Welcome to Qashqadaryo viloyat hokimiyati   Click to listen highlighted text! Welcome to Qashqadaryo viloyat hokimiyati Powered By GSpeech

wrapper

Maxsus imkoniyatlar
Items filtered by date: May 2016 - Qashqadaryo viloyat hokimiyati

O'zbekiston    Respublikasi    Vazirlar    Mahkamasining    2015    yil 3 iyundagi “O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi huzuridagi Bolalar sportini rivojlantirish jamg'armasi byudjetini hamda 2015 yilda bolalar sporti ob'ektlari, bolalar musiqa va san'at maktablarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta'mirlashning manzilli dasturlarini tasdiqlash to'g'risida”gi 147-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida 2015 yilda Bolalar sportini rivojlantirish jamg'armasining mablag'lari hisobidan Chiroqchi tumanidagi 1-sonli Bolalar va o'smirlar sport maktabi uchun zamonaviy me'moriy echimga ega bo'lgan 2-TIP sport majmuasi qurib foydalanishga topshirildi.
Sport majmuasi 18x42 m o'lchamdagi sport zal, futbol maydoni, 960 o'rinli tribuna va sport maydonlarini o'z ichiga oladi. Mazkur sport inshooti zarur sport jihozlari bilan ta'minlandi.
2016 yil 22 may kuni mazkur inshootda Viloyatda o'quvchi yoshlarni sportga jalb etish va uning samaradorligini oshirish maqsadida o'quv-amaliy seminari hamda mahalla fuqarolar yig'inlarining diniy ma'rifat va ma'naviy axloqiy tarbiya masalalari bo'yicha maslahatchilari o'rtasida “Gimnastrada hamma uchun” sport musobaqasining viloyat bosqichi bo'lib o'tdi.
Tadbirda viloyat hokimi Z.Ruziev hamda viloyat hokimligining mas'ul hodimlari, Chiroqchi tumanidagi keksa faxriylar, murabbiylar, sportchilar ishtirok etishdi.


 

 

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 25 iyundagi “2013-2018 yillarda zamonaviy madaniyat va aholi dam olish markazlarini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi 178-sonli qarori bilan tasdiqlangan Dastur doirasida 11 ta (Qamashi, Nishon va Kasbi tumanlarida 2 tadan, Qarshi, Muborak, Yakkabog', Kitob va Chiroqchi tumanlarida 1 tadan) madaniyat va aholi dam olish markazlari fodalanishga topshirilib, aholining mazmunli dam olishi uchun shart-sharoitlar yaratilmoqda.
Hudud aholisini, ayniqsa yoshlarning madaniy ma'rifiy ehtiyojini qondirish, bo'sh vaqtlarini samarali va mazmunli o'tkazish, ajdodlarimizdan meros bo'lib kelayotgan milliy urf-odatlar, an'analarga hurmat tuyg'ularini shakllantirishga xizmat qiladigan madaniyat va aholi dam olish markazlaridan yana biri kuni kecha Chiroqchi tumanida ham fodalanishga topshirildi. Markazning tantanali ochilishida viloyat hokimi Z.Sh.Ro'ziev ishtirok etdi.
2016  yilning 1 sentyabrigacha Respublikamiz Mustaqiligining
25 yilligiga to'yona sifatida yana 10 ta (Qarshi, Nishon, Yakkabog', Koson, G'uzor, va Dehqonobod tumanlarida 1 tadan, Shahrisabz va Mirishkor tumanlarida 2 tadan)  madaniyat va aholi dam olish markazlari foydalanishga topshiriladi.


O'zbekiston    Respublikasi    Vazirlar    Mahkamasining    2015    yil 3 iyundagi “O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi huzuridagi Bolalar sportini rivojlantirish jamg'armasi byudjetini hamda 2015 yilda bolalar sporti ob'ektlari, bolalar musiqa va san'at maktablarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta'mirlashning manzilli dasturlarini tasdiqlash to'g'risida”gi 147-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida 2015 yilda Bolalar sportini rivojlantirish jamg'armasining mablag'lari hisobidan Shahrisabz tumanidagi Bolalar va o'smirlar sport maktabi uchun zamonaviy me'moriy echimga ega bo'lgan 11x25m va 6x12m o'lchamdagi yopiq suzish havzasi hamda 18x42 m o'lchamdagi sport zal qurib foydalanishga topshirildi va sport jihozlari bilan ta'minlandi.
Sport inshootlari “Yakkabog' qo'rg'oni” KIK quruvchilari tomonidan zamonaviy arxitektura loyihalari asosida barpo etildi.
O'quvchilarning butun yil davomida sovuq ob-havo sharoitida ham suzish havzasidan foydalanishlari uchun sharoit yaratish maqsadida zamonaviy suvni isitish va suvni filtrlash tizimlari o'rnatildi. Kiyinish, yuvinish xonalarida o'quvchilar uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.
Suzish havzasida sportning suv sporti bo'yicha bir kunda 120 nafar o'quvchi shug'ullanishi mumkin.
Mazkur suzish havzasining tantanali foydalanishga topshirish marosimi 2016 yil 22 may kuni bo'lib o'tdi. Ushbu tadbirda viloyat hokimi Z.Ruziev hamda viloyat hokimligining mas'ul hodimlari, Shahrisabz tumanidagi keksa faxriylar, murabbiylar, sportchilar ishtirok etishdi.

