wrapper

Maxsus imkoniyatlar
Items filtered by date: Dekabr 2016 - Qashqadaryo viloyat hokimiyati
shanba, 24 Dekabr 2016 00:00

Xalq bilan muloqot

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar inson manfaatlari, uning ezgu orzulari ro'yobiga, huquq va erkinliklari, tinch-osoyishta, baxtli va farovon hayot kechirishini ta'minlashga xizmat qilmoqda. Xalqimiz o'z oldiga qo'ygan buyuk va ezgu maqsadlar sari dadil qadam tashlab, yuksak azmu shijoat, olijanob fazilatlari bilan baland dovonlarni zabt etayapti. Bu, albatta, katta mehnat va matonatning samarasidir. Zero, mamlakatimiz jadal sur'atlar bilan taraqqiy etayotgani, fuqarolarimiz turmush darajasi yuksalib borayotgani ana shundan dalolat beradi.

Dushanba, 19 Dekabr 2016 00:00

Korxona faoliyat turi kyengaymoqda

Ishlab chiqarishni modernizasiya qilish va diversifikasiyalash bozor iqtisodiyotining muhim talabidir. Binobarin, mavjud quvvatlarni yangilash, jarayonga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, faoliyat turini kengaytirish sohada muvaffaqiyatga erishishni ta'minlaydi.
Eng muhimi, bugun o'z ishida ushbu jihatlarga asosiy e'tibor qaratayotgan tadbirkorlar yurtimizda ko'plab uchraydi. Ular tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulot yoki ko'rsatilayotgan xizmatlar iste'mol bozorida raqobatbardoshligi va xaridorgirligi  bilan ajralib turgani shundan.
Qarshi shahridagi “Photo YExpress” xususiy ishlab chiqarish korxonasi asosan poligrafiya xizmati ko'rsatishga ixtisoslashgan. Hozirgi vaqtda ushbu tadbirkorlik sub'ekti tomonidan deyarli barcha turdagi noshirlik mahsulotlari tayyorlanmoqda.
- Ishlab chiqarishning sifat ko'rsatkichlarini yaxshilash doimiy diqqat markazimizda, - deydi korxona rahbari Zafar Turdialiev. – Yaqinda korxonamizga Germaniyada ishlab chiqarilgan 2 ta raqamli uskuna olib keldik. Natijada turli o'lchamdagi suratlar bosish, albom tayyorlashda ishimiz yangi darajaga ko'tarildi, imkoniyatimiz yanada oshdi. Daromadimiz hisobidan  faoliyatimiz qamrovini kengaytirishga harakat qilayapmiz. Biroz avval muhim bir istiqbolli loyihani amalga oshirganimiz buning isbotidir. Qariyb 900 million so'm mablag' evaziga Xitoydan keltirilgan zamonaviy uskunalar asosida karton quti ishlab chiqarishni yo'lga qo'ydik. Loyihamiz muvaffaqiyatli ro'yobga chiqqach, 10 nafarga yaqin kishini ish bilan ta'minladik.
Tadbirkorning so'zlariga ko'ra, sexda ishlab chiqarish jarayonlarining asosiy qismi kompyuterlashtirilgan dastur asosida amalga oshiriladi. Shuningdek, mavjud texnologiyalar karton yuzasiga surat yoki yozuv bosish imkonini beradi. Viloyatimizdagi tadbirkorlik sub'ektlari ushbu mahsulotlarning asosiy xaridori sanaladi.

Bir qancha zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini zarur infratuzilmaga ega yagona hududda jamlash yuksak iqtisodiy samara berishi jahon tajribasida o'z isbotini topgan. Bu erda yaratilajak sharoit va qulayliklar korxonalar faoliyatining jadal rivojiga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir. Yurtimizda ham bu borada yuqori amaliy natijalarga erishilmoqda. Ayniqsa, foydalanilmayotgan hamda qurilishi tugallanmagan davlat mulki ob'ektlari, bo'sh er uchastkalari negizida kichik sanoat zonalari barpo etilishi raqobatdosh mahsulot ishlab chiqarish  va xizmat ko'rsatish ko'lamining oshishi, yangi ish o'rinlari yaratilishida muhim omil bo'layapti.
O'tgan davrda viloyatimizning 3 ta hududi - Qarshi shahri, Shahrisabz va Nishon tumanlaridagi jami 6,8 gektar bo'sh turgan er maydonlarida ana shunday sanoat zonalari tashkil etildi. Mazkur hududlarda qariyb 30 ga yaqin ishlab chiqarish sub'ekti tanlov asosida joylashtirildi. Ular allaqachon ichki bozorga turli xalq iste'moli tovarlari etkazib berishga kirishgan. Bu keng miqyosli ishlar O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 3 iyuldagi "Davlat mulki ob'ektlarini kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlariga sotish borasidagi qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi va Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 15 iyuldagi "Zarar ko'rib ishlayotgan, iqtisodiy nochor va past rentabelli tashkilotlarning foydalanilmayotgan hududlarini hamda ortiqcha ishlab chiqarish maydonlarini yanada maqbullashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarorlari ijrosi doirasida amalga oshirilmoqda.
- Qarshi shahridagi sobiq "Keramzit" zavodining bo'sh er maydonida barpo qilingan kichik sanoat zonasida 12 ta tadbirkorlik sub'ekti faoliyat ko'rsatmoqda, - deydi Qarshi shahar hokimligi huzuridagi kichik sanoat zonasini boshqarish yagona direksiyasi rahbari Sanjar Ergashev. - Ularni bir hududda jamlash korxonalarni tabiiy gaz, elektr energiyasi, suv, kanalizasiya tarmoqlariga ulash imkoniyatini osonlashtiradi. Albatta, bu tadbirkorlarga ma'qul keldi. Tashqi muhandislik kommunikasiya tarmoqlarini qurish ishlari to'liq mahalliy davlat hokimiyati va tegishli idoralarning byudjeti hisobidan bajarildi. Asosiysi, sanoat zonasi hududidagi ishlab chiqarish maydonlari tadbirkorlik sub'ektlariga davlat ko'chmas mulkidan foydalanganlik uchun eng kam ijara to'lovi stavkasi bo'yicha, ijaraga olingan maydonda amalga oshiriladigan faoliyat turidan kelib chiqqan holda, tegishli koeffisientlarni qo'llamasdan uzoq muddatli ijaraga berildi.
Ta'kidlash joiz, qisqa vaqt ichida ushbu hududda ishbilarmonlar tomonidan yangi sanoat korxonalari barpo etilib, bir qator istiqbolli loyihalar amalga oshirildi. Bugungi kunda aksariyat loyihalar bo'yicha temir-beton buyumlari, eshik-rom, metall konstruksiyalar, yo'lakbop plita kabi qurilish materiallari ishlab chiqarish yo'lga qo'yilgan. "Istiqlol yuksalish taraqqiyoti" oilaviy korxonasi ana shunday tashabbuskor tadbirkorlik sub'ektlaridan biridir.
- Loyihamizni ro'yobga chiqarish uchun qariyb 400 million so'm mablag' sarfladik, - deydi korxona rahbari Sanjar Qudratov. - Shuning 140 million so'mini tijorat banki krediti tashkil etdi. Ushbu mablag'ni asosan sex qurish va xomashyo sotib olishga yo'naltirdik. Hozirgi paytda korxonamizda 20 xildan ortiq metall konstruksiyalar, temir darvoza, alyumin profilli eshik va romlar tayyorlanmoqda. Quvonarlisi, yaqinda xilma-xil sport trenajyorlari, yuvinish kabinalari ishlab chiqarishni o'zlashtirdik. Ushbu mahsulotlarimiz import o'rnini bosa oladi. Bugungi kunda qurilish tashkilotlari va aholiga buyurtma asosida qurilish materiallari etkazib berayapmiz. Joriy yilning o'tgan davrida 1 milliard so'mlik mahsulotni realizasiya qildik. Faoliyatimiz mahsuldorligi oshishida kichik sanoat zonasida yaratilgan maqbul sharoitlar muhimlik kasb etdi, desam xato bo'lmaydi.
Bir so'z bilan aytganda, viloyatimizda tashkil etilgan kichik sanoat zonalari samarasi hudud iqtisodiyoti rivoji tezlashayotgani, aholi bandligi ta'minlanayotgani, iste'mol bozori sifatli mahsulotlar bilan to'layotganida yaqqol namoyon bo'lmoqda.

Suratda: "Istiqlol yuksalish taraqqiyoti" oilaviy korxonasi ustasi Hasan Xurramov.

Payshanba, 15 Dekabr 2016 00:00

Polvonlarimiz ikkinchi bo'lishdi

Avval xabar qilganimizdek, 9-12 dekabr kunlari “Geolog” madaniyat va sport-sog'lomlashtirish markazida 2002-2003 yillarda tug'ilgan o'smirlar o'rtasida Minkail Omariev xotirasiga bag'ishlangan an'anaviy xalqaro musobaqa bo'lib o'tdi.
Unda mamlakatimizning barcha viloyatlaridan kelgan polvonlar qatorida qo'shni davlatlardan ham sportchilar g'oliblik uchun bellashgani musobaqaning yanada qiziqarli o'tishini ta'minladi.
- Musobaqa juda ko'tarinki ruhda o'tdi, - deydi dzyudo bo'yicha viloyat terma jamoasi bosh murabbiyi Fozil Xolbozorov. – Buni har bir vazn uchun kechgan kurash murosasiz o'tganidan ham bilish mumkin. Yana shu narsaga amin bo'ldimki, yurtimizda yildan yilga mahoratli va iste'dodli yosh dzyudochilar safi kengayib bormoqda.
Xalqaro musobaqada  viloyatimiz vakillari ham munosib ishtirok etib, 2 ta oltin, 3 ta kumush va 2 ta bronza medalini qo'lga kiritdi.
Shu tariqa, umumjamoa hisobida birinchi pog'onadan Buxoro viloyati vakillari, ikkinchi pog'onadan viloyatimiz terma jamoasi o'rin egallagan bo'lsa, uchinchi o'rin Samarqand va Xorazm viloyati polvonlariga nasib etdi.

Page 1 of 3

Manzilimiz


Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mustaqillik Maydoni,1
Pochta indeksi:180100
Telefon
: 0(375)221-12-88, 0(375)221-03-81
Faks
: 0(375)221-13-40
Veb-sayt
http://www.qashqadaryo.uz
Elektron pochta
Yaqin jamoat transport to`xtash joylari 
Milliy bank va Mustaqillik Maydoni bekati
Avtomashrut
1,4,5,7,10,18,20,22,23,27,
37,44,462,11,21,37,33

Hozir saytimizda

Bizning saytimizda 62 mehmonlar va ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar 0

Bosh sahifa

Qabul kunlari

A- A A+

Rahbariyatga murojaat etish

Rahbariyatga murojaat etish

Viloyat hokimligining umumiy bo'limiga murojjat etish (Yangi oynada ochiladi)

Mobil versiya

Mobil versiyaga o'tish

Bog'lanish

Ishonch telefon raqami 
0(371) 200-55-05 
Ishonch telefon raqami reglament
Yagona telefon raqami
0(375) 221-07-60 
Yagona telefon raqami reglamenti

Batafsil>>>

Biz bilan bog'lanish

Sahifa adressi

Maxsus imkoniyatlar

K'orinish

Pastda o'zingizga kerakli parametrni tanlasng
Blue Green Red Radian
Select menu
Google Font
Body Font-size
Body Font-family