wrapper

Maxsus imkoniyatlar

Osiyo chempionlar ligasining 4-tur doirasidagi “Al Sadd” – “Nasaf” uchrashuvi oldidan,  12 mart dushanba kuni bir qator rasmiy tadbirlar bo'lib o'tadi.
Dastlab har ikkala klub rasmiylari ishtirokidagi o'tkaziladigan miting, Toshkent vaqti bilan soat 13:00da boshlanadi. Mitingda uchrashuvni tashkil etish bo'yicha tashkiliy masalalar qatori, jamoalar qanday liboslarda maydonga tushishiga aniqlik kiritiladi.
Vakillarimiz ishtirokidagi matbuot anjumani, 12 mart kuni Toshkent vaqti bilan soat  18:30da boshlanadi.
Mezbon jamoa vakillari ishtirokidagi matbuot anjumani esa, Toshkent vaqti bilan soat 19:00da boshlanadi.
Rasmiy tadbirlarning barchasi o'yin bo'ladigan, “Jassim Bin Hamad” stadionida tashkil etiladi.
Eslatib o'tamiz, “Al Sadd” – “Nasaf” uchrashuvi 13 mart kuni  Toshkent vaqti bilan soat 20:15da boshlanadi.

Joriy yilning 16-19 fevral kunlari Qarshi shahridagi “Geolog” sport majmuasida O'zbekiston futbol assosiasiyasi, viloyat hokimligi, viloyat futbol federasiyasi hamda boshqa mutasaddi tashkilotlar hamkorligida “Kelajagimiz umidlari” shiori ostida bolalar futbol festivali o'tkazildi.
– Bolajonlarni millionlar o'yini – futbolga qiziqtirish va ushbu sport turiga mehr uyg'otish maqsadida tashkil etilgan ushbu festival to'rt kun davom etdi, - deydi viloyat futbol federasiyasi vise-prezidenti Norqul Daminov. – Unda Qarshi va Shahrisabz shaharlari  va barcha tumanlardan 1-sinfdan 4-sinfgacha bo'lgan 400 nafar jajji o'quvchilar ishtirok etdi. Har bir sinf uchun alohida bir kun ajratildi, ya'ni festivalning birinchi kuni 100 nafar 1-sinf o'quvchilari qatnashgan bo'lsa, keyingi kunlarda o'tgan musobaqalarda  ikkinchi, uchinchi va to'rtinchi sinf o'quvchilari ishtirok etishdi.

Yana ikki kundan so'ng, aniqrog'i 13 fevralda “Nasaf” jamoasi Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichining ilk uchrashuvini Eron poytaxtida “Persepolis”ga qarshi o'tkazadi.
“Persepolis” jamoamizning guruhdagi eng jiddiy raqiblaridan biridir. “Qizil armiya”, “qizillar”, “sherlar” laqablari bilan mashhur ushbu klub 1963 yilda tashkil etilgan. Uy uchrashuvlarini mamlakat poytaxtidagi mashhur “Ozodiy” stadionida o'tkazadi.

Xabaringiz bor, 9-27 yanvar kunlari Xitoyda olimpia terma jamoalari (U-23) o'rtasida Osiyo chempionati bo'lib o'tdi. Unda Ravshan Haydarov bosh murabbiyligidagi  O'zbekiston U-23 terma jamoasi juda ishonchli o'yinlar namoyish etib, yakunda chempionlikka erishdi.
Yosh futbolchilarimizning tarixiy g'alabasi xalqimizga ulkan quvonch va shodlik baxsh etdi. Ularning qalbida faxr-iftixor tuyg'ularini jo'sh urdirib yubordi. Butun xalqimiz bu g'alabani katta hayajon va xursandchilik bilan qarshi oldi.

Ma'lumki, ko'p kitob mutolaa qilish inson dunyoqarashini o'stiradi, zehnini charxlaydi, ma'naviyatini yuksaltiradi. Kitobga oshno kishidan esa yomonlik chiqmaydi.
Muntazam badiiy asar o'qishga odatlanish inson ruhiyati va jismoniyholatiga ham foyda. Shu ma'noda yurtimizda aholi orasida kitobxonlik madaniyatini oshirishga, kitob mutolaasini keng targ'ib qilishga ustuvor e'tibor berilmoqda. Bunda ishni avvalo ta'lim muassasalaridan boshlash maqsadga muvofiqdir. Qarshi olimpiya zaxiralari kollejida o'tkazilgan tadbir ham shu masalada bo'ldi.

yakshanba, 11 Mart 2018 00:00

Harbiy xizmatchilar – teatrda

Avtor

Viloyat musiqali drama teatrida Shukrullo Mahkamov asari asosida sahnalashtirilgan “Xazina” spektakli namoyish etildi. Milliy xavfsizlik xizmati chegara qo'shinlariga qarashli viloyatimizdagi harbiy qism shaxsiy tarkibi va ularning oila a'zolari ushbu spektaklning asosiy tomoshabinlari bo'lishdi.

Agar tadbirkor o'z mahsulotini sifatli qilib ishlab chiqarsa, avvalo, boshqalar bilan raqobatda yutib chiqadi, taklif etayotgan tovari esa ichki bozordan   mustahkam joy egallaydi. Albatta, talab darajasidagi mahsulot xorijlik xaridor e'tiboridan ham chetda qolmaydi. Bu esa tashqi bozorga keng yo'l ochadi. Bugun yurtimiz ishbilarmonlari ana shu bosqichlardan o'tib, yakunda eksport faoliyati bilan ham muvaffaqiyatli shug'ullanmoqda.

Mamlakatimizda ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash, shu jumladan, tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug'ullanuvchi tadbirkorlik sub'ektlariga har tomonlama qulaylik yaratishga qaratilayotgan e'tibor sohaning izchil rivojlanishiga keng yo'l ochmoqda. Bu raqamlarda ham o'z ifodasini topmoqda.
Mavjud ma'lumotlarga ko'ra, 2017 yil davomida viloyat tashqi savdo aylanmasi hajmi 604 million 600 ming AQSh dollariga etgan. Uning tarkibida import tovarlar qiymati 374 million AQSh dollarini, eksportga chiqarilgan mahsulotlar ulushi esa 230 million  600 ming AQSh dollarini tashkil etdi.
Chet davlatlardan import asosida olib kelingan tovarlarning asosiy qismini xomashyo, texnologik asbob-uskunalar hamda maxsus avtotransport vositalari tashkil etgan bo'lsa, chet davlatlarga asosan polietilen granulasi, mineral o'g'itlar, suyultirilgan gaz hamda qishloq xo'jaligi mahsulotlari eksport qilingan. Eksport-import operasiyalarini amalga oshirishda “Muborak gazni qayta ishlash zavodi”, “Shurtanneftgaz”, Sho'rtan gaz-kimyo majmuasi mas'uliyati cheklangan jamiyatlari hamda “Dehqonobod kaliyli o'g'itlar zavodi” unitar korxonasi faol ishtirok etdi.
Ma'lumki, bugungi kunda hukumatimiz tomonidan tashqi iqtisodiy faoliyat qo'llab-quvvatlanayapti. Faoliyat qatnashchilariga bir qator imtiyoz va engilliklar berilmoqda. Misol uchun, o'tgan yilning 9 oyida import mahsulotlarga hisoblangan 965 milliard 690 million so'mlik bojxona to'lovlaridan 900  milliard 400 million so'miga yoki 93,24 foiziga bojxona to'lovlaridan imtiyozlar qo'llanildi. Imtiyozlar asosan investision loyihalar, mahalliylashtirish dasturi, ishlab chiqarishni modernizasiyalash, qayta ta'mirlash, texnik va texnologik jihatdan yangilashga qaratilgan dasturlar doirasida, respublikada ishlab chiqarilmaydigan texnologik asbob-uskunalar, butlovchi buyumlar, xomashyolar va materiallar importi bo'yicha qo'llanilmoqda.
Qayd etish joiz, mahsulotlarni eksport bojxona rejimiga rasmiylashtirishda amaldagi qonunchilikka ko'ra tadbirkorlar bojxona to'lovlarini to'lashdan ozod etilgan (bojxona yig'imlari bundan mustasno). Hozirgi vaqtda bojxona to'lovlaridan imtiyozlar berish nazarda tutilgan, tashqi iqtisodiy faoliyatning barcha sub'ektlariga taalluqli bo'lgan umumiy tusdagi 23 ga yaqin va faqat ayrim korxona va tashkilotlarga nisbatan tatbiq etiladigan individual tusdagi 300 dan ortiq me'yoriy-huquqiy hujjatlar amalda.

Ma'lumki, mamlakatimizda joylardagi bo'sh turgan davlat mulki ob'ektlaridan maqsadli foydalanish, ularni muayyan majburiyatlar asosida “nol” xarid qiymatida tashabbuskor tadbirkorlarga berish masalasiga alohida e'tibor qaratilmoqda. Ahamiyatlisi, bu amaliyot o'zining yuqori samaralarini bermoqda, foydalanilmay kelinayotgan bino va inshootlar negizida zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlari, xizmat ko'rsatish shoxobchalari faoliyati yo'lga qo'yilishiga sharoit hozirlanayapti.

    Bugungi kunda mamlakatimiz nafaqat paxta yetishtirish, balki uni qayta ishlash borasida ham dunyoda o‘z o‘rniga ega bo‘lib bormoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, 1991-yilda yurtimizda ishlab chiqarilgan paxta tolasining atigi 7 foizi qayta ishlangan bo‘lsa, hozirgi kunda bu ko‘rsatkich 40 foizdan oshdi. 2020-yilga borib esa “oq oltin”ni to‘liq o‘zimizda chuqur qayta ishlashni tashkil etish mo‘ljallanmoqda. Buning uchun ushbu davrda 120 ta yangi tekstil korxonasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish, o‘ndan ortiq ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish rejalashtirilgan.

Ta’kidlab o‘tish joiz, paxta yetishtirish bo‘yicha respublikada yetakchi o‘rinlarda turadigan viloyatimizda ham paxta tolasini qayta ishlash salohiyati yuksalib bormoqda. So‘nggi yillarda bu yo‘nalishda bir nechta istiqbolli loyihalar ro‘yobga chiqarilgani shunga imkon berayotir.

Buni Koson tumanidagi “Bunyodkor” mas’uliyati cheklangan jamiyati misolida ham ko‘rish mumkin. Tekstil mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan ushbu korxona mavjud quvvatlarning ma’nan eskirganligi, sifat talablariga javob bermasligi bois bir necha yildan buyon faoliyat ko‘rsatmay kelayotgandi. Endilikda korxona negizida zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan, paxta tolasiga chuqur ishlov berishdan tortib, tayyor mahsulotlar tayyorlashgacha bo‘lgan barcha bosqichlarni amalga oshirishga mo‘ljallangan yirik majmua bunyod etilmoqda.

- Loyihamizning birinchi bosqichida qiymati qariyb 4 million AQSH dollariga yaqin bo‘lgan ishlab chiqarish quvvatini ishga tushirdik, - deydi jamiyat ish yurituvchisi Jamshid Saydaliyev. - Xorijdan yiliga 800 tonna ip-kalava ishlab chiqarish imkoniga ega dastgohlar olib kelib, o‘rnatildi. Biz foydalanayotgan texnologiya paxta tolasini pnevmatik, ya’ni xalqali usulda yigirishga asoslangan. Uning afzalligi shundaki, ip yigirish va pishitish  jarayonlari  aylanuvchi havo oqimi yordamida bajariladi, energiya kam sarflanadi. Bunday usulda olingan ipdan asosan trikotaj mato to‘qiladi. Bu mahsulotlarga Osiyo mamlakatlari, shuningdek, Rossiya kabi davlatlar asosiy xaridor hisoblanadi.

Darhaqiqat, bugungi kunda dunyo bozorida paxta tolasi va undan tayyorlangan mahsulotlarning xaridori ko‘p. Buni fevral oyidan faoliyat boshlagan ushbu korxonaga dastlabki davrdayoq xorijlik hamkorlar tomonidan 1,5 million dollardan ortiq hajmda mahsulot sotib olish bo‘yicha takliflar bildirilgani ham anglatib turibdi. Korxona rahbariyati ayni damda bu takliflarni ko‘rib chiqishmoqda va shu oydan boshlab mahsulot eksportini yo‘lga qo‘yishni rejalashtirishgan.

Suhbatdoshimizning ta’kidlashicha, dunyoning eng rivojlangan mamlakatlari, xususan, AQSH, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya kabi davlatlar ishbilarmonlari o‘zi sotib olayotgan ip-kalavaga anchagina jiddiy talablar qo‘yadi. Mahsulot belgilangan pishiqlik va ingichkalik ko‘rsatkichlariga javob berishi lozim. “Bunyodkor” MCHJ tomonidan amalga oshirilayotgan loyihaning ikkinchi bosqichi esa ana shunday “injiq” xaridorlarning ham “ko‘zini o‘ynatadigan” mahsulot ishlab chiqarishni ko‘zda tutadi.

- Hozirgi kunda loyihaning ikkinchi bosqichini amalga oshirish uchun ham ishlarni boshladik, - deydi Jamshid Saydaliyev. – Tez orada chet ellik hamkorlarimiz kelib, texnologiyalarni o‘rnatishni boshlaydi. Qiymati 11 million 600 ming AQSH dollarini tashkil etadigan ushbu loyiha doirasida Germaniyadan eng zamonaviy texnologiyalar olib kelinadi. Shu asosda ikkinchi bosqich ishlab chiqarish to‘liq avtomatlashtirilgan tizimda amalga oshiriladi. Unda 90-nomerli ip-kalava tayyorlanadi. Aytib o‘tishim joiz, bu o‘lchamdagi iplar jahon bozorida, xususan, G‘arb mamlakatlarida juda qadrlanadi. Biz ham mahsulotni yuz foiz Yevropaga eksport qilishni mo‘ljallaganmiz.

Aynan, loyihaning ikkinchi bosqichi ishga tushirilishi bilan korxona klaster usulidagi ish tizimiga o‘tadi. Bunda yerni shudgorlashdan tortib, paxta ekish, parvarishlash, hosilni yig‘ib olish va qayta ishlashgacha bo‘lgan barcha jarayonlar korxona tomonidan va uning nazorati ostida amalga oshiriladi.

Loyihaning uchinchi bosqichi yakunlanganidan so‘ng esa korxona tomonidan ichki bozorga va xorijga faqat ip-kalava emas, balki tayyor matolar, kiyim-kechaklar ham chiqarila boshlaydi. Xorijdan olib kelinadigan zamonaviy texnologiyalar yiliga 2 ming tonnadan ortiq ana shu turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarish imkonini beradi.

2020-yilga qadar mo‘ljallangan loyiha to‘liq amalga oshishi natijasida 900 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.

Bazaviy interaktiv xizmatlar

Manzilimiz


Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mustaqillik Maydoni,1
Pochta indeksi:180100
Telefon
: 0(375)221-12-88, 0(375)221-03-81
Faks
: 0(375)221-13-40
Veb-sayt
http://www.qashqadaryo.uz
Elektron pochta
Yaqin jamoat transport to`xtash joylari 
Milliy bank va Mustaqillik Maydoni bekati
Avtomashrut
1,4,5,7,10,18,20,22,23,27,
37,44,462,11,21,37,33

Hozir saytimizda

Bizning saytimizda 183 mehmonlar va ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar 0

Foydali resurslar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati
www.press-service.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati
www.senat.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi
www.parliament.gov.uz
   
O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portali
www.gov.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)
www.ombudsman.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi
www.prokuratura.uz
   
 
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo'yicha davlat inspeksiyasi
http://gis.uz/

 

Mobil ilovalar

Bosh sahifa

Qabul kunlari

A- A A+

Rahbariyatga murojaat etish

Rahbariyatga murojaat etish

Viloyat hokimligining umumiy bo'limiga murojjat etish (Yangi oynada ochiladi)

Mobil versiya

Mobil versiyaga o'tish

Bog'lanish

Ishonch telefon raqami 
0(371) 200-55-05 
Ishonch telefon raqami reglament
Yagona telefon raqami
0(375) 221-07-60 
Yagona telefon raqami reglamenti

Batafsil>>>

Biz bilan bog'lanish

Sahifa adressi

Maxsus imkoniyatlar

K'orinish

Pastda o'zingizga kerakli parametrni tanlasng
Blue Green Red Radian
Select menu
Google Font
Body Font-size
Body Font-family
Reset