wrapper

Maxsus imkoniyatlar
Juma, 11 Avgust 2017 00:00

Fidoiylik - qalb da'vatimiz bo'lsin

Avtor

O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik pala-tasida 2017 yil 12 iyul kuni bo'lib o'tgan Parlament palata-lari, siyosiy partiyalar, O'zbekiston ekologik Harakati, Xalq de-putatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari faoliyatining tah-lili hamda istiqboldagi vazifalariga bag'ishlangan videose-lektor yig'ilishida Yurtboshimiz Shavkat Mirziyoevning  aytgan fikrlari, mamlakatimizda kechayotgan barcha sohadagi islohot-larning tahlili va shu o'rinda xalq ishonib saylagan deputat-larning  fidoiyligi va jonbozligi haqidagi hayotiy tahlillari yig'ilish ishtirokchilarini va umuman jamiyatimizdagi barcha fuqarolarni,  ular qaysi sohada ishlamasin, o'z faoliyatiga teran tahliliy va tanqidiy qarash uchun da'vat bo'ldi, desam aslo adashmayman.

Har yilgidek barcha abiturientlar hayajon bilan kutgan kun - 1 avgust sanasida butun respublikamizdagi oliygohlarda bo'lgani kabi viloyatimizdagi 3 oliy o'quv yurtida ham test sinovlari o'tkazildi.
Hisob-kitoblarga qaraganda, joriy yilda viloyatimizdagi oliy o'quv yurtlariga jami 54 ming 600 nafardan ortiq yigit-qiz hujjat topshirgan. Qabul kvotasi esa 3 ming 470 o'ringa mo'ljallangan: davlat granti asosida 1045 kishi, to'lov-kontrakt asosida esa 2 ming 425 kishi o'qishga qabul qilinadi.
- Bu yil Qarshi davlat universitetiga jami 29 ming 529 nafar abiturient hujjat topshirdi, - deydi mazkur dargoh qabul komissiyasi mas'ul kotibi Shahobiddin Nuriddinov. - Shulardan faqat 1400 nafar abiturientgagina universitetimiz talabasi bo'lish nasib etadi. Har bir o'rin uchun o'rtacha 21 kishi kurashishiga to'g'ri keldi.
Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutiga 22 ming 330 kishi hujjat topshirgan. Qabul kvotasi esa 1800 tani tashkil etadi. Ushbu o'quv muassasasida bir o'ringa o'rtacha 12 nafardan ortiq abiturient da'vogarlik qildi.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filialida bu yilgi qabul kvotasi 270 o'rindan iborat qilib belgilangan bo'lib, mazkur o'rinlarni band qilish istagida bo'lganlar soni 2 ming 758 nafarni ko'rsatdi. Bir o'rin uchun 10 nafardan ziyod abiturient kurash olib bordi.
Kim talabalar safiga qo'shiladi, kim oliy o'quv yurtiga kirish uchun yana bir muddat tayyorlanishi kerakligi tez orada test natijalari e'lon qilingach ma'lum bo'ladi.

Suratda: oliy o'quv yurtlarida o'tkazilgan test sinovidan lavha (O'zA).

Shahrisabzda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlarda yoshlarning faol ishtirokini ta`minlash, yuksak ma`naviyatli, mustaqil va erkin fikrlaydigan, zamonaviy ilm-fan yutuqlarini puxta o'zlashtirgan, har tomonlama sog'lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish maqsadida «Hokim va yoshlar» uchrashuvi bo'lib o'tdi, deb xabar beradi Kun.uzga O'zbekiston yoshlar ittifoqi Qashqadaryo viloyat Kengashi matbuot xizmati.

Unda Prezidentning yoshlar siyosati bo'yicha Davlat maslahatchisi — O'zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi Qahramon Quranboyev, tuman hokimligi vakillari, tashkilot rahbarlari, Shahrisabz shahri va tumani yoshlari ishtirok etdi.

Tadbirda viloyat hokimi Zafar Ro'ziyev yoshlarga oid davlat siyosati doirasida mamlakatimizda olib borilayotgan ishlar, o'tkazilayotgan tadbirlar haqida so'z yuritib, yoshlar jamiyatning eng ilg'or qatlami sifatida hamisha qo'llab-quvvatlanishi, ularning har jihatdan barkamol shaxs bo'lib voyaga yetishlarini ta`minlash hukumat e`tiboridagi eng asosiy vazifa ekanini ta`kidladi.

— «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakatining IV qurultoyida prezidentimiz harakat negizida mutlaqo boshqacha prinsip va yondashuvlar asosida ishlaydigan, yoshlarning huquq hamda manfaatlarini himoya qila oladigan, har qanday rasmiyatchilik va kampaniyavozliklardan xoli, haqiqiy demokratik tashkilot — O'zbekiston yoshlar ittifoqini tuzish va 30 iyunni mamlakatimizda «Yoshlar kuni» sifatida nishonlashni taklif etganliklarini o'zi ham yoshlarga bo'lgan katta e`tibor namunasidir, — dedi Qashqadaryo viloyat hokimi Z.Ro'ziyev. 

Shuningdek, viloyatning iqtidorli va faol yoshlari so'zga chiqib, yurtimizda yoshlarga Yurtboshimiz tomonlaridan ko'rsatilayotgan g'amxo'rlikdan mamnun holda o'z fikrlarini bildirdilar.

Shundan so'ng yoshlarning kelgusidagi rejalari, ularni tashvishlantirayotgan muammolar hamda taklif va mulohazalari tinglandi. Shahrisabzda turizm va xizmat ko'rsatish sohasini rivojlantirish, yosh tadbirkorlarni qo'llab-quvvatlash, yoshlarda Internetdan foydalanish madaniyatini oshirish, ayniqsa, uyushmagan yoshlar bilan ishlash tizimini ishlab chiqish bo'yicha berilgan takliflar yuzasidan istiqbolli rejalar ishlab chiqildi.

Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili munosabati bilan Kun.uz tahririyatining ijodiy jamoasi Qashqadaryo viloyatiga safar uyushtirdi. Mazkur safar davomida viloyatda yuz bergan o'zgarishlar, olib borilayotgan ishlar bilan birga mavjud muammo va kamchiliklar ham o'rganildi.

