wrapper

Maxsus imkoniyatlar

2017 yil mamlakatimizga Toshkent – Buxoro, Toshkent – Qarshi yo'nalishlariga qo'yilishi rejalashtirilgan ikkita yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoezd olib kelinadi. Qarshi – Termiz, Urganch – Xiva yo'nalishlari ham elektrlashtiriladi.

Bu haqda O'zbekiston milliy matbuot markazida "O'zbekiston temir yo'llari" aksiyadorlik jamiyatining 2016 yil ijtimoiy-iqtisodiy faoliyati yakunlari va 2017 yilgi rejalariga bag'ishlangan matbuot anjumanida aytib o'tildi.

"O'zbekiston temir yo'llari" tomonidan 2016 yilda 68 million tonna yuk tashildi. 21,1 million yo'lovchi o'z manziliga etkazib qo'yildi. 369 million dollar miqdorida eksport xizmatlari ko'rsatildi. Aksiyadorlik jamiyati sanoat korxonalarida 422,5 milliard so'mlik mahsulot ishlab chiqarildi. Tizimda 2 ming 300 ga yaqin ish o'rni yaratilib, ishchilar soni 70 mingdan oshdi.

– O'tgan yilda investisiya dasturiga ko'ra 820 million dollardan ko'proq mablag' o'zlashtirildi, – deydi "O'zbekiston temir yo'llari" aksiyadorlik jamiyatining bosh menejer-bosh muhandisi Husniddin Hosilov. – Natijada qator loyihalar amalga oshirilib, yo'lovchilar uchun qulayliklar yaratildi. Xususan, 2016 yilda uzunligi 123,2 kilometrni tashkil etuvchi Angren – Pop elektrlashtirilgan temir yo'li va uning doirasida bunyod etilgan uzunligi 19,2 kilometrdan iborat Qamchiq tunneli foydalanishga topshirildi. O'tgan yil 11 iyuldan boshlab, mazkur yangi temir yo'l orqali Farg'ona vodiysiga hamda u erdan yurtimizning boshqa hududlariga yuk poezdlari qatnovi yo'lga qo'yildi. Mustaqilligimizning 25 yilligi arafasida Toshkentdan Andijonga birinchi yo'lovchi poezdi qatnovi boshlandi. Hozir Toshkent – Andijon – Toshkent yo'nalishida har kuni zamonaviy tezyurar yo'lovchi poezdi aholiga xizmat ko'rsatmoqda.

Andijon – Buxoro – Andijon yo'nalishida haftasiga ikkita yo'lovchi poezdi, haftada bir marotaba Andijon – Urganch – Andijon, Andijon – Moskva – Andijon yo'nalishlarida yo'lovchi poezdlari qatnovi tashkil etildi. Bundan tashqari bir sutkada o'nlab yuk poezdi Angren – Pop elektrlashtirilgan temir yo'li orqali o'tib, yuklarni o'z manziliga etkazmoqda.

Samarqanddan Buxorogacha bo'lgan masofada 140 kilometrdan ortiq yangi temir yo'l qurildi. Mavjudlari zamonaviy ta'mirlanib, Buxorogacha to'liq elektrlashtirish ishlari amalga oshirildi. Natijada Toshkent – Buxoro – Toshkent yo'nalishida yuqori tezlikda harakatlanuvchi "Afrosiyob" elektropoezdining qatnovi aholi uzog'ini yaqin qilmoqda.

Matbuot anjumanida "O'zbekiston temir yo'llari" aksiyadorlik jamiyatida amalga oshiriladigan istiqboldagi loyihalar xususida ham atroflicha so'z yuritildi.

Tadbirda jurnalistlar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.


