Welcome to Qashqadaryo viloyat hokimiyati   Click to listen highlighted text! Welcome to Qashqadaryo viloyat hokimiyati Powered By GSpeech

wrapper

Maxsus imkoniyatlar
Items filtered by date: Sentyabr 2016 - Qashqadaryo viloyat hokimiyati

O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, barchamiz uchun qadrli inson bo'lgan Islom Karimov o'z hayoti va taqdirini jonajon O'zbekistonimiz, xalqimizga bag'ishladi.

Mamlakatimizdagi barcha ta'lim maskanlarida 4 sentyabr kuni O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning porloq xotirasiga bag'ishlangan «Xotira darslari» bo'lib o'tdi.

Ulug' rahbarimizning Vatan ravnaqi, xalqimiz oldidagi buyuk xizmatlarini yodga olish maqsadida tashkil etilgan mazkur darslarda turli vazirlik va idoralar, jamoat tashkilotlarining mutasaddilari, professor-o'qituvchilar, ma'naviyat targ'ibotchilari, tarixchi olimlar, yozuvchi va shoirlar ishtirok etdi.

O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov xalqimiz, ayniqsa, yosh avlod kamoloti yo'lida muntazam g'amxo'rlik ko'rsatganini butun jahon jamoatchiligi e'tirof etmoqda. Yurtboshimizning xotirasini aziz va muqaddas bilish, istiqlol yillarida mamlakatimizda navqiron avlodning porloq kelajagi yo'lida yaratilgan sharoit va imkoniyatlarni qadrlashga o'rgatish, yoshlar qalbidagi Vatanga muhabbat, yurtparvarlik tuyg'usini mustahkamlash keng jamoatchilik, ta'lim fidoyilari, ota-onalar zimmasidagi eng mas'uliyatli vazifadir.

Islom Karimov mustaqil O'zbekiston davlatining asoschisi, yurtimizni sobiq mustabid tuzum qaramligidan ozod qilib, uni zamonaviy asosda taraqqiy ettirish strategiyasini, butun jahonda «o'zbek modeli» degan nom bilan tan olingan rivojlanish yo'lini ishlab chiqqan, jahon miqyosida katta obro'-e'tibor qozongan buyuk davlat va siyosat arbobi sifatida Vatanimiz tarixida mangu qoladi. Xalqimiz o'zining tarixan qisqa muddat – 25 yilda erishgan barcha yutuq va marralarini haqli ravishda Prezident Islom Karimov nomi bilan bog'laydi va shu ulug' insonning xizmatlari, deb biladi.

O'quvchilar Prezidentimizning tarjimai holi bilan tanishtirilgach, maxsus monitorda namoyish etilgan filmda Islom Karimovning O'zbekiston mustaqilligining asoschisi, mamlakat mustaqil taraqqiyot dasturini ishlab chiqqan va milliy taraqqiyot yo'lini belgilab bergan atoqli davlat arbobi, yurtimizda amalga oshirilgan ulkan islohotlar, tarixiy o'zgarishlarning tashabbuskori va rahnamosi sifatidagi xizmatlari haqida so'z yuritildi.

Mustaqilligimizning ma'naviy asoslarini yaratish, fuqarolik jamiyatini shakllantirish, ijtimoiy-iqtisodiy jabhalardagi tub islohotlar, dunyo mamlakatlari bilan teng huquqli hamkorlik, Qurolli Kuchlarimizning qudratini oshirish yo'lidagi ishlar bevosita Islom Karimov rahnamoligida amalga oshirildi. Prezidentimizning uzoqni ko'zlagan dono siyosati, matonati, jasorati bilan O'zbekiston tinchlik va osoyishtalik barqaror, turli millat va diniy konfessiyalar vakillari o'zaro hamjihat, ahil va totuvlikda istiqomat qilayotgan mamlakatga aylandi.

– Sobiq tuzum davrida mutelik, qaramlik iskanjasiga tushib qolganimizni katta avlod vakillari yaxshi eslaydi, – deydi 169-umumta'lim maktabi direktori Yorqinoy Mamatova. – Millat dardi – mening dardim, deb maydonga chiqqan Prezident Islom Karimovning jasorati bilan butun mintaqamizda g'araz niyatli nayranglarga, turli fitnalarga barham berildi. «Paxta ishi», «O'zbeklar ishi» degan tuhmatlarga chek qo'yildi. Nohaq qamalgan, jabr chekkan minglab yurtdoshlarimiz ozod etildi. Bugun yoshlarimiz tinch va osoyishta osmon ostida, ota-onasi bag'rida emin-erkin ulg'aymoqda. Ular istiqlolni ko'z qorachig'idek asrab-avaylash, uning qadriga etish zarurligini, bu yorug' va saodatli kunlarimiz, baxtiyor hayotimiz xalqimizning fidoyi insonlari chekkan mashaqqatlar evaziga kelganini bilishi kerak.

Mamlakatimizning barcha ta'lim maskanlarida bo'lgani kabi akademik lisey va kasb-hunar kollejlarida o'tgan «Xotira darslari»da ham Birinchi Prezidentimizning jonajon Vatanimiz buyuk kelajagi, tinchligi va osoyishtaligi, xalqimiz farovonligi yo'lidagi fidokorona mehnatlari haqida hikoya qilindi.

– Prezidentimiz Islom Karimovning Vatanimiz mustaqilligi, xalqimiz ozodligini ta'minlash yo'lidagi chekkan zahmati, millatimiz oldidagi yuksak xizmatlarini yoshlar ongi va qalbiga singdirish g'oyat ulkan ma'naviy-ma'rifiy, tarbiyaviy ahamiyatga ega, – deydi Toshkent shahrining Sergeli tumanidagi moliya va iqtisodiyot kolleji direktori Otabek Mirzag'aniev. – Ayniqsa, Prezidentimizning mamlakatimizni dunyodagi rivojlangan davlatlar qatoriga ko'tarish, xalqimizning hayot sifatini oshirish, Vatanimizning xalqaro maydondagi obro'-e'tiborini yuksaltirishdagi xizmatlari xalqaro miqyosda e'tirof etilmoqda.

Mashg'ulotlar jarayonida keltirilgan fakt va raqamlar O'zbekistonda istiqlol yillari erishilgan ulkan yutuqlar haqida hikoya qiladi. Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan Bolalar sportini rivojlantirish jamg'armasi, uch bosqichli sport musobaqalari tizimi tashkil etildi. Jamg'arma mablag'lari hisobidan joylarda 300 ga yaqin bolalar musiqa va sport maktabi, 1 ming 900 dan ziyod sport inshooti bunyod etildi. So'nggi 10 yilda bolalar va o'smirlarning sport bilan muntazam shug'ullanish darajasi 30 foizdan 57 foizga, qizlar o'rtasida 24 foizdan 47 foizga etdi.

12 yildan beri mamlakatimizda yalpi ichki mahsulot o'sishi ko'rsatkichi sakkiz foizdan ziyod bo'lib kelmoqda.

– Bugungi dars jarayonida O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning naqadar jasoratli, mard, qat'iyatli, uzoqni ko'ra oluvchi, zukko, el-yurt tashvishlarini o'z hayotining ma'no-mazmuniga aylantirgan inson ekaniga yana bir karra amin bo'ldik, – deydi ushbu kollej o'quvchisi Mohichehra Abdukarimova. – Xalqimizning buyuk farzandi Islom Karimovning porloq xotirasi barcha yurtdoshlarimiz singari biz – yoshlarning ham qalbimizda mangu muhrlanib qoladi.

Toshkent temir yo'l muhandislari institutida ham «Xotira darslari» zamonaviy axborot, pedagogik texnologiyalardan keng foydalanilgan holda hayotiy misollar yordamida o'tildi.

Sobiq tuzum davrida O'zbekiston iqtisodiyoti biryoqlama rivojlangan, aholining hayot darajasi achinarli ahvolga tushib qolgan agrar respublika edi. Prezidentimiz Islom Karimov rahbarligida mamlakatimiz suverenitetining iqtisodiy asoslarini mustahkamlashga oid dasturlar, jumladan, O'zbekistonning g'alla mustaqilligi, yoqilg'i-energetika, transport-kommunikasiya sohasidagi mustaqilligini ta'minlashga erishildi. Neft va gaz kimyosi, neft-gaz mashinasozligi, avtomobilsozlik, qurilish materiallari sanoati, temir yo'l mashinasozligi, maishiy elektronika, farmasevtika, yuqori texnologiyalarga asoslangan oziq-ovqat, to'qimachilik sanoati kabi soha va tarmoqlarning izchil ravnaq topayotgani bu boradagi puxta siyosatning amaliy natijasidir.

– Prezidentimiz doim biz – yoshlarga murojaat etganlarida «Aziz farzandlarim, marrani baland olinglar. O'qib-o'rganish, kasb egallash, izlanishdan bir muddat ham to'xtamang», deb ko'p bora takrorlab, shu muqaddas zaminni obod etish, uni himoyalash barchamizning burchimiz ekanini uqtirar edi, – deydi ushbu institut talabasi Umid Majidov. – Yurtboshimiz kabi Vatanimizga sodiq, fidoyi, mard va jasur, qat'iyatli bo'lish bizlarning chin farzandlik burchimizdir.

«Xotira darslari» mamlakatimizdagi barcha ta'lim muassasalarida bo'lib o'tdi. Yurtga fidoyilik, vatanparvarlik, odamiylik, ibrat saboqlariga aylangan ushbu darslarda O'zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining porloq xotirasi barcha o'g'il-qizlarning yodida mangu saqlanib qolishi, ular Vatanimizni, mustaqilligimizni ko'z qorachig'idek asrab-avaylashi, tinch va osoyishta kunlarning qadriga etishi, yurtimizdagi hamjihatlik muhitini mustahkamlashi – bu barcha yurtdoshlarimiz kabi yoshlarning ham burchi ekani alohida ta'kidlandi.

O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov vafoti munosabati bilan Qashqadaryo viloyatida ham motam tadbirlari bo'lib o'tmoqda.

Erta tongdan davlat idoralari, tashkilot va korxonalar, jamoat tashkilotlarining jamoalari, keksa-yu yosh qo'lida guldasta, qalbida chuqur iztirob, yuz-ko'zida cheksiz qayg'u bilan viloyat markazidagi Xotira xiyoboni tomon oqib kela boshladi.

Xiyobon o'rtasidagi shohsupaga Prezidentimizning katta surati qo'yilgan. Yig'ilganlar saf tortib, hammamiz uchun aziz va qadrli bo'lgan Yurtboshimiz portreti poyiga gullar qo'yib, ta'zim bajo etgan holda mehr va sadoqatini izhor qildi.

Yig'ilganlar Islom Karimovning davlatimiz mustaqilligining asoschisi va rahnamosi sifatida xalqimiz oldidagi buyuk xizmatlari haqida so'zlab, uning vafoti Vatanimiz va xalqimiz uchun nihoyatda og'ir yo'qotish ekanini chuqur qayg'u bilan izhor qildi.

Shunday tadbirlar viloyatning barcha shahar va tumanlarida bo'lib o'tmoqda.

 

Mamlakatimiz, butun xalqimiz og‘ir judolikka uchradi. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov 2016-yil 2-sentabr kuni vafot etdi. Shu munosabat bilan 2016-yil 3-sentabrdan mamlakatimizda uch kunlik motam e’lon qilindi. Mamlakatimizda va xorijiy davlatlardagi O‘zbekiston Respublikasi elchixonalarida O‘zbekistonning davlat bayroqlari tushirildi.

Toshkent va Samarqand shaharlari ko‘chalarida o‘n minglab vatandoshlarimiz chuqur qayg‘u va ko‘z yoshlari bilan Prezidentimiz bilan vidolashdi.

Samarqand shahridagi Forumlar majmuasida 3-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov bilan vidolashuv marosimi bo‘lib o‘tdi.

030920166.jpg

Marosimda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi N.Yo‘ldoshev, Qonunchilik palatasi spikeri N.Ismoilov, senatorlar, deputatlar, vazirlik va idoralar rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan vakillar, xorijiy davlatlarning mamlakatimizdagi elchixonalari va xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari rahbarlari ishtirok etdi.

