wrapper

Maxsus imkoniyatlar
Items filtered by date: Fevral 2017 - Qashqadaryo viloyat hokimiyati

Prezidentimiz 25 fevral kuni Qarshi shahridagi Alisher Navoiy nomidagi istirohat bog'ida amalga oshirilayotgan rekonstruksiya ishlari bilan tanishdi.

“Asinza-BZ” mas'uliyati cheklangan jamiyati tomonidan amalga oshirilayotgan, qiymati 8,7 milliard so'mni tashkil etadigan madaniyat va istirohat bog'ida shahar aholisi, ayniqsa, bolajonlar bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazishi va miriqib dam olishi uchun barcha qulayliklar muhayyo qilinadi. Xitoyning “Zhengzhou Beston Amusement Equipment Co. Ltd.” kompaniyasida ishlab chiqariladigan zamonaviy attraksionlar olib kelib o'rnatish, zamon talablari asosida sport va bolalar maydonchalari qurish rejalashtirilmoqda.

Asosiy maqsadimiz – xalqimizni rozi qilish, odamlarning farovon yashashi uchun barcha imkoniyatlarni yaratishdir, dedi Shavkat Mirziyoev. Odamlar ishdan bo'sh vaqtida bu erga kelib maroqli dam olsa, farzandlari, nabiralarining sho'x-shodonligini ko'rsa, kulgularini eshitsa, hayotdan ko'ngli to'ladi, ruhi ko'tarilib, yangi-yangi marralarga intiladi.

Prezidentimiz bog'da yashil maysazorlarni ko'paytirish, turfa gul va manzarali daraxtlar ekish, bu erga tashrif buyuruvchilar uchun barcha sharoitlarni yaratish bo'yicha zarur ko'rsatmalar berdi.

Davlatimiz rahbari Qarshi shahridagi avvalgi “Nasaf” stadioni hududida barpo etilayotgan ko'p tarmoqli suzish havzasi va zamonaviy dam olish majmuasi loyihasi bilan tanishdi.

4,7 gektar maydonda qurilayotgan 25x11 metr o'lchamdagi ikki suzish havzasi hududda suv sporti turlarini yanada ommalashtirish, yoshlar o'rtasida sog'lom turmush tarzini qaror toptirish, kelajakda jahon va Olimpiya chempionlarini tarbiyalashga xizmat qiladi.

Bu erda yaratiladigan zamonaviy sharoitlar barchaga manzur bo'lishi muqarrar. Suvni tozalash, isitish, haroratni mo''tadil saqlash uskunalari o'rnatiladigan basseynlar bu erga keluvchilarning suzish mahoratini oshirish, sog'lig'ini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Yoshlarimizning barkamol o'sib-ulg'ayishi uchun barcha sharoitlarni yaratishimiz kerak, dedi Prezidentimiz. Shunda ular Birinchi Prezidentimiz ta'kidlaganidek, bizdan ko'ra kuchli, bilimli, dono va albatta, baxtli bo'ladi.

Majmuani jihozlashda ilg'or va tejamkor texnologiyalardan samarali foydalanish, kiyinish, yuvinish xonalarida barcha qulayliklarni yaratish bo'yicha zarur ko'rsatma va topshiriqlar berildi.

Davlatimiz rahbari Jayxun ko'chasida qurilayotgan 5 qavatli zamonaviy turar joy binolari loyihasi bilan tanishdi.

Ushbu ko'chada aholi uchun 25 ta ana shunday ko'p qavatli uy barpo etiladi. Hududda davr talablari asosida faoliyat yuritadigan restoranlar, supermarketlar, issiq non va oziq-ovqat do'konlari, kafe va choyxonalar, go'zallik salonlari, sartaroshxona va avtoturargohlar qurish rejalashtirilmoqda.

Shavkat Mirziyoev Qarshi tumanida maishiy chiqindilarni qayta ishlash loyihasini ko'zdan kechirdi.

“Universal max service” mas'uliyati cheklangan jamiyati tomonidan amalga oshirilayotgan loyihaning umumiy qiymati 4 million dollardan iborat.

