Welcome to Qashqadaryo viloyat hokimiyati   Click to listen highlighted text! Welcome to Qashqadaryo viloyat hokimiyati Powered By GSpeech

wrapper

Maxsus imkoniyatlar
Items filtered by date: Oktyaber 2016 - Qashqadaryo viloyat hokimiyati
Payshanba, 27 Oktyaber 2016 00:00

Faollik va mas'uliyat

Qarshi san'at kollejida “O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o'tkazuvchi uchastka saylov komissiyalari faoliyatini samarali tashkil etish masalalari” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.
Unda 13-Qashqadaryo okrug saylov komissiyasi a'zolari va ekspertlari, viloyat adliya, favqulodda vaziyatlar va ichki ishlar boshqarmalari, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti Qashqadaryo hududiy bo'linmasi mas'ul xodimlari, shahar va tuman hokimliklari tashkiliy-nazorat guruhi rahbarlari, uchastka saylov komissiyalari rais va kotiblari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Ma'lumki, viloyatda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o'tkazuvchi 884 ta saylov uchastkasi tuzilib, ularning 7488 nafardan iborat shaxsiy tarkibi tasdiqlandi. Binobarin, saylovga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazishda uchastka saylov komissiyalarining o'rni muhim. Qonunchiligimizga ko'ra, uchastka saylov komissiyasi okrug saylov komissiyasi tomonidan saylovga kamida qirq kun qolganda 5-19 nafar a'zodan, shu jumladan, rais, rais o'rinbosari va kotibdan iborat tarkibda tuziladi.
Uchastka saylov komissiyasi uchastka bo'yicha saylovchilar ro'yxatini tuzadi, saylovchilarni mazkur ro'yxat bilan tanishtiradi, saylov o'tkaziladigan kun va ovoz beriladigan joy haqida aholini xabardor qiladi, binoni ovoz berish jarayonlari uchun tayyorlab qo'yadi. Saylov kuni o'z yashash joyida bo'lish va ovoz berishda qatnashish imkoniyati bo'lmagan saylovchilarning muddatdan oldin ovoz berishini tashkil etadi. Shu bilan birga, uchastka saylov komissiyasi ovozlarni sanab chiqadi, saylovga tayyorgarlik ko'rish hamda ovoz berishni uyushtirish masalalariga doir ariza va shikoyatlarni ko'rib chiqib, ular yuzasidan qarorlar qabul qiladi.
Seminarda ana shu masalalar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirilib, uchastka saylov komissiyalari a'zolariga zarur tavsiyalar berildi.
Tadbirda, shuningdek, “O'zbekistonda yaratilgan milliy saylov tizimining huquqiy asoslari”, “Saylov jarayonlarida fuqarolik jamiyati institutlarining ishtiroki”, “Saylovlarning ochiqligi va oshkoraligini ta'minlashda OAVning roli”, “Saylov uchastkalaridagi tibbiyot, ona va bola xonalarining jihozlanishi va ular faoliyatini yo'lga qo'yish”, “Saylov uchastkalarida xavfsizlik choralarini ta'minlash”, “Sodir bo'lishi mumkin bo'lgan tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarda saylov uchastkalarida harakatlanish” kabi mavzularda ma'ruzalar tinglandi.
So'ng seminar ishtirokchilari Qarshi shahridagi 18-uchastka saylov komissiyasi faoliyati bilan yaqindan tanishishdi. Ovoz berish kabinalari, stasionar va ko'chma saylov qutilari, ona va bola, tibbiyot xonalarining jihozlanishi, saylovchilar va kuzatuvchilar uchun yaratilishi kerak bo'lgan sharoitlar xususida zarur ma'lumotlarga ega bo'lishdi.

