Welcome to Qashqadaryo viloyat hokimiyati   Click to listen highlighted text! Welcome to Qashqadaryo viloyat hokimiyati Powered By GSpeech

wrapper

Maxsus imkoniyatlar
Items filtered by date: Avgust 2016 - Qashqadaryo viloyat hokimiyati

Yengil sanoat sohasida samarali faoliyat ko'rsatayotgan "Koson rivoj tekstil" oilaviy korxonasida hozirgi kunda asosan yoshlar mehnat qilayapti. Korxona rahbari Lobar Qurbonovaning rejalari bir talay - ishlab chiqarish hajmini kengaytirish, mahsulot turini ko'paytirish...
Shu maqsadda yosh tadbirkor yaqinda bo'lib o'tgan "Yosh tadbirkor - yurtga madadkor" ko'rik-tanlovining viloyat bosqichida ishtirok etib, qiymati 126 million so'mlik loyihani taqdim etdi. Mazkur biznes-reja hakamlar tomonidan yuqori baholandi va ishbilarmon ko'rik-tanlovning respublika   bosqichida qatnashish huquqiga ega bo'ldi. Lobar Qurbonova ushbu loyiha muvaffaqiyatli ro'yobga chiqishi asosida kelgusida yana 6 nafar kollej bitiruvchisini ish bilan ta'minlay olishini aytadi.
- Tikuvchilik mahsulotlarimizga talab oshgani bois faoliyatimizni bir qadar rivojlantirmoqchimiz, - deydi tadbirkor. -  Biroq bizga yangi dastgohlar sotib olish uchun mablag' etmayotgandi. Biznes-rejamda qayd etilganidek, yangi uskunalar yordamida yangi uslub va bichimda mahsulot ishlab chiqarishni boshlaymiz,  matoga turli shakllar bosishni yo'lga qo'yamiz.
Yosh tadbirkorning bildirishicha, bugun tikuvchilik sexida 70 turga yaqin mahsulot tayyorlanmoqda. Ular orasida ayollar va erkaklar liboslari, bolalar kiyim-kechaklari, shuningdek, ko'rpa-to'shak, trikotaj mahsulotlariga xaridor ko'p.

seshanba, 23 Avgust 2016 00:00

Hamjihatlik va saxovat ramzi

20-21 avgust kunlari mamlakatimizda umumxalq xayriya hashari bo'lib o'tdi 
Xalqimiz azaldan to'yu tantana, bayram va shodiyonalar arafasida yon-atrofni tartibga keltirish, ko'chalar, xiyobon hamda sayilgohlarni, tabarruk qadamjolarni obodonlashtirishga alohida e'tibor qaratgan. Ajdodlarimizdan meros bu ezgu qadriyat ayni damlarda ham butun bo'y-basti bilan yaqqol namoyon bo'lmoqda. Negaki, shu kunlarda yurtimiz bo'ylab katta shodiyona - Mustaqillik bayramiga katta taraddud ko'rilmoqda.
Istiqlolimizning yigirma besh yillik bayrami arafasida "Go'zal va betakrorimsan, muqaddas Vatanim, jonim senga fido, O'zbekistonim!" shiori ostida "Sog'lom ona va bola yili" Davlat dasturi ijrosi doirasida o'tkazilgan umumxalq xayriya hasharida ulkan ramziy ma'no mujassam, albatta. Chunonchi, ostonadan, xonadonlarimizdan boshlanadigan xayriya tadbiri butun viloyatimiz bo'ylab keng quloch yozdi.
Ikki kunlik umumxalq xayriya hasharida viloyatimizdan 1 million 192 ming nafardan ziyod kishi ishtirok etgan bo'lsa, shundan 736 ming 49 nafarini yoshlar tashkil etgani quvonarlidir.
Xususan, viloyat markazini yanada obod, saranjom-sarishta hududga aylantirishda mahalla faollari, tashkilot, korxona va muassasalarning ko'ngilli vakillari, yoshlari faol ishtirok etdilar. Tevarak-atrof tartibga keltirilib, bolalar maydonchalari, ko'p qavatli uylar oldidagi yo'laklar ta'mirlandi. Turar joylar, ko'cha, bog' va xiyobonlar obodonlashtirildi. Tungi yoritish chiroqlari yangilandi.
To'yga to'yona bilan, deganlaridek ko'plab inshootlar, xususan, guzarlar, maishiy xizmat ko'rsatish shoxobchalari, sport inshootlari, yangi bog'lar barpo etilishi ayni hashar kunlarida nihoyalandi.
"Hech kim mehr va e'tibordan chetda qolmasin" shiori ostida hashar kunlari 812 nafar urush va mehnat fronti faxriylari, keksa va nogironlar, yolg'iz qariyalar, boquvchisini yo'qotgan, ehtiyojmand oilalarning turar joylari obodonlashtirildi, ta'mirlandi. Shuningdek, Mehribonlik, Saxovat, Muruvvat uylarida yashovchilar, ko'makka muhtoj oilalar, nogiron va yolg'iz keksalarga 96 million so'mlikdan ziyod moddiy yordam ko'rsatildi.
Ana shunday uyushqoqlik va ko'tarinki ruhda o'tgan hashar xalqimizning bunyodkorlik salohiyatini, obodonlashtirish va tozalik ishlariga alohida e'tibor qaratishini, bag'rikenglik, saxovatpeshalik fazilatlarini yana bir bor namoyon etdi. Darhaqiqat, voha ahli qutlug' bayramni yaratuvchanlik ruhi bilan, ko'tarinki kayfiyatda, yorug' yuz bilan kutib olmoqda.


seshanba, 23 Avgust 2016 00:00

Chegarachilarga yangi uy-joylar berildi

Professional armiya, ishonchli va mustahkam chegara mamlakat xavfsizligi garovi. Shu bois yurtimizda istiqlolning ilk yillaridan milliy armiyamizni har tomonlama rivojlantirish, harbiy xizmatchilar oila a'zolarini ijtimoiy himoya qilish, ularni barcha zarur shart-sharoitlar bilan ta'minlash tizimini yanada takomillashtirish borasida keng ko'lamli ishlar amalga oshirib kelinayapti. G'uzor tumanida Milliy xavfsizlik xizmati chegara qo'shinlarining harbiy xizmatchilari oilalari uchun barpo etilgan shinam uylar ham ana shu ezgu ishlar samarasidir. Mazkur yangi turar joylarning harbiylar oilalariga topshirilishi munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda chegarachilar, tuman hokimligi va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Unda Yurtboshimiz rahnamoligida istiqlol yillarida milliy armiyamizni takomillashtirish, mamlakatimiz mustaqilligi, xavfsizligi va hududiy yaxlitligini himoya qilish, harbiy xizmatchilarni qo'llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar o'z samarasini berayotgani ta'kidlandi. - Vatanga xizmat qilish eng oliy burchdir, - deydi chegara qo'shinlari serjanti Sarvar Hayitov. - Ayniqsa, biz, harbiylarga ko'rsatilayotgan bunday yuksak e'tibor har birimizning zimmamizga yanada ulkan mas'uliyat yuklaydi. O'z navbatida, yaratilayotgan bunday shart-sharoitlar, yuksak e'tibor uchun Prezidentimizdan behad minnatdormiz. "Bunyodkor omadli Dilshod" korxonasi quruvchilari tomonidan bunyod etilgan keng va yorug' uylar, ular yaqinida barpo etilgan ko'rkam bolalar maydonchasi harbiylar va ularning oila a'zolari uchun istiqlolning 25 yillik to'yi arafasida ajoyib bayram sovg'asi bo'ldi.

seshanba, 23 Avgust 2016 00:00

Islohotlar samaralari namoyishi

Mullato'ychi Toshmuhammedov nomidagi viloyat musiqali drama teatrida fotojurnalistika fidoyisi Murodulla Komilovning mamlakatimiz mustaqilligining 25 yilligiga bag'ishlangan fotoko'rgazmasi ochildi.
"Kim edigu kim bo'ldik?" degan ezgu g'oyani o'zida mujassam etgan fotoko'rgazmada ijodkorning mustaqillik yillarida mamlakatimiz qishloq xo'jaligi, sanoat, qurilish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, madaniyat va sport, yoinki barcha sohalar rivojini hamda yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning viloyatdagi ijrosini yorqin tasvirlarda aks ettirgan yuzdan ortiq fotolari namoyish qilindi. E'tiborlisi ularda joylar, inshootlar, korxona va ishlab chiqarish sub'ektlarining kechagi qiyofasi va buguni qiyosiy taqdim etilgani istiqlolning xalqimiz hayotida tutgan o'rni va ahamiyati haqida teran xulosa chiqarish imkonini beradi. Shuningdek, ko'rgazmadan viloyatning istiqlolgacha bo'lgan davrdagi hayotini ifodalagan fotosuratlar ham o'rin oldiki, ular keng jamoatchilik vakillarini bee'tibor qoldirmadi.
Tadbirda O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan madaniyat xodimi Qurbon Egamberdiev, faxriy jurnalist Bo'ri Norqobilov, O'zbekiston Respublikasi san'at arbobi Sadriddin Salimov va boshqalar Murodulla Komilovning ijod yo'li, uning fotosuratlaridagi tabiiylik va ta'sirchanlik haqida gapirar ekan, ko'rgazmada namo-yish etilayotgan ishlar nafaqat istiqlol yillaridagi tadrijiy rivojlanishni aks ettirgani, balki yoshlar uchun katta tarbiyaviy ahamiyatga egaligi bilan ham e'tiborga molik ekanini ta'kidlashdi.
- Ko'rgazmadan juda katta zavq va ilhom oldim, - deydi O'zbekiston Badiiy akademiyasi viloyat bo'limi rahbari Azamat Sattorov. - Undagi fotosuratlar hech bir so'z ishlatmay turib, viloyatimizning kechasi va buguni haqida batafsil hikoya qiladi. Suratlarda odamlarning o'y-tashvishi, orzu-istagi, quvonchi shu darajada yorqin aks etganki, menga qolsa, ko'rgazmani fotokontrast deb nomlagan bo'lardim.
Fotoko'rgazma davom etmoqda.


Page 1 of 4

Manzilimiz


Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mustaqillik Maydoni,1
Pochta indeksi:180100
Telefon
: 0(375)221-12-88, 0(375)221-03-81
Faks
: 0(375)221-13-40
Veb-sayt
http://www.qashqadaryo.uz
Elektron pochta
Yaqin jamoat transport to`xtash joylari 
Milliy bank va Mustaqillik Maydoni bekati
Avtomashrut
1,4,5,7,10,18,20,22,23,27,
37,44,462,11,21,37,33

Hozir saytimizda

Bizning saytimizda 133 mehmonlar va ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar 0

Bosh sahifa

Qabul kunlari

A- A A+

Rahbariyatga murojaat etish

Rahbariyatga murojaat etish

Viloyat hokimligining umumiy bo'limiga murojjat etish (Yangi oynada ochiladi)

Mobil versiya

Mobil versiyaga o'tish

Bog'lanish

Ishonch telefon raqami 
0(371) 200-55-05 
Ishonch telefon raqami reglament
Yagona telefon raqami
0(375) 221-07-60 
Yagona telefon raqami reglamenti

Batafsil>>>

Biz bilan bog'lanish

Sahifa adressi

Maxsus imkoniyatlar

K'orinish

Pastda o'zingizga kerakli parametrni tanlasng
Blue Green Red Radian
Select menu
Google Font
Body Font-size
Body Font-family
Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech