wrapper

 So'nggi vaqtlarda is gazidan zaharlanish bilan bog'liq holatlar ko'p kuzatilmoqda. Ma'lumotlarga ko'ra, shu yilning yanvar-oktyabr oylari davomida mamlakatimizda is gazi bilan bog'liq 32 holat ro'yxatga olingan. Ular natijasida 53 nafar odam jabrlangan bo'lsa, 35 kishi vafot etgan. Afsuski, viloyatimizda ham bunday ko'ngilsiz holatlar ko'p kuzatilmoqda.
 Bir chelak cho'g' va ikki norasida
 Shu yilning 27 noyabr kuni kech soat 23:50 lar atrofida G'uzor tuman markaziy shifoxonasiga tumanning Chaqar mahallasida yashovchi oila farzandlari - uch yoshli N.M. hamda bir yoshli N.Sh.larni  og'ir ahvolda olib kelishadi. Tashxis: is gazidan zaharlanish.
 Surishtiruvlar natijasida ma'lum bo'ldiki, o'sha kuni tunda bolalarning onasi - S.M. uyni isitish maqsadida xona ichiga temir chelakka solingan cho'g' kiritib qo'yadi va o'zi yumush bilan tashqariga chiqib ketadi. Chelakka solingan cho'g'ning bir qismi yonib, pastki qismi yonmasdan dimiqishi natijasida undan zaharli is gazi tarqala boshlaydi. Natijada, oradan biroz vaqt o'tib xona isiydi, lekin yosh bolalarning tana harorati ko'tarilib, holsizlanib qoladi.
 Yaxshiyamki, oila kattalari voqeadan o'z vaqtida ogoh bo'lib, bolalarni shifonaga olib kelishgan va ko'rsatilgan tezkor yordam natijasida ularning ahvoli yaxshilangan. Aks holda, holat yanada achinarli bo'lishi mumkin edi.
 Mehmon hushyor bo'lmaganida...
 Is gazi bilan bog'liq yana bir hodisa Dehqonobod tumanida qayd etildi.
 Holat shuki, tumanning Beshqo'ton mahallasidagi xonadonlardan birida oila a'zolari xonani isitish maqsadida qo'lbola yasalgan o'tin pechiga mol tezagidan tayyorlangan quruq yoqilg'ini solib, uyquga yotishgan.
 Ko'p o'tmay chala yongan mol tezagidan is gazi ajralishi sababli uy ichi tutun bilan to'ladi va xonada bo'lgan barcha fuqarolar is gazidan zaharlanadi. Faqat shu kuni xonadonga mehmon bo'lib kelgan, 1990 yilda tug'ilgan J.S. tutun hidini sezib, uyg'onib ketadi va holatni anglab, darhol qolganlarni uyg'otadi. Ularni tashqariga olib chiqadi va tez yordam chaqiradi.
 Hodisa oqibatida shu kuni xonadonda bo'lgan 3 nafar kishi o'rta og'ir, yana uch nafari esa og'ir darajada is gazidan zaharlanib, shifoxonaga tushgan.
 Holsizlik sababi zaharlanish ekan
 Yakkabog' tumanida yashovchi fuqaro, 1978 yilda tug'ilgan R.M. to'satdan kechqurun o'zini noxush sezib, tongda hushidan ketib qolgan. Oila a'zolari tez tibbiy yordam xizmatiga qo'ng'iroq qilishgan. Xizmat xodimlari etib kelib, birinchi yordamni ko'rsatadi va bemorni tuman tibbiyot birlashmasiga olib boradi.
 Tekshirishlar natijasida R.M.ning o'tkir darajada is gazidan zaharlangani qayd etilgan. Ma'lum bo'lishicha, o'sha kuni tunda R.M. xonadonidagi qo'lbola temir pechga ko'mir yoqilg'isini yoqib, uxlagan. Ko'mirning chala yonishi natijasida undan is gazi ajrala boshlagan va uy ichida bo'lgan R.M. buni payqamagan. U sog'lig'i yomonlashib, o'zini noxush sezib tong ottirgan va hushidan ketgan.
 Chala yongan gaz
 Qarshi tumani Mevazor mahallasida yashovchi, 1979 yilda tug'ilgan E.M. hamda 2001 yilda tug'ilgan E.Sh.lar kunduz kuni uydagi tabiiy gazga ulangan plitaning duxovkasini yoqib qo'yib, xonada o'tirgan.
  Tabiiy gazning chala yonishi natijasida undan is gazi ajralib chiqib, ushbu fuqarolar zaharlangan. Ular o'zlarida behollik, qattiq bosh og'rig'i, ko'ngil aynishi kabi holatlarni sezib, darhol tez tibbiy yordam xizmatini chaqirishgan va shifoxonada davolanib, sog'lig'i yaxshilangan.
 Asosiysi ogoh bo'lish kerak
 Xullas, yuqoridagi kabi misollarni yana ko'plab keltirish mumkin. Aytish joizki, ayniqsa, sovuq kunlar boshlandi deguncha aholi uyni isitish maqsadida tabiiy gaz, ko'mir, o'tin yoki boshqa yoqilg'i turlaridan foydalanadi.
 Ammo bu borada ehtiyotsizlikka yo'l qo'yish, yong'in xavfsizligi talablariga amal qilmaslik, qo'lbola isitish moslamalaridan foydalanish natijasida is gazidan zaharlanish holatlari kelib chiqmoqda.
 Shu bois, aholi tabiiy va is gazidan zaharlanishining oldini olish tadbirlari nafaqat mutasaddi tashkilot, idoralar hamda xizmatlar tomonidan, balki har bir xonadon egalari va barcha fuqarolar tomonidan amalga oshirilishi darkor. Toki, is gazi hech birimizning osoyishta hayotimizga og'u solmasin.
 Is gazi bu - iste'molchilar foydalanayotgan tabiiy gaz, ko'mir va boshqa organik moddalarning chala yonishidan hosil bo'ladigan birikmadir.  U inson nafas yo'llari va a'zolariga kuchli ta'sir qiladi. Organizmni, xususan, markaziy asab tizimini zararlaydi.
 Zaharlanish uning havodagi konsentrasiyasi va ta'sir muddatiga bog'liq. YEngil, o'rta va og'ir darajada bo'ladi. Bunday hollarda bosh qattiq og'riydi, aylanadi. Qusish, hushdan ketish holatlari kuzatiladi hamda nafas olish sekinlashadi. Ba'zan o'limga olib keladi.
 Farhod MIRZAYEV,
 viloyat IIB YoXB boshlig'i, polkovnik
 
qashqadaryogz.uz ma'lumotlari asosida

Manzilimiz


Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mustaqillik Maydoni,1
Pochta indeksi:180100
Telefon
: 0(375)221-12-88, 0(375)221-03-81
Faks
: 0(375)221-13-40
Veb-sayt
http://www.qashqadaryo.uz
Elektron pochta
Yaqin jamoat transport to`xtash joylari 
Milliy bank va Mustaqillik Maydoni bekati
Avtomashrut
1,4,5,7,10,18,20,22,23,27,
37,44,462,11,21,37,33

Hozir saytimizda

Bizning saytimizda 72 mehmonlar va ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar 0

Maxsus imkoniyatlar

K'orinish

Pastda o'zingizga kerakli parametrni tanlasng
Blue Green Red Radian
Select menu
Google Font
Body Font-size
Body Font-family