wrapper

“Tourist-friendly” tizimi yurtimizga yanada ko'p sayyohni jalb etadi

Ma'lumotlarga ko'ra, viloyatimizda turistik infratuzilma ob'ektlarining umumiy soni 345 tani tashkil qilib, shundan 1 muzey, 30 ziyoratgoh, 198 ta arxeologiya, arxitektura, monumental san'at yodgorliklari, diqqatga sazovor joylarni o'z ichiga olgan madaniy meros manzillari, 106 turistik namoyish ob'ektlari, 8 ta eko-agroturizm (tabiat qo'riqxona fondi) ob'ekti hamda 2 ta qo'riqlanma hududlar (sayyohlarning dam olish xonalari, avtoturargoh, ichimlik suvi, yozgi dam olish ayvonlari (besetkalar), kuzatuv minoralari)dir.

Ko'rinib turibdiki, hududning turistik salohiyati yuqori. Tahlillarga ko'ra, joriy yilning 10 oyida viloyatga jami 78 ta xorijiy mamlakatdan 29 ming 235 nafar turist kelgan. Bu esa turizm sanoatini yanada rivojlantirish va e'tiborni kuchaytirish zarurligidan dalolat beradi.

Shu ma'noda Vazirlar Mahkamasining O'zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida e'lon qilingan “Tourist-friendly” ixtiyoriy sertifikatlash tizimini joriy etish to'g'risidagi qarori sayyohlar bilan ishlashni ko'zlagan ko'pchilik tadbirkorlarda katta qiziqish uyg'otdi.

“Tourist-friendly” (“sayyohlarga do'stona”) tizimi bo'yicha sertifikatlash turistik namoyish qilish ob'ektlari hamda   infratuzilmaning sanitariya normalariga, doimiy ravishda issiq suv, elektr ta'minoti rezerv tizimlari, videokuzatuv tizimlari,  xorijiy tillarni egallagan xodimlar, turli to'lov tizimlari mavjud bo'lishi to'g'risidagi talablarga va boshqa mezonlarga muvofiqligini tasdiqlaydi. Sertifikat egalari ingliz tilida maxsus sifat belgisini qo'lga kiritishadi. U sayyohga ko'rsatiladigan xizmatlarni tanlashda erkin mo'ljal olish imkonini beradi.

Mehmondo'stlik muhitini yaratgan holda sayyohlarga ko'rsatiladigan xizmatlar sifatini ta'minlash, sayyohlarning talablarini qanoatlantirishga qaratilgan ushbu tizim xizmatlari ixtiyoriy bo'lib,  unga ega shaxs 24 soat xizmat ko'rsatish huquqiga ega bo'ladi. Bunda tadbirkorlik sub'ektlari tegishli turdagi sertifikatni belgilangan tartibda va amal qilish muddati mobaynida olganlaridan so'nggina “tourist-friendly” tizimi mavjudligi haqida e'lon qilish huquqiga ega. Muvofiqlik sertifikatining amal qilish muddati 3 yil bo'lib, taqdim etilgan xizmatlarni qayta baholash natijasida olingan sertifikat har yili tasdiqlanadi.

Tadbirkorlar tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalarni inobatga olgan holda, bir qancha qulaylik va yangi imkoniyatlar ko'zda tutilmoqda. Xususan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 11 oktyabrdagi “Davlat mulki ob'ektlarini va er uchastkalariga bo'lgan huquqlarni tadbirkorlik sub'ektlariga sotish tartibini soddalashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi farmoni bilan Respublika hududlarida investisiya muhitini tubdan yaxshilash, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun foydalanilmayotgan davlat mulki ob'ektlari va er uchastkalariga bo'lgan huquqlarni tadbirkorlik sub'ektlariga sotishni jadallashtirish maqsadida Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi va viloyatlar hokimlariga ichki ishlar organlari va Milliy gvardiyaning jamoat tartibini saqlash kuchlarining uch smenali rejimdagi patrulini ta'minlash orqali, shuningdek, mazkur zonalarda sayyohlar uchun dam olishni tashkil etish dasturlarini tasdiqlagan holda Nukus shahri, viloyatlar markazlari va sayyohlar tashrif buyuradigan boshqa joylarda savdo-ko'ngilochar va umumiy ovqatlanish ob'ektlari faoliyatini tungi vaqtda cheklashga yo'l qo'yilmaydigan zonalarni aniqlash huquqlari berildi.

Shunga ko'ra, hozirda viloyat IIB xavfsiz turizmni ta'minlash boshqarmasi va Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi viloyat hududiy boshqarmasi bilan birgalikda turistlar ko'p tashrif buyuradigan savdo-ko'ngilochar va umumiy ovqatlanish ob'ektlarini aniqlash, ushbu ob'ektlar va unga tutash bo'lgan hududlarda jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashni samarali tashkil qilish ishlari amalga oshirilmoqda. Bunda xalqaro ahamiyatga ega avtomobil yo'llari atrofidagi va Qarshi, Shahrisabz shaharlari hududidagi savdo-ko'ngilochar hamda umumiy ovqatlanish ob'ektlariga imtiyozlar berish rejalashtirilmoqda. Bularning barchasi yurtimizga sayyohlar oqimini ko'paytirishga xizmat qilishi shubhasiz.

Bobur ShOYMARDANOV,

viloyat IIB xavfsiz turizmni ta'minlash boshqarmasi katta inspektori, leytenant

qashqadaryogz.uz ma'lumotlari asosida

 

Manzilimiz


Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mustaqillik Maydoni,1
Pochta indeksi:180100
Telefon
: 0(375)221-12-88, 0(375)221-03-81
Faks
: 0(375)221-13-40
Veb-sayt
http://www.qashqadaryo.uz
Elektron pochta
Yaqin jamoat transport to`xtash joylari 
Milliy bank va Mustaqillik Maydoni bekati
Avtomashrut
1,4,5,7,10,18,20,22,23,27,
37,44,462,11,21,37,33

Hozir saytimizda

Bizning saytimizda 307 mehmonlar va ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar 0

Maxsus imkoniyatlar

K'orinish

Pastda o'zingizga kerakli parametrni tanlasng
Blue Green Red Radian
Select menu
Google Font
Body Font-size
Body Font-family