wrapper



1-2-fevral kunlari mamlakatimiz poytaxtda dzyudo bo‘yicha 1999-2000-yillarda tavallud topgan sportchilar o‘rtasida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan murabbiy Nikolay Qo‘ldoshev xotirasiga bag‘ishlangan xalqaro turnir bo‘lib o‘tdi.

Mazkur turnir bu yil o‘ninchi marotaba tashkil etildi. Unda yurtimiz vakillari bilan bir qatorda, Qozog‘iston va Tojikistondan tashrif buyurgan sportchilar ham ishtirok etishdi. Musobaqada 414 nafar dzyudochi 15 vazn toifasida o‘zaro bahs olib bordi. 

E’tiborli tomoni, bahslarda 81 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida ishtirok etgan viloyatimiz vakili Jaloliddin Qurbonmurodov barcha raqiblarini ishonchli mag‘lub etib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, viloyatimiz vakillaridan Diyorbek Botirov 60 kilogrammgacha, Olimjon O‘rolov esa 90 kilogrammgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasida bronza medali sohibiga aylanishgan.

J.BOYMURODOV

Manzilimiz


Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mustaqillik Maydoni,1
Pochta indeksi:180100
Telefon
: 0(375)221-12-88, 0(375)221-03-81
Faks
: 0(375)221-13-40
Veb-sayt
http://www.qashqadaryo.uz
Elektron pochta
Yaqin jamoat transport to`xtash joylari 
Milliy bank va Mustaqillik Maydoni bekati
Avtomashrut
1,4,5,7,10,18,20,22,23,27,
37,44,462,11,21,37,33

Hozir saytimizda

Bizning saytimizda 139 mehmonlar va ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar 0

Maxsus imkoniyatlar

K'orinish

Pastda o'zingizga kerakli parametrni tanlasng
Blue Green Red Radian
Select menu
Google Font
Body Font-size
Body Font-family