wrapper

Maxsus imkoniyatlar

Yoxud “Kesh” gazetasining inqiroz ko‘chasiga kirib borayotganiga mas’ullar nega befarq?

Bugun yurtimizda ro‘y berayotgan o‘zgarishlar va islohotlar shu qadar jadalki, davlat boshqaruvini yanada isloh qilish, ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalarni rivojlantirishni batamom yangi bosqichga ko‘tarish bo‘yicha deyarli har kuni yangi hujjat qabul qilinib, amaliyotga tatbiq etilmoqda.

Xo‘sh, bu islohotlar qachon o‘zining kutilgan samarasini beradi? Qachonki uning mohiyatini jamiyatning barcha qatlami to‘la-to‘kis anglab yetsa. Bu borada ommaviy axborot vositalari muhim o‘rin egallashi hech kimga sir emas. Binobarin, bugun internet, televideniye, radiokanallar singari bosma ommaviy axborot vositalari ham aholining axborotga bo‘lgan ehtiyojini qondirishda asosiy omil bo‘lmoqda.

Xususan, tuman nashrlari ham o‘z ishini bugun kechayotgan islohotlarga hamohang olib borishga intilmoqda. Masalan, Shahrisabz tuman hokimligi muassisligidagi “Kesh” gazetasi jamoasi bu borada o‘ziga xoslikka ega. Ammo...

Shu o‘rinda bir masalaga oydinlik kiritish zarurati bor. Ya’ni gap shundaki, bugun Shahrisabz tuman va shahar sifatida ikki alohida-alohida ma’muriy boshqaruvga ajratilgan. Tabiiyki, ikkita hokimiyat shakllantirilgan. “Kesh” gazetasida rasman muassis sifatida tuman hokimligi ko‘rsatilgan bo‘lsa-da, nashr shahar hokimligiga ham begona emas.  

“Kesh” gazetasi joriy yilning birinchi yarmida atigi 2800 nusxada chop etib kelinganini va ayni paytda Shahrisabzda 350 mingdan ortiq aholi istiqomat qilishini hisobga olsak (bu ko‘rsatkich respublikamizdagi ayrim viloyatlar aholisining yarmini tashkil qiladi), hududdagi yagona nashrni har 100 kishidan biri o‘qishi oydinlashadi. Ikkinchi yarim yillikda esa gazeta adadi 1700 nusxaga tushib qolgan. Boz ustiga obuna pullari tarqatuvchi korxonalar tomonidan o‘z vaqtida o‘tkazib berilmagani tahririyat iqtisodiy ahvoliga salbiy ta’sir ko‘rsatib, bu gazeta ikki haftada bir marta chop etilishiga sabab bo‘lgan. Shu ketishda bo‘lsa, to‘rtinchi chorakka borib gazeta umuman chop etilmay qolishi ham mumkin.

Endi bir o‘ylab ko‘raylik. Ikki haftada bir marta chop etiladigan nashr bilan aholining axborotga bo‘lgan ehtiyojini qondirib bo‘ladimi? Axir, axborot makoni soat sayin, daqiqa sayin yangilanib boradi-ku. Xo‘sh, bunday holatning vujudga kelishiga sabab nima?

Kimdir “Ha endi, hamma internet saytlariga o‘tib ketdi, kerakli axborotni o‘sha yerdan oladi” deyishi mumkin. Bu borada birgina Yaponiyani olib ko‘rsak, yaponlarning 80 foizi hamon xolis axborotga bo‘lgan ehtiyojni bevosita bosma nashrlar orqali qondirar ekan. Chunki ular aynan bosma nashrlardangina aniq, to‘liq va xolis axborotlarni olish mumkin, deya hisoblashadi.

Shunday ekan, elektron nashrlarga talab qancha ko‘paymasin, bosma OAVning ham o‘z o‘quvchisi bo‘laveradi.

“Kesh” gazetasining chop etila boshlaganiga hademay 87 yil to‘ladi. Shu yillar oralig‘ida tahririyat qanchadan-qancha iqtidorli ijodkorlarga mahorat maktabi vazifasini o‘tamagan deysiz.

- Esimda, 1990-yillarning boshida sobiq “Kommunizm bayrog‘i” (hozirgi “Kesh”) gazetasini chop etish bilan bog‘liq murakkab muammo yuzaga kelgandi, - deydi mehnat faxriysi Fazliddin Hatamov. – O‘shanda ushbu gazetani saqlab qolish uchun butun jamoatchilik chin yurakdan harakat qildi. Axir “Ko‘pdan quyon qutulmas” degan naql bejiz aytilmagan. O‘shanda tuman, shahar faollarini bir joyga yig‘ib, masalaning mohiyatini va ahamiyatini tushuntirganmiz. Hamma boricha, imkoniyat darajasida gazetani qo‘llab-quvvatladi. Natijada nafaqat gazetani saqlab qoldik, balki uning adadini 13 ming nusxagacha ko‘tarishga muvaffaq bo‘lganmiz.

Xo‘sh, bugun tuman nashrini qo‘llab-quvvatlashda jamoatchilikning bir yoqadan bosh chiqarishiga nima xalal berayapti? Ma’lumotlarga ko‘ra, ayni damda Shahrisabz shahri va tumanida 9 mingga yaqin yuridik maqomga ega tashkilot bor. Ularning har biri bir donadan obuna bo‘lsa ham gazetaning tiraji ko‘tarilmaydimi? Shunda o‘z-o‘zidan gazeta davriyligi oshadi, balki haftada ikki-uch marta chop etiladigan bo‘ladi, o‘zini iqtisodiy jihatdan tutib oladi. Vaholanki, tahririyatning hozirgi binosi talabga javob bermaydi hisob. O‘tgan asrning 70-yillarida loyihasiz qurilib, keyin qarovsizlikdan tashlandiq holatga kelib qolgan binoni tahririyat tuman hokimining qarori bilan foydalanishga olib, uni o‘z mablag‘i hisobidan qayta ta’mirlagan. Bino qishda isitilmaydi, yozda esa sovitilmaydi. Qarangki, endi mana shu tashlandiq binoning ham egasi topilibdi. Shahrisabz tuman xalq ta’limi bo‘limi ma’muriyati shu joyga da’vo qilayotgan ekan.

Bunday vaziyatda gazeta faoliyatida ijobiy o‘zgarishni kutib bo‘ladimi? Shu o‘rinda yaqin tarixni esga olaylik. O‘z gastrollari bilan tuman, viloyat va respublika xizmatida bo‘lgan Qori Zokirov nomidagi xalq teatri, qator hofiz va hofizalarni respublika darajasida tanitgan “Shahrisabz maqom ansambli”, shahar xalq ta’limi bo‘limiga qarashli “Qo‘g‘irchoq teatri”, sobiq ittifoq respublikalararo kubogi sohibi, futbol bo‘yicha respublika birinchi ligasi ishtirokchisi “Hisor” futbol klubi, “Oqsaroy VIA” dastasi, xiyobon ichida joylashgan “Yoshlar markazi”, bundan tashqari, Shahrisabz boks maktabi, “Eng yaxshi kulol va kandakor”, “Eng yaxshi zargar, naqqosh va duradgor” Shahrisabz shahar va tuman ko‘rik-tanlovlari, “Kesh musavvirlar nigohida” galereyasi...

Bu ro‘yxatni yana uzoq davom ettirish mumkin va bejiz eslamadik. Aynan ular Shahrisabz dovrug‘ini dunyoga tarat(ayot)gan edi. Agar vaqtida ozgina e’tiborli bo‘lganimizda, ularning aksariyati bugun o‘z faoliyatini davom ettirayotgan bo‘lardi. Afsuski, e’tibor ham bo‘lmadi va ma’naviyatimizning shuncha xazinasi butkul tugadi.

Shundan kelib chiqsak, bugun Shahrisabz tumani va shahrining yagona  nashri bo‘lgan “Kesh” ham yaqin orada mana shu ro‘yxatga tushib qolmasmikan, degan xavotirga boradi kishi.

Albatta, ko‘p gap muassisga – tuman hokimligiga bog‘liq. Agar ular o‘z    nashri taqdiriga befarq bo‘lishmasa, albatta, gazeta ishini kuchaytirish mumkin. Bundan nafaqat tahririyat, balki hokimiyatning o‘zi ham, shuning barobarida mushtariylar ham faqat yutadi. Qolaversa, Shahrisabz bir emas, ikki hokimlik: shahar va tuman hokimligi tomonidan boshqariladi. Ko‘rinayaptiki, ega ko‘p. Unda nega nashr faoliyati rivojlanish o‘rniga orqaga qarab ketayapti? Yo ega ko‘pligi uchunmi?

Gap muassis va tahririyat haqida borarkan, viloyatdagi boshqa nashrlarda ham ahvol yaxshi emasligini ta’kidlash o‘rinli. Ayrim tuman hokimliklari muassisligidagi gazetalar bor-yo‘g‘i 400-500 nusxada chop etilayapti va ahvolni yaxshilash uchun biror chora ko‘rilmayapti. Buning sabablari xususida esa keyingi maqolalarimizda bafurja so‘z yuritamiz.

N.XO‘JAYEV

Manzilimiz


Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mustaqillik Maydoni,1
Pochta indeksi:180100
Telefon
: 0(375)221-12-88, 0(375)221-03-81
Faks
: 0(375)221-13-40
Veb-sayt
http://www.qashqadaryo.uz
Elektron pochta
Yaqin jamoat transport to`xtash joylari 
Milliy bank va Mustaqillik Maydoni bekati
Avtomashrut
1,4,5,7,10,18,20,22,23,27,
37,44,462,11,21,37,33

Hozir saytimizda

Bizning saytimizda 128 mehmonlar va ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar 0

Bosh sahifa

Qabul kunlari

A- A A+

Rahbariyatga murojaat etish

Rahbariyatga murojaat etish

Viloyat hokimligining umumiy bo'limiga murojjat etish (Yangi oynada ochiladi)

Mobil versiya

Mobil versiyaga o'tish

Bog'lanish

Ishonch telefon raqami 
0(371) 200-55-05 
Ishonch telefon raqami reglament
Yagona telefon raqami
0(375) 221-07-60 
Yagona telefon raqami reglamenti

Batafsil>>>

Biz bilan bog'lanish

Sahifa adressi

Maxsus imkoniyatlar

K'orinish

Pastda o'zingizga kerakli parametrni tanlasng
Blue Green Red Radian
Select menu
Google Font
Body Font-size
Body Font-family