wrapper

Items filtered by date: Yanvar 2019 - Qashqadaryo viloyat hokimiyati

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2018 yil 28 dekabr kuni Oliy Majlisga navbatdagi Murojaatnomani taqdim etdi.
Toshkent shahridagi Simpoziumlar saroyida bo'lib o'tgan anjumanda Oliy Majlis Senati a'zolari va Qonunchilik palatasi deputatlari, Vazirlar Mahkamasi, vazirlik va idoralar rahbarlari, diplomatik korpus va  xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari vakillari, nodavlat tashkilotlar faollari ishtirok etdi. Anjumanni videokonferensiya aloqa tizimi orqali viloyat, tuman va shaharlardagi mahalliy kengashlar deputatlari, barcha bo'g'indagi ijro hokimiyati va xo'jalik boshqaruvi organlari rahbarlari, shuningdek, mamlakatimizning chet ellardagi elchilari kuzatib bordi.
Bir yil muqaddam mamlakatimiz tarixida ilk marta O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasi taqdim etilgan edi. Davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini tubdan yangilashga qaratilgan ushbu dasturilamal darajasidagi nutq asosida joriy yil uchun puxta amaliy rejalar tuzildi, xalqimizga munosib hayot barpo etish yo'lida ezgu tashabbuslar belgilandi.
Davlatimiz rahbari Murojaatnoma rejalarini hayotga izchil joriy etishning dasturi sifatida mamlakatimizda 2018 yilni Faol tadbirkorlik, innovasion g'oyalar va texnologiyalarni qo'llab-quvvatlash yili, deb e'lon qilishni taklif etdi. 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasining navbatdagi bosqichi bo'lgan 2018 yilda el-yurtimiz  farovonligini yanada yuksaltirish yo'lida to'la ma'noda ulkan bunyodkorlik, qurilish-obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.
Bu safargi Murojaatnomada ham yakunlanayotgan yilda amalga oshirilgan ishlar va kelasi yilga mo'ljallangan rejalar, Vatanimizning ichki va tashqi siyosatidagi asosiy tamoyillar bayon etilgani bilan barchada katta qiziqish uyg'otdi.
2018 yilda aholining real daromadlari 2017 yilga nisbatan 12 foiz oshdi. Soliqlarning prognozdan oshirib bajarilgan qismi hisobidan hududlarda 5,5 trillion so'm qo'shimcha mablag' qoldirilgani, bu o'tgan yilga nisbatan 6 barobar, 2016 yilga nisbatan esa 32 barobar ko'p bo'lgani qayd etildi.
Odamlarning hayotdan rozi bo'lib yashashi uchun qulay sharoit yaratish davlatimizning doimiy e'tiborida bo'ldi. "Obod qishloq" va "Obod mahalla" dasturlari doirasida 416 ta qishloq yangicha qiyofa kasb etdi. "Har bir oila - tadbirkor", "Yoshlar - kelajagimiz" dasturlarini izchil tatbiq etishga kirishildi.
Murojaatnomada ijtimoiy-iqtisodiy hayotimizning boshqa sohalarida ham muhim qadamlar qo'yilgani qayd etildi. Ochiq iqtisodiyot, sog'lom raqobat, ishbilarmonlik va investisiya muhitini tubdan yaxshilash, iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, odamlarning hayot sharoitini yaxshilash bo'yicha aniq chora-tadbirlar belgilab berildi.
Prezident Shavkat Mirziyoev taklifiga muvofiq, joriy yildagi ishlarni mantiqiy davom ettirish va yuksak bosqichga ko'tarish maqsadida 2019 yil mamlakatimizda Faol investisiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili deb e'lon qilindi.
Bir so'z bilan aytganda, kirib kelayotgan yilning bosh hujjati bo'lgan Murojaatnomada bayon qilingan har bir ustuvor yo'nalish ijrosi mamlakatimiz tarixida yangi sahifa ochadi, xalqimizning yangi, yanada yuksak marralarni qo'lga kiritishida poydevor bo'lib xizmat qiladi.
Matnazar ELMURODOV,
O'zA muxbiri


Qarshi shahrida Qarshi shahar tibbiyot birlashmasining yangi binosi foydalanishga topshirildi. Mazkur shifoxona ochilishiga bag'ishlangan tadbirda viloyat hokimi Zafar Ruziev, tibbiyot xodimlari, nuroniylar va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Qarshi shahrida O'zbekiston yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan o'tkazilgan “Hokim va yoshlar” uchrashuvi doirasida viloyat hokimi Z.Sh.Ro'ziev yoshlar bilan shahar bo'ylab sayohat qildi. Bu haqda Ittifoqning viloyat Kengashi matbuot xizmati xabar berdi.

Page 1 of 2

Manzilimiz


Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mustaqillik Maydoni,1
Pochta indeksi:180100
Telefon
: 0(375)221-12-88, 0(375)221-03-81
Faks
: 0(375)221-13-40
Veb-sayt
http://www.qashqadaryo.uz
Elektron pochta
Yaqin jamoat transport to`xtash joylari 
Milliy bank va Mustaqillik Maydoni bekati
Avtomashrut
1,4,5,7,10,18,20,22,23,27,
37,44,462,11,21,37,33

Hozir saytimizda

Bizning saytimizda 101 mehmonlar va ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar 0

Maxsus imkoniyatlar

K'orinish

Pastda o'zingizga kerakli parametrni tanlasng
Blue Green Red Radian
Select menu
Google Font
Body Font-size
Body Font-family