wrapper



"Bilgamish" dostoni topilganiga bir yarim asr bo'lyapti. Bu davr ichida asar dunyoning bir qancha tillariga tarjima qilindi va uzoq moziydan kelgan ajdodlar tafakkuri uni o'qigan kishilarni ilhomlantirib kelmoqda.

Bu asar yozma dostonlarning er yuzidagi eng qadimgisi deb hisoblanib kelayapti va aynan undan so'ng she'r hamda dostonlarni yozma ravishda bitish boshlangan, deb hisoblanmoqda.

Dovrug'i dunyoga doston

Milodiy IX asrda yashagan suriyalik yozuvchi Teodor bar Konay "Gelemgos" dostoni haqida yozib qoldirgan. Bu ayni shu doston ekanligi haqida fikrlar bor.

Kanadalik yozuvchi Alen Ganon "Gilgamesh dostoni haqida" romanini fransuz tilida chop etdi. Chernogoriyaning Budva shahrida Slavyan Vuyovich "Gilgamesh" nomli spektaklni sahnalashtirdi. Angliyaning Bedfordshir yoshlar   teatri ham bu ishni amalga oshirdi.  AQShlik Barri Truaksa, italiyalik Franko Battiato, chexiyalik Boguslava Martin va boshqalar "Gilgamesh" dostoni haqida musiqa asarlarini yaratdilar. Shuningdek, bu doston haqida dunyo olimlarining juda ko'p ilmiy va ilmiy-ommabop asarlari jahonning ko'pgina mamlakatlarida chop etildi. Doston bir necha fantastik asarlar paydo bo'lishiga turtki bo'ldi.

Tadqiqotlar asosida aniqlik kiritilishicha, mixxatda yozilgan bu dostonning yoshi 3500-3600 yildir. Doston yozilgan matn ideografik yozuv deyiladi. Bu asar Gomerning "Iliada" va "Odissey" dostonlaridan ham ming yilga qari bo'lib chiqdi.

Ya'ni dunyodagi birinchi badiiy asar!!!

Ellik asrlik til

Doston shumer tilida yozilgan. Xo'sh, bu qanaqa til?

Uning yoshi esa 5000 yilga borib taqaladi. Bu til mana shu ellik asr davomida albatta o'zgarib ketdi. "Bilgamish" dostoni esa o'sha tilning so'zlari qanday bo'lganligidan bizga xabar beradi.

Shumer tilining topilish tarixi shunday. 1849 yilda ingliz arxeologi Ostin Genri Leyyard Iroqdagi qazishma ishlari chog'ida bir vaqtlar Assiriya davlati tarkibida bo'lgan Nineviya   shahrini topadi. Qazishma ishlari davomida shoh Ashshurbanipalning mixxat orqali sopolda yozilgan asarlar saqlanadigan kutubxonasi ham aniqlanadi.

Kutubxonaning bir qismini Leyyardning yordamchisi Ormuzd Rassam 1842 yilda Britaniya muzeyiga topshiradi. Muzey mutasaddilari asarni o'qish uchun mutaxassislarni jalb etadi. Ammo ularning bir necha yillik urinishlari besamar ketadi, yozuvlar siri ochilmaydi.

Muzeyning misr-assuriya bo'limi yordamchisi Jorj Smit bir qadar muvaffaqiyatlarga erishadi va uni qisman tiklaydi. U 1872 yil 3 dekabr kunida "Injil" arxeologiya jamiyatida dunyo suv to'foni ostida qolishi haqidagi "Injil" oyatlariga o'xshash rivoyatni undan-da qadimgi asarda topganligini e'lon qiladi!

Yangi to'fon va chaqmoq

Bu yangilik - inson hayotida tabiiy ilmlar ahamiyatini tushungan va uni qadrlashni bilgan, o'tgan asrlar hukmron turkiylarining vorisi bo'lgan ingliz (XX asr eng mashhur inglizi Uinston Cherchill bekorga "Biz turkiylarning tarixini tortib oldik" demagan axir), keyinchalik butun evropa kiborlari va ziyolilari suzayotgan ummonda paydo bo'lgan yangi To'fon edi!!!

YEvropadagi "Injil" ixlosmandlari va unga qarshi bo'lganlar uchun bu yangilik musaffo osmonda chaqqan chaqmoqdek ta'sir qildi. Topilgan mixxat tushirilgan bo'lakchalar orqali rivoyat to'liq emasligi ma'lum bo'ldi. Shuning uchun rivoyatni to'liq tiklagan kishiga "Deyli Telegraf" gazetasi 1000 funt sterling miqdorida mukofot e'lon qiladi.

Mukofot pulini olish, shon-shuhrat zavqi Jorj Smitni  Mesopotamiyaga olib keladi. Mixxatli lavhalardagi yozuvlarni o'qigach, Smit suv to'foni haqidagi rivoyat katta dostonning bir parchasi ekanligi haqida to'xtamga keladi.

Ma'lum bo'lishicha, bu doston bobilliklar tilida "Gilgamish haqida doston" deyilar ekan. Doston 12 ta qo'shiqdan iborat bo'lib, har bir qo'shiq 300 satrdan iborat edi. 1873 yilgi ekspedisiyasi davrida Smit 384 ta lavhani topdi va dostonni tiklashga muvaffaq bo'ldi.

Shumerchami yo turkiycha?

XX asr boshi va o'rtalarida ushbu dostonning boshqa tillardagi variantlari ham topiladi. 2015 yilda doston yana 20 satrga boyiydi. Buni Iroq tarix muzeyi xodimlari, lavhalarning nima ekanligini bilmagan kontrabandachidan musodara qilishgach, to'satdan topib oldilar.

Eramizdan oldingi 2600 yil va    keyingi Shumer shohlari nomlarini tiklagan evropalik olimlar Bilgamishning tarixiy shaxsligini qayd etishdi.

Britaniyalik arxeolog, assiriolog, lingvist va diplomat ser Genri Kresvik Roulinson shumer tilining turkiy til bo'lganligini XIX asrdayoq aytgandi va uning fikrini evropalik ko'pchilik olimlar  endi tan olishdi. U Bihustun qoyasidagi yozuv turkiy tilda ham bitilganligini aytadi. Ammo, sobiq SSSR olimlari bu faktni yashirganlar...

“Tarix Shumerdan boshlanadi”

Dunyo tan olgan tarixchi, professor Samuel Noa Kramer "Tarix Shumerdan boshlanadi" nomli asarida shumerlar 39 ta fanni kashf qilganliklarini isbotlab berdi.

Misol uchun, birinchi yozuv, arava, boshlang'ich maktab, ikki palatali     birinchi parlament, tarix, birinchi  dehqon kundaligi, kosmogoniya, kosmologiya, maqollar va hikmatli so'zlar to'plami, badiiy tortishuvlar, mushoira, "Nuh" (suv to'foni sababchisi va undan omon qolgan shaxs)ning tasviri, birinchi kitob katalogi, birinchi pullar, birinchi soliqlar, birinchi qonunlar tatbiq etildi, ijtimoiy islohotlar, tibbiyot, jamiyatda komil insonni tarbiyalash haqidagi urinishlar aynan shu erda bo'ldi...

Tibbiyot sohasida shumerlar juda yuqori talablar ishlab chiqqan. Ingliz olimi Leyyard tomonidan shumerlarning Nineviya shahrida topilgan Ashshurbanipalning kutubxonasida qat'iy tartib amal qilgani aytiladi. Bu erda tibbiyot bo'limi bo'lib, unda mingdan ortiq sopol lavhalar saqlangan. Barcha tibbiy atamalar shumer tilidan olingan. Tibbiyot muolajalari maxsus jamlanmada aks ettirilgan. Gigiena qoidalari, jarrohlik amaliyoti, (masalan, kataraktani olib tashlash), dezinfeksiya uchun spirtdan foydalanish, terapiya va jarrohlik talab etilgan kasalliklarga tashxis qo'yishga shumerlar ilmiy yondashganliklari ma'lum.

Shumerlar ajoyib sayohatchi va tadqiqotchi edilar - ular dunyodagi birinchi kema ixtirochilari hisoblanadilar.

Katta xumdonda g'isht pishirish ham dastlab shu erda boshlangan. Shumerlar bir necha metallarni eritib, kimyoviy yo'l bilan qo'shish evaziga boshqa quyma metall olganlar. Ayniqsa, dunyo tarixi taraqqiyotini o'zgartirib yuborgan qattiq, ammo ishlov berilishi oson bo'lgan bronzani ishlab chiqarishni yo'lga qo'yganligi g'oyatda hayratlanarli. Yana, qazishma ishlari jarayonida      astronomik atamalarga taalluqli yuzlab so'zlar aks ettirilgan minglab sopol lavhalar ham topilgan.

