wrapper



"Ehtirom-2018"

"OQ KEMA" YILNING ENG YAXSHI SPEKTAKLI DEYA E’TIROF ETILDI

Toshkent shahrida "Ehtirom-2018" mukofoti sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Marosimda "Yilning eng yaxshi spektakli", "Yilning eng faol aktrisasi", "Yilning eng faol aktyori" kabi 31  nominatsiya bo‘yicha mukofotlar o‘z egalariga topshirildi.

G‘oliblar orasida vohamiz vakillari ham bor. Xususan, "Eng tashabbuskor hududiy boshqarma boshlig‘i" nominatsiyasida g‘oliblik viloyat madaniyat boshqarmasi boshlig‘i Salim Sayimovga nasib etgan bo‘lsa, "Yilning eng yaxshi spektakli" nominatsiyasida viloyatimiz musiqali drama teatrida Chingiz Aytmatov asari asosida sahnalashtirilgan "Oq kema" spektakli e’tirof etildi. Mukofotni teatr truppa rahbari, "Shuhrat" medali sohibi Qurbon Berdiyev qabul qilib oldi.

 O‘zbekiston Madaniyat vazirligi tomonidan yurtimizda faol va sermahsul ijod qilayotgan san’at va madaniyat vakillari hamda o‘z ijodiy tajribalari bilan yoshlarga ibrat bo‘layotgan ustoz san’atkorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan tanlovda ishtirokchilar "Teatr, kino va ommaviy tomoshalar", "Estrada va an’anaviy, opera xonandalik, musiqa ijrochiligi va raqs san’ati", "Tasviriy va amaliy san’at", "Badiiy ijod, jurnalistika va televideniye", "E’tibor, ehtirom, e’zoz" kabi 5 ta yo‘nalish bo‘yicha  saralandi.

- Respublikamizda 38 ta davlat teatri bo‘lib, ular tomonidan yil davomida 154 ta spektakl yaratilgan, - deydi Qurbon Berdiyev. - Teatrimizda yosh rejissor Asqar Xolmo‘minov tomonidan sahnalashtirilgan  "Oq kema" spektaklining e’tirof etilishi ijodiy jamoamiz ishiga berilgan yuksak baho bo‘lib, bizni yangi yutuq va muvaffaqiyatlar sari ilhomlantiradi.

Viloyat musiqali drama teatri jamoasining bu yilgi rejalari bisyor. Ayni damda bu yerda taniqli rejissor Bahodir Yo‘ldoshev Turob To‘la asari asosida "Nodirabegim", rejissor Olimjon Salimov Tog‘ay Murod qissasi asosida "Ot yig‘lagan tomonda" spektakllari ustida ish olib bormoqda.

Sojida ALLAYOROVA

Manzilimiz


Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mustaqillik Maydoni,1
Pochta indeksi:180100
Telefon
: 0(375)221-12-88, 0(375)221-03-81
Faks
: 0(375)221-13-40
Veb-sayt
http://www.qashqadaryo.uz
Elektron pochta
Yaqin jamoat transport to`xtash joylari 
Milliy bank va Mustaqillik Maydoni bekati
Avtomashrut
1,4,5,7,10,18,20,22,23,27,
37,44,462,11,21,37,33

Hozir saytimizda

Bizning saytimizda 161 mehmonlar va ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar 0

Maxsus imkoniyatlar

K'orinish

Pastda o'zingizga kerakli parametrni tanlasng
Blue Green Red Radian
Select menu
Google Font
Body Font-size
Body Font-family