Welcome to Qashqadaryo viloyat hokimiyati   Click to listen highlighted text! Welcome to Qashqadaryo viloyat hokimiyati Powered By GSpeech

wrapper

Maxsus imkoniyatlar
Jamiyat

Jamiyat (73)

Qarshi- yoshlar shahri.

2017 yil 28-oktyabr kuni soat 18.00da esa shahrimizdagi Mullato'ychi Toshmuhammedov nomidagi viloyat musiqali drama teatri oldidagi maydonda ham bayram uyushtirilmoqda.

Bu bayramdan maqsad shahrimiz yoshlarini jipslashtirish, ularda ona Vatanga muhabbat, istiqlol g'oyalariga sadoqat, shu ozod va obod Vatan ravnaqi uchun fidoyi bo'lish kabi tuyg'ularni yanada rivojlantirishdir. Bu tadbirda Qarshi shahar hokimligining tashabbusi bilan poytaxtdan tashrif buyuradigan taniqli estrada yulduzlari ishtirokida “Qarshi shahri yoshlari – O'zbekiston fidoyilari” mavzusida katta ko'ngilochar konsert dasturi namoyish etiladi. Mazkur tadbirda 27 oktyabrda o'tkazilgan “Osh sayli” tanlovi g'oliblari ham taqdirlanadilar.

Batafsil

Diqqat! Diqqat! Shahrimizda yana katta tantana!!!

27- oktyabr “Qarshi shahri kuni” munosabati bilan Qarshi shahar hokimligining tashabbusi bilan shahrimiz markazidagi “Navro'z” xiyobonida 2017 yil 27 oktyabr kuni soat 09.00 da “Osh sayli” boshlanadi. Unda o'zbek taomlari sultoni bo'lgan – osh tayyorlash bo'yicha musobaqa o'tkaziladi.

Musobaqada shahrimizning 20 nafar mohir oshpazlari ishtirok etadilar. Ishtirokchi oshpazlar shu kuni 50 kgdan osh damlab o'z mahoratlarini yana bir karra namoyish etish va shahar hokimligi tomonidan g'oliblar uchun ajratilgan qimmatbaho sovg'alar, maxsus diplomni qo'lga kiritish imkoniyatiga ega bo'ladilar. Soat 16.00gacha davom etadigan “Osh sayli”da shahrimiz axolisi va mehmonlari turli ko'ngilochar tadbirlar, konsert dasturlarini tomosha qilib dam olishlari mumkin.

Tayyorlangan taom bayram ishtirokchilariga bepul tarqatiladi.

Shuningdek, shu kuni soat 18.00da “Navro'z” xiyobonida joylashgan yangi “Atlas” bozori - savdo majmuasining ochilish marosimi ham bo'lib o'tadi. Ochilish marosimida poytaxtdan tashrif buyurgan o'zbek estradasi yulduzlari ishtirokida katta konsert dasturi namoyish etiladi.

Batafsil

Prezidentning davlat maslahatchisi Surxondaryo va Qashqadaryoda sayyor qabul o'tkazadi

2017 yil «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» deb e'lon qilinganligi munosabati bilan Qashqadaryo viloyatida joriy yilning 14–16 sentyabr kunlari O'zbekiston Respublikasi prezidentining Davlat maslahatchisi Tursinxon Xudaybergenov tomonidan sayyor qabul o'tkaziladi.
 
Qashqadaryo viloyatidagi tumanlarda o'tkaziladigan sayyor qabul vaqtlari:
1. G'uzor tumani (Transport kolleji binosida) 14.09 soat 15:00 da
2. Qarshi shahri (San'at kollejida) 14.09 soat 19:00 da
3. Mirishkor tumani (Palatkali shaharchada) 15.09 soat 10:00 da
4. Shahrisabz tumani (20-musiqa va san'at maktabida) 15.09 soat 16:00 da
5. Chiroqchi tumani (Ko'kdala kollejida) 16.09 soat 10:00 da
Fuqarolar aytilgan manzillarga ko'rsatib o'tilgan sana va soatlarda kelib, o'zlarini qiynayotgan muammolar va takliflarni bildirishlari mumkin.

Batafsil

Katya Konopleva - yangi uy sohibasi

Shu vaqtga qadar Qarshi shahridagi "Muruvvat" uyida yashab kelgan Katya Konopleva va uning ota-onasiga Prezident sovg'asi - Gulshan mahallasi hududida qurilgan ko'p qavatli uyning xonadonlaridan biri topshirildi.
Shu munosabat bilan o'tkazilgan tadbirda Prezident Davlat maslahatchisi Tursinxan Xudaybergenov, viloyat hokimi Zafar Ro'ziev hamda keng jamoatchilik vakillari qatnashdi.
Ta'kidlanganidek, yurtimizda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qo'llab-quvvatlash, ularning turmush sharoitini yaxshilash, bandligini ta'minlashga alohida e'tibor qaratilmoqda. Buning isboti o'laroq shuni aytish mumkinki, viloyatimizda nogiron va mehnatga layoqatlilik darajasi cheklangan 85 nafar xotin-qizga zamonaviy tikuv mashinalari berildi va natijada ular daromad keltiruvchi faoliyat bilan shug'ullanish imkoniyatiga ega bo'ldi.
Shu jumladan, viloyatimizda yashovchi 45 nafar uy-joyga ehtiyojmand, nogiron va imkoniyati cheklangan fuqaroga namunaviy loyihadagi arzon turar joy xarid qilish uchun boshlang'ich badal davlat tomonidan to'lab berilganligiga oid sertifikatlar taqdim etildi. 30 nafardan ziyod chin etimlar uy bilan ta'minlandi.

Batafsil

Qarshi tumani “Abdiev Majid Abdievich” fermer xo'jaligi rahbarining “O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining 26 yilligi” bayrami munosabati bilan maqolasi

Inson dunyoga baxtli yashash uchun keladi. Bu saodatga tinch, xotirjam, osoyishta hayot orqali erishish mumkin. Zero, inson baxti va iqboli uchun zarur moddiy va ma'naviy ne'matlarning asosi tinchlikdir. Yurti tinch, ko'ngli  xotirjam xalqqa to'y  va tantanalar  yarashadi. Xalqimiz bu oliy ne'matni ulug'lab kelishining, duoga qo'l ochganda, avvalo, Yaratgandan el-yurtga tinchlik va osoyishtalik, farovonlik va obodlik tilashining sababi ham shunda.

Batafsil

Qashqadaryo: istiqlol nuridan yashnagan voha

Bugun mamlakatimizning barcha shaharu qishloqlarida  xalqimiz asrlar davomida orziqib kutgan, hayotimizning ma'no-mazmuni, ongu shuurimizni tubdan o'zgartirgan Mustaqillik kunining yigirma olti  yilligi baland ruh va shodu xurramlik bilan nishonlamoqda.
Darhaqiqat, mustaqil yurtimiz ham mana shunday shiddatidan sher hayiqadigan  navqiron yoshga to'ldi. Yigirma olti yillik mustaqil taraqqiyot yillarida biz o'z taqdirimizni qo'limizga olib, qanday ulug' tarix, madaniyat va ma'naviyatga ega ekanimizni, o'zligimizni chuqur anglab, beqiyos salohiyatimizni ishga solish, qadriyatlarimizni, dinu diyonatimizni tiklash kabi buyuk va muqaddas burchimizni anglab etdik. O'z kelajagimizni o'z qo'limiz bilan yaratmoqdamiz, chegaralarimiz daxlsizligiga,  professional armiya va uning xalq bilan birdamligiga, g'alla mustaqilligiga, yonilg'i-energetika mustaqilligiga to'la erishdik. Iqtisodiyotimizda chuqur tarkibiy o'zgarishlar amalga oshirildi. O'zbekiston sobiq tuzum davrida asosan   xomashyo etkazib berishga ixtisoslashgan va iqtisodiyoti bir yoqlama rivojlangan o'lkadan sanoati yil sayin yuksalib, har tomonlama taraqqiyotga erishayotgan qudratli davlatga aylandi.

