wrapper



Qashqadaryo viloyatida yoshlar qalbida jasorat, mardlik va shijoat kabi fazilatlarni shakllantirish, shuning bilan bir qatorda, ularda harbiylikdek sharafli va mas'uliyatli kasbga qiziqishini yanada oshirish maqsadida “Vatanparvarlik oyligi” o'tkaziladi.

Bu haqda Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi Q.Quranboev viloyatda tizimning xodim va etakchilari bilan bo'lib o'tgan uchrashuvda ta'kidladi.

Oylik davomida muddatli harbiy xizmatni o'tab, hozirda Yoshlar ittifoqi tavsiyanomasi asosida o'qishga qabul qilingan talabalar ta'lim muassasalaridagi o'quvchi-yoshlar bilan uchrashuvlar o'tkazib, Qurolli Kuchlarimizda olib borilayotgan keng ko'lamli islohotlar,  imtiyozlar, milliy armiyamiz yosh avlod uchun mardlik, matonat va hayot maktabi ekanligi haqidagi o'y-fikrlari bilan o'rtoqlashadilar.

Shuningdek, yoshlarning ta'lim-tarbiyasi, ma'naviyati, siyosiy-huquqiy bilimini oshirish va davlatimiz tomonidan yaratib berilayotgan shart-sharoitlardan oqilona foydalanish masalalari o'rtaga tashlandi. 

- O'quvchi-yoshlar qachon boshlang'ich tashkilot etakchilari ortidan ergashadi?, - dedi Yoshlar ittifoqi raisi Q.Quranboev. – Tizimdagi xodim yoki etakchini o'zi ma'naviyatli, bilimli va sog'lom fikrlaydigan inson bo'lganda. Yoshlar tashkilotiga yoshlar yaxshi ko'radigan fidoyi xodim va etakchilar kerak! Shundagina, Yurtboshimiz tomonlaridan oldimizga qo'yilgan maqsadlarga erishamiz.

Uchrashuv davomida etakchi va sardorlarning muammo va takliflari tinglandi. Ko'plab muammolarga shu joyning o'zida barham berildi. Masalan, Qarshi shahridagi 11-umumta'lim maktabi Yoshlar etakchisiga kompyuter, printer va radiouzel, shahardagi 

28-umumta'lim maktabiga 50 dona badiiy kitoblar to'plami, Qarshi axborot texnologiyalari kollejining sport zallari zamonaviy sport anjomlari bilan ta'minlanadigan bo'ldi.

Shuningdek, Qarshi shahridagi kasb-hunar kollejlarida ta'lim olayotgan faol o'quvchilarning 20 nafariga sinov tariqasida 6 oylik “Ittifoq stipendiyasi”ni joriy qilish, Yoshlar etakchilari o'rtasida Abdulla Qodiriyning “O'tkan kunlar” romani yuzasidan tanlov o'tkazish va 10 nafar g'olibni aniqlar har birini radiouzel bilan ta'minlash bo'yicha ham kelishuvga erishildi.   

Yana bir quvonarlisi, viloyatdagi Yoshlar ittifoqi va “Kamalak” sardorlarining 100 nafari qishki ta'tilni Surxondaryo viloyatida joylashgan “Xalqaro yoshlar oromgohi”da o'tkazishadi.

Ahror Sodiqov.

 

Manzilimiz


Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mustaqillik Maydoni,1
Pochta indeksi:180100
Telefon
: 0(375)221-12-88, 0(375)221-03-81
Faks
: 0(375)221-13-40
Veb-sayt
http://www.qashqadaryo.uz
Elektron pochta
Yaqin jamoat transport to`xtash joylari 
Milliy bank va Mustaqillik Maydoni bekati
Avtomashrut
1,4,5,7,10,18,20,22,23,27,
37,44,462,11,21,37,33

Hozir saytimizda

Bizning saytimizda 85 mehmonlar va ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar 0

Maxsus imkoniyatlar

K'orinish

Pastda o'zingizga kerakli parametrni tanlasng
Blue Green Red Radian
Select menu
Google Font
Body Font-size
Body Font-family