wrapper

Maxsus imkoniyatlar
Items filtered by date: Iyun 2016 - Qashqadaryo viloyat hokimiyati

Хоким области принял постановление о мерах по обеспечению комплексной подготовки отраслей экономики и социальной сферы области к устойчивой работе в осенне-зимний период 2016/2017 годов.

Данный документ принят в целях обеспечения исполнения постановления Президента Республики Узбекистан от 10 июня 2016 года №ПП-2545 и подготовки народного хозяйства, отраслей экономики, учреждений социальной сферы и объектов жилого фонда области к устойчивой работе в осенне-зимний период 2016/2017 годов.

Этим нормативно-правовым актом принято во внимание, что согласно протокольным поручениям заседаний правительства страны от 19 апреля 2016 года и областного хокимията от 21 апреля 2016 года утвержден состав трех рабочих групп. В функции первой рабочей группы входит подготовка многоэтажных домов к работе в осенне-зимний период, приведение в порядок и содержание в надлежащем состоянии мест общего пользования и лифтового оборудования, обеспечение санитарного состояния территории махаллей и организация работ по благоустройству. К компетенции второй рабочей группы относятся организация деятельности по своевременному и полному обеспечению основными видами топливно-энергетических ресурсов, подготовка объектов электро-, тепло- и газоснабжения к работе в осенне-зимний период. Основные задачи третьей рабочей группы включают в себя организацию подготовки объектов социальной сферы к устойчивой работе в осенне-зимний период, обеспечение их соответствия санитарным нормам и требованиям по благоустройству.

В документе отмечается, что задачи каждой из трех вышеперечисленных рабочих групп детально конкретизированы на основании критического анализа деятельности, осуществленной в рамках подготовки отраслей экономики к устойчивой работе в осенне-зимний период прежних годов. Также особо указано об ответственности членов рабочих групп за своевременное выполнение поставленных задач.

Хокимияту города Карши и областному главному управлению Центрального банка республики поручено  совместно с коммерческими банками обеспечить свое-временное выполнение программы мер по подготовке многоэтажного жилого фонда областного центра к устойчивой работе в осенне-зимний период, обеспечению надлежащего санитарного состояния территории махаллей, организации благоустроительных работ в соответствии с разработанным комплексом мер и отраслевыми графиками.

Нормативно-правовым актом также утверждены приведенные в приложениях к документу:

мероприятия по подготовке отраслей экономики области к устойчивой работе в осенне-зимний период 2016/2017 годов;

задания по подготовке основных инженерных коммуникаций и технологического оборудования, а также объектов социальной сферы в разрезе города и районов области к стабильной работе в осенне-зимний период 2016/2017 годов, текущему и капитальному ремонту;

задания по заготовке для осенне-зимнего периода 2016/2017 годов угля, мазута, технической соли, а также доставке на места сжиженного газа;

состав областной комиссии по координации деятельности, направленной на осуществление мер по обеспечению подготовки отраслей экономики к устойчивой работе в осенне-зимний период 2016/2017 годов, и областного штаба.

Областной комиссии, созданной в соответствии с данным постановлением, поручено критически изучить состояние дел на местах по подготовке предприятий коммунальной сферы, котельных, многоэтажного жилья, учреждений образования и здравоохранения, а также других объектов социальной сферы к устойчивой работе в осенне-зимний период 2016/2017 годов. Комиссия должна будет своевременно осуществлять комплекс организационных мер, направленных на реализацию мероприятий, которые утверждены данным постановлением, а также обеспечить выполнение поручений, связанных с подготовкой отраслей экономики и учреждений социальной сферы области к устойчивой работе в осенне-зимний период 2016/2017 годов.

Документом поручено создать точно такие же территориальные комиссии под руководством хокимов города Карши и районов области.  Кроме того, на хокимов города и районов, а также руководителей соответствующих организаций и предприятий возложена персональная ответственность за своевременное и качественное выполнение мероприятий и поручений, связанных с подготовкой отраслей экономики к устойчивой работе в осенне-зимний период 2016/2017 годов.

