wrapper

Shahrisabzda maqom muzeyi ochildi

Musiqachilar tasviri tushirilgan friz – eramizdan avvalgi I asrga taalluqli yodgorlik. U 1937 yilda Surxondaryo viloyatining Ayritom mavzesida olib borilgan arxeologik qazishmalar chogʻida topilgan.



Chang va ud musiqa asboblarini chalayotgan ayollar xaykalchalari aks etgan yodgorlik ayni paytda Sankt-Peterburgdagi Ermitaj davlat muzeyida saqlanadi. Bu kabi tarixiy ashyolar oʻlkamizda musiqa ilmi juda koʻp asrlar muqaddam shakllanganidan dalolat beradi.

Maqom sanʼati tarixi haqida qimmatli maʼlumotlar beruvchi fotosurat va hujjatlar...

Bularning barchasi bilan Shahrisabz shahrida tashkil etilgan maqom muzeyidatanishish mumkin.

Bu yerdagi eksponatlarni tomosha qilar ekansiz, ajdodlarimiz musiqa sanʼati merosi bilan hamnafas boʻlasiz. Ular amalga oshirgan ezgu ishlarni qalban his etasiz. Aslida ushbu muzeyni tashkil qilishdan maqsad ham shu. Kelajak avlodlarni xalqimizning boy sanʼat tarixidan, ulkan musiqiy merosidan kengroq xabardor qilishdir.

– Muzeylar moddiy va maʼnaviy merosni asrash, uni avlodlardan avlodlarga yetkazishga xizmat qiladi, – deydi Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri oʻrinbosari Kamola Oqilova. – Maqom muzeyiga kirgan kishi maqomning qanday shakllangani, qanday turlari borligi, uning tarixi qanday boʻlgani, ijrochilari kimlar ekani, uni ijro etishda qanday musiqa asboblari ishlatilgani, umuman, maqom toʻgʻrisida toʻliq maʼlumotga ega boʻladi. Muassasa besh boʻlimdan iborat. Birinchi boʻlim musiqa tarixi, deb nomlandi. Chunki Oʻzbekiston hududida musiqa sanʼati maqom bilan bogʻliq. Buni oʻlkamizdan topilgan tarixiy osori-atiqalar isbotlab turibdi. Masalan, zardushtiylik dini bilanbogʻliq ostadonlar. Ularda arfa musiqa asbobini chalayotgan ayol tasvirlangan. Bu yodgorlikning asl nusxasi Sankt-PeterburgdagiErmitaj davlat muzeyida saqlanadi. Muzeyimizga uning koʻchirma nusxasi qoʻyilgan.

Mutaxassisning taʼkidlashicha, maqom sanʼati rivojlanishi uch-toʻrt davrga boʻlinadi. Birinchi tarixiy davr – XIII asrgacha. Bu davrda maqom yaxshi rivojlangan. Ikkinchi davr– XIII-XV asrlar, yaʼni Mirzo Ulugʻbek davri boʻlib, bunda maqom tizimli ravishda rivojlangan. Uchinchi davr XVI-XIX asrlar boʻlib, unda maqomda mahalliy xususiyatlarni koʻrish mumkin. Shu bois, muzeydagi birinchi boʻlim maqom tarixiga bagʻishlangan boʻlsa, ikkinchi boʻlim Buxoro shashmaqomi, deb nomlangan. Keyingisi esa Fargʻona–Toshkent maqomi, soʻng Xorazm maqomi boʻlimi bilan tanishish mumkin. Oxirgisi XX asrda shakllangan Surxondaryo–Qashqadaryo maqomi boʻlimidir.


Oʻlmas Barotov, Jamshid Norqobilov (surat) OʻzA

Manzilimiz


Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mustaqillik Maydoni,1
Pochta indeksi:180100
Telefon
: 0(375)221-12-88, 0(375)221-03-81
Faks
: 0(375)221-13-40
Veb-sayt
http://www.qashqadaryo.uz
Elektron pochta
Yaqin jamoat transport to`xtash joylari 
Milliy bank va Mustaqillik Maydoni bekati
Avtomashrut
1,4,5,7,10,18,20,22,23,27,
37,44,462,11,21,37,33

Hozir saytimizda

Bizning saytimizda 92 mehmonlar va ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar 0

Bosh sahifa

Qabul kunlari

Rahbariyatga murojaat etish

Rahbariyatga murojaat etish

Viloyat hokimligining umumiy bo'limiga murojjat etish (Yangi oynada ochiladi)

Mobil versiya

Mobil versiyaga o'tish

Bog'lanish

Ishonch telefon raqami 
0(371) 200-55-05 
Ishonch telefon raqami reglament
Yagona telefon raqami
0(375) 221-07-60 
Yagona telefon raqami reglamenti

Batafsil>>>

Biz bilan bog'lanish

Sahifa adressi

Maxsus imkoniyatlar

K'orinish

Pastda o'zingizga kerakli parametrni tanlasng
Blue Green Red Radian
Select menu
Google Font
Body Font-size
Body Font-family