wrapper



– Bolaligimdan harbiy texnikalarga qiziqaman, – deydi Kasbi tumanidagi 48-umumta'lim maktabi o'quvchisi Murodali Bobomurodov. – Otamga doim o'yinchoq tank oldirardim. Lekin haqiqiy tankni hech qachon ko'rmagandim. Bugun ushbu orzum ushaldi. O'qituvchimiz boshchiligida harbiy qismga sayohat qildik va haqiqiy tanklarni ko'rdik. Hatto boshqaruv bo'lmasiga kirib, o'zimni tankchidek tasavvur ham qildim. Kelajakda, albatta, tankchi bo'laman.

Janubi-g'arbiy maxsus harbiy okrugga qarashli harbiy qismlardan biri faoliyati bilan tanishuvimiz mana shunday boshlandi. Boisi, biz harbiy qismda bo'lganda u erda ochiq eshiklar kuni o'tkazilayotgan va maktab o'quvchilari ham sayohatga kelishgan ekan.

Qurolli Kuchlarimizni isloh qilish, mamlakat mudofaa salohiyatini yanada oshirish, harbiy sohani zamon talablariga mos holga keltirish bilan bog'liq mutlaqo yangicha yondashuv, ko'lamdor islohotlar samarasini mazkur harbiy qism misolida ham ko'rish mumkin.

Bu erda birgina o'tgan yili loyiha qiymati 37 milliard so'm bo'lgan 17 ta ob'ektda qurilish-ta'mirlash va obodonlashtirish ishlari olib borilib, harbiy qism zamonaviy qiyofa kasb etdi. Xususan, oshxona, tibbiyot punkti va kazarmalar kapital ta'mirlangan. Ovqatlanishni tashkil qilishda autsorsing tizimi joriy qilinib, harbiy xizmatchilarning oshxona ishlariga jalb qilinishiga barham berilgan. Bundan tashqari, issiqlik va elektr tarmoqlari to'liq yangilangan.

Yangidan qurilgan madaniyat va sport saroylari harbiy xizmatchilarning ma'naviy bilimi va jismoniy imkoniyatini oshirishga xizmat qilmoqda.

– Sport zali zamon talablariga to'la mos bo'lib, 12 sport turi bilan shug'ullanish imkoniyati yaratilgan, – deydi sport yo'riqchisi, serjant Qo'ldosh Elliev. – Barcha sport inventarlari bilan jihozlangan. Bu erda harbiy xizmatchilardan tashqari, ularning farzandlari uchun ham sport to'garaklari faoliyati yo'lga qo'yilgan. Buning natijasida o'tgan yili Abdumalik Muhammadiev Mudofaa vazirligi tizimida qo'l jangi bo'yicha O'zbekiston chempioni bo'ldi, mayor Sobir O'rozov Xitoyda u-shu sport turi bo'yicha malaka oshirib qaytdi. Otabek Jabborov armrestling bo'yicha 75 kilogramm vaznda O'zbekiston chempioni bo'ldi. Javohir Raimov esa Janubi-g'arbiy maxsus harbiy okrug miqyosida qo'l jangida tengsiz deb topildi. Ayni paytda sportchilarimiz Qurolli Kuchlar tizimida o'tkaziladigan boks musobaqasiga tayyorgarlik ko'rmoqda.

Jangovar mashinalar parkini aylanar ekanmiz, mahobatli zirhli texnikalar va ularni professional darajada boshqarayotgan harbiy xizmatchilar e'tiborimizni tortdi. Texnoparkda tankini ko'rikdan o'tkazayotgan tankchi, serjant N.Abdurazzoqovni suhbatga chorladik.

– Harbiy texnikalarni boshqarish harbiy xizmatchidan katta mahorat va matonat talab qiladi, – deydi N.Abdurazzoqov. – Boisi, bugungi kunda harbiy texnikalarning o'ta takomillashgan avlodlari ishlab chiqarilmoqdaki, biz harbiylar bunga tayyor bo'lishimiz darkor. Shu sababli tajribamizni muntazam oshirib boramiz. Harbiy qismimizda buning uchun barcha sharoit yaratilgan.

Darhaqiqat, mamlakatimiz mudofaa salohiyatining yuksak bo'lishi harbiy xizmatchilarga yaratilgan sharoit va imkoniyatlar bilan ham o'lchanadi.

Last modified on Juma, 18 Yanvar 2019

Manzilimiz


Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mustaqillik Maydoni,1
Pochta indeksi:180100
Telefon
: 0(375)221-12-88, 0(375)221-03-81
Faks
: 0(375)221-13-40
Veb-sayt
http://www.qashqadaryo.uz
Elektron pochta
Yaqin jamoat transport to`xtash joylari 
Milliy bank va Mustaqillik Maydoni bekati
Avtomashrut
1,4,5,7,10,18,20,22,23,27,
37,44,462,11,21,37,33

Hozir saytimizda

Bizning saytimizda 513 mehmonlar va ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar 0

Maxsus imkoniyatlar

K'orinish

Pastda o'zingizga kerakli parametrni tanlasng
Blue Green Red Radian
Select menu
Google Font
Body Font-size
Body Font-family