wrapper

Yurtimizda yuridik shaxs tashkil etmasdan ham tadbirkorlik faoliyati bilan qonuniy shug‘ullanish mumkin. Biznes yuritishning bu shakli odatda yakka tartibdagi tadbirkorlik deb ataladi. Ushbu toifaga mansub ishbilarmon 3 nafargacha odamni ish bilan ta’minlay oladi. Olib borayotgan faoliyat turiga qarab ma’lum imtiyozlarga ega. Misol uchun, daromad keltiruvchi ish hunarmandchilikka asoslangan, tadbirkor esa tegishli uyushmaga a’zo bo‘lsa, u soliqlardan ozod etiladi. Ayni yengilliklar bois xususiy tadbirkorlikning bu shakli yurtimizda ancha ommalashdi. Viloyatimizda ham yakka tartibda faoliyat ko‘rsatuvchi ishbilarmonlar safi kengaymoqda.

 

Aytish joizki, mazkur biznes imkoniyatlari xotin-qizlar uchun ancha qulaylik tug‘dirmoqda. Ma’lum bir hunar egasi bo‘lgan ayollar tegishli tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tib, kichik hajmda bo‘lsa-da, samarali ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishmoqda. Kasbi tumanidagi yakka tartibdagi tadbirkor Iroda Boynazarova ham faoliyatini yaqinda boshlagan yoshlardan. Chevarlik mahoratini bekor asrab turishni o‘ziga ep bilmadi. Tikuv mashinalari xarid qilib, turli liboslar tayyorlashni boshlab yubordi. Yoniga bir qancha tengdoshlarini ishga oldi.

- Tikuvchilik mahsulotlariga talab doim yuqori bo‘lgan, - deydi ishbilarmon. – Ayni shu sabab barqaror ish yurita olishimiz kafolatlangan. Bugungi kunda aholi buyurtmasi asosida milliy va zamonaviy liboslar yaratishga alohida e’tibor qaratganmiz. Erkaklar uchun kostyum-shim tikishni o‘zlashtirdik. Maktab o‘quvchisi formalari tayyorlashni o‘rganganimizni yana bir yangilik sifatida aytishim mumkin. Hozirda bir oyda ichki bozorga 20 donadan ziyod tayyor mahsulot yetkazib berayapmiz. Bu biz uchun katta natija deb o‘ylayman.

Ishlab chiqarishni diversifikatsiyalamay turib, biznesda mahsuldorlikka erishish mushkul ish. Yosh tadbirkor buni ham yaxshi anglab turibdi. Shu tufayli kelgusida yangi bichim va ko‘rinishdagi liboslar tikishni ham amalga oshirish reja qilingan. Tikuvchilik mahsulotlarining muayyan yosh toifasiga mo‘ljallanganligi bo‘yicha turini yanada ko‘paytirish niyatida. Shuningdek, uyda ishsiz qolayotgan xotin-qizlarga hunar o‘rgatib, ular bilan kasanachilik asosida hamkorlik qilishni o‘ylayapti.

M.SHUHRATOV

Sobir Narziyev olgan surat.

 

Manzilimiz


Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mustaqillik Maydoni,1
Pochta indeksi:180100
Telefon
: 0(375)221-12-88, 0(375)221-03-81
Faks
: 0(375)221-13-40
Veb-sayt
http://www.qashqadaryo.uz
Elektron pochta
Yaqin jamoat transport to`xtash joylari 
Milliy bank va Mustaqillik Maydoni bekati
Avtomashrut
1,4,5,7,10,18,20,22,23,27,
37,44,462,11,21,37,33

Hozir saytimizda

Bizning saytimizda 287 mehmonlar va ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar 0

Maxsus imkoniyatlar

K'orinish

Pastda o'zingizga kerakli parametrni tanlasng
Blue Green Red Radian
Select menu
Google Font
Body Font-size
Body Font-family