wrapper

Turizm

Turizm (14)

BIROR KIShIDAN TA'MA YoKI HADYa OLMADIM

Sulton Mir Haydar ota:
Topganlarimni elga, etim-esirga berdim, ilm yo'liga sarf ayladim..."
Ma'lumki, ayni paytda viloyatimizda 1 ming 321 ta madaniy meros ob'ekti bor. Kasbi tumani Kasbi qishlog'idagi Sulton Mir Haydar yodgorlik majmuasi ana shunday qadimiy maskanlardan biri.
Majmuada Sulton Mir Haydar hamda Said Mir Mo'min Samarqandiy maqbarasi, chillaxona, ayvon, minora, qishki va yozgi masjidlar hamda 2 ta sardoba bor. Bu erdagi Temuriylar davriga xos, mohir sangtaroshlar tomonidan ishlov berilgan va mashhur xattotlarning jimjimador yozuvlari chekilgan, bo'yi 1 metr, eni 89 santimetr, sandiqqa o'xshash kulrang marmar qabrtoshi mutaxassislarni qiziqtirib kelgan. Qabrtoshning qimmatli ekanidan ushbu qabrning nufuzli odamga tegishli ekanini bilish qiyinmas. Asrlar davomida xoki-poyi ziyorat qilinib kelinayotgan zot, ulug' avliyo Sulton Mir Haydar ota bo'lib, asl ismi Xoja Shamsiddin ibn Shayx Jamoliddindir.
Haqiqat ilmini aytguvchi
Akmal Saidovning "Amir Temur va Sulton Mirhaydar ota" risolasida yozilishicha, Sulton Mirhaydar otaga atab tarixda uchta qabrtosh qo'yilgan ekan.
Birinchi qabrtoshni Amir Temur qo'ydirgan. Me'moriy majmuaning shimol tarafdagi qabr toshiga Qur'oni karimdagi “Oli Imron” surasining    18-oyati va quyidagi ta'riflar hamda shajara arab tilida bayon etilgan. Uning tarjimasi quyidagicha:
 "Bu qabr ulug', faxrli imom, shayx, Allohga ibodat qiluvchi, va'z mulkining sultoni, nozik ilmlarni echuvchi, haqiqat ilmini aytuvchi, notiq, ulug' zot, fiqh ilmining olimi, insonlarni hidoyatga boshlovchi, o'ta taqvodor, ahli sunna val-jamoa imomlaridan, dunyoga mashhur olim, shayxlar qutbi, avliyolar faxri, ulug' hoji, er yuzidagi eng saodatmand insonlardan biriga mansub. Payg'ambarimiz (s.a.v.)ning qizlari Bibi Fotima va kuyovlari Hazrat Ali (r.a.) avlodidan bo'lgan Sulton Mir Haydarning shajaralari quyidagicha: Amir Shamsiddin Haydar amirul kabirul karim ibn Jamoliddin ibn Shamsiddin amirul-kabir Haydar al-Husayn Nasafiy ibn amir Ahmad ibn Said amir Husayn ibn amir Abdulloh ibn amir Ja'far ibn Ibrohim Murtazo ibn amir Muso al-Qozim ibn amir Imom Ja'far Sodiq ibn Imom Boqir Imom Zaynul Obid Imom Husayn Hazrati Ali Murtazo raziallohu taolo (ramazon oyi, sana 766 hijriy)".
Qabr toshidagi bitiklarning o'ziyoq Amir Temur Sulton Mirhaydar otaga nisbatan qanday munosabatda bo'lganini va uni qanday ulug'laganini ko'rsatib turibdi.
Hakim otaning bashorati
"Manoqibi al xosa al xoja Mir Haydar Sulton" kitobida yozilishicha, Xoja Shamsiddinning dunyoga kelishi Hakim ota tomonidan bashorat qilingan. Ya'ni Sulaymon Boqirg'oniy Shayx Jamoliddin xonadonida avliyo dunyoga kelishini ul zotning amakisi Hazrat Sayyid Muhammad Abdullohga aytgan.
Sulton Mir Haydar ota 1275 yilda Xurosonning Qoyim shahrida dunyoga kelgan. Oilada to'rtinchi farzand bo'lgan. Otasi Shayx Jamoliddin madrasada talabalarga dars bergan. Shu bois Mir Haydarni asosan amakisi Sayyid Muhammad Abdulloh tarbiya qilgan. 4 yoshida madrasaga borib, besh yoshida alifbo va yozuvni o'rgangan, 6-7 yoshligida hadisni yod olib, qorilarga shogird tushgan. U Shayx Jaloliddin Ko'hakiy, Abdullo Zamaxshariy, ustoz Olovuddovla va Shayx Xurosoniydan Qur'on, hadis, fiqh, masala, ijmo, qiroat ilmi va tavjid qoidasini o'rganadi. To'qqiz yoshligida Qur'oni karimni etti xil qiroat qiladigan darajaga etgan. O'n yoshida amakisi bilan hajga borgan. U erdagi madrasada Makkai mukarrama amirining o'g'li Ramziddin bilan do'stlashadi. Naql qilishlaricha, Xoja Shamsiddin duo bilan Ramziddinning dardiga shifo topilishiga sababchi bo'lib, amirning nazariga tushgan. Bundan xursand bo'lgan Makka amiri o'g'li va Sulton Mir Haydarni tahsil olish uchun Misrga jo'natadi. Makkaga qaytgandan so'ng, amir saroyida etuk shayxlar tomonidan imtihondan o'tkaziladi. Sinovdan muvaffaqiyatli o'tgan Xoja Shamsiddin 14 yoshida Makka va Madinaga imom hamda ikki Haram toliblariga ustoz deb e'lon qilinadi.
Tushda buyurilgan amal
Balog'atga etganida shariat, tariqat, ma'rifat, haqiqatdan amru-ma'ruf qilib, o'z ilmi bilan etuk olim sifatida tanilgan. Hattoki, Misr madrasa ahli, Bag'dod va Istambul toliblari echa olmagan savollarga ahli sunna val-jamoa va Imom Buxoriy hadislaridan javob topib bergani yoziladi. Bu esa uning "Valiulloh Mir Haydar" deb ulug'lanishiga sabab bo'ladi. Maqomatlarda qayd etilganidek, "Ul azizning maqsadi oxir zamon payg'ambari (s.a.v.)ning sunnat va yo'llarini hamda islom dinini elga etkazib, shogirdlariga ustozlik qilib, ilm daryosidan bir qatra bo'lsa ham o'rgatib, o'zlaridan ibratli iz qoldirish edi". Albatta Sulton Mir Haydar o'z maqsadi yo'lida qat'iy harakat qildi.
Maqomatda yozilishicha, Xoja Shamsiddin yigirma to'qqiz yoshida tush ko'radi. Tushida Hazrat Ali (r.a.), Ahmad Yassaviy, Hakim Ota va Oyxoja Valiy unga Xorazmga borib, ilm ahli hamda islom himoyachisi bo'lishni buyurishadi. Ya'ni bu bilan Xoja Shamsiddinning tariqatda pirlik darajasiga va sulton maqomiga etganligi haqida aziz-avliyolar g'oyibdan xabar berishgani ma'lum bo'ladi. Shunga ko'ra, o'ttiz yoshida Balxdan Qunduzga, so'ng Chorjo'yga kelgan. Hubbi Xoja, Hasan Xoja va Polvoni Ahmad uni kutib olib, Urganchga Hakim ota marqadiga olib borishgan. Xoja Shamsiddin marqadda qirq kun  xatmi Qur'on bilan mashg'ul bo'lgan. O'ttiz ikki yoshida esa Qarshi cho'lining Kasbi qo'rg'oniga kelgan.
"Adab yo'lida sizga ibrat bo'ldim"
Sulton Mir Haydar ota 1366 yilda 92 yoshida vafot etgan. U qazo qilish oldidan so'fiylik hirqasi va hassasini Abu Turob Naxshabiyga topshiradi va deydi: "Bu tariqat Ahmad Yassaviydan Hakim otaga, so'ngra Zangiotaga va keyin menga tegdi. Men ham ularning o'git va hikmatlariga amal qilib, yo'lini bekamu ko'st oxiriga etkazdim, hech bir o'zgarishsiz o'rgatdim, kishining ushoq nonini emadim, mehnatim ortidan o'z nonimni topdim. Alloh suvidan va rizqidan rizqlandim. Biror kishidan ta'ma yoki hadya olmadim. Topganlarimni elga, etim-esirga berdim, ilm yo'liga sarf ayladim. Allohdan boshqaga sig'inmadim, bosh egmadim, shariat olimlari ilmini kamoliga etkazdim. Muhammad alayhissalom yo'lidan chetga chiqmadim. Adab yo'lida sizga ibrat bo'ldim". Mir Haydar ota bu vasiyati bilan shogirdlarini uning yo'lini davom ettirishga da'vat etgan.
Bu ulug' zot haqidagi ba'zi rivoyatlarda yozilishicha, u Fuzorda yashagan,    uni o'zlariga amir etib saylagan janda kiyimli darveshlar Kasbiga tobut ko'tarib kelib, Mir Haydar ota jasadini olib ketgan va Mirijanda qadamjosiga dafn qilgan. Yana Ahmad Xorazmiy ham Sulton Mir Haydar ota xokini Xorazmga olib borib, Hakim Ota marqadiga dafn etgan. Biroq bu ulug' zotning avlodlari har gal mayitni Kasbiga qaytarib kelishgan. Shunday qilib, boshqa avliyolar singari uch erda Sulton Mir Haydar ota maqbarasi paydo bo'lgan.
Ulug' avliyo Sulton Mir Haydar ota maqbarasiga bugun mahalliy va xorijlik sayyohlar ko'p borishadi. Shunga monand tarixiy yodgorlik atrofi obodonlashtirilgan.
Manbalar asosida S.ALLAYoROVA tayyorladi.
Qashqadaryogz.uz ma'lumotlari asosida

