wrapper

Xabaringiz bor, Prezidentimizning 2017 yil 16 noyabrdagi “Respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga kirish test sinovlarini o‘tkazish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori asosida test sinovlarini takomillashtirish, uning adolatli, xolis va shaffof o‘tishini ta’minlash choralari ko‘rilmoqda. Bu borada viloyatimizda qilinayotgan ishlar xususida Davlat test markazi viloyat bo‘limi boshlig‘i Bekzod JO‘rayev quyidagilarni gapirib berdi:

- 2017 yilda viloyatimizdagi oliy ta’lim muassasalariga 54 mingdan ziyod abituriyent hujjat topshirgan bo‘lsa, joriy yil ularning soni 60 mingdan oshishi kutilmoqda. Xususan, 11 iyul holatida  Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutida (qabul kvotasi 1 ming 550) 12 ming 575 nafar abituriyentdan hujjat qabul qilingan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Qarshi filialida 1 ming 594 nafarni tashkil qilmoqda (qabul kvotasi 290 ta). Qarshi davlat universitetiga esa 24 ming 853  nafar abituriyent hujjat topshirgan (ularning 2 ming 380 nafari talabalikka qabul qilinadi).

Test sinovlari 15 kun davomida o‘tkaziladi

- Bu yilgi asosiy yangiliklardan biri test sinovlari 1-15 avgust kunlari katta sig‘imli pavilyonlarda ta’lim yo‘nalishlari kesimida 2 smenada o‘tkazilishidir.

Viloyatdagi oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat yo‘nalishlariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlarini o‘tkazish uchun Qarshi ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati maneji hamda sport zali tanlab olindi.

Ushbu pavilyonlarda birinchi smenada ertalab soat 8-00 dan 11-00 gacha 2130 nafar va ikkinchi smenada kunduzgi soat 15-00dan 18-00gacha yana shuncha o‘g‘il-qiz, bir kunda jami 4260 nafar abituriyent test sinovlarini topshirishi rejalashtirilgan. 

Endilikda abituriyentlar talabalikka tavsiya etilgani yoki etilmagani to‘g‘risidagi natijalarni ilgarigidek 10-15 kun davomida yurak hovuchlab kutmaydi, balki test sinovi o‘tkazilgan kunning ertasiga Davlat test markazining rasmiy veb-sayti www.dtm.uz orqali bilib olishlari mumkin.

Savollar 36 tadan 30 taga kamaydi

- Joriy yil test sinovlari davomida hujjatlarni rasmiylashtirish va to‘ldirish haqidagi majburiyat va vazifalar abituriyentlarga oliy ta’lim muassasasalarining qabul komissiyalari tomonidan 15 iyundan 15 iyulga qadar hujjatlarni qabul qilish jarayonida Nizomda belgilangan tartibda tushuntiriladi. 29-31 iyul kunlari oliy ta’lim mussasalarining qabul komissiyalari tomonidan abituriyentlarga DTM ruxsatnomalari, test topshiradigan binoning reja-chizmasi va eslatma tarqatiladi. Har bir abituriyent DTM ruxsatnomalarini o‘z vaqtida olishi shart. Chunki unda test sinovlarini topshirish uchun qaysi binoga, nechanchi smenada va qaysi vaqtda kelishi yozib qo‘yiladi. Yana shuni qo‘shimcha qilish kerakki, abituriyentlarning test sinovi davomida bir-biriga xalal bermasliklari, test savollarini yechishda boshqalar yordamidan foydalanmasliklari uchun har bir o‘g‘il-qizga 2 kvadrat metr maydon ajratilgan.

Test savollari sonida ham o‘zgarishlar bor. Xususan, joriy yilda test topshiriqlari kitobidagi testlar soni har bir fandan 30 tadan, jami uchta fandan 90 ta bo‘ladi. abituriyentlarga test topshiriqlarini yechish va javoblar varaqasiga belgilashlari bilan birgalikda 90 ta testga 3 soat, 60 ta testga 2 soat va 30 ta testga 1 soat vaqt beriladi.

Tartibbuzar abituriyent test sinovlariga qo‘yilmaydi

- Abituriyentlarning test sinovlari topshiradigan kuni va smenasi uning DTM ruxsatnomasida aniq belgilangan bo‘ladi. Shuni unutmaslik kerakki, belgilangan kuni test sinovlariga kelmagan abituriyent imtihonni qaytib topshirish huquqiga ega bo‘lmaydi.

Agar abituriyentlar test sinovlari o‘tkaziladigan hududga yoki binoga kirishda mikrokalkulyator, lug‘at, jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya qurilmalari va boshqa vositalar, shpargalkalar olib kirishga harakat qilsa, olib kirgan bo‘lsa yoki ulardan test sinovlari davomida foydalansa, test materiallarini boshqa abituriyentga uzatsa yoki ularga topshiriqlarni bajarishda yordam bersa, test topshiriqlari kitobi varag‘ini yirtsa, imtihon o‘tayotgan binodan chiqsa, test sinovlari uchun ajratilgan vaqt tugaganidan so‘ng test materiallarini topshirishdan bosh tortsa, ushbu abituriyent test sinovi jarayonidan chetlashtiriladi va natijalari chiqarilmaydi. Sog