Соблюдение требований данного постановления, контроль за исполнением которого хоким области оставил за собой, предполагается критически рассматривать ежемесячно на заседаниях областного хокимията.

Payshanba, 16 Iyun 2016 00:00

El ishonchi – yuksak mas'uliyat

Viloyatimizda fuqarolar yig'inlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovi yakunlandi. Bu haqda tahririyatimizga fuqarolar yig'inlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish va o'tkazishga ko'maklashuvchi viloyat komissiyasi raisi Islomiddin ABROROV ma'lum qildi.
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2016 yil 5 martdagi “Fuqarolar yig'inlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari sayloviga tayyorgarlik ko'rish hamda uni o'tkazish to'g'risida”gi qarori ijrosi doirasida may-iyun oylarida o'tkazilgan saylov jarayonlari “Fuqarolar yig'ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi to'g'risida”gi Qonun talablari, demokratik tamoyillar asosida tashkil etildi.
Ma'lumotlarga ko'ra, oshkoralik, tenglik, muqobillik mezonlari ustuvorlik kasb etgan saylovda viloyatimiz bo'yicha 660 nafar fuqarolar yig'inlari raisi va ularning 7106 nafar maslahatchisi saylandi. Saylovchilarning xohish-irodasiga ko'ra, 472 ta mahallada rais va uning maslahatchilari ochiq ovoz berish yo'li bilan, 188 tasida esa yopiq ovoz berish tartibida aniqlab olindi. Saylangan raislarning 92 foizini oliy ma'lumotli mutaxassislar tashkil etayotgan bo'lsa, 70 foizi ilk marta ushbu lavozimga  munosib topildi. Nomzodi oqsoqollikka ilgari surilib, qo'llab-quvvatlangan 34 nafar mahalliy kengashlar deputati, 23 nafar xotin-qiz ham ushbu mas'uliyatli vazifani bajarishga kirishganini alohida qayd etish o'rinli.
– Saylovlarda yangicha fikrlaydigan, tashabbuskor, bilimli va intiluvchan nomzodlar saylovchilar tomonidan keng qo'llab-quvvatlanganiga guvoh bo'ldik, - deydi Islomiddin Abrorov. – Bu esa saylovchilarimizning mahalla institutiga bo'lgan ishonchi ortganidan, o'z navbatida fuqarolar yig'ini faoliyatiga befarq emasligidan darak beradi. Ochiq aytish kerak, ilgari ko'pchilik fuqarolar yig'ini raisi deganda nuroniy, keksa yoshli kishini tushunardi. O'zini o'zi boshqarish tizimiga bo'lgan yangicha yondashuv tufayli bugun bunday qarashlar tamomila o'zgardi. Binobarin, raislikka saylanganlarning 27 nafari 40 yoshgacha, 237 nafari 40-50 yoshli, 346 nafari 50-60 yoshli, 14 nafari esa 60 yoshdan yuqori bo'lgan kishilar ekani ham shundan dalolat berayapti.
El ishonchi – yuksak mas'uliyat. Buni  har damda his etib, faoliyatini avvalo vijdon nazorati ostida tashkil etgan, odamlarga qayishgan va o'z navbatida mahalladoshlarida ham ana shunga xayrixohlik shakllantira olgan rais o'z obro'siga obro' qo'shadi, ishlari oldinga ketadi. Kim qanday yo'l tutadi, buni esa yana ikki yarim yildan keyin o'tajak fuqarolar yig'inlari raislari va ularning maslahatchilari sayloviga qadar kuzatib boramiz.

