wrapper

Maxsus imkoniyatlar

“O'zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo'lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e'tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat'i nazar, qonun oldida tengdirlar”.
 (O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 18-moddasidan).
16 noyabr – Xalqaro bag'rikenglik kuni
Insoniyat globallashuv davrida yashamoqda. Ya'ni dunyo iqtisodiyoti, madaniy, siyosiy, ijtimoiy aloqalar  turlanib turibdi. Bunday sharoitda bag'rikenglik, ayniqsa, muhim ahamiyat kasb etadi.
“Bag'rikenglik” (“tolerantlik”) so'zi deyarli barcha tillarda bir xil yoki bir-birini to'ldiruvchi mazmunga ega. Ularni umumlashtirib “bag'rikenglik” chidamlilik, bardoshlilik, o'zgacha qarashlar va harakatlarga hurmat bilan munosabatda bo'lish, muruvvatlilik, himmatlilik, kechirimlilik, mehribonlik, hamdardlik kabi ma'nolarga ega deyish mumkin.
O'zbek xalqiga xos bag'rikenglik chuqur tarixiy ildizlarga ega. Qadimdan Vatanimiz hududi bo'ylab Buyuk ipak yo'li o'tgan bo'lib, u Sharq va G'arbni o'zaro bog'lab turgan va millatlararo muloqotning rivojlanishi hamda aholi o'rtasida hamjihatlik, ahillik va bag'rikenglik g'oyalarining qaror topishida mustahkam zamin yaratgan.
Milliy ma'naviyatimiz manbai sanalgan islom dinida qon to'kish, xalq¬lar o'rtasida nizo urug'ini sepish, hattoki qushning uyasini buzish ham gunohi azim sanaladi. Xususan, hadisi sharifda “Sizlarga berilgan ne'matlarga shukrona aytib, bir-biringiz bilan ahil, tinch-totuvlikda yashash buyuriladi”, deyilgan.
Keyingi yillarda terrorizmning global xavfsizlikka va dinlararo do'stlikka qarshi yo'naltirilgan jiddiy tahdidga aylanayotganining guvohi bo'lmoqdamiz. Jumladan, turli buz-g'unchi guruhlar boshqa dinlarga e'tiqod qiluvchilarning barchasini “kofir” deb e'lon qilib, ularga qarshi kuch ishlatishga da'vat qilmoqda. Holbuki, islom ta'limotida diniy bag'rikenglik tamoyillari keng o'rin olgan. Odamlarni dinga yoki diniy ko'rsatmalarni bajarishga zo'rlash  islomning mohiyati va ruhiga mutlaqo ziddir. Alloh taolo: “Dinda zo'rlash yo'q” (“Baqara” surasi, 266-oyat) deya marhamat qilgan.
Bugun yurtimizda 130 dan ortiq millat va elat vakillari bir oila farzandlaridek, teng huquqlilik hamda o'zaro hamjihatlik sharoitida yashab, Vatanimizni yanada ravnaq toptirish yo'lida mehnat qilib kelishmoqda. Ularning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini ta'minlash, ta'lim olishlari, qiziqish va layoqatlari bo'yicha kasb-hunar egallashlari, madaniyatlari, an'ana hamda qadriyatlarini saqlash, rivojlantirishlari uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratib berilgan.  Hozirgi kunda respublikamizda 16 ta diniy konfessiya mavjud bo'lib, xilma-xil diniy e'tiqodga ega bo'lgan kishilar bir zamin, bir Vatanda, olijanob g'oya va niyatlar yo'lida hamkor va hamjihat bo'lib faoliyat ko'rsatmoqda.
Har bir millatning umumiy manfaatlari bilan birga o'z qadriyatlari ham bor. O'zbekiston kabi ko'p millatli mamlakatda turli millatlar manfaatlarini uyg'unlashtirish, ular orasida totuvlikni ta'minlash taraqqiyotning hal qiluvchi omillaridan biri hisoblanadi. Shuning uchun ham mamlakatimizda bu masalaga mustaqillikning dastlabki kunlaridan katta e'tibor qaratib kelinmoqda.
Davlatimizning dinga munosabati Konstitusiyadagi inson huquqlari, e'tiqod va vijdon erkinligi tamoyillariga asoslanib, unga muvofiq biror millatni yoki diniy e'tiqodni kamsitishga yo'l qo'yilmaydi.
Qadimdan diyorimizda buddaviylik, zardushtiylik, nasroniylik, yahudiylik, islom dinlari yonma-yon yashab kelgan, madaniyat markazlari hisoblangan  shaharlarimizda masjid, cherkov,    sinagogalar faoliyat ko'rsatgan. Ularda turli millat, elat va dinga mansub xalqlar, qavmlar o'z diniy amallarini emin-erkin ado etgan.
Muqaddas kitobimiz Qur'oni karimning 50 dan ortiq surasidagi yuzlab oyatlarda ham musulmonlar mo'min-qobillik, tinchlikparvarlik va boshqa e'tiqod vakillariga nisbatan bag'rikenglikka da'vat etilgan.
Diyorimizdan etishib chiqqan allomalar asarlarida diniy bag'rikenglik bilan bog'liq qadriyatlarni targ'ib qiluvchi g'oyalar keng yoritib berilgan. Buyuk alloma, moturudiya aqidaviy yo'nalishi asoschisi Abu Mansur al-Moturudiyning asarlarida bayon etilgan bag'rikenglik g'oyalari bunga misol bo'la oladi. Jumladan, Moturudiy Qur'oni karim oyatlarining tafsiriga bag'ishlangan, islom olamida juda keng tanilgan “Ta'vilot ahli sunna” asaridagi “Haj” surasi 40-oyat tafsirida: “Cherkov va sinagogalarni vayron etish man etiladi. Shuning uchun ham, musulmonlar yurtida shu davrgacha ular  buzilmay saqlanib qolgan. Bu masalada ahli ilm orasida ixtilof yo'qdir”, deb qat'iy ta'kidlaydi. Nasaflik mashhur yurtdoshimiz, faqih, mufassir Abul Barakot an-Nasafiy  o'zining “Madorik at-tanzil” asarida mazkur oyatlarni “O'zga din vakillariga ehtirom ko'rsating hamda ularga so'zda va amalda yaxshilik qiling”, deb sharhlaydi.
Xulosa qilib aytganda, yurtimizda millatlararo va dinlararo totuvlikni yanada mustahkamlashga qaratilgan g'oya va tashabbuslar yakdillikni, hamjihatlikni ta'minlashga xizmat qilmoqda. Hozirgi  dunyoning turli burchaklarida g'oyaviy qarama-qarshiliklar avj olayotgan, millatlar va dinlar orasida turli nizolarni chiqarish yo'li bilan tartibsizliklar uyushtirilayotgan bir vaqtda bag'rikenglik bunday illatlarni bartaraf etishda eng foydali va samarali echimdir.
Muhammadi QORAYEV, Kitob tumanidagi Xoja Buxoriy nomli o'rta maxsus islom bilim yurti mudirining ma'naviy-ma'rifiy  ishlar bo'yicha o'rinbosari 


