wrapper



Yangi yil arafasida Qarshi tumani Qovchin qishlog'ida joylashgan Abu-l-Muin Nasafiy ziyoratgohi qoshidagi maydonda tashkil etilgan mehr-muruvvat tadbirida  o'zgacha bir ramziylik aks etdi.


Buyuk mutakallim, Abu Mansur Moturidiy asos solgan moturidiya aqidaviy mazhabining allomasi Abu-l-Muin Nasafiy butun umrini ilm olishga va ma'rifat tarqatishga baxshida etgan. Shu bilan birga, yurtdoshlarini turli adashgan oqimlardan himoya qilib, e'tiqod va iymondan saboq bergan.
Saxovat va muruvvat ham iymonning asosiy ustunlaridan hisoblanadi. Ulug' alloma maqbarasi poyida tashkil etilgan tadbirda Qur'on oyatlari tilovat qilinib, tumandagi kam ta'minlangan, nogironligi bor shaxslarga ehson oshi tarqatildi. Yig'ilganlar ziyoratgohda amalga oshirilgan ulkan miqyosdagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishdilar. Ulug' allomaning o'git va hikmatlari dillardan tillarga ko'chdi.
- Yaqinda bir murojaatni o'rgandik, - dedi tadbirda ishtirok etgan viloyat hokimi Zafar Ro'ziev. - O'zini “kam ta'minlangan” deb tanishtirgan odam uyining eshik-derazalari yo'qligidan nolibdi.  Qarasak, eshik ham, deraza ham binoyidek. Faqat zamonaviy metalldan emas, odmigina yog'ochdan.  O'sha odam     bundan ko'ra bolalarimga o'qigani kitob olib bering, demaydimi? Kitob o'qigan, ma'rifatga oshno bo'lgan bola ulg'ayib, ota-onasiga qasr qurib bermaydimi? Ma'rifatning qudrati ana shunday buyuk bo'ladi.
 Nasafiy bobomiz bundan ming yillar avval jaholatga qarshi ilm va ma'rifat bilan kurashganlar. El-yurtining farovonligi va tinchligini asraganlar. Ulug' allomaning durdona asarlari bugun dunyo olimlari tomonidan ko'zlarga to'tiyo etilib, o'rganilayotgani bejiz emas. Yangi yil oldidan bu ulug' joyda birgalashib, hamjihatlikda qilingan duolar mustajob bo'ladi.
Tadbirda jam bo'lganlar yurtga tinchlik-osoyishtalik, xonadonlarga fayz va farovonlik, dasturxonlarga to'kinlik, dehqonchilikka baraka, ulug' maqsadlar yo'lidagi ezgu ishlarga rivoj tilab, duoga qo'l ochishdi.
Tadbir nihoyasida kam ta'minlangan va nogironligi bor shaxslarga saxovatpesha tadbirkorlarning bayram  sovg'alari ulashildi.

Manzilimiz


Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mustaqillik Maydoni,1
Pochta indeksi:180100
Telefon
: 0(375)221-12-88, 0(375)221-03-81
Faks
: 0(375)221-13-40
Veb-sayt
http://www.qashqadaryo.uz
Elektron pochta
Yaqin jamoat transport to`xtash joylari 
Milliy bank va Mustaqillik Maydoni bekati
Avtomashrut
1,4,5,7,10,18,20,22,23,27,
37,44,462,11,21,37,33

Hozir saytimizda

Bizning saytimizda 101 mehmonlar va ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar 0

Maxsus imkoniyatlar

K'orinish

Pastda o'zingizga kerakli parametrni tanlasng
Blue Green Red Radian
Select menu
Google Font
Body Font-size
Body Font-family