Kuni kecha barcha qulayliklarga ega, zamonaviy va milliy me'morchilik an'analarini o'zida uyg'unlashtirgan, ko'rkam va shinam “Kamolot” uylariga ko'chib o'tgan yosh oilalar soni yana 48 taga ko'paydi. Qarshi shahrining Mustaqillik shohko'chasini Beshkent yo'li bilan bog'lovchi ko'prikning shundoqqina biqinida qad rostlagan yangi “Kamolot” uyi mustaqilligimizning 25 yillik to'yi oldidan yosh oilalarga ajoyib bayram tuhfasi bo'ldi.
Yangi “Kamolot” uyini egalariga tantanali topshirish marosimida viloyat va shahar hokimliklari mutasaddilari, jamoat tashkilotlari vakillari, yoshlar, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.
Tadbirda viloyat hokimi Zafar Ro'ziev so'zga chiqib, Prezidentimiz rahnamoligida amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar jarayonida jismonan sog'lom, ma'nan etuk, mustaqil fikrlaydigan va intellektual salohiyati yuqori avlodni voyaga etkazishga ustuvor ahamiyat qaratib kelinayotgani haqida to'xtalar ekan, yangi oila yangi uy bilan yanada mustahkam qo'rg'onga aylanishini, “Kamolot” uylari yoshlarga Yurtboshimiz tomonidan ko'rsatilayotgan g'amxo'rlikning yorqin ifodasi ekanini ta'kidladi.
Shundan so'ng viloyat hokimi, viloyat hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo'yicha o'rinbosari Bahodir Qodirov, viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi raisi Esonboy Rajabov, Qarshi shahar hokimi Akmal Achilov va “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati viloyat kengashi raisi Furqat Normatov yosh oilalarga xonadonlarning kalitlarini topshirishdi.
Ma'lumki, Prezidentimizning 2014 yil 6 fevraldagi “O'zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi hamda Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 8 sentyabrdagi “Mamlakatning ijtimoiy hayotida faol qatnashayotgan yosh oilalarni uy-joy bilan ta'minlashni yanada qo'llab-quvvatlash chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarorlari ijrosini ta'minlash maqsadida “Kamolot” uylari qurilib, ijtimoiy faol yosh oilalarga imtiyozli kredit evaziga, boshlang'ich badalsiz berilmoqda.
- Bugungi kunni hech qachon unutmayman, - deydi sambo bo'yicha ikki karra Osiyo chempioni, milliy kurash bo'yicha jahon chempionati kumush medali sohibi Dinara Donaeva. – Yurtimizda biz uchun yaratilgan beqiyos sharoitlar tufayli sportda ozmi-ko'pmi natijalarga erishgandim. Shu yutuqlarim inobatga olinib, “Kamolot” uyi xonadonlaridan birining sohibasi bo'ldim. Quvonarlisi, farzandim Akobirjon shunday keng, shinam, barcha qulayliklarga ega xonadonda ulg'ayadi. Xudo xohlasa, u ham sportchi bo'lib, Vatanimiz dovrug'ini dunyoga taratadi.
Mazkur to'rt qavatli turar joy binosi “Qurilish-industriya kompaniyasi” MChJ quruvchilari tomonidan 5 milliard 66 million so'm mablag' evaziga qurib bitkazildi. Undagi 2 va 3 xonali xonadonlarda yosh oilalar uchun barcha zarur qulayliklar mujassam bo'lishiga alohida e'tibor qaratilgan. Ana shunday shinam xonadonlardan biri “Yosh tadbirkor – yurtga madadkor” respublika ko'rik-tanlovida 1-o'rinni qo'lga kiritgan Sherzod Mahmudovga nasib etdi. Uning turmush o'rtog'i Mohidilxon Husanova bundan o'zida yo'q shod.
- Hamma ayol uyga avvalo oshxonasiga qarab baho beradi, - deydi u. – Hozirgina kalitini olgan uyimiz shinam, barcha sharoitlarga egaligi, oshxonasi keng va yorug'ligi meni juda xursand qildi. Har bir ayol orzu qiladigan uyga ko'chib o'tayotganimizdan sevinchim ichimga sig'may ketayapti.
Shu o'rinda qayd etish joiz, ayni paytga qadar viloyatimizda ipoteka krediti asosida davlat mukofotlari bilan taqdirlangan, nufuzli xalqaro va mamlakat tanlov hamda festivallarida g'olib bo'lgan, fan, san'at, adabiyot, sport va boshqa sohalarda yuqori natijalarni qo'lga kiritgan 240 yosh oila vakillariga Qarshi shahri, Shahrisabz, Muborak va Kasbi tumanlarida bunyod etilgan “Kamolot” uylari berildi. Yaqin kunlarda Shahrisabzda barpo etilgan yana bir 48 xonadonga mo'ljallangan “Kamolot” uyi foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.
Bundan tashqari, Qarshi shahrida 64, Kitob va Yakkabog' tumanlarida 32 xonadonga mo'ljallangan “Kamolot” uylari qurilishi davom etayapti.


Mamlakatimiz mustaqilligining yigirma besh yilligiga


“Tuman odamlarining hayotida nima o'zgardi deysizmi? – deydi Dehqonobod tumanining Xo'jamahmud qishlog'ilik Bobonazar G'aniev. – Ko'p narsa o'zgardi. Eng avvalo, hayotga munosabat o'zgardi.    Mustaqillikkacha faqat bugungi kuni o'tishini o'ylaydigan odamlar endi farovon hayot kechirish nima ekanini tushunib etdi. Orzu-havas bilan yashash nimaligini angladi. Hayotning mazmunini bildi. Ilgari tumanning markaziga borib-kelish uchun mashina kutib bir kunimizni yo'qotgan bo'lsak, bugun hamma uyning yonida bittadan mashina. Odamlar dang'illama uy solayapti. Farzandlarining kamoli haqida o'ylayapti. Mulkdor bo'layapti. Bolalariga avvalgidek ikki oylik nafaqa pulini emas, mulk meros qoldirishni istayapti. Mana, nima o'zgardi odamlarimiz hayotida!”

Tadbiri zo'r tadbirkorlar

“Toshguzar - Boysun - Qumqo'rg'on” temir yo'l liniyasining va Dehqonobod kaliyli o'g'itlar zavodining barpo etilishi nafaqat mazkur tuman, balki mamlakatimiz uchun qanchalik muhim ahamiyat kasb etganini bugun tasavvur etish qiyin emas. “Toshguzar - Boysun - Qumqo'rg'on” temir yo'lining ishga tushirilishi, Prezidentimiz ta'biri bilan aytganda, asriy tog'u toshlar, dashtu biyobonlar bag'rida tunu kun mardona mehnat qilib, 223 kilometrdan iborat bo'lgan bu temir yo'lni qisqa davrda, hammasi bo'lib 33 oyda, muddatidan ikki yil oldin ishga topshirilishining o'zi, hech shubhasiz, mamlakatimiz tarixida har tomonlama ulkan bir voqea bo'ldi. Temir yo'l hamda muhtasham, dunyoda shu turdagi sanoqli zavodlardan biri bo'lgan kaliyli o'g'itlar zavodining barpo etilishi Dehqonobodning iqtisodiy salohiyati o'sishiga, tumanda sanoat ishlab chiqarishining rivojiga katta hissa qo'shdi.



Mamlakatimizda mustaqillikka qadar umuman mavjud bo'lmagan, bugungi kunda esa jamiyatimizning qudratli tayanchiga aylanib borayotgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilayotgan e'tibor tufayli hududda shakllangan mulkdorlar sinfi bu yutuqlar ko'lamini yanada kengaytirmoqda. E'tibor bering: 2007 yilda tumanda bor-yo'g'i 723,6 million so'mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo'lsa, 2015 yilga kelib yangi ishlab chiqarish quvvatlarining ishga tushirilishi, tadbirkorlarning sa'y-harakatlari samarasi o'laroq bu ko'rsatkich 120 milliard so'mdan oshdi. Joriy yilda bu raqam yanada o'sishi kutilmoqda. Chunki bir qator yangi loyihalar hayotga tatbiq etilayapti.
Ana shunday loyihalardan biri yosh tadbirkor Baxtiyor Xoliqulovning quyosh nurida suv isitish qurilmasi ishlab chiqarish loyihasi. Bu loyiha ijobati dehqonobodlik tadbirkorlar nafaqat meva-sabzavotlarni qayta ishlash yoki oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishga, balki turli maishiy texnika va qurilmalar yaratishga ham qodirligini yana bir bor ko'rsatib berdi.


-Yurtimizda tadbirkorlarga qaratilayotgan e'tibor, Yurtboshimizning ishonchi va madadi biz ishbilarmonlarga katta kuch-g'ayrat berib, intilib, izlanib yashashga undamoqda, - deydi tadbirkor. – O'zim Toshkent kimyo-texnologiya institutini tamomlaganman. Muqobil energiya manbalari haqidagi bilimlarimni hayotga tatbiq etish haqida anchadan buyon o'ylab yurgandim. Nihoyat, quyosh batareyasi yordamida suv isitish qurilmasini yaratdim. Bu qurilma suvni 90 darajagacha isitib beradi. Ma'lumki, O'zbekistonimizda yilning kamida 300 kuni quyoshli bo'ladi. Havo qancha sovuq bo'lmasin, quyosh chiqib turgan bo'lsa, bas. Suv qiziyveradi. Hozir qurilmani tadbirkorlik sub'ektlaridan, aholidan tushgan buyurtmalar asosida ishlab chiqarayapmiz. Tez orada faoliyatimizni yanada kengaytirishni mo'ljallab turibmiz.
Dehqonobodda ishlab chiqarish yo'lga qo'yilibdi, degan gapga bir paytlar birov umuman ishonmagan bo'lsa, bugun shu tumanda 4 ta tadbirkorlik sub'ekti eksport bilan shug'ullanayapti. Ana shunday tadbirkorlardan biri – Olimjon Rasulov “Natural Assoefitida” qo'shma korxonasini tashkil etib, hindistonlik hamkorlari bilan kovrak shirasini eksport qilishni kelishib qo'ygan.
- Hozirgacha 50 ming AQSh dollarilik mahsulotni eksport qildik, - deydi O.Rasulov. – Yil oxiriga qadar bu raqamni 200 ming dollarga etkazish niyatidamiz. Shu maqsadda mahsulotning xaridorligini oshirish uchun uni qadoqlashni yo'lga qo'ydik. Bundan tashqari, eksport geografiyasini kengaytirish, yangi hamkorlar topish haqida o'ylayapmiz.
Tumanda tadbirkor Vahob Norsafarovni tanimagan odam topilmasa kerak. Mehmonxona, motel, bir nechta savdo va maishiy xizmat ob'ektlari barpo etgan ishbilarmon yaqinda yana bir xayrli ishga qo'l urdi. Qorashinadagi tashlandiq bir joyda qo'sh qavatli, muhtasham supermarket qurdi. Undan istagan narsangizni topasiz.
-Supermarketdan ayniqsa kitob do'koni ham joy olgani juda yaxshi ish bo'ldi, - deydi qorashinalik Kamol Omonov. – Avval bitta kitob sotib olmoqchi bo'lsangiz eng yaqini Qarshiga borib kelardingiz. Hozir bir qadam. Asosiysi, unda o'zbek va jahon adabiyotining noyob durdonalarini ham topishingiz mumkin.

Tog'u toshda issiqxona

Tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojiga tadbirkorlardan tashqari fermerlar ham o'zlarining munosib ulushlarini qo'shishmoqda. Mamlakatimizda qishloq xo'jaligi sohasida mutlaqo yangi iqtisodiy munosabatlar joriy etilib, fermerlik harakati uchun katta imkoniyatlar yaratilgani tufayli qishloqlar taraqqiyotida etakchi kuchga aylanmoqda. Masalan, “Fayzulla ota” fermer xo'jaligi a'zolari 2000 bosh qo'y, 180 dan ortiq qoramol parvarishlab, aholini go'sht va sut mahsulotlari bilan ta'minlashga hissa qo'shishayapti.


-Bu yil qo'ylarimizdan 700 boshga yaqin to'l oldik, - deydi fermer xo'jaligi rahbari Abdusattor Qulmanov. - Har yili 150-200 bosh bo'rdoqi etishtirayapmiz. Daromad ham shunga yarasha yaxshi bo'layapti. Shuning hisobidan ro'zg'orimiz to'kin, xo'jaligimiz ishchilarining turmushi yaxshilanayapti. Qo'shimcha tarmoqlar tashkil etishga harakat qilayapmiz.
Darvoqe,  bu gapga bir vaqtlar ishonish qiyin edi, ammo hozir Dehqonobod bozorlarida tumanning o'zida ertachi etishtirilgan pomidor sotilayotgani bor gap. “Fayzulla ota” fermer xo'jaligi 12 sotix erda issiqxona tashkil etib pomidor ekkan. Tog'-toshli, suv chiqmaydigan joyda. Fermerning aytishicha, izlasa imkon topilar ekan. Quduq qazib, suv chiqarishibdi. Suv sal sho'rroq-ku, ammo ilojisini qilsa bo'larkan.
Tumanda bu kabi fermerlar talaygina. 193 fermer xo'jaligi qo'shimcha tarmoqlarni tashkil etgan va tumanning iqtisodiy rivojiga baholi qudrat hissa qo'shayapti. Aytgancha, fermerlarning ko'pchiligi lalmi maydonlarda no'xat etishtirishning hadisini olgan. Ular ichki iste'mol bozorida mazkur dukkakli mahsulotga bo'lgan talabni qondiribgina qolmay, uni xorijga eksport ham qilishayapti.
 

Bolam, dyeydigan elning  muzaffar bolalari

Mustaqillik yutuqlar uchun imkon berdi. Buni tumanda ta'lim sohasida qo'lga kiritilayotgan muvaffaqiyatlar misolida ham ko'rish mumkin. 2014 yil tumandagi 50-maktabning fransuz tili fani o'qituvchisi Dilfuza Eshpo'latova “Yilning eng yaxshi fan o'qituvchisi” ko'rik-tanlovining respublika bosqichida ikkinchi o'rinni qo'lga kiritdi. Joriy yilda esa 69-maktabning nemis tili fani o'qituvchisi Dilnoza Nazarova “Yilning eng yaxshi fan o'qituvchisi” ko'rik-tanlovining respublika bosqichi sovrindori bo'ldi. Fan olimpiadasining viloyat bosqichida 10-maktab o'quvchisi Anushervon Salomov, 69-maktab o'quvchisi Muslimbek Makkatilloev g'olib bo'lishdi. “Umid nihollari-2016” sport musobaqalarining viloyat bosqichida tumanning voleybol jamoasi 1-o'rinni egalladi. Tumandagi bolalar musiqa va san'at maktabi o'quvchisi Shoxruh Normirzaev Rossiyaning Qozon shahrida o'tkazilgan kattalar va bolalar o'rtasidagi milliy cholg'u ijrochilari xalqaro tanlovida 2-o'ringa sazovor bo'ldi...


Bunday yutuqlarni istagancha keltirish mumkin. Buning asosiy omili mustaqillik yillarida ta'lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini rivojlantirishga qaratilgan e'tibor bo'ldi, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va Maktab ta'limini rivojlantirish umummilliy dasturi doirasida amalga oshirilgan ishlar bo'ldi.

E'tibor bering, birgina 2011-2016 yillarning o'zida Dehqonobod maktablarida qariyb 20 milliard so'mlik qurilish-ta'mirlash ishlari amalga oshirildi. Mustaqillik yillarida 79 ta maktab yangidan qurildi va rekonstruksiya qilindi. Zamonaviy uslubda barpo etilgan     8 ta kollej, bitta kollej filiali yoshlar ixtiyorida. Joriy yilda yana bitta filial qurilishi davom etmoqda. Tuman markazida qad rostlab turgan bolalar musiqa va san'at maktabida 250 o'rinli konsert zali, royal, fortepyano deysizmi, eng noyob musiqa asboblarigacha bor.
Joriy yilda hudud yoshlari uchun mo'ljallangan yana bir koshona qurildi. Tuman markaziy stadioni rekonstruksiya qilinib, uning yonida 1-bolalar va o'smirlar sport maktabi bunyod etildi. Qariyb 2 milliard 600 million so'm mablag' evaziga qurib bitkazilgan bu maktabda 478 nafar o'g'il qiz sportning voleybol, milliy kurash, stol tennisi, badiiy gimnastika, futbol, dzyudo kabi turlari bilan shug'ullanmoqda.
- O'quvchilarimizning ishtiyoqi juda baland, - deydi futbol bo'yicha murabbiy Xolmirza Boymirzaev. – Futbol sirlarini ancha tez o'zlashtirishmoqda. Nasib etsa, kelgusi yildan viloyat birinchiligi bahslarida ishtirok etish va sovrindorlar qatoridan o'rin egallash niyatidamiz.
Shuni ham aytib o'tish kerakki, tumanda istiqlol yillarida 106 ta qishloqdan 84 tasidagi mavjud bolalar sport maydonchasi sifatli ta'mirlandi, ko'plab sport zallari, sport majmualari bunyod etildi. Tuman markazida 3 ta sun'iy qoplamali mini futbol maydonchasi qurib bitkazildi. Bu yoshlarning jismonan sog'lom bo'lib voyaga etishida muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Salomatlik – oliy boylik

Tumanda sog'liqni saqlash, onalik va bolalikni himoya qilish, aholining tibbiy madaniyatini yuksaltirish yo'lida ham salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Quyidagi raqamlarning o'ziyoq bu ishlarning ko'lamini ko'rsatib beradi: istiqlolning dastlabki yillarida 280 o'rinli tuman markaziy shifoxonasi qurib bitkazildi. Keyin 10 ta yangi qishloq vrachlik punkti barpo etildi, sakkiztasi rekonstruksiya qilindi. 2010 yilda  Dehqonobod shaharchasida 150 qatnovga mo'ljallangan poliklinika faoliyati yo'lga qo'yildi. 2012 yilda esa tuman tibbiyot birlashmasining barcha bo'limlari binolari rekonstruksiya qilindi, yangi ko'p tarmoqli markaziy  poliklinika, yuqumli kasalliklar bo'limi bunyod etildi. Buning uchun 4,6 milliard so'mdan ortiq mablag' sarflandi. OITSga qarshi kurash markazi yangi binoga ega bo'ldi. Sog'liqni saqlash muassasalari 1 milliard so'mlikdan ziyod zarur zamonaviy tibbiy uskunalar bilan ta'minlandi...

-Sog'lom ona va bola yili munosabati bilan aholi sog'lig'ini yanada mustahkamlash yo'lida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda, - deydi tuman tibbiyot birlashmasi rahbari Abdumalik Egamshukurov. – Jumladan, joriy yilning o'tgan davrida 28 ming nafarga yaqin maktab va kollejlar o'quvchilari chuqurlashtirilgan tibbiy ko'rikdan o'tkazildi. Tekshiruv natijalariga ko'ra aniqlangan kasalliklar bo'yicha sog'lomlashtirish ishlari olib borildi. Bu kabi ishlarni izchil davom ettirishni o'zimizning birinchi galdagi vazifamiz deb hisoblaymiz. Maqsadimiz – tumanimiz odamlarini     doimo sog'lom, shod-xurram ko'rish.

Ishlashni bilgan dam olishni ham bilishi kyerak

Bu gapni ko'p eshitganmiz. Ammo bir mahallar Dehqonobodda buning sirayam imkoni yo'q edi. To'g'ri, bor edi. Masalan, ayni ko'klam chog'ida adirlar dam olish ob'ekti vazifasini bajarardi. Bugun bu erda biri biridan chiroyli imoratlar, to'yxonayu choyxonalar ko'payib bormoqda.
Tuman markazidan 40 kilometr uzoqlikdagi Oqirtma qishlog'ida esa maftunkor bir go'sha paydo bo'lgan. Eski bino 800 million so'mdan ortiq mablag' evaziga rekonstruksiya qilinib, Oqirtma madaniyat va aholi dam olish markaziga aylantirilgan. 150 o'rinli konsert zalida yaqinda mamlakatimizning mashhur san'atkorlari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Yig'ilganlar san'atkorlar bilan miriqib suhbat qilishdi. Dam olish deb buni aytadilar-da.


Markazda bolajonlar uchun folklor, raqs, rubob, tikuvchilik, ashula to'garaklari ishlab turibdi. Go'zallik saloni aholi xizmatida. Bu markaz Dehqonobod tumani aholisining hayoti farovonlashib borayotganiga yana bir misol.
- To'g'ri, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholining turmushini yaxshilash borasida ko'plab ezgu va xayrli ishlar amalga oshirildi, - deydi tuman hokimi Abdishukur Omonov. – Lekin bu bilan to'xtab qolmasligimiz kerak. Shu bois ichimlik suv ta'minotini yaxshilash maqsadida manbalar izlab topishga alohida e'tibor qaratganmiz. Ichki yo'llarni ta'mirlash choralarini ko'rayapmiz. Tumanda ko'kalamzorlashtirish ishlarini tubdan yaxshilash maqsadida mavjud suv omborini kengaytirish borasida jiddiy bosh qotirayapmiz. Bu ishlar tumanning yanada rivojlanishi uchun muhim ahamiyat kasb etishi, shubhasiz.
Bir so'z bilan aytganda, Dehqonobodda o'tgan 25 yil ichida yurtimizdagi islohotlar samarasi o'laroq avval xayolga ham kelmagan olamshumul ishlar bo'ldi. Dehqonobodliklar bu yutuqlarni bardavom qilish, yangi marralarni zabt etish ishqi bilan yashamoqda.



Page 1 of 3

Manzilimiz


Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mustaqillik Maydoni,1
Pochta indeksi:180100
Telefon
: 0(375)221-12-88, 0(375)221-03-81
Faks
: 0(375)221-13-40
Veb-sayt
http://www.qashqadaryo.uz
Elektron pochta
Yaqin jamoat transport to`xtash joylari 
Milliy bank va Mustaqillik Maydoni bekati
Avtomashrut
1,4,5,7,10,18,20,22,23,27,
37,44,462,11,21,37,33

Hozir saytimizda

Bizning saytimizda 127 mehmonlar va ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar 0

Bosh sahifa

Qabul kunlari

A- A A+

Rahbariyatga murojaat etish

Rahbariyatga murojaat etish

Viloyat hokimligining umumiy bo'limiga murojjat etish (Yangi oynada ochiladi)

Mobil versiya

Mobil versiyaga o'tish

Bog'lanish

Ishonch telefon raqami 
0(371) 200-55-05 
Ishonch telefon raqami reglament
Yagona telefon raqami
0(375) 221-07-60 
Yagona telefon raqami reglamenti

Batafsil>>>

Biz bilan bog'lanish

Sahifa adressi

Maxsus imkoniyatlar

K'orinish

Pastda o'zingizga kerakli parametrni tanlasng
Blue Green Red Radian
Select menu
Google Font
Body Font-size
Body Font-family