wrapper

Sport

Sport (36)

Ikkita birinchi o'rin va osiyo chempionatiga ikki yo'llanma


Joriy yilning 21-28 noyabr kunlari Farg'ona viloyatida 2003-2004 yillarda tug'ilgan yosh sportchilar o'rtasida boks bo'yicha O'zbekiston kubogi musobaqasi bo'lib o'tdi.

Mazkur musobaqada viloyatimizdan ham 12 nafar yosh bokschi munosib ishtirok etib, sovrinli o'rinlarga da'vogarlik qilishdi.
Jumladan, 60 kilogramm vazn toifasi bahslarida ishtirok etgan Azizbek Tojiev barcha raqiblarini ishonchli tarzda mag'lub etib, shohsupaga ko'tarilgan bo'lsa, yana bir yosh bokschimiz Azizbek Samadov 70 kilogramm vazn toifasida kechgan bahslarda raqiblari ustidan yaqqol ustunlikka erishib, birinchi o'rinni egalladi.
Har ikkala bokschi Qarshi ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatining boks bo'limi o'quvchilari.
- Bu mening ikkinchi bor qo'lga kiritgan ishonchli yutug'im bo'ldi, - deydi Azizbek Samadov. - O'tgan yili Termiz shahrida o'tkazilgan kubok bahslarida ham ishtirok etib, 66 kilogramm vaznlilar orasida g'olib bo'lgan edim. Bu galgi musobaqa davomida 5 nafar raqibimni tezkor hujumda ushlab turib, natijada mag'lub qilishga erishdim. Keyingi musobaqalarda ham ana shunday yutuqni takrorlash uchun harakat qilaman.
  Ahamiyatlisi, har ikkala yosh bokschimiz respublika terma jamoasi a'zosi sifatida  Osiyo chempionatiga yo'llanmani ham naqd qilib qo'ydi.
Dilfuza JUMAYEVA
Qashqadaryogz.uz ma'lumotlari asosida


Batafsil

“Sevinch” o'n karra O'zbekiston Kubogi sohibi

Qarshining “Sevinch” jamoasi o'n etti marta o'tkazilgan O'zbekiston Kubogi musobaqasining o'ninchi bor sohibi bo'ldi

Kecha Olmaliqning AGMK stadionida ayollar futboli bo'yicha O'zbekiston Kubogining final uchrashuvi o'tkazildi. Unda kubok o'yinlarida o'n to'rtinchi marotaba maydonga tushgan “Sevinch” jamoasi ilk bor finalda qatnashayotgan Jizzaxning “So'g'diyona” jamoasiga qarshi kurash olib bordi.

Mamlakatimizda ayollar futboli bo'yicha tajribali sanalgan Edita Mirobidova boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqargan o'yinda Vladislav Xan ustozligidagi “Sevinch” jamoasi maydonda tashabbusni to'la o'z qo'liga olgan holda, raqiblarini yirik hisobda mag'lubiyatga uchratishning uddasidan chiqishdi. To'plarga Shahnoza Qurbonova hamda mamlakat chempionati to'purari Nilufar Qudratova (ikki bor) mualliflik qilishdi.

G'olib jamoaga bosh sovrin hamda esdalik sovg'alarini O'zPFL bosh direktori o'rinbosari Dilshodbek Hayitmetov va Sport bo'limi etakchi mutaxassisi Alisher Fayzievlar topshirishdi.

“SYEVINCh” - “SO'G'DIYoNA” - 3:0



Hakamlar: Edita Mirobidova, Xayriniso Erkinova, Aleksandra Konchikova, Anna Sidorova.

“Sevinch”: Laylo Tilavova, Feruza Boboxo'jaeva (Shodiya Tosheva, 63), Oliya Ahmedova, Maftuna Shoyimova, Gulzoda Amirova, Shahnoza Qurbonova, Tanzilya Zarbieva, Maftuna Panjieva, Laylo Shodieva, Malika Burhonova, Nilufar Qudratova.

“So'g'diyona”: Mohinur Husanova, Lidiya Sema, Nasiba Xojieva, Aziza Norova, Mahfuza Turopova (Zebiniso Halimova, 78), Sitora Taqaboeva (Dinara Payziqulova, 85), Aziza Norboeva (Dilafruz Toshpo'latova, 89), YEkaterina Salnikova, Nafisa Nabiqulova, Shahlo Qodirova, Albina Boboqulova (Mahliyo Nazarqulova, 80).

Gollar: Shahnoza Qurbonova (37), Nilufar Qudratova (43, 58).

Ogohlantirishlar: Mahfuza Turopova (69), Aziza Norova (80).

Nazoratchi: Valentin Shashkov.

Komissar: Alisher Fayziev.

Ikki og'iz Kubok haqida. 2002 yildan buyon muntazam ravishda o'tkazilib kelinayotgan Kubok o'yinlarida bosh sovrinni eng ko'p aynan “Sevinch” jamoasi qo'lga kiritgan. Agar, dastlabki uch mavsumda Kubok faqat “Andijanka” jamoasiga nasib etgan bo'lsa, Vladislav Xan shogirdlari avvaliga ketma-ket to'rt marotaba g'olib bo'ldi, orada (2009 yil) Miron Kim ustozligidagi “Andijanka” jamoasi bir bor “ko'rinish” berdi-yu, bunisi hozircha oxirgisi bo'lib turibdi. “Sevinch” yana ketma-ket to'rt bora muvaffaqiyat qozongach, keyingi yillarda unga jiddiy raqobatchi paydo bo'ldi – “Metallurg”. 2014 yildan buyon bosh sovrin goh “Sevinch”ga o'tdi, gohida “Metallurg”ga. Bu orada bekobodliklar ham uch bor Kubok sohibi sifatida a G'o'bekiston ayollar futboli tarixiga muhrlandi.



Biroq bu yilgi bahslarda “Sevinch” “Metallurg”ning yurishini yarim finaldayoq to'xtatdi va finalga yo'llanma oldi. Hal qiluvchi bahsda esa qarshiliklarga ilk bor bunday sharafga sazovor bo'layotgan “So'g'diyona” jamoasi ro'baro' keldi. O'yinning qanday tugaganidan esa xabaringiz bor.

Superkubok haqida

Ayollar o'rtasida Superkubok o'yinlari 2015 yildan o'tkazilmoqda. Dastlab uchrashuvlar uy va safar o'yinlaridan iborat bo'lgandi. Kelasi yildan esa bitta qilib belgilandi. Shu kungacha Superkubok mamlakatimizning ikki jamoasiga teng taqsimlangan - “Sevinch” (2015, 2017 y.) hamda “Metallurg” (2016, 2018 y.).

Ayollar o'rtasida O'zbekiston Kubogi sohiblari:

2002 yil – “Andijanka” (Andijon)
2003 yil – “Andijanka” (Andijon)
2004 yil – “Andijanka” (Andijon)
2005 yil – “Sevinch” (Qarshi)
2006 yil – “Sevinch” (Qarshi)
2007 yil – “Sevinch” (Qarshi)
2008 yil – “Sevinch” (Qarshi)
2009 yil – “Andijanka” (Andijon)
2010 yil – “Sevinch” (Qarshi)
2011 yil – “Sevinch” (Qarshi)
2012 yil – “Sevinch” (Qarshi)
2013 yil – “Sevinch” (Qarshi)
2014 yil – “Metallurg W” (Bekobod)
2015 yil – “Metallurg W” (Bekobod)
2016 yil – “Sevinch” (Qarshi)
2017 yil – “Metallurg W” (Bekobod)
2018 yil – “Sevinch” (Qarshi)

O'zA


Batafsil

Muborak tumanidagi harbiy qismda sport-sog'lomlashtirish maskani va madaniyat saroyi foydalanishga topshirildi

      Mamlakatimizda Qurolli Kuchlar tizimida olib borilayotgan keng qamrovli islohotlar samarasida professional milliy armiya shakllanib, mustaqilligimizning mustahkam qalqoniga aylandi. Binobarin  mas'uliyatli va sharafli burchlarini sidqidildan bajarib kelayotgan harbiy xizmatchilarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash, yashash va xizmat vazifalarini o'tashlari uchun munosib shart-sharoitlarni yaratish masalalariga alohida e'tibor qaratilmoqda.
         Ma'lumki, istiqlol yillarida barcha sohalarda bo'lgani kabi professional milliy armiyani barpo etish yuzasidan ham izchil va tub islohotlar olib borildi va olib borilmokda. Islohotlar samarasini esa mustaqillikning mustahkam qalqoni bo'lgan qudratli Qurolli Kuchlarimiz misolida kurib turibmiz. Bunday yuksak yutuqlarga erishishimizda yildan yilga takomillashib borgan sohaga oid qonunlarning salmoqli o'rni bor albatta. Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tomonidan qabul qilingan Farmon va Qarorlarga asosan Qurolli kuchlar sohasida keng qamrovli islohotlar amalga oshirilib kelinmoqda. Buning isbotini Muborak tumanida joylashgan “N”-harbiy qism misolida ham ko'rish mumkin. Xususan  o'tgan bir yil davomida harbiy qismga qarashli bo'lgan inshootlar qaytadan ta'mirlandi hamda uning hududida yangidan ko'rkam sport sog'lomlashtirish maskani va madaniyat saroyi qurilib, zarur asbob anjomlari bilan jixozlandi. 
           Qashqadaryo viloyati hokimligi matbuot xizmatining  Kun.uzga ma'lum       qilishicha, ko'rinishi ko'rkam va barcha zarur shart-sharoitlar yaratilgan harbiy qismda inshootlar qaytadan ta'mirlanib, sport-sog'lomlashtirish maskani va madaniyat saroyi qurilib, foydalanishga topshrilgani misolida ko'rish mumkin.
      Ushbu marosimda viloyat hokimi Zafar Ro'ziev ishtirok edi va so'zga chiqdi. Tadbirda so'zga chiqqan viloyat hokimi mamlakatimizda Prezidenti Shavkat Mirziyoev boshchiligida harbiy sohada va unda xizmat qilib kelayotganlarning oila–a'zolari uchun yaratilgan shart-sharoitlar xususida so'z yuritdi. Shuningdek u harbiy qismda qurilish ishlarini olib borgan tashkilotlar raxbarlari va qurish va ta'mirlash ishlarida ishtirok etganlarga minnatdorchilik bildirdi. Tadbirda harbiy qism  harbiy xizmatchilari uchun viloyat hokimligi nomidan 15 ta kompyuterlar jamlanmasini sovg'a sifatida tantanali ravishda topshirdi.
        Tadbir yakunida viloyat musiqali drama teatri rejissyori O'zbekiston Respublikasi san'at arbobi Isoq To'raev boshchiligida harbiy qismning foydalanishga topshirilgan madaniyat saroyida “Ta'zim qil” deb nomlangan konsert dasturi namoyish etildi. Konsert dasturida viloyatda tanilgan san'atkorlar tomonidan Vatanni, mardlikni, do'stlikni, muhabbatni madh etuvchi kuy-qo'shiqlar ijro etildi. San'atkorlar tomonidan ijro etilgan  jozibali qo'shiqlarga harbiy qism askarlari raqsga tushdilar. Namoyish etilgan konsert dasturi harbiy xizmatchilarga bir olam shodlik ulashish bilan birga ularni qalbida vatanni sevishga bo'lgan his tuyg'ularini yanada kuchaytirdi. 


Batafsil

Qashqadaryoda sport musobaqalari bo'lib o'tmoqda


2018 yil 25 sentyabr kuni Shahrisabz tumanida 1-oktyabr “O'qituvchi va murabbiylar kuni”ga bag'ishlab vatanparvarlik harbiy sport maktabi o'quvchilari  (2005-2006, 2007-2008, 2009-2010 yillarda tug'ilgan qizlar va o'smirlar) o'rtasida  marafon musobaqasi o'tkazildi.
    Musobaqada Mo'minobod qishlog'i bekati start qismi, Chorshanbe TIP-2 sport inshooti finish qismi etib belgilandi. Musobaqa Shahrisabz tuman Jismoniy tarbiya va sport bo'limi rahbarligi ostida bo'lib o'tdi. Tuman Musobaqada jami 200 (shundan 45 nafari qizlar)nafar yoshlar ishtirok etishdi.
    Musobaqa natijalariga ko'ra:
1-o'rin Shahrisabz tuman vatanparvarlik harbiy sport maktabi
2-o'rin Yakkabog' tumani vatanparvarlik harbiy sport maktabi
3-o'rin Kitob  tumani vatanparvarlik harbiy sport maktab jamoalariga nasib etdi.
Musobaqa ishtirokchilari tuman Jismoniy tarbiya va sport bo'limi hamda vatanparvarlik harbiy sport maktabi rahbariyati tomonidan diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.


Batafsil

«Vatanparvar» tashkilotining Qarshidagi avtomobil maktabida yangi chaqirilganlarni qabul qilish tadbiri o'tkazildi

«Vatanparvar» tashkilotining Qarshidagi avtomobil maktabida yangi chaqirilganlarni qabul qilish tadbiri o'tkazildi
        2018 yilning 12 sentyabr kuni O'zbekiston mudofaasiga ko'maklashuvchi “Vatanparvar”  tashkiloti Qarshi avtomobil maktabida II-oqim chaqiriluvchilarini qabul qilish va ochiq eshiklar kuni tadbiri o'tkazildi.
          Joriy yilning 12 sentyabr kuni O'zbekiston mudofaasiga ko'maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Qarshi avtomobil maktabida “Vatanparvar” tashkilotining Qashqadaryo viloyati tashkiloti, viloyat Mudofaa ishlari boshqarmasi, Milliy gvardiya, Davlat ta'lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi Qashqadaryo viloyat bo'limi hamkorligida O'zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari uchun harbiy-texnik mutaxassislarini II oqim chaqiriluvchilarini qabul qilish va ochiq eshiklar kuni tadbiri o'tkazildi.
         Hamkorlikda faoliyat yurituvchi tashkilotlar bilan yoshlar va fuqarolar o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ib etish, yuksak ma'naviy-ahloqiy sifatlarni tarbiyalash borasida ma'naviy-ma'rifiy ishlarni amalga oshirish maqsadida Qarshi shahridagi Nuriston akademik liseyi o'quvchilari hamda chaqiriluvchilarning ota-onalari va oila a'zolari tadbirga taklif etildi.
        “Vatanparvar” tashkiloti o'quv muassasalarida O'zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlarga harbiy-texnik mutaxassislar tayyorlash rejasiga asosan 2018-2019 o'quv yilining II-oqimida Qarshi avtomobil maktabi hamda tuman (shahar) Mudofaa ishlari bo'limlari tomonidan100 nafar chaqiriluvchilar saralab olindi. Saralab olingan chaqiriluvchilardan harbiy-texnika mutaxassisliklari bo'yicha 4 ta o'quv guruhlari tuzilgan bo'lib, bulardan:
1)“VS” toifali haydovchi                       -25 nafar
2)“Radiotelefonist”                              -25 nafar
3)“Dizelchi-elektrik”                              -25 nafar
4)“Aloqa liniya nazoratchisi”                -25 nafar
         Tadbirda Mudofaa ishlari boshqarmasidan F.Xusanov, Milliy gvardiyada xizmat qiluvchi kichik serjant R.Boymatov, “Vatanparvar” tashkilotining Qashqadaryo viloyatitashkiloti raisi B.Yazdanov, Qarshi avtomobil maktabi boshlig'i S.Botirov hamda tashrif buyurgan ota-onalar so'zga chiqib chaqiriluvchilarning o'qishlariga va bundan keyingi harbiy xizmatda Vatanga sodiq xizmat qilishlarini vabundan keyingi ishlariga muvaffaqiyatlar tiladilar.
          Tadbirda Milliy gvardiya va chaqiriluvchilarning harbiy ko'rgazmali chiqishlari namoyish etildi.
Kun.uz ma'lumotlari asosida


Batafsil

Yosh atletlar bahslashdi

Qarshi ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati manejida sportning engil atletika turi bo'yicha 2003-2004 hamda 2005-2006 yillarda tug'ilgan o'smirlar va qizlar o'rtasida viloyat chempionati o'tkazildi.
Viloyat hokimligi, viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi hamda O'zbekiston engil atletika federasiyasi viloyat bo'limi tashabbusi bilan o'tkazilgan musobaqada150 nafar (shundan 75 nafari qizlar)dan ortiq yosh atletlarimiz munosib ishtirok etdi.
Musobaqada sportchilar 60 metr, 400 metr, 3 ming metrga yugurish, nayza uloqtirish, uzunlikka sakrash, sportcha yurish, balandlikka sakrash bo'yicha o'zaro bellashdilar.
Murosasiz o'tgan bahslarda barcha yo'nalishlar bo'yicha g'oliblar va sovrindorlar aniqlandi. Ularga medal va diplomlar topshirildi.
Dilfuza JUMAYEVA
Qashqadaryogz.uz  ma'lumotlari asosida

Batafsil

MUNDIAL TARIXIDAGI YORQIN QAYDLAR

Yana sanoqli kunlardan so‘ng, aniqrog‘i 14-iyundan futbol bo‘yicha navbatdagi (XXI) Jahon chempionati boshlanadi. Bir oy davomida Rossiya yashil maydonlarida bo‘lib o‘tadigan musobaqada yangi-yangi nomlar porlashi, iqtidorlar kashf etilishi, qaysidir rekordlar yangilanishi mumkin. Bunga qadar esa mundial tarixiga bitilgan eng yorqin rekordlarni yodga olamiz.

ENG KO‘P O‘YIN BOSHQARGAN HAKAM

Bejizga hakamlardan boshlamadik. Chunki, ayni vaqtda futbol bo‘yicha o‘tkazilgan jahon chempionatlari tarixida eng ko‘p o‘yin boshqargan hakam bizning yurtdoshimiz - Ravshan Ermatov hisoblanadi va bu har birimizga yuksak g‘urur bag‘ishlaydi.

U 2010-yilda Janubiy Afrika respublikasi mezbonlik qilgan jahon chempionatidagi ishtiroki bilan dunyoga tanilgan edi. Qat’iy pozitsiyaga ega, o‘yinni oldindan o‘qiy biladigan va uchta tilda mukammal so‘zlasha oladigan Ravshan Ermatovga ushbu mundialda eng ko‘p - 5 ta o‘yin bosh hakamligi ishonib topshirilgandi.

2014-yilda Braziliyada o‘tgan Jahon chempionatiga Ravshan Ermatov tajribali hakam sifatida tashrif buyurdi. Undagi guruh bahslarida Shveysariya - Ekvador, Xorvatiya - Meksika, AQSH - Germaniya uchrashuvlarini yuqori darajada boshqargan hakamimizga chorak finalda Gollandiya hamda Kosta-Rika terma jamoalari o‘rtasida kechgan uchrashuv bosh hakamligi ham topshirildi. Ushbu o‘yin Ravshan Ermatovning jahon chempionatlarida boshqargan to‘qqizinchi bahsi bo‘ldi va bu borada u mutlaq rekord o‘rnatdi. Chunki shu vaqtga qadar hech bir hakam mundiallar doirasidagi 8 tadan ko‘p o‘yinni boshqarmagan edi.

Quvonarli tomoni, Ravshan Ermatov boshchiligidagi hakamlar brigadasi bu yilgi mundialga ham taklif etilgan va ular ayni vaqtda Rossiyada bo‘lib turishibdi. Demak, rekordni yanada mustahkamlash uchun unda imkoniyat katta.

ENG KO‘P ISHTIROK ETGAN JAMOA

Jahon chempionatlarida eng ko‘p ishtirok etgan jamoa - Braziliya termasi hisoblanadi. Pentakampeonlar 1930-yildan buyon o‘tkazib kelinayotgan barcha mundiallar ishtirokchisi bo‘lgan. Shuningdek, mamlakat ikki marotaba ushbu xalqaro musobaqaga mezbonlik qilgan: 1950-hamda 2014-yillarda chempionat aynan shu yurtda bo‘lib o‘tgandi. Qizig‘i, “sariq-yashil”lar o‘zlari mezbonlik qilgan ikkita mundialda ham zafar qucha olishmagan.

ENG KO‘P ISHTIROK ETGAN FUTBOLCHI

Mundialda eng ko‘p ishtirok etish bo‘yicha rekord ikki nafar futbolchiga tegishli: nemis futboli afsonasi Lotar Matteus hamda meksikalik Antonio Karbaxal beshta jahon chempionatida to‘p surgan.

Lotar Matteus 1982-, 1986-, 1990-, 1994-, 1998-yillarda bolib otgan tort yillikning eng muhim turnirida ishtirok etgan bolsa, Antonio Karbaxal 1950-, 1954-, 1958-, 1962-hamda 1966-yillardagi mundiallarda Meksika terma jamoasi darvozasini qo‘riqlagan.

ENG SOVRINDOR JAMOA

Jahon chempionatlari tarixida eng ko‘p sovrin yutish bo‘yicha rekord ham shak-shubhasiz Braziliya terma jamoasiga tegishli. Ular 1958-, 1962-, 1970-, 1994- hamda 2002-yillarda jahon kubogini boshi uzra baland ko‘tarishgan. Shuningdek, yana ikki marotabadan kumush va bronza medallariga ega chiqishgan.

Bosh sovrinlar borasida ikkinchi o‘rin Germaniya terma jamoasiga tegishli. “Nemis mashinasi” shu vaqtga qadar 4 marotaba jahon chempionati oltin medallariga ega chiqqan. Sovrinlarning umumiy soniga ko‘ra esa ular Braziliyani ham ortda qoldiradi. Chunki nemislarda mundialning 4 ta kumush va 4 ta bronza medallari ham bor.

ENG SOVRINDOR FUTBOLCHI

Jahon chempionati kubogini yolg‘iz bir futbolchi - Pelegina uch marotaba qo‘lga kiritgan. U 1958-, 1962-, 1970-yillarda Braziliya terma jamoasi safida chempion bo‘lgan.

Bundan tashqari, jahon chempionati kubogini qo‘lga kiritgan eng yosh futbolchi maqomi ham Pelega tegishli. U 1958-yilda Shvetsiya yashil maydonlarida bo‘lib o‘tgan mundialda bosh sovrinni qo‘lga kiritganida hali 17 yoshda edi.

ENG KO‘P GOL URGAN FUTBOLCHI

Jahon chempionatlarida eng ko‘p gol urgan futbolchi Germaniya terma jamoasi a’zosi Miroslav Kloze bo‘ladi. Aytish joizki, ushbu nemis fuqarosi 20 yoshida ham qurilishda g‘isht teruvchi bo‘lib ishlardi. 21 yoshida esa professional futbolga qiziqib, Bundesliganing beshinchi divizionidagi “Kayzerslautern”ning ikkinchi jamoasiga borib qo‘shilgan. O‘sha vaqtlarda u ustachilik bilan sportdagi faoliyatini birvarakayiga olib borardi. Shunga qaramay, bir mavsumda 11 gol kiritishning uddasidan chiqqan. Ushbu hujumchi uchun raqib darvozasiga to‘p kiritish xuddi g‘isht terishdek oson yumush edi go‘yo. Buni qarangki, vaqt o‘tib Kloze jahon chempionati final bosqichlarining eng yaxshi to‘purariga ham aylandi. U 2002-, 2006-, 2010-, 2014-yillarda bo‘lib o‘tgan mundiallarda 24 marotaba maydonga tushib, 16 ta gol urishga erishgan.

Shuningdek, Kloze Jahon chempionatining bittadan oltin va kumush hamda ikkita bronza medallarini rasmiylashtirib qo‘yishga ham ulgurgan.

To‘purarlik borasida ikkinchi o‘rin esa hozircha Braziliyalik Ronaldoga tegishli bo‘lib turibdi. U uchta Jahon chempionatida 19 marotaba maydonga tushib, 15 ta golni o‘z nomiga yozib qo‘ydirishga erishgan.

ENG CHIROYLI GOL

Jahon chempionatlari tarixidagi eng chiroyli gol borasida futbol muxlislari, mutaxassislar va jurnalistlar o‘rtasida juda ko‘p munozaralar yuradi. Bu maqomga loyiq bo‘lgan gollar ham talaygina.

Biroq yaqinda butun dunyo futbol ishqibozlari orasida o‘tkazilgan so‘rovnomada 1986-yilda Meksika yashil maydonlarida o‘tgan jahon chempionatida mezbonlar terma jamoasi yarimhimoyachisi Manuel Negretening Bolgariya terma jamoasi darvozasiga urgan goli barcha mundiallarning eng chiroyli goli deb topildi.

Manuel o‘sha vaqtda raqib jarima maydoni ichida, himoyachilar qurshovida turgan bo‘lishiga qaramay, jamoadoshlari uzatgan to‘pni ajoyib akrobatik harakat bilan darvozaga to‘g‘ri yo‘llagan edi.

So‘rovnoma natijalariga ko‘ra, braziliyalik Ederning JCH-1982 da SSSR termasi darvozasiga uzoq masofadan urgan goli ikkinchi o‘rinni egalladi.

ENG TЕZKOR GOL

Mundial tarixidagi eng tezkor gol 2002-yilgi musobaqada kiritilgan. O‘shanda Turkiya termasi hujumchisi Hoqon Shukur Janubiy Koreya terma jamoasi darvozasini 11 soniyadayoq ishg‘ol etgan edi.

Bu haqda batafsilroq to‘xtalsak, Yaponiya bilan birgalikda turnirga mezbonlik qilayotgan Janubiy Koreya futbolchilari 3-o‘rin uchun bahsda mundialni yuqori kayfiyatda o‘tkazayotgan Turkiya termasiga ro‘baro‘ keladi. Qiziqarli o‘yin boshlanishi bilanoq Hoqon Shukur koreyslar darvozasiga to‘p kiritib, stadionni sukutga cho‘mdirib qo‘yadi (muxlislarning asosiy qismi Koreya jamoasi muxlislari edi).

Yakunda ham Turkiya futbolchilari 2:3 hisobida g‘alaba qozonib mundialda 3-o‘rinni egallaydi. Janubiy Koreya esa 4-o‘rinda qoladi. Bu hanuzga qadar har ikki terma jamoa o‘z tarixida qo‘lga kiritgan eng yaxshi natija bo‘lib turibdi.

HAM FUTBOLCHI, HAM MURABBIY SIFATIDAGI CHЕMPIONLAR

Ikki nafar shaxs ham futbolchi sifatida, ham murabbiy sifatida jahon chempionligini qo‘lga kiritib, bu borada o‘ziga xos rekord o‘rnatgan. Ulardan biri germaniyalik Frans Bekkenbauyer bo‘lsa, ikkinchisi braziliyalik Mario Zagallodir.

Frans Bekkenbauyer Germaniya terma jamoasi safida futbolchi sifatida 1966-yilda jahon chempionatining kumush, 1970-yilda bronza, 1974-yilda esa oltin medalini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 1990 yilda Italiya mezbonlik qilgan mundialda o‘z mamlakati terma jamoasini bosh murabbiy sifatida maydonga boshlab tushib, yakunda kubokni olib qaytgan.

Braziliyalik Mario Zagallo esa 1958- va 1962-yilgi mundiallarda terma jamoasi safida futbolchi sifatida zafar quchgan. 1970-yilda esa Braziliya futbolchilari aynan uning qo‘li ostida uchinchi marotaba sayyoramizda tengsiz ekanliklarini isbotlashgandi.

Batafsil

ZAMONAVIY SHART-SHAROIT YANGI MARRALARGA QANOT BO‘LMOQDA

Kasbi tuman Bolalar va o‘smirlar sport maktabi tasarrufidagi eski ochiq suv havzasi tubdan qayta rekonstruksiya qilinib, uning o‘rnida zamonaviy yopiq havza barpo etilgani hudud yoshlarini g‘oyat shod etdi, endi ular doimiy ravishda suv sporti bilan shug‘ullanish imkoniga ega.

- Ayni vaqtda suzish havzasida 7 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan ikki yuzga yaqin o‘g‘il-qiz doimiy mashg‘ulotlar olib bormoqda, - deydi murabbiy Fotima Ochilova. – Basseyn suvni filtrlash, isitish kabi zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan. Undagi suv va zal havosi doimo bir xil, mo‘tadil ushlab turiladi.

Havza foydalanishga topshirilganiga hali ko‘p bo‘lmadi. Biroq, bu yerda shug‘ullanayotgan yoshlar allaqachon medallar jamg‘arishni ham boshlab yuborgan.

- Ushbu suzish havzasi ochilganidan so‘ng, birinchilardan bo‘lib mashg‘ulotlarga kelganman, - deydi tumandagi 16-o‘rta maktabning 7-sinf o‘quvchisi Munisa Hasanova. – Qisqa vaqt ichida suzishni o‘rganib, musobaqalarda ham ishtirok eta boshladim. O‘tgan davr mobaynida bir necha marotaba tuman va viloyat birinchiliklarida sovrinli o‘rinlarni egalladim. Xususan, “Umid nihollari” sport o‘yinlarining viloyat bosqichida 3-o‘rinni qo‘lga kiritganim men uchun juda katta natija bo‘ldi. Endigi maqsadim esa O‘zbekiston chempioni bo‘lish, terma jamoaga qabul qilinish va keyin olimpiadada yurtimiz bayrog‘ini baland ko‘tarish.

Ma’lumot o‘rnida keltirib o‘tish joizki, hozirgi vaqtda viloyatimizda 10 ta zamonaviy suzish havzasi ishlab turgan bo‘lsa, shuning 8 tasi yopiq turdagi basseyndir.

Batafsil

YOSH KARTINGCHILAR BЕLLASHDI

Kitob tumanida O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti viloyat bo‘limi tomonidan karting sport turi bo‘yicha viloyat birinchiligi musobaqasi o‘tkazildi.

Ta’kidlab o‘tish joiz, so‘nggi yillarda mamlakatimizda ushbu sport turi ham jadal rivojlanib bormoqda. Xususan, “Vatanparvar” tashkiloti hududiy bo‘limlari tasarrufidagi o‘quv-sport texnika klublarida ko‘plab yoshlar karting bilan muntazam shug‘ullanayapti. Ushbu yo‘nalishda tashkil etilayotgan turli musobaqalar esa sportchilar o‘z imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazishi, murabbiylarning terma jamoalarga munosib nomzodlarni saralashida muhim ahamiyatga ega bo‘lmoqda.

Bu galgi musobaqa uchta yosh toifasi bo‘yicha - 9-13, 14-17 hamda 18 va undan katta yoshdagilar o‘rtasida tashkil etildi.

Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslardan so‘ng 9-13 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘rtasida 1-o‘rin Muborak tumani vakili Azizbek Quvonchevga nasib etdi. 14-17 yoshli sportchilar o‘rtasida esa kasbilik Javohir Jononov shohsupaga ko‘tarildi. Katta yoshdagi sportchilar o‘rtasida muboraklik Farruh Murodovga teng keladigan raqib topilmadi.

Shuningdek, musobaqada jamoaviy g‘oliblar ham aniqlandi. Bu borada Kitob tumani o‘quv-sport texnika klubi 1-o‘rini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Kasbi tumani yosh sportchilari 2-o‘rindan joy oldi. Uchinchi o‘rin esa Muborak tumani o‘quv-sport texnika klubiga nasib etdi.

G‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

J.QILICHЕV

Suratda: musobaqadan lavha.

Batafsil

Yosh futbolchilar kuch sinashdi

1-4 may kunlari Qarshi shahridagi “Geolog” sport majmuasida umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida futbol bo‘yicha “Charm to‘p” musobaqasining mintaqaviy bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Ta’kidlash joizki, mazkur musobaqa O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tashabbusi bilan joriy etilgan bo‘lib, unda maktab o‘quvchilari 5-6, 7-8 va 9-10-sinf toifalarida ishtirok etishi belgilangan. Taqvim rejasiga ko‘ra, musobaqa tuman (shahar), viloyat, mintaqaviy va respublika miqyosida o‘tkaziladi. Shunga muvofiq, Qarshi shahrida o‘tkazilgan mintaqaviy bosqichda Navoiy, Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari o‘quvchilari ishtirok etdi.

- Turnirga Navoiy viloyatidan faqat 5-6 sinf o‘quvchilaridan iborat bitta jamoa kelgan bo‘lsa, Qashqadaryo, Surxondaryo va Samarqand viloyatlaridan belgilangan barcha sinf toifalaridagi uchtadan jamoa qatnashdi, - deydi viloyat futbol federatsiyasi mutaxassisi Asror Xo‘jayev. – Bahslar juda qiziqarli va kurashlarga boy bo‘ldi. Murabbiylar, mutaxassislar yangi iqtidorlarni kuzatib borishdi.

5-6-sinflar o‘rtasidagi bahslarda qashqadaryolik o‘quvchilar navoiylik yoshlarni, surxondaryoliklar esa samarqandlik tengdoshlarini ishonchli mag‘lub etib, finalga chiqishdi. Hal qiluvchi bahsda esa surxondaryolik o‘quvchilar 1-3 hisobida g‘alaba qozonib, musobaqaning respublika bosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

7-8-sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqalarda ham finalga ushbu ikki viloyat jamoalari chiqishdi. Nihoyatda qiziqarli kechgan o‘yinda g‘olib nomi penaltilar seriyasida aniq bo‘ldi. O‘ziga xos futbol lotereyasida viloyatimiz vakillari g‘alaba qozondi va musobaqaning respublika bosqichida ishtirok etadigan bo‘ldi.

Qashqadaryo va Samarqand viloyati o‘quvchilari ro‘baro‘ kelgan 9-10-sinflar o‘rtasidagi final ham penaltilar seriyasiga qadar yetib bordi. Bu bahsda samarqandlik yoshlar g‘alaba qozonib, keyingi bosqichda ishtirok etadigan bo‘lishdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, musobaqaning respublika bosqichi 15-18 may kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi. Unda Qarshi, Jizzax, Farg‘ona hamda Urganch shaharlarida o‘tkazilgan hududiy bosqich g‘oliblari maydonga tushadi.

Batafsil

Manzilimiz


Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mustaqillik Maydoni,1
Pochta indeksi:180100
Telefon
: 0(375)221-12-88, 0(375)221-03-81
Faks
: 0(375)221-13-40
Veb-sayt
http://www.qashqadaryo.uz
Elektron pochta
Yaqin jamoat transport to`xtash joylari 
Milliy bank va Mustaqillik Maydoni bekati
Avtomashrut
1,4,5,7,10,18,20,22,23,27,
37,44,462,11,21,37,33

Hozir saytimizda

Bizning saytimizda 257 mehmonlar va ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar 0

Maxsus imkoniyatlar

K'orinish

Pastda o'zingizga kerakli parametrni tanlasng
Blue Green Red Radian
Select menu
Google Font
Body Font-size
Body Font-family