansi nusxasi (moliyaviy natijasi);

Tegishli tarmoqqa oldin xizmat kо‘rsatganligini tasdiqlaydigan hujjat
(Harbiy qism yoki ijtimoiy muassasasaning tavsifnomasi);

Moddiy texnik bazasini mavjudligini tasdiqlaydigan hujjatlar;

-Transport vositasining mavjudligi (tex pasport nusxasi),

- Mahsulotlar zaxirasi uchun omborxona mavjudligi va hajmi (kadastr hujjati nusxasi);

- Sovutgichli sig‘imi (xolodilnik) borligi va hajmi (kadastr hujjati nusxasi);

- Qishloq xо‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun ekin maydoni borligi, ga (qaror nusxasi);

- Oziq ovqat mahsulotlarini qayta  ishlash yoki ishlab chiqarish sexlarini mavjudligi. (sutni qayta ishlash, gо‘shtni qayta ishlash, non sexi va boshqalar);

- Ishlovchi xodimlar soni tо‘g‘risidagi ma’lumot

Taqdim etilgan hujjatlarniig barcha varaqlari talabgorning muhri va imzosi bilan tasdiqlangan bо‘lishi kerak. Tanlov takliflarining amal qilish muddati tanlov hujjatlarida belgilanadi.

Murojaat uchun manzil:               Qarshi shahri, Mustaqillik kо‘chasi 2-uy,

Ma’lumotlar uchun telefonlar: (0375) 221-02-34, 221-31-10, Faks: 221-31-10,               

Hurmatli tadbirkorlar va ishbilarmonlar! Tanlovga marhamat qiling! 

  • Telefon: (71) 200-55-05, (75) 221-07-60

  • Pochta indeksi: 180100

  • Faks: (75) 221-13-40

  • Elektron pochta: info@qashqadaryo.uz

  • Manzil: Qashqadaryo viloyati,
    Qarshi shahri, Mustaqillik maydoni,1

  • Yaqin jamoat transport to`xtash joylari Milliy bank va Mustaqillik maydoni bekati avtomashrut: 1,4,5,7,10,18,20,22,23,27,37,44,462,11,21,37,33