wrapper

Dushanba, 03 Sentyabr 2018 00:00

Xasta ko'ngillar quvonchga to'ldi

Avtor

        O'zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 27 yilligi munosabati bilan joylarda o'tayotgan bayram tadbirlarida xalqimizga xos saxovatpeshalik, mehr-muruvvat singari ezgu qadriyatlar o'z aksini topayotir.   Yurtimizda bu bayram kunlari ehtiyojmand oilalarga ko'mak ko'rsatiladi, keksalar holidan xabar olinadi. Bir so'z bilan aytganda, o'ksik qalblarga mehr, quvonch ulashiladi.
Ushbu ana'anaga sodiq qolgan holda bu gal ham viloyatimizda yana bir xayrli ishga qo'l urildi. Ayni jihat viloyat hokimligi, "Mahalla" xayriya jamoat fondi, "Nuroniy" jamg'armasi viloyat bo'limlari, viloyat kasaba uyushma tashkilotlari birlashmasi hamkorligida Qarshi shahridagi    Alisher Navoiy nomli madaniyat va istirohat bog'ida tashkil etilgan tadbirda ham namoyon bo'ldi. Unda viloyatning turli hududlarida istiqomat qilayotgan 104 nafar chin etim bolaga qishki kiyim-kechaklar, o'quv formalari va o'quv qurollari, sport formalari va sumkalari tarqatildi.
Qayd etish lozim, viloyatda bu borada amalga oshirilayotgan ishlar zamirida mamlakatimizda hech kim davlat va jamiyat e'tiboridan chetda emasligini ta'minlashdek ezgu maqsad mujassam.
Tadbirda bolalar Prezidentimiz rahnamoligida yaratib berilgan imkoniyatlarga javoban, chuqur bilim olib, malakali kadrlar bo'lib etishishga, ona Vatanga munosib farzand bo'lishga va'da berdilar.
Tadbirda viloyat hokimi Zafar Ro'ziev ishtirok etdi.

Chorshanba, 29 Avgust 2018 00:00

Ustozlar an'analariga sadoqat

Avtor

Shahrisabz azaldan san'at beshigi bo'lgan. Amir Temur va temuriylar davrida ayniqsa san'at rivojiga bo'lgan rag'bat natijasida ko'hna Keshda ham mohir sozanda va xonandalar, masxaraboz va dorbozlar, qo'g'irchoqbozlar safi kengayib borgan. Maqom san'atining gultoji deya ta'rif berilgan Shashmaqom esa bu erga Buxorodan kirib kelgan va taraqqiy qilgan. Yillar o'tgani sayin Keshdan mazkur noyob san'atning mohir ijrochilari etishib chiqqan. E'tiborlisi, ularning ijro an'analarini puxta o'zlashtirib, munosib davom ettirayotganlar safida bugungi kunda ham shahrisabzlik uch taniqli san'atkor bor. Quyidagi fikrlarimiz mazkur san'atkorlar ijodi va faoliyati xususida.

Maryam Sattorova 1964 yilda Shahrisabz shahrida tug'ilgan. San'atga, qo'shiq aytishga qiziqish Maryamda juda erta paydo bo'ldi. Radio, televizor orqali eshitadigan ashulalarni xirgoyi qilib yurardi. Farzandidagi bu iste'dodni payqagan onasi keyinchalik uni shahar madaniyat uyi qoshidagi to'garakka olib bordi. Bu erda Maryam musiqadan ilk saboqni Elmurod Boymurodovdan oldi. Ustozi shirali, noyob ovozga ega bo'lgan  Maryamni mumtoz ashulalar va maqomlarni ijro etishni o'rganishga rag'batlantirdi. Unda asta-sekin ijro mahorati mukammallashib bordi. Shaharda o'tkaziladigan turli bayram tadbirlarida Maryam Sattorova ijro etgan ashulalar tomoshabinlar qalbidan joy oldi.
Ustozining maslahati bilan Maryam Sattorova Toshkent davlat konservatoriyasining an'anaviy xonandalik yo'nalishi bo'yicha o'qishga kirdi. U mashhur hofiz Fattohxon Mamadaliev qo'lida ta'lim oldi, talabaligi davrida ustozi yordamida juda ko'p mumtoz ashulalarni kuylashni o'rgandi. 1990 yilda konservatoriyani bitirgan Maryam 12 yil    O'zbekiston davlat filarmoniyasida ishladi, keyin ijodiy faoliyatini "O'zbeknavo" birlashmasida davom ettirdi.
Diapozoni va nafasi keng, kuchli va yorqin ovoz sohibasi Maryam Sattorova juda ko'p mumtoz ashula maqomlarni kuylagan. Ular orasida "Chorgoh", "Feruz", "Samarqand ushshog'i", "Suvora", "Saraxbori dugoh" kabi xalqimiz sevib tinglaydigan mumtoz ashulalar va maqomlar bor. Qo'shiqchilik san'atini rivojlantirish sohasidagi xizmatlari uchun 2000 yilda unga O'zbekiston Respublikasi xalq artisti unvoni berildi.
Maryam Sattorova ijro etgan ashulalar 2 ta gramplastinka va 3 ta kompakt diskka yozilgan. Uning ijodiga bag'ishlab O'zbekiston televideniesi tomonidan 2 ta telefilm suratga olingan. U bir nechta YEvropa mamlakatlarida ham gastrolda bo'lgan.
1963 yil 27 aprelda Shahrisabz shahrida tug'ilgan O'ktam Ahmedovning ta'kidlashicha, unda ashula aytishga havasni Furqat nomli o'rta maktabning musiqa fani o'qituvchisi No''mon Mavlonov uyg'otgan. Ustozidan rubob chalish va kuylashni o'rgangan O'ktam shahar va viloyat miqyosida o'tkaziladigan ashula bayramlari va ko'rik-tanlovlarda qatnashadi va taniqli san'atkor Elmurod Boymurodov nazariga tushadi. U dastlab madaniyat saroyidagi to'garakka qatnab, yangi ustozi rahbarligida repertuarini boyitib boradi. 16 yil shahar madaniyat bo'limi qoshidagi madaniyat saroyida xonanda bo'lib ishlaydi. Badiiy havaskorlarning viloyat va respublika ko'rik-tanlovlarida mumtoz ashulalar ijrochiligi bo'yicha sovrinli o'rinlarni egallaydi.
1996 yilda O'tkam Ahmedov Yunus Rajabiy nomidagi maqom ansambliga ishga taklif etiladi. Endi u taniqli xonandalar bilan birga ishlash va ulardan o'rganish imkoniyatiga ega bo'ladi. U asosiy e'tiborni yangi maqomlarni o'rganish, ularni yuqori saviyada, mohir maqomchilar ijrosi darajasida kuylashni o'zlashtirishga qaratadi. Darhaqiqat, O'ktam Ahmedov "Saraxbori oromijon", "Dugoh", "Nasrulloyi", "Nasruuzzol", "Toshkent irog'i", "Qo'qon ushshog'i" kabi maqomlarni shunchalik mahorat bilan ijro etadiki, uni tinglaganda, odam katta ruhiy ozuqa oladi, yuksak orzular, xayollar og'ushiga cho'madi.
Uning milliy mumtoz ashula va maqom san'atini rivojlantirishga qo'shgan hissasi va bu sohadagi faol ijodi munosib taqdirlandi. 2001 yilda unga O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan artist unvoni berildi. 2013 yilda esa O'ktam Ahmedov "O'zbekiston Respublikasi xalq hofizi" unvoni bilan taqdirlandi.