Har bir inson malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega.
(O'zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi, 40-modda)
Sog'lom xalq, sog'lom millat buyuk ishlarga qodir. Shu bois ham mamlakatimizda istiqlol yillarida aholi salomatligini yaxshilash ishiga ustuvor vazifa sifatida qaralib, tibbiyot tizimini jahon andazalari asosida rivojlantirishga alohida e'tibor berildi. Ushbu keng ko'lamli islohotlar samarasi bugun viloyatimizdagi tibbiyot muassasalari faoliyatida ham o'z ifodasini topgan.
Ayniqsa, aholi sog'lig'ini ishonchli va keng qamrovda himoya qilish, tibbiy xizmat sifati va samaradorligini yanada yuksaltirish maqsadlarida qabul qilingan Davlat dasturlarining hayotga izchil tatbiq etilayotgani tizim muassasalari moddiy-texnik bazasini uzluksiz mustahkamlab borish, ularni malakali kadrlar bilan ta'minlashga xizmat qilmoqda.
Ayni paytda viloyatimizda 60 ta shifoxona, 256 ta QVP, viloyat skrining markazi, respublika salomatlik va tibbiy statistika instituti viloyat filiali, 1 ta respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy markazi, 4 ta tug'ruq kompleksi, 11 ta tug'ruq bo'limi, 1 ta viloyat ko'p tarmoqli bolalar tibbiyot markazi, 5 ta bolalar shifoxonasi, 15 ta bolalar bo'limi, 6 ta yuqumli kasalliklar shifoxonasi, 10 ta oilaviy va 14 ta ko'p tarmoqli markaziy poliklinikada aholiga zarur tibbiy xizmatlar ko'rsatilmoqda. Ularda 5200 nafarga yaqin shifokor, 29000 nafardan ziyod o'rta tibbiyot xodimlari faoliyat ko'rsatmoqda. Bugun ular tashxislash, davolash ishlari bilan bir qatorda, mavjud zamonaviy tibbiy apparatura va jihozlar yordamida murakkab operasiyalarni ham muvaffaqiyatli amalga oshirib kelishmoqda. Ular ishini yanada takomillashtirish maqsadida joriy yilning to'qqiz oyi davomida "Salomatlik-3" loyihasi asosida barcha shahar va tumanlar tibbiyot birlashmalari, Qarshi shahridagi ko'p tarmoqli markaziy va 6 ta oilaviy poliklinika hamda Shahrisabz tumanidagi 4 ta oilaviy poliklinika qariyb 2 milliard 585 million so'm mablag' evaziga laboratoriya va raqamli rentgen apparatlari bilan jihozlandi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 25 dekabrdagi "O'zbekiston Respublikasining 2016 yilgi Investisiya dasturi to'g'risida"gi qaroriga asosan 2016 yilda Mirishkor, Qarshi, Yakkabog', Nishon, Kitob, G'uzor, Kasbi, Koson, Shahrisabz tumanlari tibbiyot birlashmalari, viloyat ko'p tarmoqli tibbiyot markazi, Shahrisabz tumanidagi 3-oilaviy poliklinika, viloyat sil kasalliklar dispanserida rekonstruksiya, kapital ta'mirlash ishlari amalga oshirilmoqda. Buning uchun 38 milliard so'mdan ortiq mablag' ajratilgan. 2017 yilda ham tasdiqlangan reja asosida 11 ta tibbiyot muassasasida qurilish ta'mirlash ishlari davom ettiriladi. Bunga jami 31,4 milliard so'm mablag' sarf etilishi ko'zda tutilgan.
Eng muhimi, ana shunday sa'y-harakatlar samarasi kasalliklarni erta aniqlash, samarali davolash, aholi salomatligi muntazam yaxshilanib borayotganida o'z ifodasini topmoqda.
Xalqimizda faqat sog'lom onadangina sog'lom bola tug'iladi, degan hikmatomuz gap yuradi. Buning zamirida sog'lom kelajak avlodni voyaga etkazishdek mas'uliyat mujassamligini biz - tibbiyot xodimlari teran anglaymiz va bu borada tizimli ishlarni yo'lga qo'yganmiz.
Xususan, "Sog'lom ona — sog'lom bola" konsepsiyasiga asosan barcha tumanlarda fertil yoshidagi ayollar va ularning salomatligi haqidagi ma'lumotlarning elektron bazasi yaratildi. Bu tibbiy ko'rikdan o'tkazilgan tug'ruq yoshidagi ayollarni sog'lomlashtirish, homiladorlik holatini baholash va uchraydigan muammoni o'z vaqtida bartaraf etishda muhim ahamiyat kasb etayotir.
Shu bilan birga bugun tug'ish yoshidagi ayollarni sog'lomlashtirish, tug'ruq o'rtasidagi muddatni uzaytirish, erta hamda yaqin qarindoshlar o'rtasidagi nikohlarning oldini olish, tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish, homiladorlarga zarur yordam ko'rsatish va bolalar muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, aholini reproduktiv salomatlik masalalari to'g'risida keng xabardor qilishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Shu doirada aholining tibbiy madaniyatni oshirish maqsadida  "Sog'lomlashtirish haftaligi", "Sog'lomlashtirish oyligi" tadbirlari o'tkazilmoqda. Mazkur tadbirlar davomida respublika, viloyat davolash-profilaktika muassasalarining akusher-ginekologlari, terapevt, pediatr, kardiolog, UZD mutaxassislaridan iborat guruhlar shahar va tumanlarda bo'lib, tug'ish yoshidagi ayollarni, bolalarni tibbiy ko'rikdan o'tkazish hamda sog'lomlashtirishga yaqindan ko'maklashayotir. Natijada viloyatda sog'lom bola tug'ilishi ko'rsatkichlari yaxshilanib, onalar o'limi keskin kamayishiga erishilmoqda. Aholining turli yuqumli xastaliklar bilan umumiy kasallanish darajasi sezilarli pasaydi.
Ovqatlanish sifatini yaxshilash O'zbekiston Respublikasi aholisi farovonligini oshirish milliy strategiyasining tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi. Shunga muvofiq istiqlol yillarida mamlakatimizda oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi va sifatini ta'minlash uchun zarur qonunchilik va me'yoriy baza yaratildi. Misol tariqasida "Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to'g'risida"gi, "Aholi o'rtasida mikronutrient etishmasligi profilaktikasi to'g'risida"gi, "Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish to'g'risida"gi, "Yod etishmasligi kasalliklari profilaktikasi to'g'risida"gi Qonunlar qabul qilinganini qayd etish o'rinli.
Ana shu me'yoriy-huquqiy hujjatlarning viloyatdagi ijrosi doirasida barcha tumanlarda un, yodlangan tuzni to'yintirish dasturlari, tug'ish yoshidagi ayollar va bolalarni tarkibida temir, foli kislotasi va boshqa vitaminlar bor preparatlar bilan ta'minlash tadbirlari muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Bu bolalarning rivojlanishini yaxshilash, ularning kasalliklarga chalinish ko'rsatkichlarini pasaytirish va tug'ish yoshidagi ayollar o'rtasida kamqonlikni ikki baravar kamaytirish imkonini berdi.
O'z o'rnida qayd etish joiz, mamlakatimizda ushbu muhim va mas'uliyatli vazifalarni bajarish, tibbiyotga oid islohotlarni amalga oshirishda bevosita ishtirok etib kelayotgan kasb egalariga ham alohida g'amxo'rlik ko'rsatilmoqda. Mamlakatimizning Birinchi Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan 2006 yil 12 sentyabrda qabul qilingan "O'zbekiston Respublikasi Tibbiyot xodimlari kunini belgilash to'g'risida"gi Qonun ham buning yorqin dalilidir. Mazkur qonunga binoan tibbiyot xodimlarining kasb bayrami har yili noyabr oyining ikkinchi yakshanbasida mamlakatimizda keng nishonlanib kelinmoqda. Har yili mustaqillik bayrami arafasida an'anaviy tarzda e'lon qilinadigan, tom ma'noda, hayotda, faoliyatda o'rnak ko'rsatgan faol vatandoshlarimizni mukofotlash to'g'risidagi Prezident farmonlariga asosan viloyatimiz tibbiyot xodimlarining bir qanchasi munosib rag'batlantirilayotgani ham biz uchun sharaf. Binobarin, biz — tibbiyot xodimlariga shunday yuksak g'amxo'rlik ko'rsatilayotgan ekan, ushbu kasb egalari ham halol mehnat qilib, aholi salomatligi uchun vijdonan qayg'uradi.
To'lqin RASULOV,
viloyat sog'liqni saqlash boshqarmasi boshlig'i


shanba, 12 Noyabr 2016 00:00

Faoliyat turi kengaymoqda

Avtor

Shahrisabz tumanidagi "Oqsaroy" MChJning faoliyati asosan parrandachilikka ixtisoslashgan. Ushbu tadbirkorlik sub'ektida daromadli boshqa yo'nalishlar ham rivojlantirilmoqda. O'tgan yili korxonada boqiladigan bedanalar soni yana mingtaga ko'paytirilib, hozirda 2,5 mingtaga etdi. Yana bir yangilik — yaqinda bu sub'ektda baliqchilik  xo'jaligi tashkil etildi. Bir gektar qishloq xo'jaligida foydalanilmaydigan joyda hovuz qazilib, baliq etishtirishga kirishildi. Korxona mutasaddilarining bildirishicha, joriy yilda mazkur sun'iy havzadan 5 tonna zog'ora, oq amur, do'ngpeshana zotli baliqlar ovlanib, savdoga chiqarilgan. Kelgusi yili mahsuldorlikni yanada oshirish maqsad qilingan.
- Yurtimiz istiqlolga erishgach, boshqa sohalar qatori parrandachilikni rivojlantirishga ham katta e'tibor qaratildi, - deydi MChJ rahbari Nurali Baratov. - Tijorat bankidan 2000 yilda 50 million, 2007 yilda 200 million so'm kredit olib ishimizni kengaytira boshladik. Tovuq soni ko'paydi. Jo'ja ochirish sexini ta'mirlab oldik. Tovuqxonalarimizning har birida 10 ming parranda boqiladi. Biroq taraqqiyotning talabi qattiq, oldinga yurmagan yutqazadi. Shuning uchun 2013 yilda bankdan 1 milliard so'm kredit olib, yangi sexga Ukrainada tayyorlangan uskunalarni o'rnatdik. Bu zamonaviy seximizda bir yo'la 35 ming tovuqni parvarish qilish imkonini beradi.
Nurali Baratovning so'zlariga ko'ra, korxonada parrandalarni oziqlantirish uchun mustahkam baza yaratilgan. Biroz avval bu erga Xitoy davlatidan 74 ming dollarga baholangan ozuqa tayyorlash uskunasi keltirib  o'rnatilgan. Shuningdek, 45 gektar erda g'alla, makkajo'xori ekiladi.
- Xo'jaligimizda 35 kishi mehnat qilayapti, - deydi ishbilarmon. - Ularning sa'y-harakati bilan o'tgan yili 5 million dona tuxum etishtirib, aholiga etkazib berdik. Bu yil esa  ushbu ko'rsatkich 7 million donaga etadi. Qolaversa, ichki bozorga 40 tonna parhez go'sht yo'naltirmoqchimiz.
Ta'kidlash joiz, yurtimizda kichik biznes vakillariga berilayotgan imkoniyatlar, imtiyozlar ular faoliyatining jadal ravnaq topishiga turtki bo'layapti. Mavjud qulay ishbilarmonlik muhiti tadbirkorlarning yangi loyiha va biznes-rejalarni ro'yobga chiqarishiga keng zamin hozirlayapti. "Oqsaroy" MChJ jamoasi ham yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalanishni, ilg'or tashabbuslarni hayotga tatbiq etishni maqsad qilgan. Xususan, istiqbolda ishlab chiqarishga zamonaviy texnologiyalarni jalb etish hisobiga qo'shimcha 50 ming tovuq boqishni yo'lga qo'yish ko'zda tutilgan. Yangi loyihaning amalga oshirilishi ishlab chiqarilayotgan mahsulot hajmi oshishi, yangi ish o'rinlari ochilishiga imkon berishi shubhasiz.

Mamlakat iqtisodiyotining barqaror rivojlanishida muhim o'rin tutadi

Mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga qaratilayotgan e'tibor bugun o'z samarasini bermoqda. Buni yurtimizda ishlab chiqarilayotgan sifatli, arzon hamda raqobatbardosh mahsulotlar misolida ko'rishimiz mumkin. Eng asosiysi, bu mahsulotlar mamlakatimiz fuqarolari ehtiyojini qondirishi barobarida dunyoning ko'plab davlatlariga eksport ham qilinmoqda.

Birgina viloyat misolida oladigan bo'lsak, joriy yilning 9 oyi mobaynida qiymati 144 million 975 ming AQSh dollarilik mahsulot eksport qilinganining o'ziyoq O'zbekistonda ishlab chiqarilgan yoki tayyorlangan mahsulotlarga xorijda ham talab naqadar yuqori ekanini ko'rsatadi.

Albatta, bu kabi natijalarga erishishda mamlakatimizda qulay ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilashga qaratilgan qonun hujjatlari muhim omil bo'lib xizmat qilmoqda. Shu ma'noda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 5 oktyabrdagi “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta'minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi farmoni bu boradagi maqsadlarning amalda to'liq ro'yobga chiqishiga yangi imkoniyatlar yaratishi bilan ahamiyatli bo'ldi.

Mazkur farmon, eng avvalo, xususiy mulkni huquqiy himoya qilishni yanada kuchaytirishga, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivoji uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga va har tomonlama qo'llab-quvvatlashga, respublikaning investisiyaviy jozibadorligini oshirishga qaratilgan.

Mazkur hujjat bilan bojxona sohasiga kiritilgan o'zgarishlarga to'xtaladigan bo'lsak, farmonning 3-bandiga muvofiq 2017 yilning 1 yanvaridan tadbirkorlik sub'ektlari tomonidan eksport shartnomalarini bojxona organlarida hisobga qo'yish tartibi bekor qilinadi. Endilikda valyuta nazorati organlari, shu jumladan, bojxona organlari tomonidan eksport shartnomalarining ijro etilishi Tashqi savdo operasiyalari yagona elektron axborot tizimi orqali monitoring qilib boriladi.

Shu vaqtgacha tadbirkorlar eksport shartnomalarini majburiy tarzda bojxona organlarida hisobga qo'yib kelishayotgan edi. Bu esa tadbirkorlarning vaqtini olardi hamda kelib-ketish uchun yo'lga sarflaydigan xarajatlarini ko'paytirardi.

Raqamlarga ko'ra, joriy yilning o'tgan 9 oyi mobaynida viloyat hududida faoliyat yurituvchi eksportyorlar tomonidan qiymati 994 million 568 ming AQSh dollarilik 100 dan ziyod eksport shartnomalari bojxona organlarida ro'yxatga olingan.

Endilikda tadbirkorlar eksport shartnomalari to'g'risidagi ma'lumotlarni elektron shaklda Interaktiv davlat xizmatlari yagona portali orqali elektron raqamli imzodan foydalangan holda Tashqi savdo operasiyalari yagona elektron  axborot tizimiga kiritadilar.

Shuni ham alohida ta'kidlash lozimki, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997 yil 10 oktyabrdagi farmoni 1- (eksport-import qilishda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investisiya va savdo vazirligi tomonidan lisenziyalanadigan tovarlar),  2- (xomashyo tovarlari) va 4-ilovalarida (eksport qilinishi  taqiqlangan tovarlar) qayd  etilgan tovarlarning eksporti bo'yicha shartnomalarni bojxona organida hisobga qo'yishning amaldagi tartibi saqlanib qolindi.

Amaldagi tartiblarga muvofiq, tovarlar xorijga eksport qilinayotanda mazkur tovarning kelib chiqishi to'g'risidagi sertifikat “O'zbekekspertiza” AJdan 3 ish kuni davomida olinardi. 2017 yildan boshlab, mazkur muddat uch baravarga qisqartirilib, arizachiga bir ish kuni mobaynida aynan shunday sertifikat berilishi belgilab qo'yildi.

Shu bilan birga, farmon bilan tasdiqlangan O'zbekiston Respublikasida tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta'minlash, xususiy mulkni har tomonlama muhofaza qilish va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir kompleks chora-tadbirlar dasturining 24-bandi bilan tovarlarni eksport bojxona rejimiga rasmiylashtirishda bojxona rasmiylashtiruvini belgilangan joylardan boshqa joylarda amalga oshirganlik uchun eng kam oylik ish haqining 10 foizi miqdorida undiriladigan bojxona yig'imi ikki baravarga kamaytirildi.

Dasturning 33-bandida esa tovarning kelib chiqish sertifikatini, veterinariya, fitosanitariya, ekologik, sanitariya-epidemiologik xulosalarni rasmiylashtirishda tadbirkorlik sub'ektlariga ruxsat beruvchi tartib-taomillardan o'tish jarayonini interaktiv kuzatish imkonini beradigan “Yagona darcha” idoralararo axborot tizimini to'liq joriy qilish nazarda tutildi.

Mazkur qulayliklarning afzalligi shundaki, eksport qilishga mo'ljallangan tovarlarni, ayniqsa, tez buziluvchan qishloq xo'jaligi mahsulotlarini eksport qilish jarayonini tezlashtiradi, hujjatlarni rasmiylashtirish bilan bog'liq tartiblarni yanada soddalashtiradi. Bularning bari esa tadbirkorning vaqtini tejashi bilan birga, moliyaviy xarajatlarining qisqarishiga xizmat qiladi.

Ma'lumki, farmon bilan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka keng erkinlik berish, ularning faoliyatiga davlat organlarining aralashuvini tubdan qisqartish, huquqbuzarliklarning barvaqt oldi olinishini ta'minlash, profilaktikasi samaradorligini oshirish va huquqbuzarliklarga yo'l qo'yilmaslik tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirish sohasida davlat siyosatining muhim ustuvor yo'nalishi va davlat organlarining birinchi darajali vazifasi etib belgilandi.

Shu munosabat bilan bojxona organlari tomonidan ham aniq choralar belgilab olindi. Jumladan, Davlat bojxona qo'mitasi tomonidan noqonuniy tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog'liq huquqbuzarliklarni birinchi marta sodir etgan shaxslar huquqbuzarlik aniqlangan kundan e'tiboran bir oy muddatda etkazilgan zararning o'rnini ixtiyoriy ravishda qoplagan, tadbirkorlik sub'ekti sifatida ro'yxatdan o'tgan va ruxsat etuvchi zarur hujjatlarni rasmiylashtirgan taqdirda ma'muriy va jinoiy javobgarlikdan ozod etilishini kafolatlash maqsadida Jinoyat kodeksining 182-moddasi (“Bojxona to'g'risidagi qonun hujjatlarini buzish”)ga tegishli qo'shimcha va o'zgartirish kiritish bo'yicha qator takliflar tayyorlanib, Adliya vazirligiga taqdim etildi.

Shuningdek, farmon talablaridan kelib chiqib, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 1995 yil 11 apreldagi “Eksport-import operasiyalarini tartibga keltirish borasidagi qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi farmoni, Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 30 sentyabrdagi “Eksport-import operasiyalari monitoringini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarori hamda Adliya vazirligida 1999 yil 15 oktyabrda ro'yxatga olingan O'zbekiston Respublikasi bojxona organlarida kontraktlar (shartnomalar) va bitimlarni hisobga qo'yish tartibiga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish yuzasidan loyihalar tayyorlanmoqda.

Umuman olganda, farmonning amalga oshirilishi mamlakat iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishning asosiy omili sifatida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish yo'lidagi ma'muriy g'ovlar va sun'iy to'siqlarni bartaraf etish yuzasidan O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti tomonidan belgilangan yo'lning uzviyligi va izchilligini ta'minlash imkonini beradi.

Qashqadaryoda Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YEXHT) Demokratik institutlar va inson huquqlari bo'yicha byurosining (DIIHB) O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini kuzatish bo'yicha missiyasi uzoq muddatli kuzatuvchilari Genrik Vesterbi va Yuliya Kudeneeva o'z missiyasini boshladi.

Kuzatuvchilar O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o'tkazuvchi 13-Qashqadaryo okrug saylov komissiyasi raisi I.Jo'raev bilan uchrashdi. Okrugda yaratilgan sharoitlar, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o'tkazishga doir tayyorgarlik ishlari bilan tanishdi.

shanba, 19 Noyabr 2016 00:00

Majlisda dolzarb masalalar muhokama qilindi

Avtor

2016 yil 17 noyabr kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini yoritish bo'yicha Respublika matbuot markazida Markaziy saylov komissiyasining majlisi bo'lib o'tdi. Videokonferensaloqa shaklida o'tkazilgan majlisni Komissiya raisi M. Abdusalomov boshqardi.

Majlisda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o'tkazuvchi okrug saylov komissiyalari a'zolari, siyosiy partiyalar vakillari, YEXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari bo'yicha byurosi kuzatuvchilar missiyasi a'zolari, shuningdek, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Раис

 

Карши (2).jpg

Жураев Исмоил Шодиевич

 

Хусусийлаштириш, монополиядан чиқариш ва рақобатни ривожлантириш давлат қўмитаси Қашқадарё вилояти ҳудудий бошқармаси бошлиғи

Раис ўринбосари

Қурбонов

Собиржон Пўлатович

“Шўртан газ-кимё мажмуаси” унитар шўъба корхонаси бош мутахассиси

Котиби

Орипова

Сайёра Мийлиевна

Косон туманидаги 2-мактаб директори

Аъзолари

Алишеров

Наби Абдиевич

Ғузор туманидаги “Абди ота Аллаев” фермер хўжалиги раҳбари

Курбанов

Илхам Узакович

Қарши магистрал каналидан фойдаланиш бошқармаси бошлиғи

Назарова

Нилуфар Бойқобиловна

“Камолот” ёшлар ижтимоий ҳаракати Қашқадарё вилояти кенгаши раиси ўринбосари

Пардаева

Мохидил Қамаровна

Қарши туманидаги 55-мактаб директори

Рахматов

Хасан Ибрагимович

“Нуроний” жамғармаси Чироқчи тумани бўлими раиси

Турсунов

Хусан Мирзаевич

Қашқадарё вилояти адлия бошқармаси бўлим бошлиғи

Хасанова

Юлдуз Муртозаевна

Қарши муҳандислик-иқтисодиёт институти “Бухгалтерия ҳисоби ва аудит” кафедраси катта ўқитувчиси

Шукуров

Ботир Зокирович

“Ўзгеобурғунефтгаз” акциядорлик компаниясига қарашли “Геобурнефтгазсервис” шўъба корхонаси бошлиғи ўринбосари

 

Қашқадарё вилоятида Ўзбекистон Республикаси Президенти сайловини ўтказувчи сайлов участкаларини тузиш тўғрисида Ўзбекистон Республикаси Президенти сайловини ўтказувчи 13-қашқадарё округ сайлов комиссияси қарори

Ҳужжат матни иловада келтирилган.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori


Aholi va tibbiyot muassasalarining arzon va sifatli dori-darmon vositalari hamda tibbiyot buyumlari bilan ta’minlanganlik darajasini yanada oshirish, ularning narxini belgilash bo‘yicha ochiq-oshkora mexanizmni joriy etish, mamlakatimizda arzon va sifatli preparatlar bo‘lishiga qaramasdan tashxis qo‘yish va davolash standartlarida ko‘zda tutilmagan hamda asosan qimmat import dori-darmon vositalarini tavsiya etish kabi nomaqbul amaliyotning oldini olish va kelgusida bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida:

Avval xabar berganimizdek, biroz avval Qarshi shahrida viloyatimizdagi fermer xo'jaliklari, agrofirma va qayta ishlash korxonalari ishtirokida hududiy meva-sabzavot yarmarkasi bo'lib o'tdi.
Yarmarkada viloyatimizning barcha tumanlaridan kelgan bog'dorchilik, sabzavotchilik va polizchilikka ixtisoslashgan 500 ga yaqin fermer xo'jaliklari o'zlari etishtirgan 50 dan ortiq turdagi mahsulotlarini namoyish etdi. Har bir tumanning qishloq xo'jaligi sohasidagi salohiyati va imkoniyatlari haqida batafsil ma'lumot beruvchi stendlar tashkil qilindi.
Ma'lumki, yurtimizda agrar sohani izchil isloh etishga qaratilgan chora-tadbirlar yuksak samara bermoqda. Dehqonchilikda resurs tejamkor texnologiyalardan keng foydalanilayotgani, intensiv bog'lar barpo qilinayotgani, navlarni tanlashda uning hudud tuproq-iqlim sharoitiga mosligiga ko'proq e'tibor qaratilayotgani natijasida asosiy turdagi sifatli qishloq xo'jaligi mahsulotlari etishtirish ko'lami yil sayin oshayapti. Bu esa aholining meva-sabzavot, kartoshka, uzum, poliz mahsulotlariga bo'lgan ehtiyojini to'la qondirish barobarida iste'moldan ortgan sarxil mahsulotlarni jahon bozoriga ham chiqarishga sharoit yaratayapti.

Viloyat hokimligida mamlakatimiz hayotidagi muhim siyosiy jarayon – O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko'rish va uni uyushqoqlik bilan o'tkazish masalalariga bag'ishlangan yig'ilish bo'lib o'tdi.
Unda viloyat hokimligi, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar mas'ul xodimlari, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o'tkazuvchi 13-Qashqadaryo okrug saylov komissiyasi a'zolari, tuman va shahar hokimlari ishtirok etdi.
Yig'ilishni viloyat hokimi Zafar Ro'ziev kirish so'zi bilan ochib, joriy yilning 4 dekabrida bo'lib o'tadigan muhim siyosiy tadbirga munosib tayyorgarlik ko'rish va uni uyushqoqlik bilan o'tkazishga qaratilgan chora-tadbirlar bo'yicha fikrlarini bayon qildi.

Bazaviy interaktiv xizmatlar

Manzilimiz


Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mustaqillik Maydoni,1
Pochta indeksi:180100
Telefon
: 0(375)221-12-88, 0(375)221-03-81
Faks
: 0(375)221-13-40
Veb-sayt
http://www.qashqadaryo.uz
Elektron pochta
Yaqin jamoat transport to`xtash joylari 
Milliy bank va Mustaqillik Maydoni bekati
Avtomashrut
1,4,5,7,10,18,20,22,23,27,
37,44,462,11,21,37,33

Hozir saytimizda

Bizning saytimizda 148 mehmonlar va ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar 0

Foydali resurslar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati
www.press-service.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati
www.senat.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi
www.parliament.gov.uz
   
O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portali
www.gov.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)
www.ombudsman.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi
www.prokuratura.uz
   
 
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo'yicha davlat inspeksiyasi
http://gis.uz/

 

Mobil ilovalar

Bosh sahifa

Qabul kunlari

A- A A+

Rahbariyatga murojaat etish

Rahbariyatga murojaat etish

Viloyat hokimligining umumiy bo'limiga murojjat etish (Yangi oynada ochiladi)

Mobil versiya

Mobil versiyaga o'tish

Bog'lanish

Ishonch telefon raqami 
0(371) 200-55-05 
Ishonch telefon raqami reglament
Yagona telefon raqami
0(375) 221-07-60 
Yagona telefon raqami reglamenti

Batafsil>>>

Biz bilan bog'lanish

Sahifa adressi

Maxsus imkoniyatlar

K'orinish

Pastda o'zingizga kerakli parametrni tanlasng
Blue Green Red Radian
Select menu
Google Font
Body Font-size
Body Font-family
Reset