Qashqadaryo viloyati Qarshi shahridagi “Gulshan” mahalla fuqarolar yig'inining yangi binosi foydalanishga topshirildi.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda mahalla institutining jamiyat boshqaruvidagi o'rnini mustahkamlash, o'zini o'zi boshqarish organlari faoliyatini yanada takomillashtirish, vazifa va vakolatlari doirasini kengaytirishga alohida e'tibor qaratilayotgani ta'kidlandi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning 2017 yil 3 fevraldagi “Mahalla institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi farmoni bu boradagi ishlar samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Qarshi shahrida ham mahalla fuqarolar yig'inlari faoliyati samaradorligini oshirish, ular uchun zamonaviy sharoit va qulayliklar yaratish borasida keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Ko'rimsiz va eski bino o'rnida Qarshi shahridagi “Binokor dizayn” mas'uliyati cheklangan jamiyati quruvchilari tomonidan barpo etilgan zamonaviy mahalla idorasida barcha sharoit yaratildi. Mahalla raisi, kotib, maslahatchilar, profilaktika inspektori uchun alohida xonalar ajratilib, kompyuter jamlanmasi, zarur mebel jihozlari va tegishli adabiyotlar bilan ta'minlandi. Muhtasham majlislar zali va Xalq qabulxonasi ham joy olgan.

Gulshan mahallasi Qarshi shahridagi namunali mahallalardan. 3 mingdan ziyod aholi istiqomat qilayotgan mahalla hududida “Binokor” sport klubi, bir necha maishiy xizmat ko'rsatish va savdo shoxobchalari, go'zallik saloni, choyxona faoliyat yuritmoqda. Abu Ubayda ibn Al-Jarroh ziyoratgohi ham mahalla hududida joylashgan.

– Mahalla ahlining bugungi kunidan ko'ngli to'q, ertangi kunga ishonchi mustahkam, – deydi “Gulshan” mahalla fuqarolar yig'ini raisi O'ktam O'roqov. – Boisi xonadonlar gaz, elektr energiyasi va ichimlik suvi bilan to'liq ta'minlangan. Ko'chalar obod, saranjom-sarishta. Mahalla faollari kam ta'minlangan, nogiron va keksalar holidan muntazam xabar olib, homiylik yordami ko'rsatadi. Shahardagi keng ko'lamli bunyodkorlik ishlari natijasida hududimizda o'tgan yili 8 ko'p qavatli uy barpo etildi. Bu yurtimizda aholi farovonligini yuksaltirishga qaratilayotgan yuksak e'tibor samarasidir.

Mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishining hozirgi bosqichida elektr energetikasi tarmog‘ining asosiy maqsadi: iste’molchilarning elektr energiyasiga oshib borayotgan talabini qondirish, mavjud elektr stansiyalar va tarmoqlarni modernizatsiyalash va rekonstruksiya qilish, yuqori samarali texnologiyalar asosida yangi ishlab chiqarish quvvatlarini qurish hisoblanadi.

2004 yilda Tolimarjon IESda quvvati 800 MVtga teng bo‘lgan energoblokning ishga tushirilishi energetikadagi ishlab chiqarish quvvatlarini rivojlantirish va rekonstruksiya qilishdagi eng muhim yutuqlardan biri hisoblanadi. Bunday quvvatga ega energoblok nafaqat O’zbekistonda, balki butun Markaziy Osiyo mintaqasida yagona hisoblanadi. Stansiyada ishlab chiqariladigan elektr energiyasi energotizimning butun Janubi-G’arbiy qismini, shu jumladan Sho‘rtan va Ko‘kdumaloq gazkimyo kompleksi kabi strategik ahamiyatga molik iste’molchilarni kuchlanishi 220 va 500 kVga teng energiya bilan ta’minlash uchun sarflanadi.

 

Tolimarjon IES foydalanishga topshirilgandan buyon 66,72 mlrd kVt· soatdan ortiq elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Birgina 2016 yilda stansiyada, davriy rejada 6840,0 mln kV·soat belgilanganda 6939,6 mln kV·soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi va bu faoliyatdagi 101,5 foizni tashkil etdi.

 

Hozirgi vaqtda “O’zbekenergo” AJ tomonidan energetikani rivojlantirishga hamda tannarx xarajatlarini kamaytirishni maqsad qilgan holda energiya ob’ektlarini modernizatsiya qilish bo‘yicha investitsiyaviy dasturlar amalga oshirilmoqda, elektrostansiyaning ishonchli va tejamli ishlashini ta’minlash, mahsulot yetkazib berishda energoresurslar solishtirma sarfini kamaytirish, shuningdek atrof-muhitga ta’sirini pasaytirishga asosiy e’tibor qaratilmoqda.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 7 martdagi “Tolimarjon IESni har birining quvvati 450 MVt bo‘lgan 2ta bug‘-gaz qurilmasi qurish bilan kengaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar” to‘g‘risidagi PQ-1933-sonli qaroriga muvofiq 2013 yilda Tolimarjon IESda bug‘-gaz qurilmalarining ikkita bloki qurilishi boshlandi.

 

Bug‘-gaz qurilmasining qurilishi uchun «Hyundai Engineering and Construction and Daewoo International Corporation» (Koreya) xorijiy kompaniyalar konsorsiumi bilan “tayyor topshirish” sharti asosida shartnoma tuzildi.

 

Loyihani moliyalashtirish Osiyo taraqqiyot banki, Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (Jayka) va O’zbekiston Respublikasi Tiklanish va rivojlanish jamg‘armasining mablag‘larini jalb qilgan holda amalga oshirilmoqda.

 

Bug‘-gaz qurilmasining birinchi bloki 2016 yil avgustda ishga tushirildi.

2016 yil noyabr oyida quvvati 314 MVtga teng bo‘lgan ikkinchi energoblokning gaz turbinasi ishga tushirildi.

 

Bug‘-gaz qurilmasi 2ta blokining ishga tushirilishi elektr energiyasini ishlab chiqarishga yoqilg‘ining solishtirma harajatlarini kamaytirish hisobiga butun energiya tizimi tejamliligini oshirish imkonini beradi va yiliga qo‘shimcha ravishda 7200,0 mln.kV.s elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Shuningdek energotizimning Markaziy qismidan Samarqand-Buxoro energiyauzeliga elektr energiyasini o‘tkazishda yo‘qotishlar kamayadi.

2017 yil 7 fevral holatiga bug‘-gaz qurilmasining 1 va 2 bloki tomonidan elektr energiyasi ishlab chiqarishning umumiy hajmi 1520,2 mln. kVt soatni tashkil etmoqda. 1 kVt·soat elektr energiyasini ishlab chiqarish uchun bug‘-gaz qurilmasi 219-220 grammlar atrofida shartli yonilg‘i sarflaydi, bu esa quvvati 800 MVtga teng bo‘lgan shunday energoblokning ko‘rsatgichidan 95 grammgagina kamdir.

Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 27 avgustdagi “Tolimarjon IES da 500 kVli havo liniyasi – So‘g‘diyona PSni Tolimarjon IESda 500 kVli ochiq tarqatish qurilmasi bilan qurilishi” investitsiyaviy loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1609-sonli qarori asosida Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki va sohani o‘z mablag‘larini jalb qilgan holda mazkur loyihani amalga oshirish bo‘yicha ishlar yakunlandi. Energotizimning Janubi-G’arbiy va Janubiy qismlari elektr bilan ta’minlash ishonchliligini oshirish, respublikaning Janubi-G’arbiy mintaqasidagi yangitdan kiritilayotgan iste’molchilarini energiya bilan ta’minlash va elektr energiyasini uzatishda yo‘qotishlarni kamaytirish loyihaning asosiy maqsadi hisoblanadi.

Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to'lash tizimini tubdan takomillashtirish, pensionerlar, talabalar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlari huquq va qonuniy manfaatlari himoyasini so'zsiz ta'minlash, ularning O'zbekiston Respublikasining barcha hududida xarid qiladigan tovar va xizmatlar uchun to'lovlarni to'siqlarsiz amalga oshirishi uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida:

1. O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Moliya vazirligi, Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg'armasi rahbarlarining e'tibori O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasiga ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar o'z vaqtida to'lanmayotgani, to'lov terminallari va bank apparatlari tizimi etarli darajada rivojlanmagan holda to'lovlar plastik kartochkalarga asossiz ravishda o'tkazilayotgani to'g'risida ko'plab murojaatlar kelib tushayotganiga qaratilsin.

2. Belgilab qo'yilsinki, 2017 yilning fevral oyidan boshlab:

barcha turdagi pensiyalar butun mamlakat hududida hech qanday cheklovlarsiz to'liq hajmda naqd shaklda beriladi;

ilovada keltirilgan tog'li va olis tumanlardagi byudjet tashkilotlari xodimlariga ish haqi to'lash, ijtimoiy to'lovlar hech qanday cheklovlarsiz to'liq hajmda naqd shaklda amalga oshiriladi;

oliy o'quv yurtlari talabalariga stipendiyalarning kamida 50 foizi naqd shaklda beriladi.

3. O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg'armasi, “O'zbekiston pochtasi” aksiyadorlik jamiyati pensiyalar mazkur qarorning 2-bandiga muvofiq, qonunchilikda belgilangan muddatda, tegishli oyning 27 sanasidan kechiktirmay to'lanishini ta'minlasin.

4. O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki:

tijorat banklari bilan birgalikda ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar hamda ularga tenglashtirilgan to'lovlarni to'lashda yo'l qo'yilayotgan doimiy suiiste'molliklarni so'zsiz bartaraf etishga doir choralarni ko'rsin, to'lovlarning birinchi talabga binoan xo'jalik yurituvchi sub'ektlar hisob raqamlaridan hech qanday moneliksiz berilishini ta'minlasin;

O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo'mitasi, tijorat banklari, Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda mavjud to'lov terminallari infratuzilmasini hisobga olgan holda ish haqini naqd shaklda va plastik kartalarga o'tkazish yo'li bilan to'lashni tanqidiy qayta ko'rib chiqsin va bu borada maqbul nisbatlarni belgilasin. Qabul qilingan chora-tadbirlar to'g'risida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoniga axborot berilsin.

5. O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi bir oy muddatda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 5 avgustdagi 147-sonli “Banklardagi depozit hisobvaraqlardan naqd pul to'lovlarini uzluksiz ta'minlash kafolatlari to'g'risida”gi qarorining 3- va 4-bandlarida ko'zda tutilgan naqd pul mablag'lari o'z vaqtida berilishini ta'minlamayotgan tijorat banklari rahbarlari va mansabdor shaxslarini javobgarlikka tortish bo'yicha normalar amalda qanday qo'llanilayotganini o'rgansin.

6. O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasi tijorat banklari, Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat, shahar va tumanlar hokimliklari bilan birgalikda naqd pul mablag'larining bankdan tashqari aylanmaga chiqib ketishiga yo'l qo'ymaslik hamda uning savdo va xizmat ko'rsatish sohasidan tijorat banklari kassalariga o'z vaqtida qaytarilishini ta'minlashga qaratilgan aniq tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilishini ta'minlasin.

7. Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarning o'z vaqtida va uzluksiz to'lanishini ta'minlash bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurori I.B.Abdullaev, O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o'rinbosari R.S.Azimov va Markaziy bank raisi F.M.Mullajonov zimmasiga shaxsiy javobgarlik yuklansin.

8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O'zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov zimmasiga yuklansin.


O'zbekiston Respublikasi Prezidenti                                         Sh.Mirziyoev


Toshkent shahri, 2017 yil 2 fevral

* * *


O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ish haqi,
pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to'lash
mexanizmini takomillashtirishga doir qo'shimcha
chora-tadbirlar to'g'risida"gi qaroriga

ShARH

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to'lash mexanizmini takomillashtirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi qarorida pensionerlar, talabalar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlari huquq va qonuniy manfaatlarini ishonchli va samarali himoya qilish, ular O'zbekiston Respublikasining barcha hududida xarid qiladigan tovar va xizmatlar uchun to'lovlarni to'siqlarsiz amalga oshirishi uchun qulay sharoitlar yaratishga doir qat'iy choralar belgilangan.

Mazkur qaror mamlakatimiz hududlarida ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar to'lashdagi mavjud ahvolni tanqidiy tahlil qilish natijasida qabul qilindi. Bundan tashqari, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasiga kelayotgan murojaatlar tahlili ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni o'z vaqtida to'lamaslik, to'lovlarni plastik kartochkalarga naqdsiz shaklda asossiz ravishda o'tkazish holatlari ko'paygani hamda to'lov terminallari va bank apparatlari tizimi etarli darajada rivojlanmaganini ko'rsatmoqda.

2016 yil 27 sentyabrda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi ishga tushganidan buyon 7 mingdan ortiq shunday mazmundagi murojaatlar kelib tushgan.

Ushbu salbiy holatlarga barham berish maqsadida qarorda 2017 yil fevral oyidan boshlab:

birinchidan, barcha turdagi pensiyalarni to'lash hech qanday cheklovlarsiz to'liq hajmda naqd shaklda amalga oshirilishi;

ikkinchidan, 58 tog'li va olis tumanlarda joylashgan byudjet tashkilotlari xodimlariga ish haqi to'lash, shuningdek, ushbu tumanlar aholisiga ijtimoiy to'lovlar ham hech qanday cheklovlarsiz to'liq hajmda naqd shaklda amalga oshirilishi;

uchinchidan, oliy o'quv yurtlari talabalariga stipendiya to'lash 50 foizdan kam bo'lmagan miqdorda naqd shaklda amalga oshirilishi belgilangan.

Shu bilan birga, Moliya vazirligi, Pensiya jamg'armasi va pochta xizmati tashkilotlariga pensiyalarning uzluksiz, tegishli oyning 27 sanasidan kechiktirmay to'lanishini ta'minlashga doir qat'iy topshiriq berilgan.

Bundan tashqari, hududlarda shakllangan ish haqini naqd shaklda hamda plastik kartalarga o'tkazish yo'li bilan to'lashdagi nisbatlar tanqidiy qayta ko'rib chiqiladi. Bu jarayonda odamlar o'z ish haqidan foydalanishda muammolarga duch kelmasligi va o'zlariga kerakli tovar va xizmatlarni erkin xarid qilishlari uchun mavjud to'lov terminallari infratuzilmasi hisobga olinadi.

Markaziy bank tijorat banklarining ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar hamda ularga tenglashtirilgan to'lovlarni to'lashda yo'l qo'yilayotgan qoidabuzarliklar va kamchiliklarni qisqa muddatda bartaraf etishga doir ishlarini tashkil etishi lozim. Birinchi talabga binoan pul mablag'lari xo'jalik yurituvchi sub'ektlar hisobvaraqlaridan hech qanday moneliksiz berilishini ta'minlashi zarur.

Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarning o'z vaqtida va to'liq to'lanishi Bosh prokuratura tomonidan qat'iy nazoratga olinadi. Shuningdek, Bosh prokuratura tijorat banklari mansabdor shaxslarining belgilangan tartibni buzganlik uchun javobgarlikka tortilishi to'g'risidagi qonunchilik normalarining amalda qo'llanilishini o'rganadi.

Shu bilan bir qatorda, qarorda tijorat banklarini ish haqi, pensiyalar va boshqa ijtimoiy to'lovlarni to'lash uchun kerakli naqd pul mablag'lari bilan ta'minlash maqsadida pul mablag'larining savdo va xizmat ko'rsatish sohasidan to'liq va o'z vaqtida tijorat banklari kassalariga topshirilishini ta'minlashga qaratilgan hamda bozor iqtisodiyoti tamoyillariga mos keladigan tizimli kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish ko'zda tutilgan.

Prezidentimiz qarori ijrosini ta'minlash ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar hamda ularga tenglashtirilgan to'lovlarni amalga oshirish bilan bog'liq vaziyatni tubdan yaxshilash va fuqarolarning o'z pul mablag'larini o'zlariga qulay shaklda olish bo'yicha qonuniy huquqlarini to'la ta'minlashga xizmat qiladi.


Iqtisodiyotning innovasion rivojlanishida akademik fanning ahamiyatini yanada oshirish, Fanlar akademiyasining nufuzini yuksaltirish va faoliyatini takomillashtirish, ilmiy-tadqiqot va innovasion faoliyatni boshqarish va tartibga solishning yagona tizimini shakllantirish, shuningdek, O'zbekiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda ilm-fanning o'rnini oshirish maqsadida:

Qayd etib o'tilsinki, mustaqillik yillarida xalqimizning boy madaniy merosini qayta tiklash, yuksak ma'naviyat, milliy o'ziga xoslik va xalq an'analarining mavjud ko'p asrlik sarchashmalarini butun choralar bilan rivojlantirish, jismonan sog'lom, ma'nan etuk va har tomonlama barkamol shaxslar jamiyatini barpo etish uchun zarur shart-sharoitlar yaratildi.

Aholining madaniy va estetik ehtiyojlarini yanada to'la qondirishga, teatr, musiqa, tasviriy san'at hamda boshqa san'at turlarini rivojlantirishga, xalqimiz tarixi va bugungi hayotining eng yorqin sahifalarini, mamlakatimizning erkin demokratik taraqqiyotini aks ettiruvchi asarlar yaratishda ijodiy jamoalarga har tomonlama yordam ko'rsatishga alohida e'tibor qaratildi. Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish bo'yicha tizimli va aniq maqsadga yo'naltirilgan chora-tadbirlar amalga oshirildi. Nufuzli xalqaro musobaqalarda O'zbekiston sharafini munosib himoya qilish va yuksak marralarni zabt etishga qodir mahoratli sportchilar tayyorlashning samarali tizimi yaratildi.



Avtomobil yo'llari va sun'iy inshootlarni loyihalashtirish, qurish va foydalanish jarayoniga kompleks yondashish asosida yo'l xo'jaligini boshqarishning samarali tizimini shakllantirish, ularni moliyalashtirish tizimini takomillashtirish, loyihalashtirish va yo'l-qurilish ishlari sifatini oshirish imkonini beradigan to'laqonli buyurtmachi xizmatini yaratish maqsadida:

Poytaxtimizdagi "Yoshlik" sport majmuasida mini-futbol bo'yicha xotin-qizlar o'rtasida XIII O'zbekiston chempionatining birinchi bosqich ikkinchi tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi.

Bu yilgi chempionat bahslarida to'qqizta jamoa o'zaro kuch sinashmoqda. Qoidaga ko'ra, dastlabki bosqichda har bir jamoa o'zaro bittadan o'yin o'tkazadi va eng kuchli olti jamoa ikkinchi bosqichda medallar uchun kurashni davom ettiradi.

Payshanba, 16 Fevral 2017 00:00

Tadbirkorga ko'makchi tizim

Avtor

"Yagona darcha" davlat xizmatlari ko'rsatish markazlari tadbirkorlarning mushkulini oson qilmoqda, sohaga oid murojaatlari tez va samarali ko'rib chiqilishiga ko'maklashayapti.

Mana bunga yorqin misol. Qarshi shahrilik Nargiza Chorieva tadbirkorlikka qo'l urish, aniqrog'i milliy shirinliklar ishlab chiqarishni yo'lga qo'yish niyatida. Yaqinda u yakka tartibdagi tadbirkor sifatida hududdagi "Yagona darcha" markazi orqali davlat ro'yxatidan o'tdi. Tegishli guvohnomani olish uchun atigi 2 kun sarfladi.
Ishbilarmon o'z biznesini boshlashi  bilan 2 ta ish o'rni ham yaratdi.

seshanba, 14 Fevral 2017 00:00

Qashqadaryo kecha va bugun

Avtor

Bazaviy interaktiv xizmatlar

Manzilimiz


Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mustaqillik Maydoni,1
Pochta indeksi:180100
Telefon
: 0(375)221-12-88, 0(375)221-03-81
Faks
: 0(375)221-13-40
Veb-sayt
http://www.qashqadaryo.uz
Elektron pochta
Yaqin jamoat transport to`xtash joylari 
Milliy bank va Mustaqillik Maydoni bekati
Avtomashrut
1,4,5,7,10,18,20,22,23,27,
37,44,462,11,21,37,33

Hozir saytimizda

Bizning saytimizda 93 mehmonlar va ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar 0

Foydali resurslar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati
www.press-service.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati
www.senat.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi
www.parliament.gov.uz
   
O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portali
www.gov.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)
www.ombudsman.uz
   
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi
www.prokuratura.uz
   
 
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo'yicha davlat inspeksiyasi
http://gis.uz/

 

Mobil ilovalar

Bosh sahifa

Qabul kunlari

A- A A+

Rahbariyatga murojaat etish

Rahbariyatga murojaat etish

Viloyat hokimligining umumiy bo'limiga murojjat etish (Yangi oynada ochiladi)

Mobil versiya

Mobil versiyaga o'tish

Bog'lanish

Ishonch telefon raqami 
0(371) 200-55-05 
Ishonch telefon raqami reglament
Yagona telefon raqami
0(375) 221-07-60 
Yagona telefon raqami reglamenti

Batafsil>>>

Biz bilan bog'lanish

Sahifa adressi

Maxsus imkoniyatlar

K'orinish

Pastda o'zingizga kerakli parametrni tanlasng
Blue Green Red Radian
Select menu
Google Font
Body Font-size
Body Font-family
Reset