030920167.jpg

Marosimda Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon, Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidenti Ashraf G‘ani, Rossiya Federatsiyasi Bosh vaziri Dmitriy Medvedev, Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi Bosh vaziri o‘rinbosari Chjan Gaoli, Koreya Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Li Jun Suk, Belarus Respublikasi Bosh vaziri Andrey Kobyakov, Qozog‘iston Respublikasi Bosh vaziri Karim Masimov, Ozarbayjon Respublikasi Milliy Majlisi Raisi Oktay Asadov, Gruziya Respublikasi Bosh vaziri Georgiy Kvirikashvili, Qirg‘iziston Respublikasi Bosh vaziri Sooronboy Jeenbekov, Turkiya Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Tug‘rul Yildirim, Ukraina Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Stepan Kubov, Birlashgan Arab Amirliklari davlat vaziri Rashid bin Ahmad bin Fahad, Armaniston Respublikasi parlamenti vitse-spikeri Ermine Nagdalyan, Yaponiya parlament vaziri Motome Takisava, Eron Islom Respublikasi tashqi ishlar vaziri Muhammad Javad Zarif, MDH Ijroiya qo‘mitasi raisi – Ijrochi kotibi Sergey Lebedev va boshqalar qatnashdi.

0309201618.jpg

Marosimni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.Mirziyoyev ochib, Islom Karimovning oila a’zolariga, xalqimizga chuqur hamdardlik bildirdi.

“Nuroniy” jamg‘armasi Qashqadaryo viloyati bo‘limi raisi Ya.Inoyatov, O‘zbekiston xalq shoiri E.Siddiqova va boshqalar Islom Karimovning xalqimiz baxt-saodati yo‘lida amalga oshirgan buyuk ishlari haqida so‘z yuritdi.

Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov tom ma’nodagi vatanparvar inson va buyuk davlat arbobi, dono siyosatchi Islom Karimovning barcha tashabbuslari xalqaro maydonda qo‘llab-quvvatlanganini, Turkmanistonda yoshu qari u kishini chin dildan hurmat qilishini ta’kidladi. Islom Karimov Turkmaniston – O‘zbekiston hamkorligini izchil rivojlantirishga katta hissa qo‘shganini qayd etib, Turkmanistonda maydon va ko‘chalarga Islom Karimov nomi berilishini ma’lum qildi.

Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov vafoti munosabati bilan xalqimizga hamdardlik bildirib, Islom Karimovning hayoti va faoliyati o‘z xalqi va Vataniga fidokorona xizmat qilishning yorqin namunasi ekanini ta’kidladi. Islom Karimovning oqilona siyosati natijasida O‘zbekistonda tinchlik, osoyishtalik va barqarorlik qaror topgani, taraqqiyotning “o‘zbek modeli” samarasida mustaqillik yillarida O‘zbekiston iqtisodiyoti 6 barobar o‘sgani va aholi turmush darajasi yuksalganini alohida qayd etdi.

Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidenti Ashraf G‘ani Afg‘oniston va O‘zbekiston xalqlari azaldan yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarida yashab kelayotganini ta’kidlab, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov vafoti munosabati bilan O‘zbekiston xalqiga chuqur hamdardlik bildirdi. Islom Karimov Afg‘onistonda tinchlik va osoyishtalik o‘rnatish, ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishga katta hissa qo‘shganini, yaqinda Toshkentda bo‘lib o‘tgan ShHT sammitida Prezidentimiz bilan uchrashuvi g‘oyat mazmunli bo‘lganini alohida ta’kidladi.

Rossiya Federatsiyasi Bosh vaziri Dmitriy Medvedev Islom Karimovning oila a’zolari va O‘zbekiston xalqiga Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin nomidan ta’ziya bildirdi. Islom Karimov buyuk davlat arbobi bo‘lganini, o‘z xalqiga, Vataniga xizmat qilishni yuqori darajaga ko‘targanini ta’kidladi. Islom Karimov Rossiya bilan O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlar ittifoqchilik darajasiga ko‘tarilishiga katta hissa qo‘shganini alohida qayd etdi.

Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi bosh vaziri o‘rinbosari Chjan Gaoli Islom Karimov mustaqil O‘zbekiston Respublikasining asoschisi ekanini, o‘tgan yillarda O‘zbekiston har tomonlama rivojlanganini ta’kidladi. Islom Karimov boshlagan buyuk ishlar davom etishi va mamlakat yanada ravnaq topishiga ishonch bildirdi. Islom Karimovning ulkan xizmatlari bilan joriy yilning iyun oyida davlatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlar har tomonlama strategik sheriklik darajasiga ko‘tarilganini, Xitoy O‘zbekiston bilan hamkorlikni izchil rivojlantirishga tayyor ekanini qayd etdi.

Qozog‘iston Respublikasi Bosh vaziri Karim Masimov Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyevning xalqimizga hamdardlik bildirilgan maktubini o‘qib berdi. Unda Qozog‘iston xalqi Islom Karimov vafot etgani to‘g‘risidagi mash’um xabarni chuqur qayg‘u bilan qabul qilgani aytilgan. Mustaqillik yillarida O‘zbekiston hayotida ro‘y bergan keng ko‘lamli o‘zgarishlar, mamlakatning iqtisodiy salohiyati va xalqaro hamjamiyatdagi nufuzi yuksalgani, aholi turmush darajasi oshgani bevosita Islom Karimov nomi bilan bog‘liq ekani ta’kidlangan. Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlashga ulkan hissa qo‘shgan Islom Karimovning oila a’zolariga, butun xalqimizga hamdardlik bildirilgan.

Belarus Respublikasi Bosh vaziri Andrey Kobyakov Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko va belarus xalqi nomidan Islom Karimovning oila a’zolari, yaqinlariga, butun xalqimizga chuqur hamdardlik bildirdi. Buyuk inson, ulug‘ Yo‘lboshchi bo‘lgan Islom Karimov butun kuch va imkoniyatlarini o‘z xalqi, Vatani ravnaqiga sarf etganini ta’kidladi. Prezidentimizning “Yangi uy qurmay turib, eskisini buzmang” degan hikmatli so‘zlari mustaqil va qudratli O‘zbekiston Respublikasini barpo etishda asos bo‘lganini, bugun mamlakatimiz ko‘ptarmoqli iqtisodiyotga ega, tinchlik elchisi bo‘lgan davlatga aylanganini qayd etdi.

Qirg‘iziston Respublikasi Bosh vaziri Sooronbay Jeenbekov Qirg‘iziston Prezidenti Almazbek Atamboyevning O‘zbekistonning birinchi Prezidenti vafoti munosabati bilan xalqimizga chuqur ta’ziya bildirilgan maktubini o‘qib berdi. Unda buyuk davlat arbobi, dono siyosatchi Islom Karimovning qat’iy sa’y-harakatlari bilan ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlik va mintaqaviy ahamiyatga molik masalalarga ijobiy yechim topilgani, bu bugungi kunda ham xalqlarimiz manfaatlariga xizmat qilayotgani ta’kidlangan.

0309201610.jpg

Musulmonchilik urf-odatlariga binoan Registon majmuasidagi Tillakori madrasasida janoza namozi o‘qildi.

0309201629.jpg

Islom Karimov o‘zining vasiyatiga binoan ota-onasi mangu qo‘nim topgan Shohi Zinda qabristonida dafn etildi.

0309201620.jpg

O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, mamlakatimiz mustaqilligi va yangi davlatchiligining asoschisi, buyuk siyosatchi, tinchlikparvar va xalqparvar davlat rahbari, dono islohotchi va komil inson Islom Karimovning so‘nmas xotirasi qalbimizda abadiy saqlanib qoladi. Bu vidolashuv marosimida ishtirok etgan o‘n minglab vatandoshlarimiz, butun xalqimiz dilidagi so‘zlardir.

Manzilimiz


Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mustaqillik Maydoni,1
Pochta indeksi:180100
Telefon
: 0(375)221-12-88, 0(375)221-03-81
Faks
: 0(375)221-13-40
Veb-sayt
http://www.qashqadaryo.uz
Elektron pochta
Yaqin jamoat transport to`xtash joylari 
Milliy bank va Mustaqillik Maydoni bekati
Avtomashrut
1,4,5,7,10,18,20,22,23,27,
37,44,462,11,21,37,33

Hozir saytimizda

Bizning saytimizda 140 mehmonlar va ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar 0

Bosh sahifa

Qabul kunlari

A- A A+

Rahbariyatga murojaat etish

Rahbariyatga murojaat etish

Viloyat hokimligining umumiy bo'limiga murojjat etish (Yangi oynada ochiladi)

Mobil versiya

Mobil versiyaga o'tish

Bog'lanish

Ishonch telefon raqami 
0(371) 200-55-05 
Ishonch telefon raqami reglament
Yagona telefon raqami
0(375) 221-07-60 
Yagona telefon raqami reglamenti

Batafsil>>>

Biz bilan bog'lanish

Sahifa adressi

Maxsus imkoniyatlar

K'orinish

Pastda o'zingizga kerakli parametrni tanlasng
Blue Green Red Radian
Select menu
Google Font
Body Font-size
Body Font-family
Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech