wrapper

Maxsus imkoniyatlar
Madaniyat

Madaniyat (12)

Navoiy va siyosat

Alisher Navoiy xalqimizning ongi va tafakkuri, badiiy madaniyati tarixida butun bir davrni tashkil etadigan buyuk shaxs, milliy adabiyotimizning tengsiz namoyandasi, millatimizning g'ururi, sha'nu sharafini dunyoga tarannum qilgan o'lmas so'z san'atkoridir.

Islom KARIMOV,
O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti
Alisher Navoiy tavalludining 576 yilligiga

Navoiy va siyosat


Hazrat Alisher Navoiy buyuk ijodkor bo'lgani holda davlat boshqaruvi va siyosatdan uzoq emasdi. Shoir ismidagi “mir” so'zi ham amir so'zining qisqargan shakli bo'lib, shoh saroyidagi amal-mansabni ifoda qiladi. Adolatli hukmdor boshchiligidagi davlatga erishish orzusida bo'lgan ijodkor do'sti Husayn Boyqaro hokimiyatni qo'lga olgandan keyin uning taklifiga binoan davlat xizmatiga o'tadi. Navoiy Husayn Boyqaroni odil sultonga, uning davlatini adolatli davlatga aylantirish yo'lida ko'p yillar harakat qildi. Aytish mumkinki, hukmdor davlatning yuragi bo'lsa, Navoiy uning vijdoni edi.

Batafsil

Dinlar va millatlararo totuvlik – tinchlik va taraqqiyot omili

“O'zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo'lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e'tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat'i nazar, qonun oldida tengdirlar”.
 (O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 18-moddasidan).
16 noyabr – Xalqaro bag'rikenglik kuni
Insoniyat globallashuv davrida yashamoqda. Ya'ni dunyo iqtisodiyoti, madaniy, siyosiy, ijtimoiy aloqalar  turlanib turibdi. Bunday sharoitda bag'rikenglik, ayniqsa, muhim ahamiyat kasb etadi.
“Bag'rikenglik” (“tolerantlik”) so'zi deyarli barcha tillarda bir xil yoki bir-birini to'ldiruvchi mazmunga ega. Ularni umumlashtirib “bag'rikenglik” chidamlilik, bardoshlilik, o'zgacha qarashlar va harakatlarga hurmat bilan munosabatda bo'lish, muruvvatlilik, himmatlilik, kechirimlilik, mehribonlik, hamdardlik kabi ma'nolarga ega deyish mumkin.
O'zbek xalqiga xos bag'rikenglik chuqur tarixiy ildizlarga ega. Qadimdan Vatanimiz hududi bo'ylab Buyuk ipak yo'li o'tgan bo'lib, u Sharq va G'arbni o'zaro bog'lab turgan va millatlararo muloqotning rivojlanishi hamda aholi o'rtasida hamjihatlik, ahillik va bag'rikenglik g'oyalarining qaror topishida mustahkam zamin yaratgan.
Milliy ma'naviyatimiz manbai sanalgan islom dinida qon to'kish, xalq¬lar o'rtasida nizo urug'ini sepish, hattoki qushning uyasini buzish ham gunohi azim sanaladi. Xususan, hadisi sharifda “Sizlarga berilgan ne'matlarga shukrona aytib, bir-biringiz bilan ahil, tinch-totuvlikda yashash buyuriladi”, deyilgan.
Keyingi yillarda terrorizmning global xavfsizlikka va dinlararo do'stlikka qarshi yo'naltirilgan jiddiy tahdidga aylanayotganining guvohi bo'lmoqdamiz. Jumladan, turli buz-g'unchi guruhlar boshqa dinlarga e'tiqod qiluvchilarning barchasini “kofir” deb e'lon qilib, ularga qarshi kuch ishlatishga da'vat qilmoqda. Holbuki, islom ta'limotida diniy bag'rikenglik tamoyillari keng o'rin olgan. Odamlarni dinga yoki diniy ko'rsatmalarni bajarishga zo'rlash  islomning mohiyati va ruhiga mutlaqo ziddir. Alloh taolo: “Dinda zo'rlash yo'q” (“Baqara” surasi, 266-oyat) deya marhamat qilgan.
Bugun yurtimizda 130 dan ortiq millat va elat vakillari bir oila farzandlaridek, teng huquqlilik hamda o'zaro hamjihatlik sharoitida yashab, Vatanimizni yanada ravnaq toptirish yo'lida mehnat qilib kelishmoqda. Ularning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini ta'minlash, ta'lim olishlari, qiziqish va layoqatlari bo'yicha kasb-hunar egallashlari, madaniyatlari, an'ana hamda qadriyatlarini saqlash, rivojlantirishlari uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratib berilgan.  Hozirgi kunda respublikamizda 16 ta diniy konfessiya mavjud bo'lib, xilma-xil diniy e'tiqodga ega bo'lgan kishilar bir zamin, bir Vatanda, olijanob g'oya va niyatlar yo'lida hamkor va hamjihat bo'lib faoliyat ko'rsatmoqda.
Har bir millatning umumiy manfaatlari bilan birga o'z qadriyatlari ham bor. O'zbekiston kabi ko'p millatli mamlakatda turli millatlar manfaatlarini uyg'unlashtirish, ular orasida totuvlikni ta'minlash taraqqiyotning hal qiluvchi omillaridan biri hisoblanadi. Shuning uchun ham mamlakatimizda bu masalaga mustaqillikning dastlabki kunlaridan katta e'tibor qaratib kelinmoqda.
Davlatimizning dinga munosabati Konstitusiyadagi inson huquqlari, e'tiqod va vijdon erkinligi tamoyillariga asoslanib, unga muvofiq biror millatni yoki diniy e'tiqodni kamsitishga yo'l qo'yilmaydi.
Qadimdan diyorimizda buddaviylik, zardushtiylik, nasroniylik, yahudiylik, islom dinlari yonma-yon yashab kelgan, madaniyat markazlari hisoblangan  shaharlarimizda masjid, cherkov,    sinagogalar faoliyat ko'rsatgan. Ularda turli millat, elat va dinga mansub xalqlar, qavmlar o'z diniy amallarini emin-erkin ado etgan.
Muqaddas kitobimiz Qur'oni karimning 50 dan ortiq surasidagi yuzlab oyatlarda ham musulmonlar mo'min-qobillik, tinchlikparvarlik va boshqa e'tiqod vakillariga nisbatan bag'rikenglikka da'vat etilgan.
Diyorimizdan etishib chiqqan allomalar asarlarida diniy bag'rikenglik bilan bog'liq qadriyatlarni targ'ib qiluvchi g'oyalar keng yoritib berilgan. Buyuk alloma, moturudiya aqidaviy yo'nalishi asoschisi Abu Mansur al-Moturudiyning asarlarida bayon etilgan bag'rikenglik g'oyalari bunga misol bo'la oladi. Jumladan, Moturudiy Qur'oni karim oyatlarining tafsiriga bag'ishlangan, islom olamida juda keng tanilgan “Ta'vilot ahli sunna” asaridagi “Haj” surasi 40-oyat tafsirida: “Cherkov va sinagogalarni vayron etish man etiladi. Shuning uchun ham, musulmonlar yurtida shu davrgacha ular  buzilmay saqlanib qolgan. Bu masalada ahli ilm orasida ixtilof yo'qdir”, deb qat'iy ta'kidlaydi. Nasaflik mashhur yurtdoshimiz, faqih, mufassir Abul Barakot an-Nasafiy  o'zining “Madorik at-tanzil” asarida mazkur oyatlarni “O'zga din vakillariga ehtirom ko'rsating hamda ularga so'zda va amalda yaxshilik qiling”, deb sharhlaydi.
Xulosa qilib aytganda, yurtimizda millatlararo va dinlararo totuvlikni yanada mustahkamlashga qaratilgan g'oya va tashabbuslar yakdillikni, hamjihatlikni ta'minlashga xizmat qilmoqda. Hozirgi  dunyoning turli burchaklarida g'oyaviy qarama-qarshiliklar avj olayotgan, millatlar va dinlar orasida turli nizolarni chiqarish yo'li bilan tartibsizliklar uyushtirilayotgan bir vaqtda bag'rikenglik bunday illatlarni bartaraf etishda eng foydali va samarali echimdir.
Muhammadi QORAYEV, Kitob tumanidagi Xoja Buxoriy nomli o'rta maxsus islom bilim yurti mudirining ma'naviy-ma'rifiy  ishlar bo'yicha o'rinbosari 


Batafsil

Madaniyat va ma'rifat homiysi

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ta'lim, fan va madaniyat masalalari bo'yicha tashkiloti – YuNYESKO jahon xalqlari o'rtasida o'zaro madaniy va ma'rifiy aloqalarni mustahkamlash, ularning ma'naviy dunyosini yanada yuksaltirish, YEr yuzida tinchlik va bag'rikenglik g'oyalarini qaror toptirishdan iborat.
Ushbu tashkilotga 1945 yil 16 noyabr kuni asos solingan bo'lib, uning Nizomi 1946 yilning 4 noyabr kunidan rasman kuchga kirgan. Bugungi kunda YuNYESKOga ikki yuzga yaqin mamlakat a'zo sanaladi. Xalqaro miqyosdagi yuksak obro'-e'tibor hamda mavqega ega tashkilot o'tgan vaqt davomida o'zining ma'rifatparvar g'oyalari bilan jahonning barcha davlatlariga kirib bordi.
Ta'kidlash joiz, YuNYESKO irqi, jinsi, tili va dinidan qat'i nazar, jahondagi barcha xalqlar uchun inson huquqlari va asosiy erkinliklariga umumiy hurmatni ta'minlash yo'lida faoliyat yuritadi. Tashkilot dunyoda savodsizlikka qarshi kurashish, ta'lim tizimini rivojlantirish, milliy madaniyatlarni o'rganish, atrof-muhit va madaniy yodgorliklarni muhofaza qilish kabi ko'plab keng qamrovli masalalarni hal etishni asosiy maqsad qilib olgan.

Batafsil

Islohotlar samaralari namoyishi

Mullato'ychi Toshmuhammedov nomidagi viloyat musiqali drama teatrida fotojurnalistika fidoyisi Murodulla Komilovning mamlakatimiz mustaqilligining 25 yilligiga bag'ishlangan fotoko'rgazmasi ochildi.
"Kim edigu kim bo'ldik?" degan ezgu g'oyani o'zida mujassam etgan fotoko'rgazmada ijodkorning mustaqillik yillarida mamlakatimiz qishloq xo'jaligi, sanoat, qurilish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, madaniyat va sport, yoinki barcha sohalar rivojini hamda yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning viloyatdagi ijrosini yorqin tasvirlarda aks ettirgan yuzdan ortiq fotolari namoyish qilindi. E'tiborlisi ularda joylar, inshootlar, korxona va ishlab chiqarish sub'ektlarining kechagi qiyofasi va buguni qiyosiy taqdim etilgani istiqlolning xalqimiz hayotida tutgan o'rni va ahamiyati haqida teran xulosa chiqarish imkonini beradi. Shuningdek, ko'rgazmadan viloyatning istiqlolgacha bo'lgan davrdagi hayotini ifodalagan fotosuratlar ham o'rin oldiki, ular keng jamoatchilik vakillarini bee'tibor qoldirmadi.
Tadbirda O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan madaniyat xodimi Qurbon Egamberdiev, faxriy jurnalist Bo'ri Norqobilov, O'zbekiston Respublikasi san'at arbobi Sadriddin Salimov va boshqalar Murodulla Komilovning ijod yo'li, uning fotosuratlaridagi tabiiylik va ta'sirchanlik haqida gapirar ekan, ko'rgazmada namo-yish etilayotgan ishlar nafaqat istiqlol yillaridagi tadrijiy rivojlanishni aks ettirgani, balki yoshlar uchun katta tarbiyaviy ahamiyatga egaligi bilan ham e'tiborga molik ekanini ta'kidlashdi.
- Ko'rgazmadan juda katta zavq va ilhom oldim, - deydi O'zbekiston Badiiy akademiyasi viloyat bo'limi rahbari Azamat Sattorov. - Undagi fotosuratlar hech bir so'z ishlatmay turib, viloyatimizning kechasi va buguni haqida batafsil hikoya qiladi. Suratlarda odamlarning o'y-tashvishi, orzu-istagi, quvonchi shu darajada yorqin aks etganki, menga qolsa, ko'rgazmani fotokontrast deb nomlagan bo'lardim.
Fotoko'rgazma davom etmoqda.


Batafsil

Chiroqchi tumanida madaniyat va aholi dam olish markazi foydalanishga topshirildi.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 25 iyundagi “2013-2018 yillarda zamonaviy madaniyat va aholi dam olish markazlarini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi 178-sonli qarori bilan tasdiqlangan Dastur doirasida 11 ta (Qamashi, Nishon va Kasbi tumanlarida 2 tadan, Qarshi, Muborak, Yakkabog', Kitob va Chiroqchi tumanlarida 1 tadan) madaniyat va aholi dam olish markazlari fodalanishga topshirilib, aholining mazmunli dam olishi uchun shart-sharoitlar yaratilmoqda.
Hudud aholisini, ayniqsa yoshlarning madaniy ma'rifiy ehtiyojini qondirish, bo'sh vaqtlarini samarali va mazmunli o'tkazish, ajdodlarimizdan meros bo'lib kelayotgan milliy urf-odatlar, an'analarga hurmat tuyg'ularini shakllantirishga xizmat qiladigan madaniyat va aholi dam olish markazlaridan yana biri kuni kecha Chiroqchi tumanida ham fodalanishga topshirildi. Markazning tantanali ochilishida viloyat hokimi Z.Sh.Ro'ziev ishtirok etdi.
2016  yilning 1 sentyabrigacha Respublikamiz Mustaqiligining
25 yilligiga to'yona sifatida yana 10 ta (Qarshi, Nishon, Yakkabog', Koson, G'uzor, va Dehqonobod tumanlarida 1 tadan, Shahrisabz va Mirishkor tumanlarida 2 tadan)  madaniyat va aholi dam olish markazlari foydalanishga topshiriladi.