Payshanba, 27 Oktyaber 2016 00:00

Mening ovozim – vatanim kelajagi

Ma'lumki, joriy yilning 4 dekabrida mamlakatimiz hayotidagi muhim siyosiy jarayon – O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo'lib o'tadi. Viloyatimizdan ro'yxatga olingan 1 million 984 ming 42 nafar saylovchining 55 ming nafardan ziyodi birinchi marta saylovda qatnashadigan yoshlar ekanini inobatga oladigan bo'lsak, mazkur jarayonda yoshlarning huquqiy madaniyati va savodxonligini yuksaltirish muhim ahamiyatga ega.
Shu maqsadda viloyat Yoshlar markazida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o'tkazuvchi 13-Qashqadaryo okrug saylov  komissiyasi, “Kamolot” YoIH viloyat Kengashi hamkorligida “Mening ovozim – Vatanim kelajagi” aksiyasi doirasida “Yoshlarning saylov jarayonlarida faol ishtiroki - jamiyat demokratlashuvining muhim omili” mavzusida uchrashuv tashkil etildi.
Tadbirda yoshlarning mamlakat miqyosidagi siyosiy jarayonlarga mustaqil va ongli munosabatini shakllantirish, yosh saylovchilar, ayniqsa, birinchi marta saylovda qatnashadigan yoshlarning huquqiy savodxonligi, faol fuqarolik pozisiyasini yuksaltirish, ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga daxldorlik hissini oshirish masalalariga asosiy e'tibor qaratildi. Mazkur jarayonda yoshlarning faolligini yanada oshirish maqsadida oliy va o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari talabalari va o'quvchilari o'rtasida insho va referatlar tanlovlari o'tkazilishi belgilandi.
- Bugun dunyoda millionlab  tengdoshlarimiz o'qish, bilim olish imkoniyatidan mahrum bo'lib turgan bir paytda yurtimiz yoshlari mamlakat hayotidagi muhim  siyosiy voqelikda ishtirok etishi har birimizni yanada faol va mas'uliyatli bo'lishga undaydi, - deydi Qarshi pedagogika kolleji o'quvchisi Shalola Normo'minova. - Bugungi uchrashuvda saylov tizimi, saylovga oid qonunlarga kiritilgan o'zgartirish va qo'shimchalar xususida zarur ma'lumotlarga ega bo'ldik.
Tadbirda yoshlarni qiziqtirgan barcha savollarga atroflicha javob qaytarildi.

Payshanba, 27 Oktyaber 2016 00:00

Mahalliy xomashyo, eksportbop yangi mahsulot

Ma'lumki, engil sanoat viloyatimiz iqtisodiyotining etakchi tarmoqlaridan biri sanaladi. Hududda ishlab chiqariladigan nooziq-ovqat mahsulotlarining asosiy ulushi mazkur soha hissasiga to'g'ri keladi. Bugun ushbu tarmoqni rivojlantirish, mavjud quvvatlarni modernizasiya qilishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Sohada zamonaviy texnologiyalarning bosqichma-bosqich o'zlashtirilayotgani natijasida mahsuldorlik ortayapti.
Raqamlarga murojaat etadigan bo'lsak, joriy yilning to'qqiz oyida viloyatda faoliyat yuritayotgan engil sanoat korxonalari tomonidan 963 milliard so'mlikdan ziyod mahsulot realizasiya qilingan. 2015 yilning mos davriga nisbatan o'sish 17,6 foizni tashkil etgan. Jumladan, tegishli davrda hududda 4,5 ming tonna kalava ip, 350 tonna polotno, 637 ming kvadrat metr ip gazlama, 995 ming dona trikotaj buyum va 88 ming dona tikuvchilik mahsuloti ishlab chiqarilgan. Ularning asosiy qismi eksportga yo'naltirilgani ahamiyatlidir. Ishlab chiqarishni diversifikasiyalash hisobiga samaradorlikni yanada oshirish galdagi vazifa hisoblanadi.
Qarshi shahridagi "Sanam" mas'uliyati cheklangan jamiyati bir necha yildan buyon engil sanoatning tikuvchilik yo'nalishida samarali ish olib bormoqda. 2016 yilning o'tgan davrida korxona tomonidan ichki va tashqi bozorlarga 1 milliard 675 million so'mlik 50 xilga yaqin mahsulot yo'naltirildi. E'tiborlisi, yaqinda mazkur tadbirkorlik sub'ektida istiqbolli loyiha ro'yobga chiqarilishi evaziga mahsulot turi ko'paydi. Gap shundaki, korxonada mahalliy xomashyo - jinsi matosidan turli kiyim-kechaklar tikish tashkil etildi.
- Ushbu yarim tayyor mahsulot avvallari chetdan valyuta evaziga keltirilgan bo'lsa, endilikda mazkur mato Qoraqalpog'iston Respublikasida faoliyat boshlagan qo'shma korxona tomonidan o'zimizda etishtirilgan paxtadan tayyorlanayapti, - deydi korxona rahbari Faxriddin Erkaev. - Turgan gapki, ishlab chiqarishga mahalliy xomashyoning jalb etilishi mahsulot tannarxini bir qadar arzonlashtirish imkonini beradi. Loyiha doirasida 10 dan ortiq yangi tikuv dastgohi   sotib oldik. Buning uchun 40 million so'm mablag' sarflandi. Yangi mahsulotni hozircha ichki    bozorga yo'naltirayapmiz.
Ta'kidlash joiz, ushbu tadbirkorlik sub'ekti mahsulotlari jahonda ham o'z xaridorlarini topmoqda. Biroz avval Rossiya poytaxti Moskvada bo'lib o'tgan tekstil va engil sanoat tovarlari hamda uskunalari yarmarkasi yakunlari ham shundan dalolat bermoqda. Mazkur korxona vakillari  o'z mahsulotlari bilan yarmarkada muvaffaqiyatli ishtirok etib, chet ellik hamkorlar bilan umumiy qiymati 200 ming dollarlik mahsulot sotish bo'yicha shartnomalar tuzib qaytishdi. Xorijlik ishbilarmonlar mazkur korxona tomonidan ishlab chiqarilayotgan bir necha turdagi kiyim-kechak, ko'rpa-yostiq, erkaklar ko'ylagi kabi tayyor mahsulotlarni xarid qilish istagini bildirgan.
Yana bir e'tiborli jihati, ikki tomonlama muzokaralar samarasida yaqinda Moskva shahrida "Sanam" MChJning "Sanamteks" savdo uyi  faoliyati yo'lga qo'yildi. Bu esa Rossiya ichki bozori talablarini yaxshiroq o'rganish, potensial xaridorlar bilan bevosita hamkorlik aloqalarini jadal rivojlantirish, shu asosda eksport ko'lami va geografiyasini yanada kengaytirishga sharoit hozirlaydi.

Payshanba, 27 Oktyaber 2016 00:00

Yerdan unumli foydalanish - dolzarb vazifa

Viloyat hokimligida erdan unumli foydalanish, aholining qishloq xo'jaligi mahsulotlariga bo'lgan talabini qondirish, iqlim sharoitidan kelib chiqqan holda ertachi hosilga kiradigan, eksportbop mahsulot olinadigan sabzavot ekinlarini ekish sur'atini oshirish masalalariga bag'ishlangan yig'ilish bo'lib o'tdi.
Uni viloyat hokimi Zafar Ro'ziev boshqarib bordi.
Selektor tarzida o'tkazilgan yig'ilishda tuman va shahar hokimliklari, bank-moliya tizimi, agrar soha vakillari ishtirok etdi.

Page 1 of 5

Manzilimiz


Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mustaqillik Maydoni,1
Pochta indeksi:180100
Telefon
: 0(375)221-12-88, 0(375)221-03-81
Faks
: 0(375)221-13-40
Veb-sayt
http://www.qashqadaryo.uz
Elektron pochta
Yaqin jamoat transport to`xtash joylari 
Milliy bank va Mustaqillik Maydoni bekati
Avtomashrut
1,4,5,7,10,18,20,22,23,27,
37,44,462,11,21,37,33

Hozir saytimizda

Bizning saytimizda 686 mehmonlar va ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar 0

Bosh sahifa

Qabul kunlari

A- A A+

Rahbariyatga murojaat etish

Rahbariyatga murojaat etish

Viloyat hokimligining umumiy bo'limiga murojjat etish (Yangi oynada ochiladi)

Mobil versiya

Mobil versiyaga o'tish

Bog'lanish

Ishonch telefon raqami 
0(371) 200-55-05 
Ishonch telefon raqami reglament
Yagona telefon raqami
0(375) 221-07-60 
Yagona telefon raqami reglamenti

Batafsil>>>

Biz bilan bog'lanish

Sahifa adressi

Maxsus imkoniyatlar

K'orinish

Pastda o'zingizga kerakli parametrni tanlasng
Blue Green Red Radian
Select menu
Google Font
Body Font-size
Body Font-family
Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech