wrapper

Elektropoyezdning yangi qatnovi barchani quvontirdi

Avval xabar berganimizdek, yuqori darajadagi servis xizmatlari, transport kommunikatsiyasini oʻzida shakllantirgan Buxoro, Samarqand va Qarshi kabi yurtimizning qadimiy va goʻzal shaharlariga yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdi oʻz vaqtida Shahrisabz shahriga keldi.



Ilgari yoʻlga chiqqan odam manziliga eson-omon borib kelgunicha koʻp vaqt ketar, uyidagilar ming bir xavotir bilan oʻtirar edi. Tez fursatda manziliga yetib kelgan yoʻlovchilar va xorijlik mehmonlarning yuzlarida tabassum.

– Koʻz ochib yumguncha manzilga yetib kelganimizga hali ham ishonmayapman, – deydi braziliyalik sayyoh Greys Kelli. – Oqsaroy maydonida oʻtkazilayotgan 1-Xalqaro maqom musiqa anjumani doirasida turli xalqlar madaniyati bilan tanishish, milliy kuy-qoʻshiqlardan bahramand boʻlishni maqsad qilganman. Bugun tezyurar poyezd bilan Shahrisabzga kelish men uchun oʻzgacha sarguzasht boʻldi. Barcha qulayliklar va xizmatlar uchun soha xodimlaridan minnatdorman.

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan zamonaviy poyezdda tashkil etilgan mediatur davomida jurnalistlar ham mamlakatimiz mustaqilligining 27 yilligi arafasida hududda zamonaviy tarzda qurib bitkazilgan Shahrisabz temiryoʻl vokzalida yaratilgan sharoit bilan tanishdi.
Barcha qulayliklarga ega yangi temiryoʻl vokzali bir kunda 100 dan ortiq yoʻlovchilarga xizmat qiladi, – deydi Shahrisabz vokzali boshligʻi Aziz Bozorov. – Bu yerda rasmiy vakillar zali, ona va bola, stansiya navbatchisi, yuk xazinachisi va shu kabi koʻplab xonalar barcha jihozlar bilan taʼminlandi. Eng muhimi, koʻrsatayotgan xizmatimizdan barcha mamnun. Xalqaro maqom sanʼati anjumani Shahrisabzda oʻtkazilishi dunyoning koʻplab davlatlaridan milliy musiqa va qoʻshiq shaydolarini yurtimizga chorladi. Shu kunlarda shahrimizga sayyohlar odatdagidan koʻproq mehmon boʻlmoqda. Shuni hisobga olgan holda ularni kutib olish va kuzatish borasida zarur qulayliklar yaratilgan.

Tadbir davomida soha mutaxassislari ishtirokchilarni yangi barpo etilgan Qarshi Lokomotiv deposi mashinistlar dam olish uyida ham boʻldi. Bu yerda kechayu kunduz temiryoʻl xodimlari ishdan soʻng hordiq chiqaradi. Dam olish xonalari, yotoqxona, ovqatlanish xonalari zamonaviy jihozlar bilan taʼminlangan.

– Mana bugun Shahrisabzga birinchi qatnov muvaffaqiyatli amalga oshirildi, – deydi “Afrosiyob” elektropoyezdi mashinist murabbiysi Husniddin Baxtiyorov. – Yaratilgan sharoitdan yoʻlovchilarimiz yuzlaridagi quvonchini koʻrib, qalbimizda gʻurur hissi uygʻondi. Toshkent shahridan 635 kilometr masofani tez fursatda bosib oʻtib, qaytib ketishdan oldin xodimlar uchun yaratilgan dam olish xonalarida endi hordiq chiqaramiz. Albatta, poytaxtdan qolishmaydigan, viloyatlarda ham yaratilayotgan bu kabi sharoitlarni koʻrib oʻz kasbimizga havasimiz yanada ortadi.

Mamlakatimizda barcha transport turlari, jumladan, temir yoʻl tizimi ham jadal rivojlanib, uning yuk tashish, yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish borasidagi ulushi ortib borayotir. Buni sohadagi mazkur saʼy-harakatlardan ham bilib olsa boʻladi.

Mediatur ishtirokchilari tadbir davomida Shahrisabz shahriga sayohat uyushtirdi. Unda maqom festivali oʻtkazilayotgan Oqsaroy maydonida tashkil etilgan xalqimizning milliy urf-odatlari aks etgan hunarmandlik namunalarini tomosha qildi. Baxshilar ijrosidagi xalq dostonlari, laparlar barchada katta taassurot qoldirdi.


A.Musayev, F.Abdurasulov (surat), OʻzA

Manzilimiz


Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mustaqillik Maydoni,1
Pochta indeksi:180100
Telefon
: 0(375)221-12-88, 0(375)221-03-81
Faks
: 0(375)221-13-40
Veb-sayt
http://www.qashqadaryo.uz
Elektron pochta
Yaqin jamoat transport to`xtash joylari 
Milliy bank va Mustaqillik Maydoni bekati
Avtomashrut
1,4,5,7,10,18,20,22,23,27,
37,44,462,11,21,37,33

Hozir saytimizda

Bizning saytimizda 105 mehmonlar va ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar 0

Bosh sahifa

Qabul kunlari

Rahbariyatga murojaat etish

Rahbariyatga murojaat etish

Viloyat hokimligining umumiy bo'limiga murojjat etish (Yangi oynada ochiladi)

Mobil versiya

Mobil versiyaga o'tish

Bog'lanish

Ishonch telefon raqami 
0(371) 200-55-05 
Ishonch telefon raqami reglament
Yagona telefon raqami
0(375) 221-07-60 
Yagona telefon raqami reglamenti

Batafsil>>>

Biz bilan bog'lanish

Sahifa adressi

Maxsus imkoniyatlar

K'orinish

Pastda o'zingizga kerakli parametrni tanlasng
Blue Green Red Radian
Select menu
Google Font
Body Font-size
Body Font-family