Batafsil

Daryo bo´yidagi ko´rkam go´sha ko´rgan ko´zni quvnatadi

Qarshi. Tarixning necha asrlik sir-sinoatlarini o´zida jo etgan, ne kunlarga guvoh maskan. Bir necha ming yilliklarga tutash tarix qa´ridan noyob yodgorliklarni bag´rida asrab kelayotgan go´sha. Kecha ko´plarning nazdidagi bepoyon yaydoqlik, nihoyatda issiq va taqir bir er, bugun zamonaning eng sayqal topgan me´moriy uslublarini shonli tarixiga tutashtirgan rivojlangan shahar. Kecha Qarshini biror mehmon bilan aylanaman, desangiz, boradigan joyning o´zi kam edi. Tarixiy yodgorliklarimiz to´kilib qolgan, ko´rimsiz binolarga birovning ko´zi tushishidan iymanarding kishi. Shuning uchun ham mehmonning qadami biror tamaddixonadan nariga o´tmasdi. Qorin to´yardiyu ko´ngilda huvillagan bir bo´shliq paydo bo´lardi. Bugun Qarshini aylana turib, dil yayraydi, qalb shijoatga to´ladi. Endi xijolat chekish yo´q. Qaytaga g´ururlanasiz. Shunday obod, go´zal go´shalarimiz bilan maqtangingiz keladi. Bizning shaharlarimiz jahon megapolislaridan hech bir jihatdan qolishmasligini aytgingiz keladi. Darvoqe, ta´rifga ne hojat: barchasi yaqqol ko´rinib turibdi-ku. Birgina Qashqadaryo daryosining ustidagi Amir Temur ko´prigi atrofida qilingan ishlarni olaylik. Albatta, barcha ulug´ ishlar loyiha bilan boshlanadi. Yurtboshimiz o´tgan yilning 30 iyun -1 iyul kunlari viloyatimizga qilgan tashrifi chog´ida Amir Temur ko´prigi atrofini obodonlashtirish, yo´l va daryo bo´ylariga hududning tabiiy iqlim sharoitiga mos manzarali daraxtlar o´tqazish, aholining mazmunli hordiq chiqarishi uchun zarur bo´ladigan barcha sharoit va qulayliklarni yaratish, sohilbo´yini obodonlashtirish yuzasidan ko´rsatmalar bergandi. Bugun daryo bo´yidagi ko´rkam go´sha ko´rgan ko´zni quvnatadi. Hatto bir yil ilgari daryo bo´yida shunday fayziyob go´sha yaratiladi, desa hech kim aniq bir tasavvurga kela olmasdi. Bugun baxtiyor bolalarimizning shodon kulgisi, keksa otaxonu onaxonlarimizning duosi bilan farishtali bu maskan dam olib, hordiq chiqaradigan, o´ynab-kuladigan go´zal hududga aylandi. Kecha suvi tarmoqlab, loyqa orasidan o´ziga yo´l qidirgan ko´rimsiz daryoning suvi bugun to´lib-toshib, Qashqadaryoning moviy qirg´oqlariga urilib-o´ynoqlab oqmoqda. Kechagi loyqa o´rnidagi zilol suvlarda suzib yurgan kema, katamaranlarni uncha-muncha shaharlarda uchratmaysiz. Daryo qirg´og´i bo´ylab barpo etilgan attraksionlar, plyaj va zamonaviy kafe-barlar hududga o´zgacha qiyofa baxsh etgan. Kechagi ovloq, nazardan chetda, kishi yurak hovuchlab o´tgan joyda bugun tunu kun sayru gurung avjida, xush-xandon ovozlar, shodon kulgilar jarang sochadi. Ko´prikning har ikki tarafidagi sayilgohni bir-biriga bog´lash maqsadida qurilgan er osti piyodalar o´tish yo´lagi o´zi bir dunyo! Daryo suvining salqinini yurakka eltadigan epkin, tungi chiroqlar nurida yaraqlayotgan devorlar tinch-omon kunlarning yorqin damlari ifodasiga o´xshaydi. Qarshi shahrining O´zbekiston va Mustaqillik ko´chalari kesishgan nuqtada ko´kka bo´y cho´zib turgan kurant mahobati kishini lol qiladi. Avvalgi kurant bir necha yillardan buyon ishlamay, quruq savlat bo´lib turardi, undan eskilik nafasi ufurardi. Bugun esa hashamatli va ulug´vor, milliy va zamonaviy me´morchilik uslublarini uyg´unlashtirgan yangi kurant bizning ulug´vor maqsadlarimiz ifodasi bo´lib turibdi.

Batafsil

Bilim manbai - kitob

Bilim - xazina. U shunday boylikki, hech kim tortib ololmaydi, ishlatgan sari boyib boradi. Bilim manbai esa - kitob. Mutafakkirlar nazdida kitob eng yaxshi murabbiy, dono yo´lboshchidir.

Ayniqsa, kitobga oshnolik yosh avlodning chuqur bilimli, yuksak aql-zakovatli barkamol shaxslar bo´lib voyaga etishida muhim rol o´ynaydi. Shu bois, bugungi kunda o´quv maskanlari qoshida faoliyat yuritayotgan axborot-resurs markazlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, yangi kitob va zarur o´quv qo´llanmalari, zamonaviy elektron darsliklar bilan boyitishga alohida e´tibor qaratilmoqda.
Qarshi davlat universitetining axborot-resurs markazida ham talaba va izlanuvchilar uchun barcha zarur shart-sharoitlar muhayyo etilgan. Bu erda bugungi kunda 600 mingdan ziyod kitob mavjud bo´lib, 3 ta o´quv zali foydalanuvchilar ixtiyorida.

Batafsil

Adolat hukmi bilan…

Rahbar lavozimda faoliyat ko'rsatayotgan kishilar buyuk ajdodimiz Amir Temur haqidagi asarlarni, uning “Tuzuk”larini sinchiklab o'qishi ma'lum. Bu bejiz emas. Tarixda ulkan davlat barpo etib, bir qancha sarhadlarni birlashtirgan Sohibqirondan o'rgansa arziydigan jihatlar ko'p. Ma'lumki, to'rt-besh kishiga bosh bo'lishning, ularni to'g'ri yo'lga yo'naltirishning o'zi bo'lmaydi. Buyuk Sohibqiron esa dunyoning qariyb yarmida hukmronligini o'rnatdi va ko'plab xalqlarni, mamlakatlarni o'z hokimiyati ostida birlashtirdi. Bu esa Sohibqiron kuchli boshqaruv va salohiyat, mustahkam asosga ega hukmdorlik fazilatlari sohibi bo'lganini ko'rsatadi.
Xo'sh, buyuk Sohibqiron davlat boshqaruvida qaysi jihatlarga e'tibor qaratdi? Uning kuchli boshqaruvchilik siri nimada edi? Bunga “Tuzuklar”dan shunday javob topamiz: “Saltanatim ishlarini murosayu madora, muruvvat va sabr-toqat bilan yurgizdim. Davlat ishlarini saltanat qonun-qoidalariga asoslangan holda boshqardim.
Bugungi ishni ertaga qo'ymadim. Yumshoqlik qilishga to'g'ri kelsa, muloyimlik qildim, qattiqqo'llik ishlatish vaqti etsa, qat'iy choralarni kechiktirmadim. Qaysi ishni chorayu tadbir bilan bitirishning iloji bo'lsa, unda qilich ishlatmadim”.
Amir Temur saltanatni boshqarishda vazir, amirlar, devonbegi, viloyatlardagi devon xodimlari va beklarni tanlash, ularni joy-joyiga qo'yishda nomzodlarning nasl-nasabi, aql-farosati, xalqparvarligi, adolatparvarligi, ziyrakligiyu odamlar bilan muomalasiga katta e'tibor bergan. Uning fikricha, hokimiyat zo'ravonlik bilan emas, balki o'z hukmining ta'sirchanligi va adolat bilan boshqarilishiga tayanmog'i kerak.
Amir Temur vazirlardan quyidagi xislatlarga ega bo'lishni talab etgan: birinchisi asllik, toza nasllik, ikkinchisi aql-farosatlilik, uchinchisi sipohu raiyat ahvolidan xabardorlik, ularga nisbatan xushmuomalada bo'lish va to'rtinchisi sabr-chidamlilik va tinchliksevarlik.
Ko'pga bosh bo'lgan kishining mas'uliyati  haqida esa “Tuzuklar”da shunday deyiladi: “Adolat va insof bilan tangrining yaratgan bandalarini o'zimdan rozi qildim. Gunohkorga ham, begunohga ham rahm qilib, haqqoniyat yuzasidan hukm chiqardim. Xayr-ehson ishlarim bilan odamlar ko'nglidan joy oldim”.
Ma'lumki, mas'ul vazifaga tayinlangan kishi o'z ishini halol, vijdonan bajarishi, elga nafi tegishi zarur. Ammo buni unutib qo'yadigan kishilar ham topiladi. “Tuzuklar”da agar mansabdorlar, hokimlar xalqqa jabr-zulm qilib, ularni xarob qilgan bo'lsalar, qilgan ishlariga loyiq jazo berilishi ta'kidlanadi: “Qaysi vazir g'iybat gaplarni aytsa, uydirma gaplarga quloq solsa, jabr-zulm qilsa, o'ziga yoqmagan kishilarni yo'qotish payiga tushsa, uni vazirlikdan tushirish lozim. Nasliyu zoti yomon, hasadchi, gina-kek saqlovchi, qora ko'ngilli kishilarga zinhor vazirlik lavozimi berilmasin. Buzuqi, qora ko'ngilli, zoti past odam vazirlik qilsa, davlatu saltanat tez orada qulaydi”.
Ma'lumki, hech kim rahbar bo'lib tug'ilmaydi, rahbar bo'lib shakllanadi. Shu sababdan har tomonlama mas'uliyatli, elim, yurtim deb yonib yashaydigan shaxsni shakllantirish ko'p omillarga bog'liq. Shu murakkablikni Amir Temur bobomiz his qilib, shunday talab va taklif beradi: “...Turku tojik, arabu ajamning turli toifa va qabilalaridan bo'lgan va mening panohimga kirgan kishilarning ulug'lariga hurmat ko'rsatdim, qolganlarini ham o'z holiga yarasha siyladim. Yaxshilariga yaxshilik qildim, yomonlarini esa o'z yomonliklariga topshirdim”.
Amir Temurning huquqiy qarashlari uning tuzuklarida yaqqol ko'zga tashlanadi: saltanatni boshqarish, tanho va ulufalar berish, o'g'il va nabiralariga ulufa berish tartib tuzugi, vazir tutish, amirlik va hukmdorlik, sipohiylarni rag'batlantirish, sipohiylarni oliy darajaga ko'tarish, soliqlar tuzugi, do'st-dushmanga muomala qilish, elchilar bilan muomala qilish tuzugi...
Shuningdek, Sohibqiron raiyatdan mol-xiroj yig'ishni adolat talablari asosida olib borgan. Sababi, bunday holatga e'tiborsizlik, yoki adolatsizlikka yo'l qo'yilsa, mamlakat qashshoqlikka yuz tutishini anglagan.
Harbiy yurish vaqtida ham qat'iy tartib, qoidalar mavjud bo'lib, unga ko'ra, o'nboshi, yuzboshi, mingboshi bir-biriga bo'ysunishi shart edi. Mabodo bu tartib buzilsa, ya'ni yuzboshi mingboshiga bo'ysunmasa yoki o'nboshi yuzboshiga itoat etmasa, albatta ularga nisbatan tegishli jazo qo'llanilgan.
Umuman olganda, buyuk ajdodimiz Sohibqiron Amir Temurning davlatchilik asoslari va boshqaruv uslubi huquqiy demokratik davlat mezonlariga ham mos keladiki, mazkur tarix o'qib-o'rganishga, tadqiqotlar olib borishga, hayotga tatbiq qilishga-da arziydi.


Batafsil

Imtiyoz va imkoniyat yangi g'oya va tashabbuslarga keng yo'l ochmoqda

Kecha Qarshi shahridagi Mullato'ychi Toshmuhammedov nomidagi viloyat musiqali drama teatri binosida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun "Tashabbus-2016" ko'rik-tanlovining viloyat bosqichi bo'lib o'tdi.
Unda o'tgan yil yakunlariga ko'ra ilg'or natijalarga erishgan hamda ko'rik-tanlovning dastlabki - shahar va tumanlar bosqichida g'olib bo'lgan 41 nafar tadbirkor, fermer va hunarmand qatnashdi.
Tadbirda viloyat hokimining o'rinbosari G'ayrat Javliev so'zga chiqib, yurtimizda  tadbirkorlik, hunarmandchilik va fermerlikni rivojlantirishga katta e'tibor qaratilayotgani, ishbilarmonlik muhiti tobora yaxshilanib borayotgani, bu esa yangidan yangi tashabbuskorlar soni va salmog'ining ko'payishiga turtki bo'layotgani haqida aytib o'tdi. Hukumatimiz tomonidan tadbirkorlik sub'ektlariga yaratib berilayotgan imkoniyat va imtiyozlar ularning biznes-g'oya va rejalari tezroq ro'yobga chiqishiga keng yo'l ochayotganini qayd etdi.
Albatta, bu kabi engillik va qulayliklar tadbirkorlarning asosiy e'tiborni ishlab chiqarishni rivojlantirish, faoliyat ko'lamini yanada kengaytirishga qaratishiga zamin hozirlayapti.
- Ko'p tarmoqli faoliyat ko'p daromad asosidir, - deydi tanlov ishtirokchisi, Muborak tumanidagi "Baxt" fermer xo'jaligi raisi Rustam Ahmedov. - Biz ham har yili yangi bir yo'nalishni tashkil etib, faoliyatimizni kengaytirishga harakat qilayapmiz. Hozirgi kunda chorvachilik va asalarichilikni rivojlantirayapmiz. 50 bosh qoramol va 500 boshdan ziyod qo'y-echkimiz bor. Asalari oilalari sonini 100 taga etkazdik. O'tgan yili 5 tonnadan ko'proq go'sht va 1 tonna asal etishtirdik. Xo'jaligimizda non va non mahsulotlari ishlab chiqarishni ham yo'lga qo'yganmiz. Shartnoma asosida tumandagi savdo do'konlariga etkazib berayapmiz. 2015 yilgi faoliyatimizni qariyb 70 million so'm sof foyda bilan yakunladik. Kelgusida bir qancha istiqbolli loyihalarni amalga oshirish, xususan, go'sht va sutni qayta ishlashni tashkil etish rejamizda bor.
E'tiborli jihati, ko'rik-tanlovning viloyat bosqichi ishtirokchilari orasida intiluvchan va tashabbuskor yoshlar soni ko'pchilikni tashkil etdi. Ulardan biri Dehqonobod tumanilik Murodulla Egamberdiev quyosh nurini yutish evaziga hosil bo'lgan energiyani suv isitishga sarflaydigan qurilma ishlab chiqarishni yo'lga qo'yibdi.
- Asosiysi, bu qurilma ekologik toza va ortiqcha xarajat talab etmaydi, undan ro'zg'orda ham foydalanish mumkin - deydi u. - Yozning quyoshli kunlarida qurilma 160 litr suvni 3 soatda 95 darajagacha qizdirib beradi. Mahsulot ishlab chiqarishimiz uchun zarur xomashyo o'zimizda ham bor, ayrimlarini boshqa viloyatlardan sotib olamiz. Bundan tashqari, hozirgi vaqtda bruschatka va alyumin profilli deraza va eshiklar ishlab chiqarayapmiz. 5 nafar yoshni ish bilan ta'minlaganman.
Ko'rik-tanlovda nufuzli hakamlar hay'ati ishtirokchilar faoliyatini bir qator mezonlar asosida baholab bordi. Ularning xulosasiga ko'ra, yilning eng yaxshilari nomlari e'lon qilindi.
"Yilning eng yaxshi tadbirkori" nominasiyasi g'oliblari:
1-o'rin: Kitob tumanidagi "Kitob marmar zavodi" mas'uliyati cheklangan jamiyati rahbari O'tkir Jo'raev.
2-o'rin: Koson tumanidagi "Botir" xususiy firmasi rahbari Nizomidin Toshmuratov.
3-o'rin: Qarshi shahridagi Hamidxon Komilov nomli "Qarshi mebel" mas'uliyati cheklangan jamiyati raisi Salomat Komilova.
"Yilning eng yaxshi hunarmandi" nominasiyasi g'oliblari:
1-o'rin: Shahrisabz tumanilik kulol Rustam Muzaffarov.
2-o'rin: Kitob tumanilik kashtachi Umida Fozilova.
3-o'rin: G'uzor tumanilik zargar Sharif Raupov.
"Yilning eng yaxshi fermeri" nominasiyasi g'oliblari:
1-o'rin: Koson tumanidagi "G'aybullo Bahriev" fermer xo'jaligi raisi Xayrullo Bahriev.
2-o'rin: Qarshi tumanidagi "Yo'ldoshev Sunnatilla Ne'matovich" fermer xo'jaligi  raisi Ne'mat Hayitov.
3-o'rin: Mirishkor tumanidagi "Jo'raev Javlonbek Ernazarovich" fermer xo'jaligi raisi Ernazar Shodiev.
Asosiy yo'nalishlarda birinchi o'rinlarni qo'lga kiritgan tadbirkor, hunarmand va fermer ko'rik-tanlovning final bosqichiga yo'llanmalar olishdi.
Shuningdek, tanlovda "Eng yaxshi yosh tadbirkor", "Eng yaxshi innovasion loyiha muallifi", "Yoshlarga eng ko'p ish o'rni yaratgan tadbirkor", "Mening yurtim - mening iftixorim", "Keksa tadbirkor - "Tashabbus" e'zozida", "Eng yaxshi oilaviy biznes sohibi", "Eng yaxshi eksportchi", "Eng mas'uliyatli ijtimoiy sherik", "Yilning eng yaxshi mahsuloti", "Oziq-ovqat yo'nalishidagi eng yaxshi tadbirkor", "Mudofaa vazirligi bilan ishlayotgan eng yaxshi tadbirkor", "Yosh tadbirkor mahsuloti jahon bozorida" nominasiyalari bo'yicha ham g'oliblar aniqlandi.


"Eng yaxshi yosh tadbirkor" - Dehqonobod tumanidagi "Arslonbek Murodbek" xususiy korxonasi rahbari Murodulla Egamberdiev.
"Eng yaxshi innovasion loyiha muallifi" - Shahrisabz tumanidagi "Mars Electronics" mas'uliyati cheklangan jamiyati rahbari Shavkat  Jumaev.
"Yoshlarga eng ko'p ish o'rni yaratgan tadbirkor" - Qamashi tumanidagi "Agrovostok" MChJ raisi Fazliddin Esanov.
"Mening yurtim - mening iftixorim" - Qarshi tumanidagi "Mebel servis nur" MChJ rahbari Lola Esanova.
"Keksa tadbirkor - "Tashabbus" e'zozida" - Chiroqchi tumanidagi "Chiroqchi" ishlab chiqarish mas'uliyati cheklangan jamiyati raisi  Ravshan Jo'raev.
"Eng yaxshi oilaviy biznes sohibi" - Mirishkor tumanilik hunarmand Ro'zima Hakimova.
 "Eng yaxshi eksportchi" - Kitob tumanilik kashtachi Umida  Fozilova.
"Eng mas'uliyatli ijtimoiy sherik" - Nishon tumanidagi "Stanok montaj avtomatika servis" MChJ raisi Shoymardon Normurodov.
"Yilning eng yaxshi mahsuloti" - "Asalchilik N.X.J" fermer xo'jaligi rahbari Asqar Niyozov.
"Oziq-ovqat yo'nalishidagi eng yaxshi tadbirkor" - Yakkabog' tumanidagi "Burxonboy" xususiy korxonasi rahbari Akmal Yoqubov.
"Mudofaa vazirligi bilan ishlayotgan eng yaxshi tadbirkor" - Qarshi shahridagi "Sanam" MChJ raisi Shavkat Xolmurodov.
"Yosh tadbirkor mahsuloti jahon bozorida" - G'uzor tumanidagi "Jasmina fruct servis" fermer xo'jaligi rahbari Shahlo Musajonova.
Tadbir so'ngida "Tashabbus-2016" ko'rik-tanlovining viloyat bosqichi g'olib va sovrindorlari maxsus diplom hamda qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlandilar.
Ma'lumot o'rnida aytish joizki, mazkur ko'rik-tanlov tashkil etilgan 1996 yildan buyon viloyatimiz ishbilarmonlari bir marta "Yilning eng yaxshi tadbirkori" (2010 yil), uch marotaba "Yilning eng yaxshi fermeri" (2000, 2008 va 2012 yillar) va bir marta "Yilning eng yaxshi hunarmandi" (2006) yo'nalishlarida g'olib chiqib, Prezident sovrinlariga ega bo'lishgan.

Suratlarda: ko'rik-tanlov g'oliblari (chapdan) hunarmand Rustam  Muzaffarov, fermer Xayrullo Bahriev,
tadbirkor O'tkir Jo'raev; ko'rik-tanlovdan lavha.
Sobir NARZIYEV olgan suratlar.



Batafsil

“Turkiston” saroyida 5 mart kuni Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tantanali tadbir bo'lib o'tdi

Bahorning ilk kunlarida xotin-qizlar bayramining nishonlanishida ajib ramziy ma'no bor. Bahor ayollarimizga, ayollarimiz bahorga o'xshaydi – biri biridan go'zal.
Mamlakatimizning bosh maydoni – Mustaqillik maydonida Baxtiyor ona haykali barpo etilgani yurtimizda onalarga, ayol zotiga yuksak ehtirom ko'rsatish, xotin-qizlarni e'zozlash, sog'lom avlodni voyaga etkazish Prezidentimiz rahnamoligida amalga oshirilayotgan islohotlarning ustuvor yo'nalishlaridan ekanining ramziy ifodasidir.

Batafsil

Manzilimiz


Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mustaqillik Maydoni,1
Pochta indeksi:180100
Telefon
: 0(375)221-12-88, 0(375)221-03-81
Faks
: 0(375)221-13-40
Veb-sayt
http://www.qashqadaryo.uz
Elektron pochta
Yaqin jamoat transport to`xtash joylari 
Milliy bank va Mustaqillik Maydoni bekati
Avtomashrut
1,4,5,7,10,18,20,22,23,27,
37,44,462,11,21,37,33

Hozir saytimizda

Bizning saytimizda 131 mehmonlar va ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar 0

Bosh sahifa

Qabul kunlari

A- A A+

Rahbariyatga murojaat etish

Rahbariyatga murojaat etish

Viloyat hokimligining umumiy bo'limiga murojjat etish (Yangi oynada ochiladi)

Mobil versiya

Mobil versiyaga o'tish

Bog'lanish

Ishonch telefon raqami 
0(371) 200-55-05 
Ishonch telefon raqami reglament
Yagona telefon raqami
0(375) 221-07-60 
Yagona telefon raqami reglamenti

Batafsil>>>

Biz bilan bog'lanish

Sahifa adressi

Maxsus imkoniyatlar

K'orinish

Pastda o'zingizga kerakli parametrni tanlasng
Blue Green Red Radian
Select menu
Google Font
Body Font-size
Body Font-family