wrapper

Qarshining “Sevinch” jamoasi o'n etti marta o'tkazilgan O'zbekiston Kubogi musobaqasining o'ninchi bor sohibi bo'ldi

Kecha Olmaliqning AGMK stadionida ayollar futboli bo'yicha O'zbekiston Kubogining final uchrashuvi o'tkazildi. Unda kubok o'yinlarida o'n to'rtinchi marotaba maydonga tushgan “Sevinch” jamoasi ilk bor finalda qatnashayotgan Jizzaxning “So'g'diyona” jamoasiga qarshi kurash olib bordi.

Mamlakatimizda ayollar futboli bo'yicha tajribali sanalgan Edita Mirobidova boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqargan o'yinda Vladislav Xan ustozligidagi “Sevinch” jamoasi maydonda tashabbusni to'la o'z qo'liga olgan holda, raqiblarini yirik hisobda mag'lubiyatga uchratishning uddasidan chiqishdi. To'plarga Shahnoza Qurbonova hamda mamlakat chempionati to'purari Nilufar Qudratova (ikki bor) mualliflik qilishdi.

G'olib jamoaga bosh sovrin hamda esdalik sovg'alarini O'zPFL bosh direktori o'rinbosari Dilshodbek Hayitmetov va Sport bo'limi etakchi mutaxassisi Alisher Fayzievlar topshirishdi.

“SYEVINCh” - “SO'G'DIYoNA” - 3:0



Hakamlar: Edita Mirobidova, Xayriniso Erkinova, Aleksandra Konchikova, Anna Sidorova.

“Sevinch”: Laylo Tilavova, Feruza Boboxo'jaeva (Shodiya Tosheva, 63), Oliya Ahmedova, Maftuna Shoyimova, Gulzoda Amirova, Shahnoza Qurbonova, Tanzilya Zarbieva, Maftuna Panjieva, Laylo Shodieva, Malika Burhonova, Nilufar Qudratova.

“So'g'diyona”: Mohinur Husanova, Lidiya Sema, Nasiba Xojieva, Aziza Norova, Mahfuza Turopova (Zebiniso Halimova, 78), Sitora Taqaboeva (Dinara Payziqulova, 85), Aziza Norboeva (Dilafruz Toshpo'latova, 89), YEkaterina Salnikova, Nafisa Nabiqulova, Shahlo Qodirova, Albina Boboqulova (Mahliyo Nazarqulova, 80).

Gollar: Shahnoza Qurbonova (37), Nilufar Qudratova (43, 58).

Ogohlantirishlar: Mahfuza Turopova (69), Aziza Norova (80).

Nazoratchi: Valentin Shashkov.

Komissar: Alisher Fayziev.

Ikki og'iz Kubok haqida. 2002 yildan buyon muntazam ravishda o'tkazilib kelinayotgan Kubok o'yinlarida bosh sovrinni eng ko'p aynan “Sevinch” jamoasi qo'lga kiritgan. Agar, dastlabki uch mavsumda Kubok faqat “Andijanka” jamoasiga nasib etgan bo'lsa, Vladislav Xan shogirdlari avvaliga ketma-ket to'rt marotaba g'olib bo'ldi, orada (2009 yil) Miron Kim ustozligidagi “Andijanka” jamoasi bir bor “ko'rinish” berdi-yu, bunisi hozircha oxirgisi bo'lib turibdi. “Sevinch” yana ketma-ket to'rt bora muvaffaqiyat qozongach, keyingi yillarda unga jiddiy raqobatchi paydo bo'ldi – “Metallurg”. 2014 yildan buyon bosh sovrin goh “Sevinch”ga o'tdi, gohida “Metallurg”ga. Bu orada bekobodliklar ham uch bor Kubok sohibi sifatida a G'o'bekiston ayollar futboli tarixiga muhrlandi.



Biroq bu yilgi bahslarda “Sevinch” “Metallurg”ning yurishini yarim finaldayoq to'xtatdi va finalga yo'llanma oldi. Hal qiluvchi bahsda esa qarshiliklarga ilk bor bunday sharafga sazovor bo'layotgan “So'g'diyona” jamoasi ro'baro' keldi. O'yinning qanday tugaganidan esa xabaringiz bor.

Superkubok haqida

Ayollar o'rtasida Superkubok o'yinlari 2015 yildan o'tkazilmoqda. Dastlab uchrashuvlar uy va safar o'yinlaridan iborat bo'lgandi. Kelasi yildan esa bitta qilib belgilandi. Shu kungacha Superkubok mamlakatimizning ikki jamoasiga teng taqsimlangan - “Sevinch” (2015, 2017 y.) hamda “Metallurg” (2016, 2018 y.).

Ayollar o'rtasida O'zbekiston Kubogi sohiblari:

2002 yil – “Andijanka” (Andijon)
2003 yil – “Andijanka” (Andijon)
2004 yil – “Andijanka” (Andijon)
2005 yil – “Sevinch” (Qarshi)
2006 yil – “Sevinch” (Qarshi)
2007 yil – “Sevinch” (Qarshi)
2008 yil – “Sevinch” (Qarshi)
2009 yil – “Andijanka” (Andijon)
2010 yil – “Sevinch” (Qarshi)
2011 yil – “Sevinch” (Qarshi)
2012 yil – “Sevinch” (Qarshi)
2013 yil – “Sevinch” (Qarshi)
2014 yil – “Metallurg W” (Bekobod)
2015 yil – “Metallurg W” (Bekobod)
2016 yil – “Sevinch” (Qarshi)
2017 yil – “Metallurg W” (Bekobod)
2018 yil – “Sevinch” (Qarshi)

O'zA


Manzilimiz


Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mustaqillik Maydoni,1
Pochta indeksi:180100
Telefon
: 0(375)221-12-88, 0(375)221-03-81
Faks
: 0(375)221-13-40
Veb-sayt
http://www.qashqadaryo.uz
Elektron pochta
Yaqin jamoat transport to`xtash joylari 
Milliy bank va Mustaqillik Maydoni bekati
Avtomashrut
1,4,5,7,10,18,20,22,23,27,
37,44,462,11,21,37,33

Hozir saytimizda

Bizning saytimizda 76 mehmonlar va ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar 0

Maxsus imkoniyatlar

K'orinish

Pastda o'zingizga kerakli parametrni tanlasng
Blue Green Red Radian
Select menu
Google Font
Body Font-size
Body Font-family