Korxonada zamonaviy texnologiyalar asosida yiliga 180 ming tonna chiqindini yig'ish, saralash va qayta ishlash yo'lga qo'yiladi. Bugungi kunda dastgohlar sotib olish bo'yicha shartnomalar tuzish, loyihaning texnik-iqtisodiy asoslarini tayyorlash ishlari olib borilmoqda.

Chiqindilarni qayta ishlash atrof-muhitni muhofaza qilish va ishlab chiqarishni yanada rivojlantirishda muhim omildir, dedi Prezidentimiz. Bu shahardagi sanitariya holatini yanada yaxshilashda, aholining salomatligini saqlash va bandligini oshirishda ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Prezidentimiz “Qashqadaryo dori-darmon” aksiyadorlik jamiyati tomonidan “Rodex Trading Limited” kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan kukun shaklidagi antibiotik dori vositalari ishlab chiqarish loyihasi bilan tanishdi.

Qiymati 5,09 million AQSh dollari bo'lgan ushbu loyihaga ko'ra klaforan, sefomed, gentomisin, sefazolin, sefotaksim va boshqa turdagi dori vositalarini ishlab chiqarish yo'lga qo'yiladi.

Davlatimiz rahbari dorivor o'simliklarni qayta ishlash, tibbiy moylar ishlab chiqarishni tashkil etish loyihalarini ko'zdan kechirdi.

Qashqadaryo vohasining purviqor tog'lari, bepoyon qiru adirlarida noyob giyohlar, buta va daraxtlar serob, dedi Prezidentimiz. Ularni qayta ishlash asosida dori-darmon vositalari ishlab chiqarish har jihatdan samarali va istiqbollidir. Sohada har bir tadbirkorga zarur imtiyoz va qulayliklar yaratiladi.

Loyihada tirnoqgul, zubturum, oshqovoq urug'i, tog' rayhoni, na'matak, kiyik o'ti, dalachoy, gazanda, moychechak kabi o'simliklardan dorivor choylar, bodom, kanakunjut, shaftoli, zig'ir, sedana, o'rik, mavrak singari buta va daraxt mevalaridan shifobaxsh moylar ishlab chiqarish mo'ljallanmoqda.

Loyihani amalga oshirish natijasida yuzga yaqin ish o'rni yaratiladi.

Prezidentimiz Qarshi shahrida elektronika mahsulotlari ishlab chiqarish loyihasi bilan tanishdi. Bu erda yiliga TCL brendi ostida 25 ming dona zamonaviy televizor, 15 ming "Samsung" changyutgichi, 100 mingdan ortiq rozetka va elektr uzatgich mahsulotlari ishlab chiqarish ko'zda tutilgan.

Mahsulot narxini arzonlashtirish va ularni eksportga yo'naltirish, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, korxona faoliyatiga kollej bitiruvchilarini jalb etish bo'yicha ko'rsatmalar berildi.




Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qashqadaryo viloyatidagi Xalq qabulxonasini borib ko‘rdi.

Prezidentimiz tashabbusi bilan 2017-yil mamlakatimizda Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili, deb e’lon qilindi. Ana shu muloqotni amalda yo‘lga qo‘yish, inson manfaatlarini ta’minlash maqsadida fuqarolar murojaatlari bilan ishlashning yangi tizimi joriy etildi.

Davlatimiz rahbarining 2016-yil 28-dekabrdagi «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoniga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va Toshkent shahrida, shuningdek, har bir tuman va shaharda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari tashkil etilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qashqadaryo viloyatidagi Xalq qabulxonasida ham aholi uchun barcha qulayliklar yaratilgan. Fuqarolarni qabul qilish, murojaatlarni ko‘rib chiqish va saqlash zamonaviy axborot texnologiyalari asosida yo‘lga qo‘yilgan. Qabulxona huquqiy adabiyotlar, zarur ma’lumotlar bilan ta’minlangan. Tibbiyot, ona va bola xonalari tashkil etilgan.

Qabulxona Qarshi shahri O‘zbekiston ko‘chasi 249-uyda joylashgan.

Xalq qabulxonalarini xalq bilan muloqotni yo‘lga qo‘yish, inson manfaatlarini ta’minlash uchun tashkil etdik, dedi davlatimiz rahbari. Har bir murojaat hal etilishi, adolat ta’minlanayotganini odamlar sezishi kerak.

Davlatimiz rahbari “Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasining tozalangan metani negizida sintetik suyuq yoqilg‘i (GTL) ishlab chiqarishni tashkil etish" va “Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasining ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish"loyihalari bilan tanishdi.

“Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasining tozalangan metani negizida sintetik suyuq yoqilg‘i (GTL) ishlab chiqarishni tashkil etish" loyihasi gaz-kimyo sanoati yo‘nalishida dunyoning ilg‘or texnologik yechimlarini o‘zida aks ettirgan. Ushbu loyiha MDH doirasidagi eng yirik mega-loyihalardan biridir.

Loyiha “O‘zbekneftegaz” kompaniyasi ta’sisligida amalga oshirilishi mamlakatimizning yoqilg‘i energetika xavfsizligini ta’minlashda katta ahamiyatga ega bo‘lish barobarida, sohaning jadal sur’atlarda taraqqiy etib borayotganidan dalolat beradi.

Loyiha doirasida yiliga 3,6 milliard metr kub tabiiy gazni qayta ishlash orqali 1,5 million tonna yuqori sifatli "Evro-5" talablariga javob beradigan sintetik yoqilg‘i ishlab chiqariladi. Shundan 743 ming tonnasi dizel yoqilg‘isi, 311 ming tonnasi aviakerosin, 431 ming tonnasi nafta va 21 ming tonnasi suyultirilgan gazni tashkil etadi.

Yangi zavod ishga tushirilishi natijasida iqtisodiyotning real tarmoqlarini rivojlantirish, mamlakatimizning tranzit salohiyatini yanada oshirish, shuningdek, neft mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojning asosiy qismini qanoatlantirish va neft importi hajmini kamaytirish orqali xorijiy valyuta sarfini tejashga erishiladi.

Qurilish-montaj ishlari 2020-yilning ikkinchi yarmida nihoyasiga yetkazilishi, zavodda qo‘shimcha 682 yangi ish o‘rni yaratilishi mo‘ljallangan.

Davlatimiz rahbarining ko‘rsatmalari asosida “Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasining ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish" loyihasi konsepsiyasi qaytadan ko‘rib chiqilib, ishlab chiqarish jarayoniga sintetik nafta xomashyosini jalb qilish masalasi o‘rganildi. Loyiha ishga tushgach, zavodning polimer ishlab chiqarish quvvati mavjud 125 ming tonnadan 450 ming tonnagacha, ya’ni 3,6 barobarga oshirilishi ta’minlanadi. Natijada neft-kimyo yo‘nalishini rivojlantirishga keng yo‘l ochiladi. Birinchi bosqichda yuqori qiymatli xomashyo sintetik naftani qayta ishlab, yangi turdagi polietilen va polipropilen bilan birgalikda piroliz distilyatini ishlab chiqarish ko‘zda tutilgan. Piroliz distilyatidan yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarishda foydalanish imkoniyati hududda texnologik klasterni barpo etishga zamin yaratadi, istiqbolda kimyo, avtomobilsozlik, farmatsevtika, qurilish va to‘qimachilik sohalari yanada rivojlanishida muhim omil bo‘ladi.

Loyiha zavodning mavjud maydonida amalga oshirilib, qurilish ishlari kompleksning ishlab chiqarish jarayoniga ta’sir etmagan holda olib boriladi.

Ta’kidlash joizki, zavodning mavjud intellektual va texnologik salohiyatidan foydalangan holda qo‘shimcha ishlab chiqariladigan mahsulotning tannarxini sezilarli darajada kamaytirish va investitsiyalar samaradorligini yanada oshirishga erishiladi.

Qurilish-montaj ishlari 2020-yilning to‘rtinchi choragida yakunlanadi va loyiha doirasida 250 yangi ish o‘rni yaratiladi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev mamlakatimiz iqtisodiy rivojida muhim o‘rin tutadigan ushbu loyihalarni moliyalashtirish, uskunalarni o‘z vaqtida keltirish, qurilish ishlarining «yo‘l xaritasi»ni ishlab chiqish, korxonalarni belgilangan muddatlarda ishga tushirib, aholini ish bilan ta’minlash bo‘yicha zarur ko‘rsatmalar berdi.

 

Prezidentimizning viloyatimizga tashrifini, joylardagi uchrashuvlari, yangi loyihalar taqdimotlarida bildirayotgan fikrlarini barcha katta qiziqish bilan kuzatib bormoqda.

Bugun Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Qarshi filialini tashkil etish bo‘yicha loyiha taqdimotida qatnashdi. Davlatimiz rahbari tashkil etiladigan markazning ahamiyati, samaralari haqida zarur tavsiyalarini berdi.

Prezidentimiz raisligida 2017-yilning 5-yanvar va 7-fevral kunlari bo‘lib o‘tgan majlislarda aholiga yuqori sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishni tashkil etish borasida bir qator dolzarb masalalar ko‘tarildi. Soha xodimlari yig‘ilishda belgilangan vazifalar, sog‘liqni saqlash tizimidagi muammolarni hal qilish va tibbiyot rivojini yangi bosqichga olib chiqish borasidagi topshiriqlarni bajarishga kirishdi.

Kasallikning oldini olishning eng yaxshi yo‘li sog‘lom turmush tarziga amal qilishdir. Bugun mamlakatimizda tibbiy madaniyatni yuksaltirish, sog‘lom turmush tarzini rivojlantirish orqali turli kasalliklarning oldi olinmoqda. Barcha xastaliklar zamonaviy shifoxonalarda ixtisoslashtirilgan holda davolanmoqda. Jumladan, endokrinologik kasalliklarni kamaytirishga alohida e’tibor qaratilayotir. Bugungi uchrashuvda Prezidentimiz fuqarolarni tibbiy ko‘rikka keng jalb etish, malakali mutaxassislar faoliyatini yo‘lga qo‘yishni alohida qayd etdi.

Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida davlatimiz rahbarining o‘zlari namuna bo‘lib, xalq bilan dildan suhbatlashayotgani, ularning taklif va fikrlarini eshitayotgani ko‘nglimizni tog‘dek ko‘tarmoqda, ertangi kunga ishonchimizni yanada mustahkamlamoqda. Bu zimmamizga yuklangan vazifalarni bekamu ko‘st bajarish, yangi marralarga erishishga undamoqda.


Azamat Boboqulov,
Qashqadaryo viloyati endokrinologiya 
dispanseri endokrinolog vrachi.
Page 1 of 8

Manzilimiz


Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mustaqillik Maydoni,1
Pochta indeksi:180100
Telefon
: 0(375)221-12-88, 0(375)221-03-81
Faks
: 0(375)221-13-40
Veb-sayt
http://www.qashqadaryo.uz
Elektron pochta
Yaqin jamoat transport to`xtash joylari 
Milliy bank va Mustaqillik Maydoni bekati
Avtomashrut
1,4,5,7,10,18,20,22,23,27,
37,44,462,11,21,37,33

Hozir saytimizda

Bizning saytimizda 136 mehmonlar va ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar 0

Bosh sahifa

Qabul kunlari

A- A A+

Rahbariyatga murojaat etish

Rahbariyatga murojaat etish

Viloyat hokimligining umumiy bo'limiga murojjat etish (Yangi oynada ochiladi)

Mobil versiya

Mobil versiyaga o'tish

Bog'lanish

Ishonch telefon raqami 
0(371) 200-55-05 
Ishonch telefon raqami reglament
Yagona telefon raqami
0(375) 221-07-60 
Yagona telefon raqami reglamenti

Batafsil>>>

Biz bilan bog'lanish

Sahifa adressi

Maxsus imkoniyatlar

K'orinish

Pastda o'zingizga kerakli parametrni tanlasng
Blue Green Red Radian
Select menu
Google Font
Body Font-size
Body Font-family