wrapper

Maxsus imkoniyatlar
Items filtered by date: Iyul 2016 - Qashqadaryo viloyat hokimiyati
seshanba, 19 Iyul 2016 00:00

Yuksak sayyohlik salohiyati

Viloyatimizda 948 ta arxeologik, 175 ta arxitektura yodgorligi, 37 ta ziyoratgoh bor. Kitob tumanida er kurrasining bir necha yuz million yillik evolyusiyasini o'zida aks ettirgan yirik geologik qo'riqxona joylashgan. Chiroqchi, Shahrisabz tumanlarida tosh asriga oid qoya suratlari topilgan. Olimlarning fikriga ko'ra, Chiroqchi tumanidagi Siypantoshda aniqlangan toshdagi jadval mezolit davriga mansub bo'lib, dunyodagi eng qadimgi taqvimlardan biri hisoblanadi...
Viloyatimiz ana shu tarixiy yodgorliklari, rang-barang tabiati - ulkan tog'lariyu jannatmonand bog'lari, dala-dashtlari, qir-adirlari, turfa xil hayvonot va nabotot olami, moziy izlari saqlangan obidalari bilan turizmning barcha turlarini rivojlantirish uchun qulay hudud hisoblanadi. Shu bois 2013 yil 1 noyabrda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan 2013-2015 yillar davrida Qashqadaryo viloyatida turizm sohasini rivojlantirish dasturi qabul qilinib, hayotga tatbiq etildi. Qarshi va Shahrisabz shaharlarida bunyodkorlik ishlarini amalga oshirish borasida qabul qilingan maxsus dasturlar esa turizm to'g'risidagi dasturni ma'no va mazmun jihatdan to'ldirdi.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan dasturga muvofiq, Toshkent shahri va Samarqand viloyatidagi turistik korxonalar (turoperatorlar) vakillari “O'zbekturizm” milliy kompaniyasi mas'ullari boshchiligida viloyatimizga qilgan ikki kunlik tashrifi chog'ida mazkur hujjatlar ijrosi bo'yicha amalga oshirilgan ishlar bilan yaqindan tanishishdi.



Ular viloyatimizning turizm salohiyatini yanada oshirish, mintaqaning noyob tarixiy-madaniy merosidan samarali foydalanish, me'morchilikning tarixiy arxitektura ansambllari va yodgorliklari holatini yaxshilash, sayyohlar uchun mehmonxonalar va xizmat ko'rsatish ob'ektlari qurish, diqqatga sazovor madaniy-tarixiy yodgorliklar bo'yicha zamonaviy sayyohlik yo'nalishlarini shakllantirish va joriy etish, mintaqaning tabiiy salohiyatidan samarali foydalanish, transport infratuzilmasini rivojlantirish, ko'rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni katta qiziqish bilan ko'zdan kechirishdi.
- Ma'lumki, sayyohlik firma va kompaniyalari hudud va sayyohni bir-biri bilan bog'laydigan rishta hisoblanadi, - deydi “O'zbekturizm” milliy kompaniyasining viloyatdagi vakili O'ktam Xo'jayorov. – Shu bois mazkur safarning ahamiyati juda katta. Turoperatorlar vakillari viloyatimizda sayyohlar e'tiborini tortishi mumkin bo'lgan joylar, ular uchun yaratilgan sharoitlar haqida avval o'zlari aniq tasavvur qiladilar, keyin esa keladigan sayyohlarga safar etishni tavsiya qilish imkoniga ega bo'ladilar.
Ular dastlab tumanning Miroqi posyolkasidagi “Lochin” bolalar oromgohida bo'lishdi. “Lochin” oromgohidagi o'ziga xoslik, O'zbekistondagi Oqsaroy va Registon, Gresiyadagi Akropol, Italiyadagi Rim kolizeyi, Fransiyadagi Eyfel minorasi kabi tarixiy yodgorliklarning kichraytirilgan shakllari, Miroqining go'zal va betakror tabiati, juda katta tezlikda sharqirab oqayotgan daryo barchani lol etdi.