Ana shu yutuq va kamchiliklar, fuqarolar murojaati tahlili va istiqboldagi rejalar yuzasidan viloyat hokimi Zafar Ro'ziyev bilan suhbat bo'lib o'tdi. Jumladan, viloyat hokimi Prezident qabulxonasiga murojaat yo'llash bo'yicha Qashqadaryoning yetakchi o'rinlarda qayd etilayotgani borasida to'xtalar ekan shunday fikrlarni bildirdi:

 

“Mustaqillikning 25 yili davomida viloyatda muayyan ishlar amalga oshirildi. Ammo muhtaram prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil etilgan virtual qabulxona hayotimizda o'z yechimini kutayotgan juda ko'plab muammolar borligini, aytish mumkinki, odamlarning turmush tarzi jar yoqasiga kelib qolganini ko'rsatib qo'ydi. Tan olib aytish lozim-ki, shu paytga qadar oddiy insonlar hayotiga befarq qarab kelingan. Bu holatni viloyat hokimidan tortib, mahalla oqsoqoligacha bo'lgan rahbarlar ish jarayonida uchratish mumkin edi. Virtual qabulxonaning tashkil etilishi tom ma`noda barcha rahbarlar uchun kelajak rejasini tuzishda ham as qotmoqda.

Ana shunday muammolar uy-joy, yer, sud-huquq masalalarida o'rtaga chiqmoqda va ularning aksari o'z yechimini topayapdi. Murojaatlarning aksarida Respublika idoralari bilan bog'liq kamchiliklar ham chiqib qolyapti. Biz nafaqat mazkur murojaatlar asosida, balki o'zimizning chekka tumanlarga safarlarimiz chog'ida ham aholi o'rtasida mavjud muammolarni o'z o'rnida va tezkorlik bilan ijobiy hal etyapmiz. Bu esa odamlar ruhiyatida prezidentimiz tomonidan olib borilayotgan siyosatga nisbatan ijobiy munosabatning paydo bo'lishiga sabab bo'lmoqda”.

 

Viloyat hokimi joriy yilning fevral oyida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning viloyatga safari borasida to'xtalar ekan, bu tashrif Qashqadaryo viloyati uchun yangi sahifa ochganini ta`kidladi.

“Viloyatdagi juda ko'plab muammoli masalalar mazkur tashrif davomida o'z yechimini topayapti. Umumiy qiymati uch trln so'm bo'lgan to'rt mingga yaqin loyiha dasturi ishlab chiqildi. 2017-2018 yil davomida viloyatda jami 50 mingga yaqin muqim ish o'rni yaratish rejalashtirildi. Bu viloyatning ochilmagan imkoniyatlaridan unumli foydalanish va fuqarolarning ayrim muammolariga yechim topishda turtki bo'ladi. 

Bundan tashqari, viloyat sog'liqni saqlash tizimidagi o'tkir muammolar ham mazkur tashrif davomida o'z yechimini topdi. Masalan, Qashqadaryo viloyatida qandli diabet bilan kasallanish ko'rsatkichi ancha yuqori. Raqamlar har yili 30 foizgacha ko'tarilib boryapti. Viloyatda esa endokrinologiya shifoxonasi mavjud emas. Qurbi yetganlar poytaxtga yoki xorijga chiqib davolanishyapti, ammo imkoni yo'qlar esa davolanmay, qiynalib yurishgan edi. Prezidentimiz viloyatga tashrifi davomida mazkur yirik muammoni ijobiy hal etib berdi. Bu kabi ishlarga misol qilib yuqumli kasalliklar shifoxonasining yuz foiz ta`mirdan o'tkazilishi ham keltirish mumkin. Chunki bu ta`mir hech qanday investitsiya dasturlariga kiritilmagan holda, mana shu viloyat uchun alohida g'amxo'rlik sifatida amalga oshiriladigan bo'ldi”.

Viloyat rahbarining ta`kidlashicha, Qashqadaryoda kichik va o'rta biznesni rivojlantirish vaqti kelgan. Buning uchun aholi ichiga kirib, ularning nima bilan bandligini o'rganib, ixtisosligi bo'yicha tijorat banklarining kreditlarini yo'naltirish, bu orqali aholi turmush farovonligiga erishish mumkinligini aytib o'tdi.

Aytish mumkinki, elektr energiyasi va toza ichimlik suvi bilan bog'liq muammolar bugun nafaqat Qashqadaryo viloyati, balki respublikaning aksari hududlarida og'riqli muammolardan biri sanaladi. Qashqadaryoda bu holat qanday? Shu haqda viloyat hokimi o'z fikrlarini izhor etdi:

“Aynan mana shu sohalar bo'yicha hukumat tomonidan juda katta qadam tashlanmoqda. Elektr energiyasining yetishmasligi aslida birinchi muammo emas, eng katta muammo shundaki, iste`molchi o'zi ishlatgan elektr haqini o'z vaqtida to'lamayotganidadir. Shu bu yil viloyatimizdagi Tolimarjon issiqlik ishlab chiqarish korxonasida 1 mlrd dollarlik loyiha amalga oshirildi. U yerda ayni paytda 900 mgVatt elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Bu viloyatni yuz foiz elektr energiyasi bilan ta`minlash deganidir. So'nggi oylarda elektr energiyasi sohasi doirasida juda katta ishlar amalga oshirildi. Jumladan, viloyatda 2 ta podstansiya qurib bitkazildi, bundan tashqari, 200 ga yaqin qo'shimcha transformatorlar ham o'rnatildi. 

Toza ichimlik suvi muammosi ham Qashqadaryo viloyatiga begona bo'lmagan kamchiliklardan biri. Bu, ayniqsa, viloyatning cho'l tumanlarida juda o'tkir muammo hisoblanadi. Ochig'ini aytganda, olib borilayotgan ishlar umumiy hisobda viloyat aholisining toza ichimlik suviga bo'lgan talabini qondirish uchun yetarli bo'lmayapti. Prezidentimiz viloyatga tashrifi davomida mazkur muammoga alohida to'xtalib o'tdi. Davlatimiz tomonidan joriy yilning aprel oyida qabul qilingan “Qarshi shahri va Qarshi shahri atrofidagi tumanlarni toza ichimlik suvi bilan ta`minlash to'g'risida”gi qarori o'rganib chiqildi. Turli vazirliklar bilan kelishgan holda qonun ijrosini amalga oshirish maqsadida ishchi guruh ham tuzildi. Kelajakda viloyat aholisini toza ichimlik suvi bilan ta`minlash borasida juda katta o'zgarish bo'lishi kutilmoqda. Jumladan, 2017 yilda Qarshi shahri va shahar atrofidagi tumanlarni toza ichimlik suvi bilan ta`minlash holati sezilarli ravishda o'zgaradi.

Ayni damda toza ichimlik suvini noqonuniy ravishda qiymatini oshirib sotayotgan insonlarga nisbatan ham alohida choralar ko'riladi. Nega deganda viloyatda bir tonna suvning narxi 1550 so'm. Bu yilning istalgan mavsumida o'zgarmaydigan narxdir”. 

 

Viloyat rahbari Zafar Ro'ziyev suhbat davomida Qashqadaryo sog'liqni saqlash tizimi faoliyati haqida ham to'xtalib o'tdi:

“Viloyatdagi qishloq vrachlik punktlarida akusher-ginekologlarning yo'qligi juda katta muammolarni keltirib chiqarmoqda. Nega deganda o'smir qizlar o'zlarini shifokorga ko'rsatishdan uyalishadi. Bu albatta, mintaletitga xos bo'lgan jihat. Bu esa so'nggi paytlarda qishloq qizlarida bepushtlik kasalligining keng yoyilishiga sabab bo'lmoqda. Ana shu muammolarning oldini olish maqsadida qishloqlardagi oilaviy poliklinikalar zamonaviy va ehtiyojga zarur bo'lgan tibbiy uskunalar bilan jihozlanmoqda va odamlar orasida tibbiy madaniyatni oshirish bilan bog'liq ishlar muntazam ravishda olib borilmoqda”.

Qashqadaryo viloyat hokimi Zafar Ro'ziyev bilan bo'lib o'tgan suhbat samimiy ruhda kechdi. Intervyu davomida juda ko'plab masalalarga to'xtab o'tildi. Kelajakdagi rejalar va viloyat istiqbolida kutilayotgan ishlar to'g'risida fikr almashildi. Aytish mumkinki, yaqin vaqtlar ichida viloyatning har bir sohasida ko'zga ko'rinarli ishlar amalga oshirish belgilab qo'yilgan va bu aholi turmush tarziga ijobiy ta`sir ko'rsatishi tabiiy.

Mazkur intervyuning to'liq ko'rinishini Kun.uz’nin YouTube tarmog'idagi sahifasi orqali tomosha qilish mumkin.

Sarvarjon 10 yoshda. Darsdan so‘ng bolalar musiqa va san’at maktabiga qatnaydi. Zarbli cholg‘ular sinfida milliy soz – doira chalishni o‘rganayapti. Uydagi bayram,    ziyofatlar, albatta uning doiradagi ijrosisiz o‘tmaydi. Zarifaxon bu yil 5 yoshga to‘ldi. Hozirdan momosi, bobosiga ko‘makchi. Bog‘chadan keldi deguncha, ularning yoniga yuguradi. Hali maktabga borishiga biroz vaqt bo‘lsa ham allaqachon o‘ziga papka, kitob-daftaru ruchka hozirlatgan. O‘zining aytishicha, maktabga borsa, hammadan yaxshi o‘qir ekan. Abdumalik esa endigina 10 oylik bo‘ldi. Ammo u Oymomoni biladi, momosining:

     - Oymomojon hulla,

    Qanotlari tilla, deya xirgoyi qilishiga monand nimalarnidir chug‘urlab, osmondagi yoritqichni izlaydi, ko‘rganida dimog‘i chog‘ bo‘lib, qiyqiradi...

Bular – bizning bolalar. Tinch-osuda yurt bag‘rida o‘sib-ulg‘ayayotgan, ilk yutug‘ini chet tilida burro so‘zlash, sportning biror turida chempion bo‘lish bilan boshlayotgan baxtiyor avlod...

Bugun dunyoning qay bir burchagida ochlik, tashnalikdan azob chekayotgan, yana qaysidir hududida notinchlik sabab ota-onasi, yaqinlaridan bevaqt judo bo‘layotgan, yana qayerdadir allaqanday qarashlar, mutaassiblikning qurboniga aylanayotgan tengdoshlari borligini ham nazarda tutsak, bizning bolalar bekamu ko‘st yashayotgani, ularga eng baxtli bolalik nasib etayotganiga behisob   shukurlar qilamiz. Har yili 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni esa bizda eng tantanavor sana sanaladi, shodlik va quvonch, baxtiyorlik bayrami sifatida nishonlanadi.

Bir bizdagina emas, ushbu bayram yana ko‘plab davlatlarda ham har yili alohida bayram qilinadi. Ilk marotaba 1925-yilda Jenevada bolalar manfaatlari masalalariga bag‘ishlab o‘tkazilgan Butunjahon konferensiyasida bayram sifatida nishonlash qabul qilingan mazkur sana “Xalqaro bolalar kuni” (International Children’s Day) deb nomlangan. Va ushbu sana eng “eski” xalqaro bayramlardan biri sanaladi. Bayram uchun nega aynan 1-iyun sanasi tanlangani ma’lum emas, taxminlardan biriga ko‘ra, 1925-yilda Xitoy Bosh konsuli AQSHning San-Fransisko shahrida xitoylik yetim bolalarning bir guruhini to‘plagan va ular uchun Duan-u sze, ya’ni Ajdarholar festivalini uyushtirgan. Bu bayram aynan 1-iyunda o‘tkazilgan va baxtli tasodif tufayli shu kuni Jenevada konferensiya ham bo‘lib o‘tayotgan edi.

Ikkinchi jahon urushidan keyin bolalar salomatligi va manfaatlarini himoyalash eng muhim masala darajasiga ko‘tarildi va 1949-yilda Parij shahrida bo‘lib o‘tgan ayollar kongressida bolalar baxt-saodatining yagona kafolati bo‘lmish tinchlikni asrash uchun doimiy kurashga bag‘ishlangan ahd yangradi. Xuddi shu yili Moskvada bo‘lib o‘tgan Xalqaro ayollar demokratik federatsiyasi kengashining sessiyasida bu bayram yuqoridagi kongress qaroriga uyg‘un holda Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni sifatida ta’sis etildi. Bir yildan so‘ng – 1950-yilning 1-iyunida birinchi marta Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni keng bayram qilindi.

Xalqaro bolalar kuni o‘z bayrog‘iga ega. Yuksalish, uyg‘unlik, musaffolik va unumdorlik timsoli bo‘lgan yashil rang fonida chizilgan Yer shari atrofida qizil, sariq, ko‘k, oq va qora odamchalar shakllari tasvirlangan. Bu odamchalar rang-baranglik va bag‘rikenglikni anglatadi. Tasvir markazidagi Yer shakli esa insoniyatning umumiy uyidir.

BMT tomonidan ham bu xayrli tashabbus qo‘llab-quvvatlangan holda bolalarning sog‘lig‘i, baxt-saodati, haq-huquqlarini himoyalash kabi masalalar tashkilot dasturiga kiritildi. Jumladan, 1959-yilda Bola huquqlari deklaratsiyasi qabul qilindi. Keyinroq – 1989-yilning 20-noyabrida esa Bola huquqlari Konvensiyasi qabul qilinib, 61 davlat tomonidan imzolandi.

Bolalar bayrami esa har yili mamlakatlarda o‘ziga xos tarzda, har bir xalqning o‘ziga monand qadriyat va an’analariga uyg‘un holda nishonlanadi. Shu kuni bog‘lar, park va xiyobonlarda, bolalar muassasalarida kichkina insonlarning katta olamiga monand ravishda turli tomoshalar tashkil qilinadi, yetim bolalar holidan xabar olinadi, xayr-saxovat tadbirlari uyushtiriladi.

Bularning bari ezgulikka xizmat qiladi, albatta. Ammo botinda bosh ko‘taradigan bir savol-so‘roq ham bor: bugun biz kattalar bolalarni nimadan yoki kimdan himoya qilmog‘imiz kerak? Bu savolga javob izlab, ijtimoiy tarmoqda turli kasb egalari, jamoatchilik vakillarining qarashlarini o‘rganish natijasida asosan quyidagilar ma’lum bo‘ldi:

1.“Bolalarni bugungi kunda tarqalayotgan turli yuqumli xastaliklardan asrashimiz shart!” Bu – tibbiyot xodimlarining xulosasi. Zero, bolalar kelajak egalari. Ularning   sog‘lig‘i bashariyat hayotining davom etishiga kafil bo‘ladi.

2. “Bolalarimizni bechoralik, faqirlikdan himoyalashimiz kerak!” Bu esa oddiy qo‘l kuchi bilan kun kechiradigan kishilarning fikri. Har bir bolaning bepul ta’lim olishi bizning yurtda kafolatlab qo‘yilgan, ammo uning kelajakda mustahkam moddiy tayanchga ega bo‘lishi, o‘zi va oilasini ta’minlay olishi uchun jon kuydirish, to‘g‘ri yo‘naltirish ota-onaning eng muhim vazifasi.

3. “Farzandlarimizni bugungi kunda turli salbiy axborotlar xurujidan himoya qilishimiz lozim!” Bu – o‘qituvchilar, ziyolilarning qarashi. Darhaqiqat, bugun radio-televidenie, kompyuter o‘yinlari, internet va hatto o‘yinchoqlar orqali bolalar ongiga hujum qilayotgan, ularni o‘z ta’siriga olishga urinayotgan yot g‘oyalar ko‘pdan ko‘p. Goh zararsiz o‘yinchoq, gohida ertak-she’r ko‘rinishida ham xuruj qilayotgan yot, begona g‘oyalar bolalarimiz ongi-tafakkuriga soya solmasligi uchun, eng avvalo, ota-onalar, ustoz-murabbiylarning o‘zlari bu xurujlarni to‘g‘ri anglamog‘i shart. Shundagina murg‘ak qalbning tuganmas savollariga to‘g‘ri javob berish, nima yaxshiyu nima yomonligini anglatish mumkin.

4. Savolimizga hazil tariqasida shunday javob berganlar ham bo‘ldi: “Biz hozirgi bolalardan o‘zimizni himoya qilishimiz kerak, ular bilmaydigan narsaning o‘zi yo‘q, hisobi!”

Nachora, bu ham to‘g‘ri. Chindan, bugunning bolalari ko‘p narsani bilishadi. Garchi hali yozishni bilmaydiganlari ham momo-buvalari ocholmagan telefon kodini bir zumda ochib berishadi, kompyuterni mustaqil yoqib, o‘zlari yaxshi ko‘radigan multfilmni qo‘yib ko‘ra olishadi. Biroq ming bilimdon, ming aqlli bo‘lmasin, bola – baribir bola. Uning tiyrak nigohlari atrofidan ideal izlashini, yuragida muhabbati, tuganmas shijoati qaynab turishini, ongi esa yozilmagan qog‘oz singari top-toza va pok ekanligini unutib bo‘lmaydi. Demak, shunga monand yo‘l tutish, bolalardan ilg‘orroq, ularga o‘rnak bo‘lishga munosib bo‘lishimiz shart. Qadim allomalarimiz aytgani kabi, bolaga odamiylik sabog‘ini singdirish, avvalo o‘zi ibrat ko‘rsatish – eng yaxshi himoyadir.

Qarshi temir yo‘l vokzalida Jizzax shahrida bo‘lib o‘tgan "Barkamol avlod - 2017" sport o‘yinlarida ishtirok etgan viloyatimiz delegatsiyasi a’zolari tantanali kutib olindi. Marosimda viloyat hokimligi, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, sportchi yoshlarning ota-onalari ishtirok etdi.
Ta’kidlab o‘tish joiz, yosh avlodni sog‘lom va barkamol qilib voyaga yetkazish, mamlakatimiz dovrug‘ini dunyoga tanitishda sportning o‘rni juda muhim. Shu bois mustaqillikning ilk yillaridanoq yurtimizda sportni ommalashtirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Ayniqsa, Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan joriy etilgan, dunyoda o‘xshashi yo‘q uch bosqichli tizim - "Umid nihollari", "Barkamol avlod" hamda Universiada sport o‘yinlari yoshlarimiz o‘rtasida sportga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirdi. An’anaviy tarzda tashkil etib kelinayotgan bu musobaqalar o‘z nufuzi, ahamiyati va miqyosiga ko‘ra, "Kichik Olimpiada" deya e’tirof etilayotgani ham bekorga emas. Zero, mazkur an’anaviy o‘yinlar xalqaro Olimpiada talablariga qat’iy amal qilgan holda hamda xolislik, halollik, adolat, totuvlik kabi mezonlar asosida o‘tkazilishi bilan ajralib turadi.

25-27-may kunlari Jizzax shahrida ushbu uch bosqichli musobaqalarning o‘rta bo‘g‘ini - "Barkamol avlod" sport o‘yinlari doirasida mamlakatimiz akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining 898 o‘quvchisi sportning 17 turi bo‘yicha bellashuvlarda ishtirok etdi. Ular 193 ta oltin, 193 ta kumush va 214 ta bronza medali uchun bahs olib borishdi. Musobaqalarda viloyatimiz vakillari ham ko‘pgina sport turlari bo‘yicha munosib kurash olib borishdi. Jumladan, futbol bo‘yicha terma jamoamiz a’zolari yarim final bahslarida xorazmlik tengdoshlariga hech qanday imkoniyat qoldirmagan bo‘lsa, finalda Farg‘ona viloyati vakillari ustidan irodali g‘alabaga erishib, birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

-  Ayniqsa, farg‘onaliklar bilan bo‘lgan o‘yin juda hayajonli kechdi, - deydi terma jamoamiz a’zosi, Qarshi olimpiya zaxiralari kolleji o‘quvchisi Mirzabek Jonimqulov. - Sababi, finalning mas’uliyati juda katta bo‘ladi. Asosiy vaqtda 1:1 hisobi qayd etilib, kurash penaltilar seriyasiga qadar yetib bordi. 11 metrdan to‘p tepish bellashuvida esa omad biz tomonda bo‘ldi va 4:3 hisobida g‘alaba qozonib, oltin medallarni qo‘lga kiritdik.

Shuningdek, gandbol bo‘yicha qizlar terma jamoasi 3-o‘rinni egallagan bo‘lsa, suzish bo‘yicha umumjamoa hisobida xuddi shunday o‘rin qo‘lga kiritildi. Yengil atletikachilarimiz esa 8-o‘rinni egalladi. Shunga qaramay, yakkalik bahslarida oltin medallar ham bor. Xususan, Kasbi tumanidagi Denov qishloq xo‘jaligi kasb-hunar kolleji 1-bosqich o‘quvchisi Malika Vohidova 800 metr masofaga yugurish bahslarida ajoyib natija qayd etib, ancha nomdor raqiblarini ham ortda qoldirdi.

- Bu yil sportdagi faoliyatim yutuqlarga boy bo‘lmoqda, - deydi u. - May oyi boshida Buxoro shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston chempionatida 1500 metrga yugurish bahslarida 1-o‘rinni, 800 metrga yugurishda esa 3-o‘rinni egallagan edim. "Barkamol avlod" musobaqasiga ham qattiq tayyorgarlik ko‘rdim. Intilishim o‘z natijasini berdi.

Musobaqalar natijasiga ko‘ra, eng ko‘p medal jamg‘arib, birinchi o‘rinni egallagan Toshkent shahri jamoasi bosh mukofot - O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Barkamol avlod - 2017" sport o‘yinlari qatnashchilariga yo‘llagan tabrigining asl nusxasi va Prezident sovg‘asi - "Damas" avtomobili bilan taqdirlandi.
Umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egallagan Andijon viloyati va uchinchi pog‘onadan joy olgan Samarqand viloyati jamoalariga Prezident sovg‘asi - "Damas" avtomobillari topshirildi. Viloyatimiz vakillari esa 138 ochko jamg‘arib, 11-o‘rin bilan cheklanishdi.

Ma’lumot o‘rnida keltirib o‘tamiz, "Barkamol avlod" sport musobaqalari boshlangan 2001-yildan buyon viloyatimiz jamoasi qayd etgan eng yaxshi ko‘rsatkich 8-o‘rin bo‘lib qolmoqda. Bu natijaga 2005-yilda erishilgan. Qolgan musobaqalarda esa 10-o‘rindan yuqoriga o‘tilgani yo‘q. Xususan, 2001- va 2008-yilgi bahslarda 14 ta jamoa ichida eng oxirgi o‘rin egallangan bo‘lsa, 2011-yilda 11-, 2014-yilda 10- va 2017-yilda yana 11-o‘rin qo‘lga kiritilmoqda. Bu ushbu musobaqalarga tayyorgarlik jarayoniga ham jiddiy e’tibor qaratish, seleksiya ishlarini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish va malakali murabbiylarni jalb etish lozimligini ko‘rsatadi.

Jizzax shahrida bo‘lib o‘tgan musobaqaning yopilish marosimida ishtirokchilar "Qashqadaryoda ko‘rishguncha!" deya xayrlashishdi. Darhaqiqat, 2020-yilda bo‘lib o‘tadigan "Barkamol avlod" sport musobaqalarining final bosqichiga viloyatimiz mezbonlik qiladi. Umid qilamizki, o‘z uyimizdagi musobaqaga sportchilarimiz, murabbiylarimiz qattiqroq tayyorgarlik ko‘rishadi va sovrinli o‘rinlardan birini qo‘lga kiritamiz.

Qarshi tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan "Prizma" xususiy korxonasi asosan devorbop qurilish materiallari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Shu bilan birga, bugungi kunda bu yerda bir necha turdagi metall konstruksiyalar, temir darvoza va panjaralar yasash ham yo‘lga qo‘yilgan. Korxona tomonidan taklif etilayotgan raqobatbardosh va xaridorgir qurilish mahsulotlari ichki bozorga yo‘naltirilmoqda.

- Bundan 2 yil avval gipsli suvoq, shpaklyovka, maxsus qurilish kleyi, suv emulsiyali bo‘yoq tayyorlashni tashkil etgandik, - deydi korxona rahbari, yosh tadbirkor Shahboz Rahmonov. - O‘tgan qisqa davr mobaynida mahsulotlarimiz o‘z xaridorini topib ulgurdi. Birgina 2016-yilda 50 tonnadan ko‘proq qurilish materialini realizatsiya qildik. Ishlab chiqarish uchun zarur xomashyoni yurtimizdagi korxonalardan sotib olamiz. Natijada mahsulot tannarxini sezilarli darajada arzonlashtirishga erishayapmiz.

Tadbirkorning aytishicha, binoning ham fasadi, ham ichki qismi uchun mo‘ljallangan ushbu qurilish materiallariga talab ayniqsa aholi orasida ko‘paymoqda. Shu bois kelgusida xorijdan zamonaviy uskuna xarid qilish evaziga ishlab chiqarish samaradorligini yanada oshirish maqsad qilingan. Qolaversa, yangi turdagi mahsulotlarni tayyorlashni o‘zlashtirish ham rejalashtirilmoqda. Xususan, ishbilarmon hozirgi paytda ancha xaridorgir qurilish materiali sanalgan moybo‘yoq ishlab chiqarishni tashkil etishni ko‘zlayapti. Xomashyo masalasida muammo bo‘lmasligi mazkur loyiha istiqbolini ta’minlaydi.

M.JO‘RAYEV

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori


Mustaqillik yillarida mamlakatimizda madaniyat va san’at sohasini rivojlantirish, jahon miqyosidagi ilg‘or tajribalar asosida zamonaviy madaniyat va san’at muassasalari barpo etish, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ijodkor ziyolilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash masalalariga davlatimiz tomonidan ustuvor ahamiyat qaratib kelinmoqda. 

Aholi, xususan, yoshlarning madaniy saviyasini yuksaltirish, ularni milliy va umumbashariy madaniyatning eng yaxshi namunalaridan bahramand etish, shu asosda ma’naviy yetuk, barkamol shaxslarni tarbiyalash, yosh iste’dod egalarining qobiliyati va salohiyatini ro‘yobga chiqarish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. 

Shu bilan birga, madaniyat va san’at sohasini boshqarishda eskicha usullar saqlanib qolayotgani, mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha kompleks yondashuvning yetishmasligi, madaniyat muassasalarining faoliyatini tashkil etish, aholiga madaniy xizmat ko‘rsatishda oqsoqlikka yo‘l qo‘yilayotgani, aksariyat joylarda madaniyat va san’at maskanlarining moddiy-texnik bazasi bugungi kun talablariga javob bermasligini qayd etish zarur. Ayniqsa, soha uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlashda mavjud talab va ehtiyojlarni hisobga olmaslik, ularni qayta tayyorlash, malakasini oshirish borasida puxta tizim yaratilmagani madaniyat sohasida yagona davlat siyosatini samarali amalga oshirish, bu yo‘nalishdagi ustuvor vazifalarni to‘liq bajarish imkonini bermayapti. 

Mamlakatimizni yangilash va modernizatsiya qilishning bugungi yangi bosqichida madaniyat va san’atning hayotimizdagi o‘rni va ahamiyatini oshirish, yosh avlodimizni milliy va umuminsoniy qadriyatlar, ona yurtga mehr va sadoqat ruhida tarbiyalash maqsadida: 

1. O‘zbekiston Respublikasida madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirish va takomillashtirish bo‘yicha 2017-2021-yillarga mo‘ljallangan chora-tadbirlar dasturi (keyingi o‘rinlarda Dastur deb ataladi) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 

Dasturning asosiy yo‘nalishlari etib belgilangan quyidagi vazifalar ijro uchun qabul qilinsin: 

madaniyat va san’at muassasalari faoliyatini tashkil etish va samaradorligini oshirish borasidagi qonunchilikni takomillashtirish. Jumladan, muzeylar va teatrlar faoliyatini takomillashtirish hamda moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqish. Moddiy madaniy meros va arxeologiya obyektlarini muhofaza qilish va ulardan samarali foydalanish mexanizmlarini yanada takomillashtirish; 

madaniyat va san’at muassasalari, teatrlar, muzeylar, badiiy jamoalar, madaniyat va aholi dam olish maskanlari, madaniyat va istirohat bog‘lari faoliyati, moddiy-texnik bazasi holatini atroflicha o‘rganish, ularni ta’mirlash va zarur jihozlar, musiqa asboblari bilan ta’minlash, samarali ijodiy faoliyat uchun qulay shart-sharoitlar yaratish. O‘zbek milliy raqs va xoreografiya san’atini yanada rivojlantirish, madaniyat va san’at rivojiga katta hissa qo‘shgan taniqli san’atkorlar, jahon miqyosidagi nufuzli ko‘rik-tanlovlarda yuqori o‘rinlarni egallagan yoshlarni moddiy qo‘llab-quvvatlash; 

yoshlarni san’at maskanlariga, xususan, teatr va muzeylar, konsert tomoshalariga muntazam jalb etish, o‘zbek va jahon madaniyatining eng sara namunalaridan bahramand etish orqali ularning ma’naviy-axloqiy, estetik didi va madaniy darajasini yanada yuksaltirish. Madaniyat va istirohat bog‘lari hududida “Nuroniylar maskan”larini tashkil etib, faxriylarning madaniy dam olishlari uchun zarur sharoitlar yaratish;

“Seni kuylaymiz, zamondosh!”, “Debyut” kabi teatr san’ati ko‘rik-festivallari samaradorligini oshirish orqali buyuk siymolar, zamonamiz qahramonlari obrazi, bugungi kunda yurtimizda amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlarini aks ettirgan, badiiy yuksak sahna asarlarini yaratish. “Bahor nafasi” xalqaro san’at festivali, “Boysun bahori” xalqaro folklor festivali, “Yoshlik bahori” respublika yosh opera ijrochilari festivali singari tadbirlar, turli xalq sayllarini tashkil etib, ularga xorijiy sayyohlarni keng jalb etish; 

madaniyat va san’at yo‘nalishidagi ta’lim muassasalarining malakali kadrlar va mutaxassislarga bo‘lgan talab va ehtiyojlarini o‘rganish, bu borada kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishning samarali tizimini yaratish, zamonaviy ilg‘or tajribalardan foydalanish, dunyoning mashhur musiqachilari, bastakorlari ishtirokida ijodiy uchrashuvlar, mahorat darslari tashkil etish, madaniyat va san’at yo‘nalishidagi ta’lim muassasalarini o‘quv dasturlari va notalar, o‘quv qo‘llanma va darsliklar, ilmiy-metodik adabiyotlar bilan ta’minlash; 

O‘zbekistonning yuksak madaniyati va san’atini xalqaro maydonda yanada keng targ‘ib etish, xalqaro ko‘rik-tanlov va festivallarda mamlakatimiz vakillarining ishtirokini kuchaytirish, Samarqand shahrida o‘tkaziladigan “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali nufuzini yanada oshirish, boshqa turli tadbirlarda chet ellik madaniyat va san’at namoyandalari keng qatnashishlarini ta’minlash, xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlar tashkil etish, sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va ulardan samarali foydalanish. 

2. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi 2017-yilning 1-oktabriga qadar: 

muzeylar va teatrlar faoliyatini takomillashtirish hamda ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash kompleks chora-tadbirlarini; 

yoshlarni teatr va muzeylarga, konsert-tomosha tadbirlariga tizimli ravishda jalb etish orqali ularning ma’naviy-axloqiy, estetik va madaniy darajasini yanada yuksaltirishga qaratilgan chora-tadbirlar dasturini; 

O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi va Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda mamlakatimizdagi konsert-tomosha va teatr muassasalarining ijodiy xodimlari uchun grim va postijyor mahsulotlari, oyoq kiyimlar, maxsus liboslar, jumladan, balet san’ati uchun liboslar, yuksak darajada ishlangan sahna dekoratsiyalari va konstruksiyalari, parda va sahna liboslarini tayyorlashga ixtisoslashgan qo‘shma korxona tashkil etish yuzasidan takliflarini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 

3. O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Madaniyat vazirligi va Toshkent shahri hokimligi bilan birgalikda bir oy muddatda Toshkent shahri, Buxoro ko‘chasi, 10-uyda joylashgan binoni “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi tasarrufiga o‘tkazish va ushbu binoda jahon andozalariga to‘liq mos keladigan, akademik jamoalarning badiiy dasturlari namoyish etiladigan, jonli ijroga mo‘ljallangan zamonaviy konsert zalini barpo etish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin. 

4. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Moliya vazirligi 2018/2019 o‘quv yilidan boshlab O‘zbekiston davlat konservatoriyasida madaniyat va san’at yo‘nalishidagi oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari, shuningdek, maktabdan tashqari ta’lim muassasalari uchun malakali musiqa pedagoglarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishga ixtisoslashtirilgan fakultet tashkil etish yuzasidan zarur choralarni amalga oshirsin. 

5. Quyidagilar Dasturni amalga oshirishni moliyalashtirish manbalari etib belgilansin: 

O‘zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturlari mablag‘lari; 

O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari; 

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari; 

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish jamg‘armasi; 

tijorat banklarining kredit mablag‘lari; 

yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.

6. O‘zbekiston Respublikasida madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirish va takomillashtirish bo‘yicha 2017-2021-yillarga mo‘ljallangan chora-tadbirlar dasturini amalga oshirish bo‘yicha Respublika komissiyasi tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 

Respublika komissiyasi (A.Aripov): 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va tegishli hududlarning hokimlari boshchiligida Dasturni amalga oshirish bo‘yicha bir hafta muddatda tegishli ishchi guruhlar tashkil etsin; 

vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari tomonidan har bir davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, viloyat, shahar, tumanlar bo‘yicha Dastur asosida ikki hafta muddatda hududiy dasturlar ishlab chiqilishini ta’minlasin, ularni tasdiqlasin hamda ularda nazarda tutilgan tadbirlar o‘z vaqtida amalga oshirilishini muvofiqlashtirsin; 

Toshkent shahrida 30-may kuni videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda 2017-yilgi Investitsiya dasturiga kiritilgan va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz hududlariga tashriflari davomida ishlab chiqilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish borasidagi ishlarning holatini tanqidiy tahlil qilish va baholash masalalari ko‘rib chiqildi. 

Yig‘ilishda Bosh vazir va uning o‘rinbosarlari, Prezidentning Davlat maslahatchilari, tegishli vazirlik va idoralar, xo‘jalik birlashmalari rahbarlari ishtirok etdi. Shuningdek, videokonferensiya orqali Toshkent va Nukus shaharlari, viloyatlar markazida tashkil etilgan studiyalarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi rahbariyati, mahalliy hokimliklar, vazirlik va idoralarning hududiy tuzilmalari, korxonalar rahbarlari, tadbirkor va investorlar qatnashdilar. 

Yig‘ilishni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev boshqardi. 

Davlatimiz rahbari investitsiyalar hajmini izchil ko‘paytirib borish, zamonaviy ishlab chiqarish obyektlarini ishga tushirish mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, muhim ijtimoiy dasturlarni amalga oshirish, eng asosiysi, aholining hayot darajasi va sifatini yanada yaxshilashning hal qiluvchi omili ekanini ta’kidladi. 

2017-yilgi Investitsiya dasturiga umumiy qiymati 50 milliard AQSh dollariga teng 545 investitsiya loyihasi kiritilgan bo‘lib, yil davomida 7,3 milliard dollarlik sarmoyalarni o‘zlashtirish belgilangan. 

Shuningdek, 2017-yilda umumiy qiymati 2,4 milliard dollarga teng bo‘lgan 170 yangi ishlab chiqarish obyektini ishga tushirish mo‘ljallanmoqda. Joriy yilning yanvar-aprel oylarida umumiy qiymati 73,5 million dollarlik 9 loyihani amalga oshirish ishlari yakunlangani alohida qayd etildi. 

Investitsiya dasturiga kirmagan, davlatimiz rahbarining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri tumanlariga tashriflari davomida ishlab chiqilgan, hududlar miqyosida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan 19 trillion 300 milliard so‘mlik mingdan ziyod yirik loyihalar amalga oshirilayotgani, bugungi kunda ularning 39 tasi bo‘yicha obyektlar ishga tushirilgani ta’kidlandi. 

Shu bilan birga, yig‘ilishda ayrim tarmoqlar va hududlar rahbarlarida mas’uliyat, talabchanlik va tashabbuskorlik yetishmayotgani, buning oqibatida ko‘pgina investitsiya loyihalarini amalga oshirishda sustkashlikka yo‘l qo‘yilayotgani qattiq tanqid qilindi. Jumladan, shu yilning birinchi yarmida 10 loyiha bo‘yicha obyektlarni ishga tushirish muddatlari asossiz ravishda kechiktirib yuborilgani, 9 loyihani moliyalashtirish bo‘yicha shartnomalar tuzish, 10 loyiha yuzasidan loyiha-smeta hujjatlarini tasdiqlash ishlari paysalga solib kelinayotgani aniq misollar bilan ko‘rsatib o‘tildi. Tarmoqlar rahbarlari va loyihalar tashabbuskorlari oldiga ana shunday muammolarni tezlik bilan hal qilish, bu boradagi qoloqlik holatlarini bartaraf etish qat’iy vazifa qilib qo‘yildi. 

Davlatimiz rahbari investitsiya loyihalarining o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilmasligi oqibatida zamonaviy obyektlarni ishga tushirish muddatlari kechikishi, bu esa talab yuqori bo‘lgan mahsulotlarning bozorga yetib borishiga, qancha-qancha odamlar, avvalo, yoshlarning ish bilan ta’minlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishini ta’kidlab, bunday holatlarga yo‘l qo‘ygan mutasaddi rahbarlarga nisbatan qat’iy choralar ko‘rilishi haqida ogohlantirdi. 

Yig‘ilishda investitsiya loyihalarini amalga oshirishdagi sustkashlik sabablaridan biri eng quyi tizimda, ya’ni, tashabbuskor tuzilmalar va loyiha institutlari darajasida tegishli hujjatlar yetarlicha puxta ishlab chiqilmasligi bilan bog‘liq ekani qayd etildi. 

O‘tkazilgan o‘rganish va tahlillardan ayon bo‘lmoqdaki, ayrim istiqbolsiz loyihalarni Investitsiya dasturiga kiritish holatlari mavjud bo‘lib, ularning moliyalashtirish manbalari va maqsadli strategiyasi aniq belgilanmagan, kutilayotgan natijalar bo‘yicha zarur hisob-kitoblar ishlab chiqilmagan. 

Shu munosabat bilan davlatimiz rahbari tomonidan tegishli vazirlik va idoralarga ikki oy muddatda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning strategik vazifalaridan kelib chiqqan holda, Investitsiya dasturini shakllantirish va uni amalga oshirish, istiqbolli investitsiya loyihalari bazasini yaratish bo‘yicha me’yoriy-huquqiy bazani takomillashtirish yuzasidan qaror loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash uchun kiritish haqida topshiriqlar berildi. 

Bu borada kelgusi yil uchun mo‘ljallangan Investitsiya dasturiga faqat puxta ishlab chiqilgan, loyiha-smeta hujjatlari tayyor va moliyalashtirish manbalari aniq bo‘lgan investitsiya loyihalarini kiritishga alohida e’tibor berish zarurligi ta’kidlandi. 

Vazirlar Mahkamasi komplekslari, vazirlik va idoralar, xo‘jalik birlashmalari va hududlar rahbarlarining istiqbolli loyihalarni shakllantirish sifati uchun shaxsiy javobgarligi va mas’uliyatini oshirish lozimligi qayd etildi. Bu borada har bir rahbar o‘z tarmog‘i yoki hududini rivojlantirish bo‘yicha aniq ustuvor yo‘nalishlar va vazifalarni, kelgusi yillarda qanday loyihalarni amalga oshirish zarurligini har tomonlama chuqur bilishi, yaqqol tasavvur qilishi shart. 

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev investitsiya loyihalarini amalga oshirish yuzasidan yangi nazorat mexanizmini joriy etish bugungi kun talabiga aylanib borayotgan dolzarb vazifa ekanini ta’kidladi. Ana shu mexanizm asosida Iqtisodiyot vazirligi har bir loyiha bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni muntazam monitoring qilib, uning natijalari to‘g‘risidagi haftalik axborot va takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritib borishi kerak, dedi davlatimiz rahbari. 

Vazirlar Mahkamasi har haftada tegishli tarmoqlar rahbarlari bilan mavjud muammolar va qoloqlik sabablarini muhokama qilib, ularni bartaraf etish, loyihalarni amalga oshirishni tezlashtirish yuzasidan tegishli choralar ko‘rishi lozim. Shuningdek, Vazirlar Mahkamasi Bosh prokuratura va Hisob palatasi bilan birgalikda har oyda ikki marta amalga oshirish jarayonida qandaydir muammo paydo bo‘layotgan loyihalar bo‘yicha muhokamalar o‘tkazib, ularni amaliy jihatdan hal etishi zarurligiga e’tibor qaratildi. 

Yig‘ilishda Vazirlar Mahkamasi komplekslari, vazirlik va idoralar, kompaniya va uyushmalar, hokimliklar rahbarlarining hisobotlari, takliflari eshitildi va muhokama qilindi, investitsiya loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirish, mavjud muammolarni hal etish yuzasidan aniq topshiriqlar berildi. 

 

 

Qashqadaryo viloyat hokimligi va O'zbekiston musulmonlari idorasining viloyat vakilligi 29-30 mart kunlari masjid imom-xatiblari uchun “Turli yot g'oyalarga qarshi kurashishda imom-xatiblarning o'rni va vazifalari” mavzuida o'quv-seminar o'tkazdi.
Unda viloyat hokimligi kotibiyati mudiri D.Shodmonov, adliya boshqarmasi bo'limi boshlig'i A.Isoqov, ichki ishlar boshqarmasi mas'ul xodimlari, Qarshi davlat universiteti professori S.Choriev, viloyat ma'naviyat-targ'ibot markazi rahbari L.Saodatovalar ma'ruza bilan ishtirok etishdi.
O'quv-seminar davomida ijtimoiy-ma'naviy muhitni yanada sog'lomlashtirish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar, yoshlarni ilm olishga targ'ib etish, sababsiz dars qoldirib yurgan o'quvchilar tarbiyasi bilan jiddiy shug'ullanish, yoshlar ma'naviyatini shakllantirishda islom dinining roli, yoshlarni turli mafkuraviy xurujlar: ommaviy madaniyat va missionerlar tuzog'idan asrash, diniy ekstremizm, prozelitizmga qarshi kurashish borasida imom-xatiblar oldida turgan dolzarb vazifalar hamda imom-xatiblik mas'uliyatini yanada oshirish bo'yicha atroflicha ma'lumotlar berilib, aniq vazifalar belgilab olindi.
Seminar erkin mulohaza shaklida o'tkazilib, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga soha mutaxassislari atroflicha javob berdilar.
 

Bazaviy interaktiv xizmatlar

Manzilimiz


Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mustaqillik Maydoni,1
Pochta indeksi:180100
Telefon
: 0(375)221-12-88, 0(375)221-03-81
Faks
: 0(375)221-13-40
Veb-sayt
http://www.qashqadaryo.uz
Elektron pochta
Yaqin jamoat transport to`xtash joylari 
Milliy bank va Mustaqillik Maydoni bekati
Avtomashrut
1,4,5,7,10,18,20,22,23,27,
37,44,462,11,21,37,33

Hozir saytimizda

Bizning saytimizda 84 mehmonlar va ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar 0

Foydali resurslar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati
www.press-service.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati
www.senat.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi
www.parliament.gov.uz
   
O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portali
www.gov.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)
www.ombudsman.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi
www.prokuratura.uz
   
 
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo'yicha davlat inspeksiyasi
http://gis.uz/

 

Mobil ilovalar

Bosh sahifa

Qabul kunlari

A- A A+

Rahbariyatga murojaat etish

Rahbariyatga murojaat etish

Viloyat hokimligining umumiy bo'limiga murojjat etish (Yangi oynada ochiladi)

Mobil versiya

Mobil versiyaga o'tish

Bog'lanish

Ishonch telefon raqami 
0(371) 200-55-05 
Ishonch telefon raqami reglament
Yagona telefon raqami
0(375) 221-07-60 
Yagona telefon raqami reglamenti

Batafsil>>>

Biz bilan bog'lanish

Sahifa adressi

Maxsus imkoniyatlar

K'orinish

Pastda o'zingizga kerakli parametrni tanlasng
Blue Green Red Radian
Select menu
Google Font
Body Font-size
Body Font-family
Reset