Batafsil

“Tourist-friendly” tizimi yurtimizga yanada ko'p sayyohni jalb etadi

“Tourist-friendly” tizimi yurtimizga yanada ko'p sayyohni jalb etadi

Ma'lumotlarga ko'ra, viloyatimizda turistik infratuzilma ob'ektlarining umumiy soni 345 tani tashkil qilib, shundan 1 muzey, 30 ziyoratgoh, 198 ta arxeologiya, arxitektura, monumental san'at yodgorliklari, diqqatga sazovor joylarni o'z ichiga olgan madaniy meros manzillari, 106 turistik namoyish ob'ektlari, 8 ta eko-agroturizm (tabiat qo'riqxona fondi) ob'ekti hamda 2 ta qo'riqlanma hududlar (sayyohlarning dam olish xonalari, avtoturargoh, ichimlik suvi, yozgi dam olish ayvonlari (besetkalar), kuzatuv minoralari)dir.

Batafsil

Uy mehmonxonalari sayyohlar xizmatida

Qashqadaryo viloyati Kitob tumani "Qaynar" mahalla fuqarolar yig'ini hududidagi Jayrali qishlog'i Qo'rg'ontog' etagida joylashgan. Hududning so'lim tabiati va hayvonot dunyosi o'ziga xos. Bahor va yoz mavsumida bu erdan sayyohlarning qadami uzilmaydi.



Jayrali qishlog'ilik Sarvar Kenjaev ana shunday imkoniyatdan foydalanib hovlisining yarmini uy-mehmonxonaga aylantirgan.

Mehmonxona to'laligicha milliy an'analarimizga xos uslubda jihozlangan. Shinam xonalar o'zbek milliy kashtalari va so'zanalar bilan bezatilgan. Keng hovlida turli xil mevali daraxtlar o'stirilgan. Dam olish mavsumida ular pishib etiladi. Tog'ning musaffo havosida pishib etilgan bu kabi sarxil mevalarning ta'mi ham o'zgacha bo'ladi. Uyning qishloqdan oqib o'tuvchi Sovuq buloq daryosi bo'yida joylashgani sayyohlar uchun qulaylik yaratadi. Hovlining daryo tomonida bir nechta so'rilar qurilgan. Bundan tashqari, dam oluvchilarning o'zi xohlagan taomini tayyorlashi yoki buyurtma berishi uchun ham barcha imkoniyat mavjud. Endigina 30 yoshni qarshilagan Sarvar bu boradagi loyihani puxta ishlagan. Mehmonlar dam olish jarayonida toqqa sayohat uyushtirish uchun yo'l ko'rsatuvchi xizmatidan ham foydalanishi mumkin. Xullas, mazkur uy mehmonxonada miriqib xordiq chiqarish uchun barcha sharoit muhayyo.



– Ko'pdan buyon tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ulanishni ko'nglimga tugib yurardim. Lekin ishni nimadan boshlashni bilmayotgan edim, – deydi Sarvar Kenjaev. – Joriy yil O'zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko'maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo'mitasining Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi hamda O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi viloyat boshqarmasi hamkorligida tashkil etilgan “Tadbirkorlik faoliyati asoslari” yo'nalishi bo'yicha 24 soatlik qisqa muddatli o'quv kursini tamomladim. Bu o'ylab yurgan rejalarimni yanada boyitishga xizmat qildi. Qishlog'imizga dam olish mavsumida nafaqat viloyatimizning turli chekkalaridan balki Samarqand, Buxoro viloyatlaridan mehmonlar keladi. Ko'pchiligi bir necha kun turish uchun joy muammosidan qiynalishadi. Shu bois joriy yilning iyun oyida uy mehmonxonani tashkil qildik va oilaviy korxona sifatida ro'yxatdan o'tdik. Shu yilning o'zidayoq yuzlab mehmonlarni qabul qildik. Yaratilgan qulaylik va sharoitlardan ular juda mamnun. Hali bu ishimizning debochasi. Kelajakda faoliyatimizni yanada kengaytirishni maqsad qilganmiz. Qo'shimcha xonalarni ko'paytiramiz. Hozircha mehmonxonamizda bir navbatda 10 kishi dam olishi mumkin. Ayni paytda mehmonxonani yanada rivojlantirish uchun 27 million so'm kredit olmoqdamiz. Bu mablag' evaziga mehmonlar uchun qulaylik yaratuvchi maishiy texnikalar xarid qilamiz. Shunda bu erda yilning boshqa fasllarida ham dam olish imkoni yaratiladi. Sababi qish faslida ham tabiatimiz o'ziga xos qiyofa kasb etadi.

Darhaqiqat, Qo'rg'ontog'dagi ko'plab shifobaxsh buloqlar, uzoq moziydan darak berib turuvchi g'orlar, yoshi ming asrlarga teng azim chinorlar hududda ekoturizmni rivojlantirish uchun qulay imkoniyat yaratadi.

O'.Barotov, O'zA

Batafsil

O'zbekistonda ilk oilaviy mehmon uylari o'z faoliyatini boshladi



Qashqadaryo, Samarqand, Buxoro va Xorazm viloyatlarida 23 ta oilaviy mehmon uyi ochilib, 50 dan ortiq ish o'rinlari yaratildi.
Joriy yilning 25 sentyabr holatiga ko'ra, respublikada 23 ta oilaviy mehmon uyi ro'yxatga olindi. Mazkur oilaviy mehmon uylari asosan Qashqadaryo, Samarqand, Buxoro va Xorazm viloyatlarida ochilib, 50 dan ortiq ish o'rinlari yaratildi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Ta'kidlash joizki, yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan ochilgan oilaviy mehmon uyi 3 nafargacha xodim yollashi mumkin. Bugungi kunda mazkur oilaviy mehmon uylari xorijiy va respublikaning boshqa viloyatlaridan kelayotgan sayyohlar va mehmonlarni joylashtirish uchun xizmat qilmoqda.
Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 7 avgustdagi «Oilaviy mehmon uylari faoliyatini tashkil etish to'g'risida"gi qarorining qabul qilinishi turizm faoliyati sub'ektlarini rivojlantirishni yanada qo'llab-quvvatlash, hududlarning turizm salohiyatidan foydalanish samaradorligini oshirish, dam olish va turizm uchun shart-sharoitlarni yaxshilash, shuningdek, aholining bandligi va farovonligini oshirishga qaratilgan.
Mazkur hujjatning mazmun mohiyatini keng targ'ib etish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi tomonidan tadbirkorlik sub'ektlari va aholi o'rtasida tushuntirish ishlari olib borildi.
Shuningdek aholi tomonidan o'z uyida oilaviy mehmon uylari ochishga qiziqish tobora ortib bormoqda va O'zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi, uning hududiy bo'linmalariga oilaviy mehmon uylari ochish masalasiga oid 100 dan ortiq murojaatlar kelib tushib, ular bilan tegishli tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
Shu bilan birga, O'zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 7 avgustdagi «Oilaviy mehmon uylari faoliyatini tashkil etish to'g'risida"gi qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan yo'riqnomadaoilaviy mehmon uylarini ochish to'g'risida batafsil ma'lumotga ega bo'lishingiz mumkin.
Gazeta.uz ma'lumotlari asosida

Batafsil

Yangi arxeologik yodgorlik topildi

Amir Temur nomidagi moddiy-madaniyat tarixi muzeyi  ilmiy xodimlari  tomonidan Hisor tog'ining Yakkabog' hamda Qamashi xududlarida olib borilgan arxeologik kuzatuv ishlari va izlanishlar jarayonida Qo'rg'oncha nomi bilan ataluvchi yodgorlik topildi. Bu haqda O'zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining axborot xizmati ma'lum qilmoqda.
Yodgorlikka Turnasoyning Darvoza deb ataluvchi darasi ichidan Kelintoymas tor yo'lagi orqali chiqiladi va tosh devorlar Qatovdan Tatar qishlog'iga qadar  davom etgan.
Yodgorlik ikkita me'moriy qurilish tizimiga ega bo'lib, hududi janubdan Shimol tomondagi devorgacha 180 metr, sharqdan g'arbiy devorgacha esa 276 metr masofani tashkil etadi. Inshoot qadimgi davrlardayoq jiddiy zarar ko'rgani, buzib tashlangani yaqqol ko'zga tashlansa-da, uning mudofaa maqsadida qurilgani haqida tasavvur hosil bo'ladi.
Ta'kidlash joizki, milodiy VIII asrda  arab xalifaligiga qarshi ko'tarilgan Muqanna (Hoshim ibn Hakim) qo'zg'oloni va mazkur qo'zg'olon bilan bog'liq tarixiy joylar masalasida manbashunoslar, tarixchilar, arxeologlar o'rtasida qizg'in munozarali tortishuvlar mavjud.
Ushbu qo'zg'olonlarning  asosiy markazlari Kesh va Nasaf viloyatlari  bo'lgan. Manbalarda Muqanna qo'rg'oni Siyom tog'ida joylashganligi, mazkur tog' Narshaxiy asarlarida Som va Ibn Rustada Sinom deb atalishi ta'kidlab o'tilgan. Qo'rg'on o'rnini aniqlash maqsadida o'rganilgan mavjud yozma manbalardan biri - Mahmud Qoshg'ariyning “Devoni lug'otit turk” asarida “Inchkand - Muqanna fuqarolari yashagan shaharning nomi. So'ng xarob bo'lgan” degan ma'lumot bor. “Inch” so'zi “tinch” degan ma'noni beradi.
Ma'lumot o'rnida keltirib o'tish kerakki, aynan Inchkand Hisor tog' oldi hududida joylashgan Yakkabog' tumanidagi Ishkent qishlog'idir. Som yoki Siyom termini so'g'diycha bo'lib, arab geograflari mazkur tog'ni arabchada Hisor deb ataydilar. Muqanna qal'asining arab bosqinchilari tomonidan buzib tashlanganligi haqida barcha yozma manbalarda to'liq ma'lumotlar mavjud.
Qamashi tumanidagi xushmanzara Qatov tog'i va uning atrofidagi qishloqlarda olib borilgan arxeologik, etnografik va manbaashunoslik yo'nalishida amalga oshirilgan dastlabki tadqiqotlar natijasida Qo'rg'oncha yodgorligi kashf etilishi ilm olamidagi katta yangilikdir.
JAHONGIR


Batafsil

Pokistonlik din ulamolari viloyatimizda bo'ldi

Pokiston Islom Respublikasining 47 nafar diniy ulamosidan iborat delegasiya viloyatimizga tashrif buyurdi. Mazkur delegasiya a'zolari Shahrisabzdagi Hazrati Imom jome' masjidi va masjid yonidagi Jahongir Mirzo maqbarasini hamda Kitob tumanidagi Shayx Muhammad Darvesh Samarqandiy, Shayx Xoja Imkanagiy muqaddas qadamjolarini ziyorat qildilar.

Delegasiya a'zolariga O'zbekiston musulmonlari idorasining viloyatdagi vakili, viloyat bosh imom-xatibi Rahmatillo Usmonov hamda vakil o'rinbosari Rajabali Norqo'chqorov hamrohlik qilishdi.
Pokistonlik ulamolar, shuningdek, Kitob tumanidagi Xoja Buxoriy o'rta maxsus islom bilim yurti faoliyati bilan tanishishdi. Pokiston islom uyushmasi prezidenti muftiy Muhammad Ahmad Anvar bilim yurtida tahsil olayotgan talaba yoshlarga “Tafriqaga bo'linmaslik”, “Hanafiy mazhabida sobit turish” hamda “Ilmni chuqur va puxta egallash” mavzularida ma'ruza qilib, ilm talabidagi yoshlar haqqiga duolar qildi.

Ma'lumot uchun, Qashqadaryo, Surxondaryo, Samarqand va Buxoroga safar qilishi belgilangan mehmonlar Pokistonning Islomobod, Peshovar, Karachi va boshqa hududlaridan kelishgan. Delegasiya tarkibida ommaviy axborot vositalari xodimlari ham bo'lib, ular safar jarayonini o'z nashrlarida muntazam yoritib borishmoqda.
N.XO'JAYEV
Qashqadaryogz.uz ma'lumotlari asosida

Batafsil

SAYYOH VA MEHMONXONA EGASI QOG‘OZBOZLIKDAN QUTULDI

Joriy yilning 15-iyulida Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning ro‘yxatdan o‘tishi uchun emehmon.uz tizimi yo‘lga qo‘yilgandi. Mehmonxonalarda va boshqa joylashtirish joylarida elektron shaklda internet tarmog‘i orqali hisobga olishning ushbu avtomatlashtirilgan maxsus dasturi Prezidentimizning 2016-yil 2-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni ijrosi doirasida joriy etilgani ahamiyatlidir.

Xo‘sh, mazkur yangi tizim qanday qulayliklarga ega va bundan kutilgan samaralarga erishilmoqdami?

Gap shundaki, chet el fuqarosi O‘zbekistonga kelgach, emehmon.uz tizimi orqali 30 daqiqa ichida ro‘yxatdan o‘tishi mumkin. Buning uchun hech qayerga borishning keragi bo‘lmaydi. Tizim chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga veb-sayt, mobil ilova hamda ro‘yxatdan o‘tkazish tizimi orqali ro‘yxatdan o‘tish imkonini beradi. Sayyohning shaxsiy ma’lumotlari nega kerak? Bu avvalo xavfsizlik nuqtai nazaridan zarur. Turist niqobi ostida mehmonxonaga joylashib olib, yashab yurgan, ushbu tizim sabab qo‘lga olingan jinoyatchilar fikrimizni tasdiqlaydi.

Sayyohlar emehmon.uz saytining ma’lumotlar oynasida o‘z ma’lumotlarini ko‘rsatib, “kelish varaqasi”ni to‘ldiradilar. Ro‘yxatdan o‘tish jarayonining oxirida turistik yig‘imni to‘lash uchun to‘lov kartalari ma’lumotini kiritishlari kerak bo‘ladi. Shuningdek, yashash joyidan ro‘yxatdan o‘tgan va turistik yig‘imni to‘lagan, ammo u yerda yashamaydigan mehmonlar uchun emehmon.uz tizimida alohida erkin turist punkti mavjud. Albatta, bunday yangilik sayyohni turli ovoragarchilik va qog‘ozbozliklardan forig‘ etdi. Ayni paytga qadar 6600 nafardan ortiq chet ellik sayyoh vohamizga kelishda mazkur tizim imkoniyatidan foydalandi.

Qolaversa, bu dastur mehmonxonalar ishini ham yengillashtirdi. Ushbu muassasalar egalari vaqt va mablag‘ sarflab, turli tashkilotlarga hisobot topshirishga majbur bo‘lardi. Endilikda esa bunga hojat yo‘q. Viloyatimizdagi 49 ta mehmonxona va joylashtirish nuqtalari tizimga ulangan. Ma’lumotlar onlayn rejimida kiritib boriladi. Bu esa tizimda ishtirok etuvchi tegishli davlat organlariga ham ko‘rinib turadi.

- Tizim bizga ko‘plab qulaylik taqdim etdi, - deydi Shahrisabz shahridagi “Do‘lon” mehmonxonasi ish boshqaruvchisi Shuhrat Sattorov. – Ishimiz osonlashdi. Hech nimaga chalg‘imaymiz. Hech kim hisob ham so‘ramaydi. Barchasi ushbu tizim orqali yaqqol namoyon bo‘ladi. Natijada mehnat mahsuldorligi ham oshayapti. Hozirda mehmonxonamizda bir martada 14 nafar sayyohga xizmat ko‘rsatish imkoni mavjud. Xonalarimiz milliylik ruhida jihozlangan. Bu esa chet elliklarni befarq qoldirmaydi. Ularga barcha qulayliklarni taqdim etishga harakat qilayapmiz.

Jasur ABDULLAYEV,

 viloyat IIB xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi xodimi

Batafsil

Taxtaqoracha dovonida sayyohlik axborot markazi ochildi

SAMARQAND (Turon24) – 11 sentyabr kuni Samarqand viloyatining Urgut tumani va Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanini bog'lab turuvchi Taxtaqoracha dovonida sayyohlik axborot markazi ochildi. Bu haqda viloyat turizmni rivojlantirish departamenti matbuot xizmati Turon24ga ma'lum qildi.
Dovon maydonida avtonom tipdagi mobil sanitariya va gigiena shoxobchalari bunyod etildi. Ushbu tashkiliy ishlar O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining topshirig'i asosida amalga oshirildi.
Dovonga yaqin masofada joylashgan Urgutning Omonqo'ton qishlog'i va Kitobning tog' yonbag'ridagi Qaynar qishlog'i o'zining tabiati, joylashuvi, o'rmon manzaralari bilan sayyohlarni jalb etib keladi.
Zarafshon tizmalaridan o'tuvchi Taxtaqoracha dovoni yo'li Samarqand va Qashqadaryo orasidagi masofani tez bosib o'tish imkonini beradi.
Turon24.uz ma'lumotlari asosida

Batafsil

Elektropoyezdning yangi qatnovi barchani quvontirdi

Elektropoyezdning yangi qatnovi barchani quvontirdi

Avval xabar berganimizdek, yuqori darajadagi servis xizmatlari, transport kommunikatsiyasini oʻzida shakllantirgan Buxoro, Samarqand va Qarshi kabi yurtimizning qadimiy va goʻzal shaharlariga yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdi oʻz vaqtida Shahrisabz shahriga keldi.

Batafsil

SHAHRISABZ YIRIK XALQARO FORUMNI O‘TKAZISHGA TAYYORGARLIK KO‘RMOQDA

Ma’lumki, joriy yilning 6-10-sentabr kunlari Shahrisabzda birinchi marta Xalqaro maqom san’ati forumi bo‘lib o‘tadi. Bu miqyosi bo‘yicha ham ancha yirik tadbir hisoblanadi. Chunki unga taniqli xorijlik musiqashunos olimlar, maqom san’ati tadqiqotchilari, shuningdek, yurtimizning mashhur maqomchilari va bu sohaning yetakchi mutaxassislari tashrif buyurishi kutilmoqda.

Forumni o‘tkazish chog‘ida Shahrisabz shahriga dunyoning 70 mamlakatidan 500 nafarga yaqin qatnashchi va mehmonlar keladi. Ushbu nufuzli tadbirni munosib tashkil etish esa alohida tayyorgarlikni talab etadi. Shu ma’noda mazkur bayramga Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi ham maxsus hozirlik ko‘rmoqda. Bunda chet ellik ishtirokchi va mehmonlarni qabul qilish va ularga xizmat ko‘rsatishga mas’ul xodimlarni tayyorlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi viloyat hududiy boshqarmasidan ma’lumot berishlaricha, Xalqaro maqom san’ati forumini o‘tkazishga tayyorgarlik ishlari doirasida muhim chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, hududda tegishli shtablar tashkil etilgan bo‘lib, ular shaharning turizm infratuzilmasini yanada yaxshilash, forum ishtirokchilari va mehmonlarga xalqaro standartlar asosida sifatli servis xizmati ko‘rsatilishini ta’minlash uchun bevosita javobgar sanaladi.

- Yaqinda qo‘mitamiz huzuridagi “Sayyohlik o‘quv-konsalting markazi” bilan hamkorlikda ishlarni boshlab yubordik, - deydi hududiy boshqarma mutaxassisi Shohruh Jalolov. – Buning uchun sohaning eng yaxshi mutaxassislari va ekspertlar jalb qilindi. Shahrisabz shahridagi mehmonxonalar, restoranlarning xizmat ko‘rsatuvchi personalini hamda ko‘ngilli gidlarni o‘qitish bo‘yicha bepul seminar-treninglar o‘tkazilmoqda. Joylashtirish muassasalarida eng yuqori sifat darajasini ta’minlash maqsadida sanitar gigiyena, muomala madaniyati va xonalarni yig‘ishtirish qoidalari bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar olib borilmoqda. Hududdagi tamaddixonalar xodimlari ham sifatli ish inventariga ega bo‘lgan restoranlarda malaka oshirmoqda. Ular videoroliklar yordamida o‘qitilayapti. Mashg‘ulotlarda ko‘ngilli gidlar ham muloqot odobidan saboq olmoqda, ko‘hna shaharning tarixiy yodgorliklari, muhim turistik marshrutlari haqida zarur axborotlarga ega bo‘lmoqda.

Qayd etilishicha, Xalqaro maqom san’ati forumi ishtirokchilari va mehmonlariga kengroq qulaylik yaratish maqsadida Shahrisabzning tarixiy markazida “Axborot markazlari” tashkil etilgan. Ular nafaqat forum, balki shahardagi sayyohlik punktlari, kafe, restoranlar, tibbiyot muassasalari va boshqa ko‘ngilochar joylar haqida ma’lumot olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Asosiy tadbirdan bo‘sh vaqtda ishtirokchi va  mehmonlarning maroqli hordiq chiqarishi uchun    O‘zbekiston oshpazlari assotsiatsiyasi tomonidan milliy taomlar tayyorlash bo‘yicha master-klasslar tashkil etiladi. Bundan tashqari, “Chorsu” san’at galereyasida milliy liboslar namoyishi ham bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston aeronavtika federatsiyasi esa havo sharlarida parvozlar amalga oshiradi. Shuningdek, mahalliy turoperatorlar tomonidan tayyorlangan   marshrut bo‘yicha ziyoratgohlar, tog‘li hududlarga     ekskursiyalar uyushtirish rejalashtirilgan.

MIRJAHON

Batafsil

Manzilimiz


Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mustaqillik Maydoni,1
Pochta indeksi:180100
Telefon
: 0(375)221-12-88, 0(375)221-03-81
Faks
: 0(375)221-13-40
Veb-sayt
http://www.qashqadaryo.uz
Elektron pochta
Yaqin jamoat transport to`xtash joylari 
Milliy bank va Mustaqillik Maydoni bekati
Avtomashrut
1,4,5,7,10,18,20,22,23,27,
37,44,462,11,21,37,33

Hozir saytimizda

Bizning saytimizda 229 mehmonlar va ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar 0

Maxsus imkoniyatlar

K'orinish

Pastda o'zingizga kerakli parametrni tanlasng
Blue Green Red Radian
Select menu
Google Font
Body Font-size
Body Font-family