Shundan so'ng tuman hokimligida tuman hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchi Abdurasul Safarov turoperatorlarga O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 20 fevraldagi qarori bilan tasdiqlangan Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrida ob'ektlarni qurish va rekonstruksiya qilishga doir kompleks chora-tadbirlar dasturi ijrosi doirasida amalga oshirilgan ishlar haqida batafsil so'zlab berdi. Mazkur anjumanda Shahrisabz shahrining kichik halqa yo'li bo'ylab qurilishi boshlanayotgan “Village park” haqida ham so'z yuritildi. Undan eng zamonaviy va barcha qulayliklarga ega bo'lgan “Kinderland” (bolalar uchun mo'ljallangan attraksionlar, o'yin qurilmalari joylashgan hudud) “Gameworld” (texnopark), “Village samp” (uy mehmonxonalari, basseynlar majmuasi) ob'ektlari joy oladi.
Anjumandan keyin Shahrisabzning tarixiy qismi bo'ylab sayohat boshlandi. Bu erda amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari barchani hayrat ko'chasiga etakladi.
- Bu er nafaqat bizni, balki xorijlik sayyohlarni ham lol etadi, - deydi turizm faoliyati bilan shug'ullanuvchi “Orient Voyage” xususiy korxonasi gid-tarjimoni G'iyos Qarshiev. – Yaqindagina fransiyalik turistlar bilan bu erga kelib ketgandim. Bilasizmi, har bir fransiyalik uchun Buyuk ipak yo'li bo'ylab sayohat qilish eng katta orzulardan biri hisoblanadi. O'zbekiston esa uning markazida joylashgan. Sayyohlar bu erni kelib ko'rishar ekan, unga munosib bahoni berishdi. “Buyuk ipak yo'lining eng maftunkor joyi bo'libdi”, deyishdi.

Yana bir masalada ko'pchilik turlicha fikrda. Ba'zilarning aytishicha, turistlar hamma narsani eski holicha ko'rishni istarmish. Bu unchalik to'g'ri emas. Qadimiy obidalar atrofi qancha toza va ozoda, chiroyli bo'lsa, shuncha yaxshi ekanini o'sha sayyohlarning kayfiyatidan sezish qiyin emasdi. Ular sayyohlarga tariximizni ko'rsata olayotganimizdan xursand bo'lishdi. Qilinayotgan ishlar natija berishini, ya'ni ekilgan daraxtlar bo'y cho'zib, bu er yanada fusunkor bo'lishini ko'rish uchun yana kelish istagida ekanliklarini bildirishdi.
Safarning ikkinchi kunida tadbir ishtirokchilari Qamashi tumanidagi Langar qishlog'ida joylashgan Langar ota ziyoratgohiga yo'l oldilar. Bu qishloqning manzarasi o'ziga xos ko'rinishga ega bo'lib, unda tabiat va inson qo'li bilan barpo qilingan go'zallik o'zaro uyg'unlashib ketgan. Langar ota ziyoratgohi ana shu sadafning eng noyob duri. Turoperatorlar vakillari bu joy turistlar uchun juda qiziq bo'lishini bildirishib, o'zlari uchun qaydlar yozishdi, suratlar olishdi.
Kunning ikkinchi yarmida sayyohlik korxonalari vakillari Qarshi shahriga yo'l oldilar va bu erda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, sayyohlar uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdilar. Qarshi temir yo'l vokzali, Abu Ubayda ibn al-Jarroh ziyoratgohi, shaharning tarixiy qismi, Amir Temur ko'prigi va uning yonida bunyod etilgan sohilni borib ko'rdilar. Ishtirokchilar shaharda amalga oshirilgan ishlar har qanday nozik didli sayyohning ham e'tiboridan chetda qolmasligini ta'kidlab, xorijiy sayyohlarning aksariyati ziyolilar va ular uchun mamlakatimizdagi ta'lim tizimi ham juda qiziq ekanligini ta'kidlashdi. Zero, ta'lim muassasalari bo'ylab sayohat yo'nalishlarini ochish, turistlarni bolalar oromgohlarda qanday dam olayotgani bilan tanishtirish, milliy qadriyatlarimizni o'zida aks ettirgan xalq o'yinlarini keng targ'ib qilish ham sayyohlar oqimini ko'paytirish imkonini beradi.
Turistik korxonalar vakillari viloyatimiz bo'ylab sayohatdan bir olam taassurotlar bilan qaytdilar.

Manzilimiz


Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mustaqillik Maydoni,1
Pochta indeksi:180100
Telefon
: 0(375)221-12-88, 0(375)221-03-81
Faks
: 0(375)221-13-40
Veb-sayt
http://www.qashqadaryo.uz
Elektron pochta
Yaqin jamoat transport to`xtash joylari 
Milliy bank va Mustaqillik Maydoni bekati
Avtomashrut
1,4,5,7,10,18,20,22,23,27,
37,44,462,11,21,37,33

Hozir saytimizda

Bizning saytimizda 136 mehmonlar va ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar 0

Bosh sahifa

Qabul kunlari

A- A A+

Rahbariyatga murojaat etish

Rahbariyatga murojaat etish

Viloyat hokimligining umumiy bo'limiga murojjat etish (Yangi oynada ochiladi)

Mobil versiya

Mobil versiyaga o'tish

Bog'lanish

Ishonch telefon raqami 
0(371) 200-55-05 
Ishonch telefon raqami reglament
Yagona telefon raqami
0(375) 221-07-60 
Yagona telefon raqami reglamenti

Batafsil>>>

Biz bilan bog'lanish

Sahifa adressi

Maxsus imkoniyatlar

K'orinish

Pastda o'zingizga kerakli parametrni tanlasng
Blue Green Red Radian
Select menu
Google Font
Body Font-size
Body Font-family