Batafsil

Fidoiylik - qalb da'vatimiz bo'lsin

O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik pala-tasida 2017 yil 12 iyul kuni bo'lib o'tgan Parlament palata-lari, siyosiy partiyalar, O'zbekiston ekologik Harakati, Xalq de-putatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari faoliyatining tah-lili hamda istiqboldagi vazifalariga bag'ishlangan videose-lektor yig'ilishida Yurtboshimiz Shavkat Mirziyoevning  aytgan fikrlari, mamlakatimizda kechayotgan barcha sohadagi islohot-larning tahlili va shu o'rinda xalq ishonib saylagan deputat-larning  fidoiyligi va jonbozligi haqidagi hayotiy tahlillari yig'ilish ishtirokchilarini va umuman jamiyatimizdagi barcha fuqarolarni,  ular qaysi sohada ishlamasin, o'z faoliyatiga teran tahliliy va tanqidiy qarash uchun da'vat bo'ldi, desam aslo adashmayman.

Batafsil

Oliy o'quv yurtlarida tyest sinovlari o'tkazildi

Har yilgidek barcha abiturientlar hayajon bilan kutgan kun - 1 avgust sanasida butun respublikamizdagi oliygohlarda bo'lgani kabi viloyatimizdagi 3 oliy o'quv yurtida ham test sinovlari o'tkazildi.
Hisob-kitoblarga qaraganda, joriy yilda viloyatimizdagi oliy o'quv yurtlariga jami 54 ming 600 nafardan ortiq yigit-qiz hujjat topshirgan. Qabul kvotasi esa 3 ming 470 o'ringa mo'ljallangan: davlat granti asosida 1045 kishi, to'lov-kontrakt asosida esa 2 ming 425 kishi o'qishga qabul qilinadi.
- Bu yil Qarshi davlat universitetiga jami 29 ming 529 nafar abiturient hujjat topshirdi, - deydi mazkur dargoh qabul komissiyasi mas'ul kotibi Shahobiddin Nuriddinov. - Shulardan faqat 1400 nafar abiturientgagina universitetimiz talabasi bo'lish nasib etadi. Har bir o'rin uchun o'rtacha 21 kishi kurashishiga to'g'ri keldi.
Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutiga 22 ming 330 kishi hujjat topshirgan. Qabul kvotasi esa 1800 tani tashkil etadi. Ushbu o'quv muassasasida bir o'ringa o'rtacha 12 nafardan ortiq abiturient da'vogarlik qildi.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filialida bu yilgi qabul kvotasi 270 o'rindan iborat qilib belgilangan bo'lib, mazkur o'rinlarni band qilish istagida bo'lganlar soni 2 ming 758 nafarni ko'rsatdi. Bir o'rin uchun 10 nafardan ziyod abiturient kurash olib bordi.
Kim talabalar safiga qo'shiladi, kim oliy o'quv yurtiga kirish uchun yana bir muddat tayyorlanishi kerakligi tez orada test natijalari e'lon qilingach ma'lum bo'ladi.

Suratda: oliy o'quv yurtlarida o'tkazilgan test sinovidan lavha (O'zA).

Batafsil

Qashqadaryoda viloyat hokimi shahrisabzlik yoshlar bilan uchrashdi

Shahrisabzda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlarda yoshlarning faol ishtirokini ta`minlash, yuksak ma`naviyatli, mustaqil va erkin fikrlaydigan, zamonaviy ilm-fan yutuqlarini puxta o'zlashtirgan, har tomonlama sog'lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish maqsadida «Hokim va yoshlar» uchrashuvi bo'lib o'tdi, deb xabar beradi Kun.uzga O'zbekiston yoshlar ittifoqi Qashqadaryo viloyat Kengashi matbuot xizmati.

Unda Prezidentning yoshlar siyosati bo'yicha Davlat maslahatchisi — O'zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi Qahramon Quranboyev, tuman hokimligi vakillari, tashkilot rahbarlari, Shahrisabz shahri va tumani yoshlari ishtirok etdi.

Tadbirda viloyat hokimi Zafar Ro'ziyev yoshlarga oid davlat siyosati doirasida mamlakatimizda olib borilayotgan ishlar, o'tkazilayotgan tadbirlar haqida so'z yuritib, yoshlar jamiyatning eng ilg'or qatlami sifatida hamisha qo'llab-quvvatlanishi, ularning har jihatdan barkamol shaxs bo'lib voyaga yetishlarini ta`minlash hukumat e`tiboridagi eng asosiy vazifa ekanini ta`kidladi.

— «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakatining IV qurultoyida prezidentimiz harakat negizida mutlaqo boshqacha prinsip va yondashuvlar asosida ishlaydigan, yoshlarning huquq hamda manfaatlarini himoya qila oladigan, har qanday rasmiyatchilik va kampaniyavozliklardan xoli, haqiqiy demokratik tashkilot — O'zbekiston yoshlar ittifoqini tuzish va 30 iyunni mamlakatimizda «Yoshlar kuni» sifatida nishonlashni taklif etganliklarini o'zi ham yoshlarga bo'lgan katta e`tibor namunasidir, — dedi Qashqadaryo viloyat hokimi Z.Ro'ziyev. 

Shuningdek, viloyatning iqtidorli va faol yoshlari so'zga chiqib, yurtimizda yoshlarga Yurtboshimiz tomonlaridan ko'rsatilayotgan g'amxo'rlikdan mamnun holda o'z fikrlarini bildirdilar.

Shundan so'ng yoshlarning kelgusidagi rejalari, ularni tashvishlantirayotgan muammolar hamda taklif va mulohazalari tinglandi. Shahrisabzda turizm va xizmat ko'rsatish sohasini rivojlantirish, yosh tadbirkorlarni qo'llab-quvvatlash, yoshlarda Internetdan foydalanish madaniyatini oshirish, ayniqsa, uyushmagan yoshlar bilan ishlash tizimini ishlab chiqish bo'yicha berilgan takliflar yuzasidan istiqbolli rejalar ishlab chiqildi.

Batafsil

Qashqadaryo viloyati hokimi Zafar Ro'ziyev bilan o'tkir muammoli holatlar yuzasidan maxsus intervyu

Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili munosabati bilan Kun.uz tahririyatining ijodiy jamoasi Qashqadaryo viloyatiga safar uyushtirdi. Mazkur safar davomida viloyatda yuz bergan o'zgarishlar, olib borilayotgan ishlar bilan birga mavjud muammo va kamchiliklar ham o'rganildi.

Ana shu yutuq va kamchiliklar, fuqarolar murojaati tahlili va istiqboldagi rejalar yuzasidan viloyat hokimi Zafar Ro'ziyev bilan suhbat bo'lib o'tdi. Jumladan, viloyat hokimi Prezident qabulxonasiga murojaat yo'llash bo'yicha Qashqadaryoning yetakchi o'rinlarda qayd etilayotgani borasida to'xtalar ekan shunday fikrlarni bildirdi:

 

“Mustaqillikning 25 yili davomida viloyatda muayyan ishlar amalga oshirildi. Ammo muhtaram prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil etilgan virtual qabulxona hayotimizda o'z yechimini kutayotgan juda ko'plab muammolar borligini, aytish mumkinki, odamlarning turmush tarzi jar yoqasiga kelib qolganini ko'rsatib qo'ydi. Tan olib aytish lozim-ki, shu paytga qadar oddiy insonlar hayotiga befarq qarab kelingan. Bu holatni viloyat hokimidan tortib, mahalla oqsoqoligacha bo'lgan rahbarlar ish jarayonida uchratish mumkin edi. Virtual qabulxonaning tashkil etilishi tom ma`noda barcha rahbarlar uchun kelajak rejasini tuzishda ham as qotmoqda.

Ana shunday muammolar uy-joy, yer, sud-huquq masalalarida o'rtaga chiqmoqda va ularning aksari o'z yechimini topayapdi. Murojaatlarning aksarida Respublika idoralari bilan bog'liq kamchiliklar ham chiqib qolyapti. Biz nafaqat mazkur murojaatlar asosida, balki o'zimizning chekka tumanlarga safarlarimiz chog'ida ham aholi o'rtasida mavjud muammolarni o'z o'rnida va tezkorlik bilan ijobiy hal etyapmiz. Bu esa odamlar ruhiyatida prezidentimiz tomonidan olib borilayotgan siyosatga nisbatan ijobiy munosabatning paydo bo'lishiga sabab bo'lmoqda”.

 

Viloyat hokimi joriy yilning fevral oyida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning viloyatga safari borasida to'xtalar ekan, bu tashrif Qashqadaryo viloyati uchun yangi sahifa ochganini ta`kidladi.

“Viloyatdagi juda ko'plab muammoli masalalar mazkur tashrif davomida o'z yechimini topayapti. Umumiy qiymati uch trln so'm bo'lgan to'rt mingga yaqin loyiha dasturi ishlab chiqildi. 2017-2018 yil davomida viloyatda jami 50 mingga yaqin muqim ish o'rni yaratish rejalashtirildi. Bu viloyatning ochilmagan imkoniyatlaridan unumli foydalanish va fuqarolarning ayrim muammolariga yechim topishda turtki bo'ladi. 

Bundan tashqari, viloyat sog'liqni saqlash tizimidagi o'tkir muammolar ham mazkur tashrif davomida o'z yechimini topdi. Masalan, Qashqadaryo viloyatida qandli diabet bilan kasallanish ko'rsatkichi ancha yuqori. Raqamlar har yili 30 foizgacha ko'tarilib boryapti. Viloyatda esa endokrinologiya shifoxonasi mavjud emas. Qurbi yetganlar poytaxtga yoki xorijga chiqib davolanishyapti, ammo imkoni yo'qlar esa davolanmay, qiynalib yurishgan edi. Prezidentimiz viloyatga tashrifi davomida mazkur yirik muammoni ijobiy hal etib berdi. Bu kabi ishlarga misol qilib yuqumli kasalliklar shifoxonasining yuz foiz ta`mirdan o'tkazilishi ham keltirish mumkin. Chunki bu ta`mir hech qanday investitsiya dasturlariga kiritilmagan holda, mana shu viloyat uchun alohida g'amxo'rlik sifatida amalga oshiriladigan bo'ldi”.

Viloyat rahbarining ta`kidlashicha, Qashqadaryoda kichik va o'rta biznesni rivojlantirish vaqti kelgan. Buning uchun aholi ichiga kirib, ularning nima bilan bandligini o'rganib, ixtisosligi bo'yicha tijorat banklarining kreditlarini yo'naltirish, bu orqali aholi turmush farovonligiga erishish mumkinligini aytib o'tdi.

Aytish mumkinki, elektr energiyasi va toza ichimlik suvi bilan bog'liq muammolar bugun nafaqat Qashqadaryo viloyati, balki respublikaning aksari hududlarida og'riqli muammolardan biri sanaladi. Qashqadaryoda bu holat qanday? Shu haqda viloyat hokimi o'z fikrlarini izhor etdi:

“Aynan mana shu sohalar bo'yicha hukumat tomonidan juda katta qadam tashlanmoqda. Elektr energiyasining yetishmasligi aslida birinchi muammo emas, eng katta muammo shundaki, iste`molchi o'zi ishlatgan elektr haqini o'z vaqtida to'lamayotganidadir. Shu bu yil viloyatimizdagi Tolimarjon issiqlik ishlab chiqarish korxonasida 1 mlrd dollarlik loyiha amalga oshirildi. U yerda ayni paytda 900 mgVatt elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Bu viloyatni yuz foiz elektr energiyasi bilan ta`minlash deganidir. So'nggi oylarda elektr energiyasi sohasi doirasida juda katta ishlar amalga oshirildi. Jumladan, viloyatda 2 ta podstansiya qurib bitkazildi, bundan tashqari, 200 ga yaqin qo'shimcha transformatorlar ham o'rnatildi. 

Toza ichimlik suvi muammosi ham Qashqadaryo viloyatiga begona bo'lmagan kamchiliklardan biri. Bu, ayniqsa, viloyatning cho'l tumanlarida juda o'tkir muammo hisoblanadi. Ochig'ini aytganda, olib borilayotgan ishlar umumiy hisobda viloyat aholisining toza ichimlik suviga bo'lgan talabini qondirish uchun yetarli bo'lmayapti. Prezidentimiz viloyatga tashrifi davomida mazkur muammoga alohida to'xtalib o'tdi. Davlatimiz tomonidan joriy yilning aprel oyida qabul qilingan “Qarshi shahri va Qarshi shahri atrofidagi tumanlarni toza ichimlik suvi bilan ta`minlash to'g'risida”gi qarori o'rganib chiqildi. Turli vazirliklar bilan kelishgan holda qonun ijrosini amalga oshirish maqsadida ishchi guruh ham tuzildi. Kelajakda viloyat aholisini toza ichimlik suvi bilan ta`minlash borasida juda katta o'zgarish bo'lishi kutilmoqda. Jumladan, 2017 yilda Qarshi shahri va shahar atrofidagi tumanlarni toza ichimlik suvi bilan ta`minlash holati sezilarli ravishda o'zgaradi.

Ayni damda toza ichimlik suvini noqonuniy ravishda qiymatini oshirib sotayotgan insonlarga nisbatan ham alohida choralar ko'riladi. Nega deganda viloyatda bir tonna suvning narxi 1550 so'm. Bu yilning istalgan mavsumida o'zgarmaydigan narxdir”. 

 

Viloyat rahbari Zafar Ro'ziyev suhbat davomida Qashqadaryo sog'liqni saqlash tizimi faoliyati haqida ham to'xtalib o'tdi:

“Viloyatdagi qishloq vrachlik punktlarida akusher-ginekologlarning yo'qligi juda katta muammolarni keltirib chiqarmoqda. Nega deganda o'smir qizlar o'zlarini shifokorga ko'rsatishdan uyalishadi. Bu albatta, mintaletitga xos bo'lgan jihat. Bu esa so'nggi paytlarda qishloq qizlarida bepushtlik kasalligining keng yoyilishiga sabab bo'lmoqda. Ana shu muammolarning oldini olish maqsadida qishloqlardagi oilaviy poliklinikalar zamonaviy va ehtiyojga zarur bo'lgan tibbiy uskunalar bilan jihozlanmoqda va odamlar orasida tibbiy madaniyatni oshirish bilan bog'liq ishlar muntazam ravishda olib borilmoqda”.

Qashqadaryo viloyat hokimi Zafar Ro'ziyev bilan bo'lib o'tgan suhbat samimiy ruhda kechdi. Intervyu davomida juda ko'plab masalalarga to'xtab o'tildi. Kelajakdagi rejalar va viloyat istiqbolida kutilayotgan ishlar to'g'risida fikr almashildi. Aytish mumkinki, yaqin vaqtlar ichida viloyatning har bir sohasida ko'zga ko'rinarli ishlar amalga oshirish belgilab qo'yilgan va bu aholi turmush tarziga ijobiy ta`sir ko'rsatishi tabiiy.

Mazkur intervyuning to'liq ko'rinishini Kun.uz’nin YouTube tarmog'idagi sahifasi orqali tomosha qilish mumkin.

Batafsil

Manzilimiz


Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mustaqillik Maydoni,1
Pochta indeksi:180100
Telefon
: 0(375)221-12-88, 0(375)221-03-81
Faks
: 0(375)221-13-40
Veb-sayt
http://www.qashqadaryo.uz
Elektron pochta
Yaqin jamoat transport to`xtash joylari 
Milliy bank va Mustaqillik Maydoni bekati
Avtomashrut
1,4,5,7,10,18,20,22,23,27,
37,44,462,11,21,37,33

Hozir saytimizda

Bizning saytimizda 142 mehmonlar va ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar 0

Bosh sahifa

Qabul kunlari

A- A A+

Rahbariyatga murojaat etish

Rahbariyatga murojaat etish

Viloyat hokimligining umumiy bo'limiga murojjat etish (Yangi oynada ochiladi)

Mobil versiya

Mobil versiyaga o'tish

Bog'lanish

Ishonch telefon raqami 
0(371) 200-55-05 
Ishonch telefon raqami reglament
Yagona telefon raqami
0(375) 221-07-60 
Yagona telefon raqami reglamenti

Batafsil>>>

Biz bilan bog'lanish

Sahifa adressi

Maxsus imkoniyatlar

K'orinish

Pastda o'zingizga kerakli parametrni tanlasng
Blue Green Red Radian
Select menu
Google Font
Body Font-size
Body Font-family
Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech