wrapper

Bugun dunyoda 14 ta asosiy urush o'chog'i bo'lsa, shuning 13 tasi musulmonlar istiqomat qiladigan davlatlardadir. Ayni paytda jahonning ko'plab olovli nuqtalarida muqaddas islom dinini niqob qilgan qora kuchlar insoniyat tinchini buzayapti.
Biz mana shunday johillarga qarshi ma'rifat bilan kurasha olishimiz, islomning yaratuvchanlik kuchi mohiyatini tushunib etishimiz uchun ham Imom Buxoriy, Marg'inoniy, Moturidiy, Abu-l-Muin Nasafiy singari allomalarimiz ilmiy merosini anglashimiz kerak.
Viloyat hokimligida buyuk mutakallim, Abu Mansur Moturidiy asos solgan moturidiya aqidaviy mazhabining allomasi Abu-l-Muin Nasafiyning ibratli hayoti va ilmiy merosiga bag'ishlangan "Ilmu ziyosi ko'zlarga to'tiyo bo'lgan alloma" nomli ilmiy-amaliy konferensiyada  bu xususda batafsil so'z yuritildi.
Respublika  Ma'naviyat va ma'rifat markazi, viloyat hokimligi, Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti hamkorligida tashkil etilgan anjumanda Ma'naviyat va ma'rifat markazining Qoraqalpog'iston Respublikasi, barcha viloyatlar, Toshkent shahri bo'limlari rahbarlari, olimlar, tadqiqotchilar, OAV va yoshlar vakillari ishtirok etishdi.
Tadbirda ma'ruza qilgan  respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi rahbari, Oliy Majlis deputati Alisher Qodirov, mazkur markaz rahbarining birinchi o'rinbosari, pedagogika fanlari doktori, professor Muhammadjon Quronov, markaz bo'lim boshlig'i Irgash Daminov,  Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo'yicha qo'mita raisining birinchi o'rinbosari Muzaffar Komilov, filologiya fanlari doktori Nafas Shodmonov va boshqalar buyuk vatandoshimiz Abu-l-Muin Nasafiy ilmiy merosining benazir ahamiyatini ilmiy  ma'lumotlar asosida tahlil qilishdi.
Anjumanda qayd etilganidek, islom olamida "Sayfu-l-haq" ("Haqiqat qilichi") degan nom olgan ulug' alloma yozgan 15 asarning faqat uchtasi bizgacha etib kelgan. Mazkur asarlar - "Tabsiratu-l-adilla", "Bahru-l-kalom" va "At-tamhid li qavoidi-t-tavhid" mutaxassis olimlarimiz tomonidan tarjima qilinib, nashr etildi. Bugungi kunda dunyoning ko'plab davlatlari, xususan, Misrning mashhur Al-Azhar universitetida bu asarlardan darslik sifatida foydalaniladi.
Alloma asarlari ekstremistik g'oyalarga raddiya hisoblanadi. Ha, Nasafiy bobomiz bundan ming yil avval jaholatga qarshi ma'rifat bilan kurashgan.
- Nasafiy kimniki? Eng avvalo uni anglaganniki, - deydi professor Muhammadjon Quronov. - Mohiyatan, biz uni anglay olsakkina o'zimizniki, deb ayta olamiz. Bugun shunday dolg'ali zamonda bizga ramziy ma'noda Nasafiy bobomizning "hassa"si juda zarur bo'layapti. Birinchidan - ma'rifat istaganlarga va yo'ldan adashganlarga to'g'ri yo'lni ko'rsatish, ikkinchidan - dinimiz dushmanlari "boshiga urish" uchun... Bugun rasmiy gaplarning davri o'tdi. O'zini ziyoliman, deb sanagan har bir kishi Nasafiydan kamida uch hikmatni yoddan bilishi zarur. Va uni odamlar o'rtasida targ'ib qilishi, mavridi kelmasa, mavridini yasab, avtobusdami, yo'ldami, davradami - aytishi zarur. O'quvchilar, talabalar orasida nasafiyxonlik tadbirlari, TV, radio va matbuotda "Nasafiydan o'qib, bildim" singari ruknlarda ma'rifiy ko'rsatuv, eshittirish va maqolalar berilishi maqsadga muvofiqdir.
- Iymonning belgisini uch xil deydilar: til bilan, dil bilan va amal bilan, - deydi Irgash Daminov. - Moturidiy va Nasafiy bobolarimiz qalb bilan tasdiq iymonning o'zi, deb aytadilar. Ammo ayrim yo'nalish vakillari amal ham shart, deydilar. Va bu qarash ko'pgina davlatlarda qonli nizolarga sabab bo'layapti. To'g'ri gapni keskirlik bilan aytishni Nasafiy bobomizdan o'rganishimiz kerak. Masalan, "Kambag'allik kufrga yaqin turadi", degan hadis bor. Nasafiy buni shunday izohlaydi: "Ilmdagi qashshoqlik kufrga yaqindir". Darhaqiqat, johil odam ilmdan uzoq, kufrga yaqin bo'lishiga bugun barchamiz guvoh bo'lib turibmiz.
Anjumanda alloma hayoti va ilmiy merosiga bag'ishlangan "Haqiqat qilichi" hujjatli filmi ilk bor  namoyish etildi. Anjuman ishtirokchilari Abu-l-Muin Nasafiy maqbarasini ziyorat qilishdi.
Konferensiya materiallari poytaxtimizdagi "Muharrir" nashriyotida chop etilgan. Undan shvesiyalik va qozog'istonlik olimlarning mavzuga doir ilmiy maqolalari ham o'rin olgan.
Nuriddin EGAMOV
Qashqadaryogz.uz ma'lumotlari asosida

Manzilimiz


Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mustaqillik Maydoni,1
Pochta indeksi:180100
Telefon
: 0(375)221-12-88, 0(375)221-03-81
Faks
: 0(375)221-13-40
Veb-sayt
http://www.qashqadaryo.uz
Elektron pochta
Yaqin jamoat transport to`xtash joylari 
Milliy bank va Mustaqillik Maydoni bekati
Avtomashrut
1,4,5,7,10,18,20,22,23,27,
37,44,462,11,21,37,33

Hozir saytimizda

Bizning saytimizda 64 mehmonlar va ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar 0

Maxsus imkoniyatlar

K'orinish

Pastda o'zingizga kerakli parametrni tanlasng
Blue Green Red Radian
Select menu
Google Font
Body Font-size
Body Font-family