Welcome to Qashqadaryo viloyat hokimiyati   Click to listen highlighted text! Welcome to Qashqadaryo viloyat hokimiyati Powered By GSpeech

wrapper

Maxsus imkoniyatlar
Items filtered by date: Iyul 2017 - Qashqadaryo viloyat hokimiyati

Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi sessiyasi bo'lib o'tdi. Uni viloyat hokimi Zafar Ro'ziev boshqarib bordi.
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a'zolari, deputatlar, siyosiy partiyalar vakillari, davlat hokimiyati va boshqaruvi, huquqni muhofaza qiluvchi organlar mas'ul xodimlari, keng jamoatchilik ishtirokida o'tgan tadbirda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning joriy yil 12 iyulda Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalar, O'zbekiston ekologik harakati, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari faoliyatining tahlili hamda istiqboldagi vazifalariga bag'ishlangan videoselektor yig'ilishidagi “Parlamentimiz haqiqiy demokratiya maktabiga aylanishi, islohotlarning tashabbuskori va asosiy ijrochisi bo'lishi kerak” deb nomlangan ma'ruzasi atroflicha muhokama etildi.
Dastlab tadbir ishtirokchilari e'tiboriga mazkur videoselektor lavhalari aks etgan ko'rsatuv namoyish etildi.
Sessiyada ta'kidlanganidek, Prezidentimiz ma'ruzasida belgilangan ustuvor vazifalarni amalga oshirish uchun xalq deputatlari viloyat Kengashining doimiy komissiyalari o'z ish rejalarini qayta ko'rib chiqishi, mazkur komissiyalar huzurida faol, yosh olim, ekspert va mutaxassislardan iborat tarkibda ekspertlar guruhlari tuzilishi va ular barcha jarayonlarga keng jalb etilishi, “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to'g'risida”gi Qonun bilan kafolatlangan deputatlik nazoratidan samarali foydalangan holda nazorat-tahlil tadbirlari ko'proq, ayniqsa, chekka hududlarda aholi bilan muloqot o'tkazish yo'li bilan amalga oshirilishini ta'minlash darkor.
Shundan kelib chiqqan holda xalq deputatlari viloyat Kengashidagi deputatlik guruhlariga hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida o'z siyosiy partiyalari dasturidan kelib chiqqan holda aniq taklif va tashabbuslar ishlab chiqish, davlat boshqaruvi organlari hududiy tuzilmalari, mahalliy ijro hokimiyati organlari faoliyati ustidan tizimli, ta'sirchan nazoratni yo'lga qo'yish, saylovoldi dasturini ro'yobga chiqarish va elektorat manfaatlarini himoya qilish bo'yicha ishlar haqida muntazam ravishda ommaviy axborot vositalari orqali axborot berib borish tavsiya etildi.
Ayni paytda siyosiy partiyalar hududiy kengashlariga “Yoshlar qanoti” faoliyatini tubdan kuchaytirish, ayniqsa, uyushmagan yoshlar bilan ishlash, partiya xodimlari, mahalliy Kengashlar deputatlarini o'qitish, ularning bilim va ko'nikmalarini tizimli ravishda oshirib borish bo'yicha taklif-mulohazalar bildirildi.
Sessiyada, shuningdek, kun tartibidagi navbatdagi masalalar – viloyatda 2017 yilning o'tgan davri davomida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash holati, “Yoshlarga oid davlat siyosati to'g'risida”gi Qonunning viloyatdagi ijrosi bo'yicha viloyat hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha o'rinbosari Dolli Allaevning axboroti tinglandi.
Qayd etildiki, murojaatlar bilan ishlashning yangi va samarali tizimi sifatida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonasi va virtual qabulxonasi tashkil etilgani murojaatlarni o'z muddatida va xolisona ko'rib chiqishni tubdan yaxshilab, rahbar-xodimlar mas'uliyatini oshirishga xizmat qilmoqda. Biroq fuqarolar qabuli va yozma murojaatlar bilan ishlashni talab darajasida tashkil etmagan, murojaatlarni belgilangan muddatda ko'rib chiqishga panja orasidan qarayotganlar ham yo'q emas.
Har murojaat ortida tirik jon turarkan, murojaatlarning tahliliy ko'rsatkichi joylardagi ahvolning yorqin ko'zgusi ekan, bu borada e'tiborsiz bo'lish yoki mas'uliyatni unutish yaramaydi. Bunday kamchiliklarga yo'l qo'ygan G'uzor, Chiroqchi, Mirishkor va Qarshi shahri hokimliklari mutasaddilari ana shu haqiqatni esda tutishlari lozim.
Yoshlar siyosati esa doimiy e'tibordagi masala. “Yoshlarga oid davlat siyosati to'g'risida”gi Qonun ijrosini ta'minlash maqsadida ishlab chiqilgan 8 yo'nalish, 87 banddan iborat Qashqadaryo viloyatida 2017 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo'shimcha chora-tadbirlar dasturini amalga oshirishda deputatlar, partiya guruhlari tegishli organ va muassasalar rahbarlariga yaqindan yordam berishsa, uzviy hamkorlik ta'minlansa, kutilgan natijalarga erishish mumkin.
Tadbir savol-javob, bahs-munozaralarga boy ruhda o'tdi. Kun tartibidagi masalalar bo'yicha deputatlar so'zga chiqib, o'z fikrlarini bayon etishdi. Muhokama etilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Shahrisabzda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlarda yoshlarning faol ishtirokini ta`minlash, yuksak ma`naviyatli, mustaqil va erkin fikrlaydigan, zamonaviy ilm-fan yutuqlarini puxta o'zlashtirgan, har tomonlama sog'lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish maqsadida «Hokim va yoshlar» uchrashuvi bo'lib o'tdi, deb xabar beradi Kun.uzga O'zbekiston yoshlar ittifoqi Qashqadaryo viloyat Kengashi matbuot xizmati.

Unda Prezidentning yoshlar siyosati bo'yicha Davlat maslahatchisi — O'zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi Qahramon Quranboyev, tuman hokimligi vakillari, tashkilot rahbarlari, Shahrisabz shahri va tumani yoshlari ishtirok etdi.

Tadbirda viloyat hokimi Zafar Ro'ziyev yoshlarga oid davlat siyosati doirasida mamlakatimizda olib borilayotgan ishlar, o'tkazilayotgan tadbirlar haqida so'z yuritib, yoshlar jamiyatning eng ilg'or qatlami sifatida hamisha qo'llab-quvvatlanishi, ularning har jihatdan barkamol shaxs bo'lib voyaga yetishlarini ta`minlash hukumat e`tiboridagi eng asosiy vazifa ekanini ta`kidladi.

— «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakatining IV qurultoyida prezidentimiz harakat negizida mutlaqo boshqacha prinsip va yondashuvlar asosida ishlaydigan, yoshlarning huquq hamda manfaatlarini himoya qila oladigan, har qanday rasmiyatchilik va kampaniyavozliklardan xoli, haqiqiy demokratik tashkilot — O'zbekiston yoshlar ittifoqini tuzish va 30 iyunni mamlakatimizda «Yoshlar kuni» sifatida nishonlashni taklif etganliklarini o'zi ham yoshlarga bo'lgan katta e`tibor namunasidir, — dedi Qashqadaryo viloyat hokimi Z.Ro'ziyev. 

Shuningdek, viloyatning iqtidorli va faol yoshlari so'zga chiqib, yurtimizda yoshlarga Yurtboshimiz tomonlaridan ko'rsatilayotgan g'amxo'rlikdan mamnun holda o'z fikrlarini bildirdilar.

Shundan so'ng yoshlarning kelgusidagi rejalari, ularni tashvishlantirayotgan muammolar hamda taklif va mulohazalari tinglandi. Shahrisabzda turizm va xizmat ko'rsatish sohasini rivojlantirish, yosh tadbirkorlarni qo'llab-quvvatlash, yoshlarda Internetdan foydalanish madaniyatini oshirish, ayniqsa, uyushmagan yoshlar bilan ishlash tizimini ishlab chiqish bo'yicha berilgan takliflar yuzasidan istiqbolli rejalar ishlab chiqildi.

Payshanba, 06 Iyul 2017 00:00

Sud raislarining axborotlari tinglandi

Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi sessiyasi bo'lib o'tdi. Uni viloyat hokimi Zafar Ro'ziev boshqarib bordi.
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a'zolari, deputatlar, davlat hokimiyati va boshqaruvi, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, keng jamoatchilik vakillari ishtirokida o'tgan tadbirda jinoyat, fuqarolik, iqtisodiy hamda ma'muriy ishlar bo'yicha viloyat sudlari raislarining axborotlari tinglandi.
Ma'lumki, joriy yil 13 iyun kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev rahbarligida sud organlari tizimida odil sudlovni ta'minlash borasidagi ishlarning ahvoli, muammolar va kelgusidagi vazifalar muhokamasiga bag'ishlangan selektor yig'ilishi bo'lib o'tgan edi.
Yig'ilishda Prezidentimiz tomonidan o'tgan davr mobaynida sud hokimiyati nufuzini oshirish, uni o'tmishdagi jazolovchi organdan inson huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qiluvchi chinakam mustaqil institutga aylantirish borasidagi keng qamrovli ishlar amalga oshirilgani alohida ta'kidlab o'tilishi bilan bir qatorda, sud tizimida mavjud muammo va kamchiliklar, ayrim hollarda adolatsiz qarorlar qabul qilish, suiiste'molchiliklar, fuqarolarning murojaatlarini ko'rib chiqishda sansalorlik va befarq munosabatda bo'lish kabi noxush holatlar hamon davom etayotganligi keng ko'lamli islohotlar samarasiga salbiy ta'sir ko'rsatayotgani qattiq tanqid qilindi.
Sudyalar faoliyatiga haqiqiy baho berish maqsadida ularning o'z faoliyati yuzasidan xalq deputatlari mahalliy Kengashlarida axborot berishi bilan bog'liq amaliyotni yo'lga qo'yish tizimda yangi bosqichni boshlab berishi shubhasiz.
Shunga muvofiq sessiyada jinoyat ishlari bo'yicha viloyat sudi raisi Abduqayum Mahkamov, fuqarolik ishlari bo'yicha viloyat sudi raisi Olimjon Meliev, iqtisodiy ishlar bo'yicha viloyat sudi raisi G'ayrat Igamov, ma'muriy ishlar bo'yicha viloyat sudi raisi vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Qilichovning amalga oshirilgan ishlar to'g'risidagi axborotlari tinglandi.
Mazkur axborotlardan kelib chiqqan holda, sessiyada, xalq bilan yaqindan muloqot qilish, aholining huquqiy savodxonligini yuksaltirishda ommaviy axborot vositalari imkoniyatlaridan unumli foydalanish, sayyor qabullar orqali fuqarolarni qiynayotgan turli muammo va ko'ngilsizliklarning oldini olish, joylarda o'tkazilayotgan qabullar va sayyor sudlar faoliyatini yanada takomillashtirish zarurligi ta'kidlandi. Bunda, albatta, deputatlar va keng jamoatchilik faolligi birlamchi ahamiyat kasb etadi.
Sessiya ishida O'zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi raisi Ma'rufjon Usmonov ishtirok etdi va o'z fikr-mulohazalarini bayon qildi.
Kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.




Manzilimiz


Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mustaqillik Maydoni,1
Pochta indeksi:180100
Telefon
: 0(375)221-12-88, 0(375)221-03-81
Faks
: 0(375)221-13-40
Veb-sayt
http://www.qashqadaryo.uz
Elektron pochta
Yaqin jamoat transport to`xtash joylari 
Milliy bank va Mustaqillik Maydoni bekati
Avtomashrut
1,4,5,7,10,18,20,22,23,27,
37,44,462,11,21,37,33

Hozir saytimizda

Bizning saytimizda 154 mehmonlar va ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar 0

Bosh sahifa

Qabul kunlari

A- A A+

Rahbariyatga murojaat etish

Rahbariyatga murojaat etish

Viloyat hokimligining umumiy bo'limiga murojjat etish (Yangi oynada ochiladi)

Mobil versiya

Mobil versiyaga o'tish

Bog'lanish

Ishonch telefon raqami 
0(371) 200-55-05 
Ishonch telefon raqami reglament
Yagona telefon raqami
0(375) 221-07-60 
Yagona telefon raqami reglamenti

Batafsil>>>

Biz bilan bog'lanish

Sahifa adressi

Maxsus imkoniyatlar

K'orinish

Pastda o'zingizga kerakli parametrni tanlasng
Blue Green Red Radian
Select menu
Google Font
Body Font-size
Body Font-family
Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech