Welcome to Qashqadaryo viloyat hokimiyati   Click to listen highlighted text! Welcome to Qashqadaryo viloyat hokimiyati Powered By GSpeech

wrapper

Maxsus imkoniyatlar
Items filtered by date: Oktyaber 2017 - Qashqadaryo viloyat hokimiyati



Nishon tumanida 2017 yil hosili uchun 1120 nafar fermer xo'jaliklari tomonidan 21,1 ming gektar maydonda chigit ekib parvarishlandi.
Tumanning iqlim sharoitiga mos ravishda joriy yilda
9,3 ming gektarda “Buxoro-6”, 10,5 ming gektarda “Buxoro-8”,
1,1 ming gektarda istiqbolli “Porloq-2” va 200 gektarda g'o'zaning yangi navlari joylashtirildi.
Sug'oriladigan erlardan oqilona foydalanish hamda hosildorlikni oshirish maqsadida “90-lik” sxemada 12,1 ming gektar, “60-lik” sxemada 4,5 ming gektar, “qo'shqator” sxemada
4,5 ming gektar maydonlarga g'o'za parvarish qilindi.
Tumanda 49,5 ming tonna paxta xom-ashyosini etishtirish bo'yicha fermer xo'jaliklari bilan kontraktasiya shartnomalari tuzilgan.
Mavsum oldidan paxta yig'im-terimi uyushqoqlik bilan o'tkazish maqsadida rejadagi 49,5 ming tonna paxta xom-ashyosini yig'ib-terib olish uchun har 1 tonna paxtaga 1 nafardan 49,5 ming nafar terimchilar hisob-kitob qilinib, 495 ta paxta terim otryadlari shakllantirildi.
Terimga jalb etilgan 49,5 ming nafar terimchilarning
11,3 ming nafarini fermer xo'jaliklari ishchilari, 34,7 ming nafarini uyushmagan aholi vakillari, 3,5 ming nafarini byudjetdan  tashqari  tashkilot, korxonalar ishchi-xizmatchilari tashkil etdi.
Paxta yig'im-terimini tashkil qilish uchun katta miqdorda paxta etishtiriladigan xududlarning har biriga qishloq xo'jaligida tajribasi bor, nufuzli tashkilotlarning birinchi rahbarlari biriktirildi.
Shuningdek, yotoqxonalarda joylashgan 18,5 ming nafar terimchilar uchun 111 ta  “Mehnat-rohat” palatkali shaharchalari, shiyponlar sifali ta'mirlanib, mavsum davomida ular uchun barcha sharoitlar yaratib berildi.
Paxta terimi uchun 99,0 ming dona fartuk, 990 dona tarozi,
4 ming.dona yopqich, 990 dona qozon, 990 dona samovar va 990 dona ichimlik suv flyagalari joylarga etkazib berildi.
O'tgan vaqt mobaynida ko'zlangan maqsad sari astoydil sa'y-harakatlar qilinishi, tashkiliy ishlar, agrotexnik tadbirlarning to'g'ri va o'z vaqtida amalga oshirilishi natijasida Nishon tumani viloyatda birinchilardan bo'lib joriy yilning 27 oktyabr kuni davlatga 49,5 ming tonna paxta sotish rejasi oshig'i bilan bajardilar. Terilgan paxtaning 74 foizi 1-sortga sotildi.
Joriy yilda terim sur'atini oshirish uchun birinchi navbatda terimchilarni moddiy va ma'naviy rag'batlantirish masalalariga ko'proq e'tibor qaratildi.
Terim pullarini tarqatish bo'yicha har 5-10 ta fermer xo'jaligiga 1 nafardan bank xodimlari biriktirilib,
22,0 mlrd.so'mdan ortiq terim pullari har kuni dalaning o'zida tarqatib berildi.
Bundan tashqari, tumandagi barcha terim otryadlarida ertalabki nonushta va 2 mahal issiq ovqat bepul fermer xo'jaliklari va homiy tashkilotlar hisobidan amalga oshirilmoqda.
Har beshda kunlik rejani oshig'i bilan bajargan, dalani toza tergan terimchilarni rag'batlantirish uchun 3200 dan ziyod har xil qimmatbaho sovg'alar tarqatib berildi.
    Tumandagi 17 ta hududlarning har biriga 1-2 naffardan viloyat va tuman tashkilotlari mas'ul etib belgilanib, mavsum davomida terim otryadlarining safarbarligi, terimchilar uchun shart-sharoitlarni yaratib berish va boshqa tadbirlarni o'tkazishga amaliy yordam bermoqdalar.
Mehnat muvaffaqiyatiga erishishda, davlatga paxta sotish yuzasidan belgilangan reja majburiyatini tumanda birinchilardan bo'lib ado etgan “Guliston”, “Samarqand”, “Mehnatobod, “Hamza”, “Navbahor”, “Ibn Sino”, “Shirinobod”, “A.Qodiriy” hamda “U.Yusupov” massivlaridagi fermer xo'jaliklari katta dovondan oshishda munosib hissalarin qo'shdilar.
Tumandagi “Abdiev Baxtiyor”, “    Nishon paxta tolasi”, “Rajabov Abduvali”, “Umirov Davlat”, “Alisher”, “Alpomish”, “Axmatov Islom”, “I.Sohibov”, “Nishon shalolasi”, “Alimardonov Marka”, “Ayaks Nishon”, “Quvonov O'ktam”, “Nishon bog'inur”, “Nurafshon voha”, “To'qboy zafari”, “Xayriddin Murodov”, “Qoraev Zafar”, “Malika Qodirova”, “Odilbek Uralov”, “Samarqand sadosi”, “Serfayz”, “Yusupov Hamdam”, “Jumaev Odil”, “Eshqurbonov O'ktam”, “Bozorov Asadbek”, “Nishon kamoli”, “Nuriston-G” kabi yuzlab fermer xo'jaliklari o'ziga xos jonbozlik ko'rsatishdi.
Alohida e'tirof etish joizki, erishilgan yutuqqa muhtaram Prezidentimiz tomonidan qishloq xo'jaligida iqtisodiy islohotlarni jadal olib borish yo'lidagi samarali sa'y-harakatlari hamda viloyat hokimligining dehqon-fermerlarga yaqindan turib ko'rsatayotgan bevosita amaliy yordamlari milliy boyligimiz manbai sanalgan paxta hosilining muvaffaqiyatini ta'minladi.
Nishon tumani davlatga paxta sotish rejasini oshirib bajargan bo'lsada, hali dalalarda hosil mo'l, tumanning mirishkor dehqonlari davlatga yana qo'shimcha 2500 tonna xomashyo topshirish, umumiy xirmonni 52 ming tonnaga etkazishga ahd qilganlar.

Viloyat “Paxta shtabi”

27- oktyabr “Qarshi shahri kuni” munosabati bilan Qarshi shahar hokimligining tashabbusi bilan shahrimiz markazidagi “Navro'z” xiyobonida 2017 yil 27 oktyabr kuni soat 09.00 da “Osh sayli” boshlanadi. Unda o'zbek taomlari sultoni bo'lgan – osh tayyorlash bo'yicha musobaqa o'tkaziladi.

Musobaqada shahrimizning 20 nafar mohir oshpazlari ishtirok etadilar. Ishtirokchi oshpazlar shu kuni 50 kgdan osh damlab o'z mahoratlarini yana bir karra namoyish etish va shahar hokimligi tomonidan g'oliblar uchun ajratilgan qimmatbaho sovg'alar, maxsus diplomni qo'lga kiritish imkoniyatiga ega bo'ladilar. Soat 16.00gacha davom etadigan “Osh sayli”da shahrimiz axolisi va mehmonlari turli ko'ngilochar tadbirlar, konsert dasturlarini tomosha qilib dam olishlari mumkin.

Tayyorlangan taom bayram ishtirokchilariga bepul tarqatiladi.

Shuningdek, shu kuni soat 18.00da “Navro'z” xiyobonida joylashgan yangi “Atlas” bozori - savdo majmuasining ochilish marosimi ham bo'lib o'tadi. Ochilish marosimida poytaxtdan tashrif buyurgan o'zbek estradasi yulduzlari ishtirokida katta konsert dasturi namoyish etiladi.

seshanba, 24 Oktyaber 2017 00:00

Qarshi- yoshlar shahri.

2017 yil 28-oktyabr kuni soat 18.00da esa shahrimizdagi Mullato'ychi Toshmuhammedov nomidagi viloyat musiqali drama teatri oldidagi maydonda ham bayram uyushtirilmoqda.

Bu bayramdan maqsad shahrimiz yoshlarini jipslashtirish, ularda ona Vatanga muhabbat, istiqlol g'oyalariga sadoqat, shu ozod va obod Vatan ravnaqi uchun fidoyi bo'lish kabi tuyg'ularni yanada rivojlantirishdir. Bu tadbirda Qarshi shahar hokimligining tashabbusi bilan poytaxtdan tashrif buyuradigan taniqli estrada yulduzlari ishtirokida “Qarshi shahri yoshlari – O'zbekiston fidoyilari” mavzusida katta ko'ngilochar konsert dasturi namoyish etiladi. Mazkur tadbirda 27 oktyabrda o'tkazilgan “Osh sayli” tanlovi g'oliblari ham taqdirlanadilar.

Manzilimiz


Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mustaqillik Maydoni,1
Pochta indeksi:180100
Telefon
: 0(375)221-12-88, 0(375)221-03-81
Faks
: 0(375)221-13-40
Veb-sayt
http://www.qashqadaryo.uz
Elektron pochta
Yaqin jamoat transport to`xtash joylari 
Milliy bank va Mustaqillik Maydoni bekati
Avtomashrut
1,4,5,7,10,18,20,22,23,27,
37,44,462,11,21,37,33

Hozir saytimizda

Bizning saytimizda 155 mehmonlar va ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar 0

Bosh sahifa

Qabul kunlari

A- A A+

Rahbariyatga murojaat etish

Rahbariyatga murojaat etish

Viloyat hokimligining umumiy bo'limiga murojjat etish (Yangi oynada ochiladi)

Mobil versiya

Mobil versiyaga o'tish

Bog'lanish

Ishonch telefon raqami 
0(371) 200-55-05 
Ishonch telefon raqami reglament
Yagona telefon raqami
0(375) 221-07-60 
Yagona telefon raqami reglamenti

Batafsil>>>

Biz bilan bog'lanish

Sahifa adressi

Maxsus imkoniyatlar

K'orinish

Pastda o'zingizga kerakli parametrni tanlasng
Blue Green Red Radian
Select menu
Google Font
Body Font-size
Body Font-family
Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech