wrapper

Qarshi shahrida "Kamalak" yulduzlari" respublika bolalar ijodiyoti festivalining viloyat bosqichi bo'lib o'tdi.
O'zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi, "Kamalak" bolalar tashkiloti va viloyat xalq ta'limi boshqarmasi hamkorligida tashkil etilgan ushbu tadbirda viloyatimizning barcha hududlaridan 6 yoshdan 14 yoshgacha bo'lgan 320 nafar bola yakka ishtirokchi va  jamoa tarzida mumtoz va milliy cholg'ular, qo'shiq, raqs, tasviriy va amaliy san'at, she'riyat va adabiyot yo'nalishlari bo'yicha o'z iste'dodlarini namoyish etdilar.
Mamlakatimizda yosh avlodning har tomonlama barkamol ulg'ayishi, iste'dod va salohiyatini namoyon etishiga sharoit yaratish maqsadida an'anaviy tarzda o'tkazib kelinayotgan festivalning joriy yilgi tuman (shahar) bosqichida 7480 nafar bola o'zlarini qiziqtirgan yo'nalishlar bo'yicha bellashdi. Saralash bosqichida ularning 320 nafari tengdoshlaridan ustun kelib, yakka ishtirokchi hamda 18 ta jamoa ko'rinishida viloyat bosqichiga yo'l oldi.
Festivalning viloyat bosqichi juda qiziqarli o'tdi.
- Ijodiy ishlarimda xalqimizning mingyillik boy madaniy merosini, Vatanim va uning ko'hna tarixini, tinchligimizni madh etishga intilaman, - deydi festival ishtirokchisi, Shahrisabz tumanidagi  43-bolalar musiqa va san'at maktabi o'quvchisi O'lmas Rustamov. - Ustozlarimdan o'rganganlarim bugun judayam asqatdi. Tadbir davomida tengdoshlarimiz bilan o'zaro fikr almashdik.   Festival biz uchun haqiqiy mahorat darsi bo'ldi.
Festival doirasida uyushtirilgan iqtidorli o'g'il-qizlarning tasviriy va amaliy san'at asarlari, xalq hunarmandligi buyumlari ko'rgazmasi va viloyatimizning yosh musiqachilari ishtirokidagi konsert dasturi barchaga manzur bo'ldi.
S.ALLAYoROVA

Qashqadaryogz.uz ma'lumotlari asosida

Manzilimiz


Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mustaqillik Maydoni,1
Pochta indeksi:180100
Telefon
: 0(375)221-12-88, 0(375)221-03-81
Faks
: 0(375)221-13-40
Veb-sayt
http://www.qashqadaryo.uz
Elektron pochta
Yaqin jamoat transport to`xtash joylari 
Milliy bank va Mustaqillik Maydoni bekati
Avtomashrut
1,4,5,7,10,18,20,22,23,27,
37,44,462,11,21,37,33

Hozir saytimizda

Bizning saytimizda 296 mehmonlar va ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar 0

Maxsus imkoniyatlar

K'orinish

Pastda o'zingizga kerakli parametrni tanlasng
Blue Green Red Radian
Select menu
Google Font
Body Font-size
Body Font-family