“Hammaniki”mi, biznikimi?

Shumerlar tili haqidagi internet, ayniqsa, rus sigmentidagi G'arb olimlarining asarlarini o'qisangiz, shumer tili noma'lumligi to'g'risidagi xulosalarga duch kelasiz. Shuning uchun "bu til - butun dunyo xalqlarining madaniy boyligi" deb e'lon qilingan. Biz o'rta avlod vakillari "hammaniki deganda hech kimniki emas"ligini bilamiz. Egasi chiqmagandan keyin, kim xohlasa o'ziniki qilib olaveradi-da.

Kimlar shug'ullanmadi bu tillar bilan? Shuni qayd etish lozimki, ko'pincha qaysi xalq vakili ushbu til bilan shug'ullansa, egasiz - etim qolgan bu tilni o'z himoyasiga olib, butun dunyoga o'z ona tili bilan birligini qayd etardi.

Shumerlar tilining qanday va kimniki bo'lganligining, uning avlodlari kim ekanligining nima ahamiyati bor, deyishingiz mumkin. Savolingiz mantiqli. Gap shundaki, mening izlanishlarimga ko'ra bu bizning dostonimiz bo'lib chiqayapti!

Ha, yuqorida aytdim - qaysi millat bu til bilan shug'ullansa, egasiz etim bu tilni o'ziniki qilib olyapti, deb. Men ham buni o'zimizniki qilib olayapman. Ammo, mening bu gapga etarli asoslarim bor...

Masalan, menimcha, "Bilig", "Bilig-Ay" (Ay - bu erda odam ma'nosida) "Bilga" so'zlari bilimdon kishiga nisbatan ishlatilgan. Shu boisdan "Bilga Emish" - "Bilgamish" o'ta bilimli kishi, degan ma'noni beradi. Xuddi Alp Emish Alpning orttirma darajasini ko'rsatgani kabi.

Navoiy viloyatidagi Sarmishsoy turkiylarning juda qadimgi makoni bo'lganligi haqida u erdagi petrogliflar so'ylaydi. Xuddi shuningdek, Chiroqchi tumanida ham Bilgamishsoy degan joy mavjud. Bu joy nomi shumerlarning Bilgamishi bilan bir xil bo'lishi tasodifmi? Menimcha tasodif emas... Bunday misollarni yana ko'plab keltirishimiz mumkin. 

Men asarni I.Dyakonovning rus tilidagi tarjima matnidan o'zbek tiliga erkin tarjima qildim. Va shu bahonada er yuzidagi eng qadimiy dostondan   zavqlanib, uning mohiyatini anglashga intildim. Siz ham bu go'zal asar mutolaasi hayratidan bahramand bo'ling... Dostonning "Birinchi jadvali"da bitilganidek:

Bu qo'shiq dunyo kezib barchasini ko'rgan haqida,

Dengizlarni suzib, tog'lardan o'tgan haqida,

G'animlarin do'sti ila enggan haqida,

Donishlikka etgan, zakovatga erishgan haqida...

Anvar ShUKUROV

(Muallifning "Bilgamish" dostoni - er yuzidagi eng qadimgi yozma doston" nomli ilmiy tadqiqoti asosida qisqartirib tayyorlandi).

 

Manzilimiz


Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mustaqillik Maydoni,1
Pochta indeksi:180100
Telefon
: 0(375)221-12-88, 0(375)221-03-81
Faks
: 0(375)221-13-40
Veb-sayt
http://www.qashqadaryo.uz
Elektron pochta
Yaqin jamoat transport to`xtash joylari 
Milliy bank va Mustaqillik Maydoni bekati
Avtomashrut
1,4,5,7,10,18,20,22,23,27,
37,44,462,11,21,37,33

Hozir saytimizda

Bizning saytimizda 153 mehmonlar va ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar 0

Maxsus imkoniyatlar

K'orinish

Pastda o'zingizga kerakli parametrni tanlasng
Blue Green Red Radian
Select menu
Google Font
Body Font-size
Body Font-family