 

2016 yil 18 may kuni Qarshi shahridagi “SARBON” mehmonxonasi majlislar zalida viloyat OIV infeksiyasi, sil va bezgak tarqalishiga qarshi kurashish komissiyasi a'zolari ishtirokida 2016 yil yanvar-aprel oylarida viloyatda OIV infeksiyasi, sil va bezgak tarqalishiga qarshi kurashish borasida o'tkazilgan chora-tadbirlar holati muhokama etildi.
Shuningdek, yig'ilishda Respublika Tashkilotlararo Ekspert Kengashi Kotibiyatining Monitoring va Baholash doimiy guruhi a'zolari ham ishtirok etishdi.
Viloyatda OIV infeksiyasining tarqalishini oldini olish borasida 2016 yilning o'tgan 4 oyi davomida Davlat va nodavlat tashkilotlari bilan keng ko'lamdagi tadbirlar amalga oshirildi.
Viloyatdagi shahar tumanlarda Global jamg'arma loyixasi asosida
9 ta  IShONCh xonalar faoliyat ko'rsatayotgan bo'lib, aholi orasida ayniqsa moyil guruxlar orasida OIV infeksiyasining oldini olish bo'yicha qo'llab-quvvatlash va xizmat sifati yaxshilandi. OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish maqsadida Global jamg'arma tomonidan “Ishonch xonalar”, “Do'stona xona”lar uchun, himoya vositalari, bir martalik shprislar, dori-darmonlar  bilan uzluksiz ta'minlanmoqda.
 2016 yilning o'tgan 4 oyi davomida 13476 nafar mehnat migrantlari va 31192 nafar homilador ayollar OIV infeksiyasiga tekshirilgan.
O'zbekiston Respublikasining “Odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallik (OIV infeksiyasi) tarqalishiga qarshi kurashish to'g'risida”gi Qonunini hayotga tadbiq etish, aholining turli qatlamlari orasida OIV infeksiyasi profilaktikasi bo'yicha keng ko'lamda tadbirlarni o'tkazish, aholi va yoshlar o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish, OIV/OITS va shu kabi kasalliklarni tarqalishini oldini olish maqsadida Qarshi shaxridagi Oliy o'quv yurtlari kollej va liseylarda (15 ta kollejda, 5 ta liseyda va 3 ta oliy o'quv yurtlarida jami ishtirokchilar soni 5571 nafar) tadbirlar o'tkazilib, yoshlarga OITS kasalligi va uning oqibatlari, “Giyoxvandlik umr zavoli” mavzularida tushunchalar berildi.
 Viloyat aholisining turli qatlamlari orasida viloyat OITSga qarshi kurash markazi mutaxassislari tomonidan OIV infeksiyasi profilaktikasi bo'yicha 245 ta ma'ruza, 635 ta suxbatlar o'tkazildi.   

Page 1 of 3

Manzilimiz


Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mustaqillik Maydoni,1
Pochta indeksi:180100
Telefon
: 0(375)221-12-88, 0(375)221-03-81
Faks
: 0(375)221-13-40
Veb-sayt
http://www.qashqadaryo.uz
Elektron pochta
Yaqin jamoat transport to`xtash joylari 
Milliy bank va Mustaqillik Maydoni bekati
Avtomashrut
1,4,5,7,10,18,20,22,23,27,
37,44,462,11,21,37,33

Hozir saytimizda

Bizning saytimizda 125 mehmonlar va ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar 0

Bosh sahifa

Qabul kunlari

A- A A+

Rahbariyatga murojaat etish

Rahbariyatga murojaat etish

Viloyat hokimligining umumiy bo'limiga murojjat etish (Yangi oynada ochiladi)

Mobil versiya

Mobil versiyaga o'tish

Bog'lanish

Ishonch telefon raqami 
0(371) 200-55-05 
Ishonch telefon raqami reglament
Yagona telefon raqami
0(375) 221-07-60 
Yagona telefon raqami reglamenti

Batafsil>>>

Biz bilan bog'lanish

Sahifa adressi

Maxsus imkoniyatlar

K'orinish

Pastda o'zingizga kerakli parametrni tanlasng
Blue Green Red Radian
Select menu
Google Font
Body Font-size
Body Font-family
Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech