wrapper

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining yosh iste'dodlar uchun “Nihol” mukofoti tanlovining viloyat bosqichi yakunlandi.

Qarshi shahar madaniyat va aholi dam olish markazida tashkil etilgan tadbirda tanlovning shahar va tuman bosqichida g'olib deb topilgan yosh san'atkorlar ishtirok etishdi.

 

Ishtirokchilar musiqa ijrochiligi, mumtoz ijrochilik, estrada, opera va raqs yo'nalishlarida o'z mahoratlarini namoyish etishdi. G'oliblar diplomlar va qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlandi.

 – Men O'zbekiston xalq baxshisi Shomurod baxshi Tog'aevning nabirasiman, – deydi mumtoz ijrochilik bo'yicha 1-o'rin sohibi, O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti talabasi Ahror baxshi Xushvaqtov. – Bobom yo'lidan borib, xalq og'zaki ijodining noyob namunalarini asrab-avaylash va rivojlantirish ishiga o'z hissamni qo'shmoqchiman.

– Tanlovda ijro etganim – “Bahor ifori” raqsi hakamlar hay'ati va tomoshabinlar tomonidan yuqori baholanganidan juda mamnunman, – deydi raqs yo'nalishida 1-o'rin sohibasi, Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi talabasi Maftuna Xudoyberdieva. – Faxrlansak arziydigan milliy raqs san'atimiz bor, uni bor tarovati bilan dunyoga yoyish – ezgu orzuim. Tanlov mana shu orzumga qanot baxsh etayapti.

Tanlov nizomiga ko'ra birinchi, ikkinchi va uchinchi o'rinlarni olgan yosh san'atkorlar endi yakuniy bosqichda viloyatimiz sharafini himoya qilishadi.

“Nihol” mukofoti... U ko'plab el ardog'idagi san'atkorlarimiz uchun ulkan muvaffaqiyatlar pillapoyasi bo'lib xizmat qilgan. Tanlovning bugungi kashfiyotlari bo'lgan yosh xonanda va sozandalarimiz orasidan yanada yorqinroq yulduzlar etishib chiqsa ajab emas.

A.QOBILOV

Qashqadaryogz.uz ma'lumotlari asosida

 

Manzilimiz


Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mustaqillik Maydoni,1
Pochta indeksi:180100
Telefon
: 0(375)221-12-88, 0(375)221-03-81
Faks
: 0(375)221-13-40
Veb-sayt
http://www.qashqadaryo.uz
Elektron pochta
Yaqin jamoat transport to`xtash joylari 
Milliy bank va Mustaqillik Maydoni bekati
Avtomashrut
1,4,5,7,10,18,20,22,23,27,
37,44,462,11,21,37,33

Hozir saytimizda

Bizning saytimizda 278 mehmonlar va ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar 0

Maxsus imkoniyatlar

K'orinish

Pastda o'zingizga kerakli parametrni tanlasng
Blue Green Red Radian
Select menu
Google Font
Body Font-size
Body Font-family