wrapper

Items filtered by date: Fevral 2019 - Qashqadaryo viloyat hokimiyati

Jahonda yuqori nufuzga ega “Al-bader International Development So W.L.L.” kompaniyasi delegatsiyasi viloyatimizga mehmon bo‘lib kelgan.  Qashqadaryoda investitsiyaviy faoliyat yuritishga jiddiy qiziqish bildirgan ushbu jamoaga kompaniya ijrochi direktori Ali Ramadan Mahmud boshchilik qilmoqda.

 

18-fevral, ya’ni tashrifning dastlabki kuni delegatsiya a’zolari viloyat hokimligiga taklif qilindi. Avvaliga bu yerda mehmonlar uchun vohamiz iqtisodiy salohiyati haqida ma’lumot beruvchi ko‘rgazmali tadqimot o‘tkazildi. Kelgusida ro‘yobga chiqarilishi ko‘zda tutilgan, sanoat, turizm, qishloq xo‘jaligi yo‘nalishidagi loyihalar namoyish etildi.

 

 

Shundan so‘ng xorijiy kompaniya vakillari viloyat hokimi Zafar Ro‘ziyev qabulida bo‘lishdi. Uchrashuv chog‘ida tomonlar manfaatli hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdi. Bugun yurtimizda chet el sarmoyadorlari uchun qulay sharoitlar yaratib berilgani alohida ta’kidlandi. Quvaytlik investor esa xalq xo‘jaligining yetakchi sohalarida davlat-xususiy sherikchiligi asosida hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdi.

 

Ikkinchi kun mehmonlar viloyatimizning diqqatga sazovor joylari bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘lishdi. Shu bilan nufuzli kompaniya delegatsiyasining viloyatimizga tashrifi yakunlandi.

 

 

Ma’lumot o‘rnida aytish joiz, “Al-bader International Development So W.L.L.” kompaniyasi AQSHda ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, faoliyatini Osiyo, Yaqin Sharq va Afrika mamlakatlarida olib bormoqda. Kompaniya rahbari asli Quvayt davlati fuqarosi bo‘lgan Badr bin Hamud Al Bader hisoblanadi. Asosan mehmonxona, uy-joy qurilishi, tibbiyot xizmati ko‘rsatish, zamonaviy informatsion texnologiyalar, turizm va boshqa sohalarga sarmoya yo‘naltirib kelmoqda.

 

Qayd etish o‘rinli, mazkur kompaniyaning viloyatimiz iqtisodiyotiga qancha investitsiya olib kirishi mumkinligi hali aniq emas.

 

M.JO‘RAYEV

 

Murodulla KOMILOV olgan suratlar.

Qarshi shahridagi “Nasaf mebel” masʼuliyati cheklangan jamiyati 2010 yilda tashkil topgan boʻlib, bugun korxonada 47 nafar ishchi xodim faoliyat koʻrsatmoqda. Ularning faoliyati buyruqlar asosida qonuniylashtirilgan.
 

 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 29 iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi toʻgʻrisida”gi farmoniga asosan, 2019 yil 1 yanvardan boshlab barcha fuqarolar uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻining yagona stavkasi 12 foiz etib belgilandi. Shundan 0,1 foizini shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisob varaqlariga yoʻnaltirish maqsad qilingan. Bunda ayrim toifadagi fuqarolarning eng kam oylik ish haqining 4 baravari miqdoridagi daromadlarini soliq solishdan ozod qilishning amaldagi tartibi saqlab qolinadi. Shuningdek, fuqarolarning mehnatga haq toʻlash turidagi daromadlaridan Byudjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasiga ushlab qolinadigan sugʻurta badallari bekor qilinadi.

 

 

 

Masalan, oʻtgan yilda umumtaʼlim maktabi oʻqituvchisining oyligi oʻrtacha 2 million soʻm shartli olganimizda u shu oylik maoshidan qoʻliga 1 million 583 ming soʻm olgan. Daromad soligʻi stavkasining 12 foizga tushirilishi natijasida uning qoʻliga tegadigan ish haqqi 1 million 760 ming soʻmni tashkil etadi.

 

 

 

Aynan shu yangilikni oʻzi xoʻjalik yurituvchi subyektlarida norasmiy faoliyat koʻrsatayotgan ishchilarni qonuniy tarzda ishga qabul qilish imkonini yaratdi.

 

 

 

– Korxonamizda 25 nafar xodim ishlaydi, – deydi Qarshi shahrida faoliyat koʻrsatayotgan “Marjon pristij” xususiy korxonasi bosh hisobchisi Javlon Itolmasov. – Soliq yukining kamayishi natijasida barcha xodimlarimizni buyruqlashtirdik. Yanvar oyida sogʻlomlashtirish markazini tashkil etdik. Natijada 10 nafar xodim qonuniy, buyruq asosida ishga qabul qilindi.

 

 

 

Qarshi shahridagi “Nasaf mebel” masʼuliyati cheklangan jamiyati 2010 yilda tashkil topgan boʻlib, ichki bozorga mebel mahsulotlari yetkazib beradi. Bugun korxonada 47 nafar ishchi xodim faoliyat koʻrsatmoqda. Ularning faoliyati buyruqlar asosida qonuniylashtirilgan.

 

 

 

– Korxonamiz tomonidan yuzdan ortiq turdagi mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda, – deydi Qarshi shahridagi “Nasaf mebel” masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari Abror Sayfiyev. - Ishchi xodimlarning daromad soligʻi stavkasining pasayishi natijasida biz ularga qonuniy haq toʻlaymiz. Yana bir jihati buyruq asosida ishlaydigan xodim shu tashkilotga mehr qoʻyadi. 

 

 

 

Umumiy hisoblarga qaraganda viloyatda oʻtgan olti oy davomida xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan 15 ming nafardan ortiq fuqaroning faoliyati rasmiylashtirilgan.

 

 

 

Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi stavkasining pasaytirilishi korxona va tashkilotlarga xodimlarni faoliyatini toʻliq qonuniylashtirishga zamin yaratsa, fuqarolar uchun mehnat staji hisoblanishi, pensiyaga chiqish davrida vujudga kelishi mumkin boʻlgan muammolarni oldini oladi. 


Oʻ.Barotov, OʻzA

Chorshanba, 20 Fevral 2019 00:00

BAHODIR BOQIYEV – O‘ZBEKISTON CHEMPIONI

oraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahrida sambo ko‘rashi bo‘yicha erkaklar, ayollar hamda jangovor sambo yo‘nalishlarida O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi.

E’tiborga molik jihati, musobaqaning jangovar sambo yo‘nalishida 62 kilogramm vazn toifasida viloyatimiz vakili Bahodir Boqiyev barcha raqiblarini mag‘lub etib, shohso‘paning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi.

Shuningdek, ushbu yo‘nalishda viloyatimiz vakillaridan 74 kilogramm vazn toifasida Suhrob Bo‘riyev, 90 kilogramm vazn toifasida esa Anzur Qo‘ziyev va Jo‘rabek Xidirovlar 3-o‘rin sohibiga aylanishdi.

An’anaviy sambo kurashining erkaklar o‘rtasidagi bahslarida esa vakillarimizdan Hasan Hurramov (62 kilogramm), Davlat Abrayev (82 kilogramm) hamda Botir Xoliyorov (90 kilogramm) bronza medaliga ega chiqqan bo‘lsa, ayollar o‘rtasida Maftuna Ergasheva (60 kilogramm) uchinchi o‘rinni egallab, sovrindorlar safidan joy oldi.

Jahongir BOYMURODOV

Chorshanba, 20 Fevral 2019 00:00

Qashqadaryoda iqtidorli karatechilar saralandi

Xabar berganimizdek, Oʻzbekiston karate Milliy federatsiyasi tomonidan yurtimizda ushbu sport turini keng ommalashtirish, hududlarda seleksiya jarayonlarini oʻtkazish orqali iqtidorli yoshlarni tanlab olishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
 Bu esa oʻz navbatida Oʻzbekiston oʻsmirlar va yoshlar terma jamoalariga munosib zaxirani shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Qolaversa, terma jamoamiz aʼzolari ham ortidan munosib oʻrinbosarlar yetishib kelayotganini bilsa, oʻz ustida yanada koʻproq ishlashga harakat qiladi, intiladi. Bu shubhasiz oʻzbek karatesi manfaatlariga xizmat qiladi.

 Shu sababli Oʻzbekiston karate Milliy federatsiyasi ishchi guruhi tomonidan joylarda faol seleksiya jarayoni oʻtkazilmoqda. Jumladan, 13-14 fevral kunlari Qashqadaryo viloyatida ham iqtidorli yoshlar saralab olindi. Unda viloyatning barcha hududlaridan 8-12 yoshdagi oʻgʻil bolalar va qizlar imtihondan oʻtkazildi.

Taʼkidlash joiz, bugungi kunda Oʻzbekiston karate Milliy federatsiyasi barcha yoshdagi terma jamoalarda teng kuchli bir nechta tarkibni shakllantirishga jiddiy eʼtibor qaratgan. Bu esa asosiy tarkib uchun raqobatning oʻsishiga xizmat qiladi. Raqobat esa tabiiyki yoshlarning mahorati ortishiga xizmat qiladi.
Shu maʼnoda aytish joizki, Oʻzbekiston karate Milliy federatsiyasi tomonidan joylarda oʻtkazilayotgan seleksiya jarayoni yurtimizda ushbu sport turi taraqqiyotini taʼminlaydi.
photo5413815872021179095.jpg

 

 

 

photo5413815872021179096.jpg

 

 

 

photo5413815872021179097.jpg

 

 

 

photo5413815872021179098.jpg

 

 

 

photo5413815872021179101.jpg


OʻzA

Page 1 of 4

Manzilimiz


Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mustaqillik Maydoni,1
Pochta indeksi:180100
Telefon
: 0(375)221-12-88, 0(375)221-03-81
Faks
: 0(375)221-13-40
Veb-sayt
http://www.qashqadaryo.uz
Elektron pochta
Yaqin jamoat transport to`xtash joylari 
Milliy bank va Mustaqillik Maydoni bekati
Avtomashrut
1,4,5,7,10,18,20,22,23,27,
37,44,462,11,21,37,33

Hozir saytimizda

Bizning saytimizda 75 mehmonlar va ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar 0

Maxsus imkoniyatlar

K'orinish

Pastda o'zingizga kerakli parametrni tanlasng
Blue Green Red Radian
Select menu
Google Font
Body Font-size
Body Font-family