O'zbekiston Respublikasi xalq hofizi O'ktam Ahmedov hozir alohida cholg'uchilar guruhi tuzib, mumtoz ashula maqomlarni ijro etishda davom etmoqda.
Shahrisabzda uning ko'plab shogirdlari bor. Nihol mukofoti sohibi Oybek Mirzaev, keksa xonanda Saidjon Nurboboev va uning o'g'illari Hasan va Husan Nurboboevlar, O'rol Vahhobov mumtoz va zamonaviy kuy-qo'shiqlarni mohirona ijro etib kelishmoqda.
Nasiba Sattorova tavallud topgan oila san'atsevar, ayniqsa, xonandalarga ixlosi baland edi. Otasi Parda Sattorov, onasi Norbibi Sattorova, amaki va opalari ham to'y-hashamlarda qishloqdoshlari (Shahrisabz shahri biqinidagi Qo'shtepa qishlog'i) iltimosiga muvofiq davraga chiqib, qo'shiq kuylashardi. Nasiba ana shu yaqinlarining ashulalarini tinglab katta bo'ldi. Qishloqdagi Maqsud Shayxzoda nomli maktabda o'qib yurgan kezlarida xonadonidan uncha uzoq bo'lmagan paxta tozalash zavodida tashkil etilgan, amakisi Rustam Sattorov badiiy rahbar bo'lgan havaskorlik to'garagi mashg'ulotlariga ham qatnashib turdi. Shahar xalq teatri rejissyori Elmurod Boymurodov uni yosh maqomchilar dastasiga olib keldi. Bu dargohda Nasiba, ayniqsa, mumtoz ashulalarni xor tarkibida, shuningdek, yakka holda ijro etish mahoratini egalladi. 1983 yilda o'rta maktabni bitirgach, hech ikkilanmay, hujjatlarini Toshkent davlat konservatoriyasining an'anaviy xonandalik yo'nalishiga topshirib, imtihonlardan muvaffaqiyatli o'tdi. Talabalik davrida ustozlari unga mumtoz ashulalar, shuningdek, ijro yo'llarini puxta o'zlashtirishni, bu sohada tinmay ustida ishlashni tavsiya qildi. Nasiba Sattorova ustozlari o'gitlariga qat'iy amal qilib, maqomning an'anaviy ijro yo'llarini chuqur o'zlashtirib olishga erishdi. Talabalik davrida - 1987 yilda Samarqandda o'tkazilgan maqomchilar bellashuvida "Mug'ulchai segoh" va "Mug'ulchai buzruk" maqomlarini ijro etib, mohir maqomchi san'atkorlar e'tirofiga sazovor bo'ldi.
Orifxon Hotamov, Fattohxon Mamadaliev, Abduhoshim Ismoilov kabi maqom san'ati ustalari Nasibaning ijrochilik faoliyatini kuzatib borib, uning kelgusida bu sohaning etuk xonandasi bo'lib etishishiga katta umid bilan qaradilar. 1990 yili konservatoriyani bitirishi bilan u Yunus Rajabiy nomli maqomchilar ansambliga ishga taklif etildi. Ansambl tarkibida yosh iste'dod egasining ijrochilik mahorati tobora oshib bordi. Samarqandda 1999 yilda o'tkazilgan "Sharq taronalari" xalqaro musiqa festivali Nasiba Sattorova uchun katta sinov bo'lib, u ijro etgan maqom barcha hay'at a'zolari tomonidan yuqori baholandi va hofizaga "Gran-pri" mukofoti topshirildi.
Nasiba Sattorova 2005 yilgacha respublika maqomchilar ansamblida ishlab, keyingi faoliyatini yosh san'atkorlarga ta'lim berishga bag'ishlashga qaror qildi. Bir necha yil Toshkent davlat san'at va madaniyat institutida an'anaviy ijrochilik yo'nalishi bo'yicha talabalarga dars berdi. Hozir V.A.Uspenskiy nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik liseyi o'quvchilari Nasiba Sattorovaning maqom yo'nalishi bo'yicha xonandalik sirlaridan bahramand bo'lmoqdalar. O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan artist Nasiba Sattorova ijro etgan mumtoz ashula va maqomlarini uning muxlislari doimo radio to'lqinlari va televidenie orqali sevib tinglashadi.
Mo'min AZIZOV,
tarixchi-jurnalist

yakshanba, 02 Sentyabr 2018 00:00

4 ming nafardan ziyod yosh kredit so'radi

Avtor

Zamonaviy bilim va ko'nikmaga ega, mas'uliyatni o'z zimmasiga ola biladigan, barkamol, maqsadga intiluvchan va serg'ayrat yoshlarni tarbiyalash mamlakatni barqaror va ildam rivojlantirishda muhim omil bo'ladi. Prezidentimizning 2018 yil 27 iyundagi  “Yoshlar — kelajagimiz” Davlat dasturi to'g'risida”gi farmoni ayni shu ezgu maqsadlar ro'yobiga xizmat qilishi bilan ham ahamiyatli.
Viloyat davlat soliq boshqarmasi boshlig'i, 4-sektor rahbariga biriktirilgan Shahrisabz shahrida ushbu farmon ijrosi yuzasidan  tadbir o'tkazilib, yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.    
Ta'kidlash kerakki, bugungi kunda Shahrisabz shahrida 45 ming 660 nafar yoshlar istiqomat qiladi. O'rganishlar asnosida shu narsa ma'lum bo'ldiki, ularning 4098 nafari o'z  mustaqil biznesini yo'lga qo'yish uchun kredit, 267 nafari tadbirkorlik bilan shug'ullanish uchun bino ajratilishini so'ragan. 562 nafar yosh kasb-hunar o'rganish, bepul kurslarda o'qish istagi borligini aytgan. Suhbatlar davomida 72 nafar yoshga bankdan kreditlar olish uchun tegishli tavsiyalar berildi. Shuningdek, uy-joyga muhtoj, oila qurish uchun to'y marosimini o'tkazishga imkoniyati etarli bo'lmagan yoshlar aniqlanib, ro'yxat shakllantirildi.
Davra suhbati davomida yoshlarni qiynayotgan masalalar yuzasidan fikr almashildi, mutasaddi tashkilot vakillarining hisobotlari eshitildi.
Mas'ullar tomonidan qayd etilganidek, joylarda yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirishga, ularni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilishga, yosh tadbirkorlarning istiqbolli g'oyalari va loyihalarini ro'yobga chiqarishga, shuningdek, shu asosda yoshlar bandligini ta'minlashga to'sqinlik qilayotgan tizimli muammolar hanuzgacha saqlanib qolmoqda. Ularni hal etish oldimizda turgan ustuvor vazifalardan biridir.
- Men tadbirkorlik faoliyatimni yo'lga qo'yib, tikuvchilik sexini tashkil qilmoqchiman, - deydi davra suhbati ishtirokchisi Shoxsanam Komilova. - O'zim kabi 6 nafar yoshni ish bilan ta'minlamoqchiman.  Buning uchun menga 25 million so'm mablag' kerak. Bugungi tadbirda men bu borada barcha ma'lumotlarga ega bo'ldim va zarur amaliy ko'makni oldim.
Bu kabi tadbirlar Qarshi shahri va barcha tuman davlat soliq inspeksiyalari rahbarlari tomonidan tashkil etilmoqda.
MIRJAHON
Qashqadaryogz.uz ma'lumotlari asosida

Mutaxassislar tomonidan Qarshi-Kitob yo'nalishida ilk bor "Afrosiyob" zamonaviy eletropoezdi harakatlantirildi.

Texnik sinovlar muvaffaqiyatli o'tkazildi va 30 avgust kuni foydalanishga topshirildi . Qashqadaryo viloyatiga qatnovchi "Afrosiyob" poezdi Qarshi shahri orqali Shahrisabzga etib keldi. Mazkur loyihaning hayotga tadbiq etilishi yurtimiz aholisi hamda sayyohlar uchun Mustaqilligimizning 27 yilligi arafasida munosib tuhfa bo'ldi.

Qarshi-Kitob temir yo'l liniyasini modernizasiya qilish va elektrlashtirish loyihasi to'liq nihoyasiga etkazildi. "O'zbekiston temir yo'llari" AJning tajribali mutaxassislari umumiy uzunligi qariyib 124 kilometrdan iborat bo'lgan mazkur loyihaning qisqa muddatda, sifatli qilib amalga oshirishdi.

E'tiborlisi, 94 kilometr masofani tashkil etuvchi "Toshguzar-Kitob" liniyasi to'liq elektlashtirilib, yuqori tezlikda harakatlanuvchi poezdlar qatnovi uchun moslashtirildi.

Qarshi shahridagi markaziy amfiteatrda yurtimiz Mustaqilligining 27 yilligi munosabati bilan “Aziz va yagonamsan jonaon O’zbekistonim” shiori ostida bayram o’tkazildi.

Maqom o'zbek xalqining etakchi an'anaviy musiqasi ijodiyotining etakchi janri bo'lib, u o'rta asr va keyingi davrlarda Markaziy Osiyo, umuman Sharq hududini XIX-XX asrlarda larzaga solgan ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotga o'z ta'sirini o'tkazgan jonbaxsh kuch sifatida namoyish etilgan.
Shu munosabat bilan milliy maqomimizni butun dunyoga tarannum etish maqsadida Hurmatli Yurtboshimizning tashabbusi bilan 6-10 sentyabr kunlari Shahrisabz shahrida Xalqaro Maqom san'ati Anjumani o'tkazilishi belgilandi.
Tayyorgarlik jarayonlarini ommaga etkazish va uning targ'ibotini kuchaytirish maqsadida, bugun O'zbekiston Milliy Matbuot markazida O'zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamda O'zbekiston matbuot va axborot agentligi bilan birgalikda Xalqaro Maqom san'ati Anjumaniga bag'ishlangan Press-kofe o'tkazildi.
Unda 60 yaqin jurnalistlar ishtirok endi. Barcha OAV vakillari o'zini qiziqtirgan  savollar bilan murojaat etib hamda Anjumanga tayyorgarlik ishlari va o'tkazilishi yuzasidan ma'lumotlarga ega bo'lishdi.
Anjuman avvalida maqom san'atidan jonli kuy va navolar ishtirokchilarga taqdim etildi.
Shuningdek, O'zbek milliy maqom san'ati markazining rahbari Soyib Begmatov anjumanga xorijiy davlatlardan tashrif buyuradigan maqom ansambllari, yakkaxon ijrochilarning munosiblarini saralash bosqichlari qay tartibda o'tganligi va qanday jihatlarga e'tibor berilganligini aytib o'tdi.
Bugungi kunda Madaniyat vazirligiga Anjumanda ishtirok etish uchun 85 davlat murojaat etdi, shulardan 70 ga yaqini tanlab olindi, tadbirda 300dan ortiq xorijiy mehmonlar kelishi kutilmoqda. Shuni ta'kidlash joizki, 40 ta xorijiy ommaviy axborot vositalari Anjumanni to'g'ridan-to'g'ri o'z yurtiga jonli uzatish istagini bildirmoqda, bu o'z navbatida noyob O'ZBYEK MILLIY MAQOMNING dovrug'ini 40 ta mamlakatga etkazadi.
Tadbir yakunida OAV vakillari bilan bir piyola choy ustida suhbat va fikr almashildi.

 

 

Shu yilning 6-10 sentyabr kunlari Shahrisabz shahri xalqaro maqom san'ati festivaliga mezbonlik qiladi. Unda dunyoning ko'plab davlatlaridan tashrif buyuradigan maqom san'atining haqiqiy ustalari, ijrochilari ishtirok etadi. Qizg'in va ko'tarinki ruhda o'tishi kutilayotgan mazkur festival uchun yangidan bunyod etilayotgan Shahrisabz shahar maqomchilar saroyi hamda “Koba” maqom markazi ishtirokchilarni kutib olishga shaylanmoqda.
- Nafaqat mamlakatimiz, balki ko'plab xorijiy mamlakatlar san'at ahli ham ushbu festivalni orziqib kutmoqda, - deydi O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan madaniyat xodimi, Shahrisabz shahar maqom markazi rahbari Elmurod Boymurodov. – Masalan, Indoneziya, Malayziya, Ispaniya, Italiya, Gresiya, Gollandiya, Germaniya, Fransiya, Chexiya, Buyuk Britaniya, Estoniya, Finlyandiya, Misr kabi davlatlar hozirdanoq  festivalda ishtirok etish istagini bildirdi. Ularning soni yanada kengayishi shubhasiz. Shahrisabzga dunyoning to'rt tomonidan sayyohlarning kelishi esa turizm salohiyati yuksalishi va istiqboli uchun yangi sahifa ochadi. Zero, festivalni aynan shu shaharda o'tkazishdan asosiy maqsad ham Shahrisabzning o'ziga xos turistik salohiyati, tarixi va madaniyati, qadim qadriyat va o'lmas merosi, boy an'analarini dunyo uzra namoyon etishdir.
Maqomchilar saroyi qariyb 3500 kvadrat metr maydonni egallagan. Bu erda anjuman va konferens zallari, 400 kishilik katta zal, 134 kishilik kichik zal, milliy musiqa asboblari xonasi, kiyinish va pardozlash xonasi, milliy raqs xonasi, teatr studiyasi, sport inventarlari xonasi, kichik kinoteatr, kutubxona va o'quv zali o'rin oladi. Ushbu muhtasham binoni qurish va ta'mirlash uchun davlat byudjetidan 7 milliard 800 million so'm mablag' ajratilgan.
Amir Temur xiyoboni hududida joylashgan “Koba” maqom markazi ham betakror qiyofasi bilan barchaning diqqatini tortadi. Devorlarda aks etgan milliy me'morchilik namunalari, ustunlardagi naqshinkor chizgilar hunarmandchilikning uzoq o'tmishidan so'zlaydi. Katta sahna o'zida milliylik va zamonaviylikni mujassam etgan.
Ta'kidlash lozimki, xalqaro festival doirasida ilmiy konferensiya va davra suhbatlari, ijodiy uchrashuvlar, taqdimotlar, mahorat darslari ham o'tkazilishi rejalashtirilgan bo'lib, unga dunyoning san'atga ixtisoslashgan nufuzli ta'lim muassasalari va konservatoriyalarida faoliyat olib borayotgan taniqli san'at namoyandalari taklif qilinadi.
Mazkur xalqaro maqom san'ati festivalini ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritish maqsadida dunyoning musiqa va madaniyat sohalariga ixtisoslashgan tele va radiokanallari, bosma ommaviy axborot vositalari vakillari, internet nashrlari jurnalistlarini taklif etish hamda ularni akkreditasiyadan o'tkazish choralari ko'rilayotir. Sovrindorlarga topshiriladigan diplom, sertifikat, statuetka namunalari eskizlarini yaratish ustida ish qizg'in.
Darhaqiqat, o'zbek milliy maqom san'ati o'zining jozibasi, uslubi, dillarni yayratuvchi ta'sir kuchiga ega ekanligi bilan yillar davomida sayqal topib, avlodlar tilida mudom yangramoqda. Bugun ana shu merosni dunyo ahliga namoyon etish barchamiz uchun sharaflidir.


Shu yilning 6-10 sentyabr kunlari Shahrisabz shahri xalqaro maqom san'ati festivaliga mezbonlik qiladi. Unda dunyoning ko'plab davlatlaridan tashrif buyuradigan maqom san'atining haqiqiy ustalari, ijrochilari ishtirok etadi. Qizg'in va ko'tarinki ruhda o'tishi kutilayotgan mazkur festival uchun yangidan bunyod etilayotgan Shahrisabz shahar maqomchilar saroyi hamda “Koba” maqom markazi ishtirokchilarni kutib olishga shaylanmoqda.
- Nafaqat mamlakatimiz, balki ko'plab xorijiy mamlakatlar san'at ahli ham ushbu festivalni orziqib kutmoqda, - deydi O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan madaniyat xodimi, Shahrisabz shahar maqom markazi rahbari Elmurod Boymurodov. – Masalan, Indoneziya, Malayziya, Ispaniya, Italiya, Gresiya, Gollandiya, Germaniya, Fransiya, Chexiya, Buyuk Britaniya, Estoniya, Finlyandiya, Misr kabi davlatlar hozirdanoq  festivalda ishtirok etish istagini bildirdi. Ularning soni yanada kengayishi shubhasiz. Shahrisabzga dunyoning to'rt tomonidan sayyohlarning kelishi esa turizm salohiyati yuksalishi va istiqboli uchun yangi sahifa ochadi. Zero, festivalni aynan shu shaharda o'tkazishdan asosiy maqsad ham Shahrisabzning o'ziga xos turistik salohiyati, tarixi va madaniyati, qadim qadriyat va o'lmas merosi, boy an'analarini dunyo uzra namoyon etishdir.
Maqomchilar saroyi qariyb 3500 kvadrat metr maydonni egallagan. Bu erda anjuman va konferens zallari, 400 kishilik katta zal, 134 kishilik kichik zal, milliy musiqa asboblari xonasi, kiyinish va pardozlash xonasi, milliy raqs xonasi, teatr studiyasi, sport inventarlari xonasi, kichik kinoteatr, kutubxona va o'quv zali o'rin oladi. Ushbu muhtasham binoni qurish va ta'mirlash uchun davlat byudjetidan 7 milliard 800 million so'm mablag' ajratilgan.
Amir Temur xiyoboni hududida joylashgan “Koba” maqom markazi ham betakror qiyofasi bilan barchaning diqqatini tortadi. Devorlarda aks etgan milliy me'morchilik namunalari, ustunlardagi naqshinkor chizgilar hunarmandchilikning uzoq o'tmishidan so'zlaydi. Katta sahna o'zida milliylik va zamonaviylikni mujassam etgan.
Ta'kidlash lozimki, xalqaro festival doirasida ilmiy konferensiya va davra suhbatlari, ijodiy uchrashuvlar, taqdimotlar, mahorat darslari ham o'tkazilishi rejalashtirilgan bo'lib, unga dunyoning san'atga ixtisoslashgan nufuzli ta'lim muassasalari va konservatoriyalarida faoliyat olib borayotgan taniqli san'at namoyandalari taklif qilinadi.
Mazkur xalqaro maqom san'ati festivalini ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritish maqsadida dunyoning musiqa va madaniyat sohalariga ixtisoslashgan tele va radiokanallari, bosma ommaviy axborot vositalari vakillari, internet nashrlari jurnalistlarini taklif etish hamda ularni akkreditasiyadan o'tkazish choralari ko'rilayotir. Sovrindorlarga topshiriladigan diplom, sertifikat, statuetka namunalari eskizlarini yaratish ustida ish qizg'in.
Darhaqiqat, o'zbek milliy maqom san'ati o'zining jozibasi, uslubi, dillarni yayratuvchi ta'sir kuchiga ega ekanligi bilan yillar davomida sayqal topib, avlodlar tilida mudom yangramoqda. Bugun ana shu merosni dunyo ahliga namoyon etish barchamiz uchun sharaflidir.


       Hajga borishni orzu qilib, Makkai mukarama va Madinai munavvaraga qadami etishini diliga tugib olgan qashqadaryoliklarning 208 nafari bugun tongda Saudiya Arabistoniga jo'nab ketdi, deb xabar bermoqda  Qashqadaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati. Joriy yilda viloyatimizdan 413 nafar fuqaroning muborak Haj ziyoratiga borishi kutilmoqda.
           Ma'lum bo'lishicha Saudiyaga bir necha kun oldin etib borgan ishchi guruhi hojilarimizni kutib olish uchun barcha zaruriy choralarni ko'rib qo'ygan. Hojilarimizga hashamatli mehmonxona, eng qulay sharoitlar, iste'mollari uchun turli vaqtlarda tayyorlanadigan pokiza va lazzatli taomlar, boradigan manzillariga etkazib qo'yuvchi salqin avtobuslar, o'zini rohatsiz sezib qolgudek bo'lganlarga malakali tibbiy xizmatlar, boringki, ularning nima ehtiyoji bo'ladigan bo'lsa, hammasi a'lo darajada muhayyo qilingan.
Qayd etish lozim, Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 7 iyundagi “Haj va Umra tadbirlarini tashkil etish va o'tkazishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarori muqaddas islom dinining farz amallaridan biri bo'lgan Haj va Umra ziyoratlarini yuqori saviyada tashkil etishda muhim dasturilamal bo'lmoqda.
- Haj - buyuk ibodat, islom dini arkonlaridan biri, - deydi O'zbekiston musulmonlari idorasining viloyatdagi vakili, viloyat bosh imom-xatibi Rahmatulla Usmonov. – E'tiborlisi, yurtimizda ushbu muqaddas amalni bajarish istagida bo'lgan kishilar safi yildan-yilga ortib bormoqda. Xususan, Haj mavsumi yozning issiq kunlariga to'g'ri kelishi, safarga yoshi ulug' fuqarolarning borishi, shuningdek, aksariyat ziyoratchilarning ilgari xorijga chiqmaganligi inobatga olinib, oyat, hadis va hayotiy misollar orqali Haj ziyorati tartib-qoidalari tushuntirib berilmoqda. Buxoro ziyorati davomida ham ana shu masalaga alohida yondashildi.

shanba, 18 Avgust 2018 00:00

9 TA MUASSASADA SHAXMAT O‘QITILADI

Avtor

Prezidentning 2018-yil 9-avgustdagi  “O‘zbekiston Respublikasida shaxmatni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan majburiy maktab dasturlari doirasida respublikadagi 150 ta maktabda tajriba tariqasida shaxmatga o‘qitish tashkil qilinishi belgilangan edi.

Shunga ko‘ra, viloyatimizda  Qarshi shahridagi 9-, Shahrisabz shahridagi 5-, G‘uzor tumanidagi 5-, Qamashi tumanidagi 36-, Qarshi tumanidagi 52-, Kitob tumanidagi 39-, Nishon tumanidagi 3-, Chiroqchi tumanidagi 27-, Shahrisabz tumanidagi 19-umumta’lim maktablarida o‘quvchilarga aql va tafakkur charxi bo‘lgan ushbu sport turi fan sifatida o‘tiladi.

Shuningdek, istiqbolda respublikadagi barcha umumiy o‘rta ta’lim maktablarida shaxmatga o‘qitishni bosqichma-bosqich qamrab olish, yuqori malakali murabbiy kadrlarni tayyorlash, shaxmat klublari va umumiy o‘rta ta’lim maktablari shaxmat sinflarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash nazarda tutilgan.

Qaror bilan shaxmat bo‘yicha Respublika ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktabi O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi tasarrufiga beriladi. Endilikda bu maktab o‘z faoliyatini to‘liq o‘zini o‘zi moliyalashtirish shartlarida amalga oshiradi.

 Bir oy muddatda barcha shaxmat klublari pasportlashtirishdan o‘tkaziladi. 2018- yil 1-sentabrdan boshlab mulkchilik shaklidan qat’i nazar, barcha shaxmat klublari hamda shaxmatga o‘qitish va shaxmatchilar tayyorlashni amalga oshiruvchi boshqa sport muassasalari O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi tomonidan Jismoniy tarbiya va sport vazirligi bilan kelishilgan holda majburiy      akkreditatsiyadan o‘tkaziladi.

Bazaviy interaktiv xizmatlar

Manzilimiz


Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mustaqillik Maydoni,1
Pochta indeksi:180100
Telefon
: 0(375)221-12-88, 0(375)221-03-81
Faks
: 0(375)221-13-40
Veb-sayt
http://www.qashqadaryo.uz
Elektron pochta
Yaqin jamoat transport to`xtash joylari 
Milliy bank va Mustaqillik Maydoni bekati
Avtomashrut
1,4,5,7,10,18,20,22,23,27,
37,44,462,11,21,37,33

Hozir saytimizda

Bizning saytimizda 276 mehmonlar va ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar 0

Foydali resurslar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati
www.press-service.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati
www.senat.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi
www.parliament.gov.uz
   
O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portali
www.gov.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)
www.ombudsman.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi
www.prokuratura.uz
   
 
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo'yicha davlat inspeksiyasi
http://gis.uz/

 

Mobil ilovalar

Maxsus imkoniyatlar

K'orinish

Pastda o'zingizga kerakli parametrni tanlasng
Blue Green Red Radian
Select menu
Google Font
Body Font-size
Body Font-family
Reset