wrapper

Xotin-qizlar qo'mitasi tashabbusi bilan tashkil etilgan tanlov asosida ayol-qizlarning kiyinish madaniyatini yuksaltirish, bejirim va nafis milliy liboslarni keng targ'ib etish, o'zligimiz va qadriyatlarimizga mos kiyimlarning betakror dizaynini qayta tiklash hamda zamonaviylikni uyg'unlashtirishga xizmat qilishi maqsad qilingan.
Unga 18 yoshdan yuqori, dizaynerlik qobiliyatiga ega hamda mazkur sohada kamida bir yillik tajribasi bo'lgan, turli soha vakillari faoliyatidan xabardor, yangi takliflari bo'lgan mutaxassislar jalb qilindi.
Ishtirokchilar 4 yo'nalish - "Ishbilarmon va etakchi ayol", "Talaba qiz", "Ijodkor ayol" hamda "Erkin mavzu" bo'yicha baholandi. Ularning 3 nafari tanlovning mamlakat bosqichiga yo'llanma oldi.
- Milliy va zamonaviy ko'rinishdagi liboslar yaratishga qiziqaman, - deydi Shahrisabz shahrilik Maftuna Qurbonova. - Bugungi kunda qizlar o'rtasida urfga aylanib borayotgan antiqa liboslar sabab, ba'zida milliyligimiz biroz unutilayotgandek tuyuladi. O'zligimizga xos  liboslarga zarur me'yorlarni saqlagan holda zamonaviylik   singdirilsa, haqiqiy nafosat va go'zallik namoyon bo'ladi.
Tanlov doirasida "Yilning eng yaxshi yosh dizayneri", "Eng yaxshi milliy yo'nalishdagi modeler-dizayner" nominasiyalari bo'yicha ham g'oliblar aniqlandi.
G'oliblar diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.
Shohista BOZOROVA
Sobir NARZIYEV olgan surat.
Qashqadaryogz.uz ma'lumotlari asosida

Manzilimiz


Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mustaqillik Maydoni,1
Pochta indeksi:180100
Telefon
: 0(375)221-12-88, 0(375)221-03-81
Faks
: 0(375)221-13-40
Veb-sayt
http://www.qashqadaryo.uz
Elektron pochta
Yaqin jamoat transport to`xtash joylari 
Milliy bank va Mustaqillik Maydoni bekati
Avtomashrut
1,4,5,7,10,18,20,22,23,27,
37,44,462,11,21,37,33

Hozir saytimizda

Bizning saytimizda 103 mehmonlar va ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar 0

Maxsus imkoniyatlar

K'orinish

Pastda o'zingizga kerakli parametrni tanlasng
Blue Green Red Radian
Select menu
Google Font
Body Font-size
Body Font-family