wrapper

Maxsus imkoniyatlar

Ma’lumki, hech bir sohada eng so‘nggi texnologiyalarni, innovatsiya va ilg‘or tajribalarni qo‘llamay turib, muvaffaqiyatli faoliyat yuritib bo‘lmaydi. Muhimi ana shunday qarash qishloq xo‘jaligida ham mavjud bo‘lib, innovatsion asosda sohada ishlab chiqarish mahsuldorligini oshirishga, resurs tejamkorligini ta’minlashga erishishga zamin hozirlanayapti. Xususan, agrar jabhada yuqori natijalar ko‘rsayotgan mamlakatlar bilan hamkorlik qilish, ularning boy tajribasini o‘rganib, o‘zimizda ham kengroq tatbiq etishga e’tibor kuchaytirilmoqda. Bu borada viloyatimizda qilinayotgan ishlarni ushbu sa’y-harakatlarning amaliy samarasi deyish mumkin.

 

Gap shundaki, vohamizda qishloq xo‘jaligini yanada rivojlantirish uchun chet ellik mutaxassislarni jalb qilish bo‘yicha galdagi muhim qadam tashlandi. Yaqinda viloyatimizda Koreya fermerlari federatsiyasining 17 kishidan iborat delegatsiyasi bo‘lib qaytdi. Ushbu tashrif viloyat hokimligi tashabbusi bilan amalga oshirilganini alohida qayd etish lozim. Xorijlik mehmonlar hudud agrar imkoniyatlari bilan yaqindan tanishtirildi. Ularga tarmoqning sarmoyaviy jozibadorligi yuqori ekani, vohamiz zaminida sarxil meva-sabzavot yetishtirish uchun keng imkoniyat mavjudligi haqida aniq misollar yordamida ma’lumot berildi.

Tashrif natijalari ikki tomon uchun ham manfaatli bo‘lgani ahamiyatlidir. Buning isboti o‘laroq viloyat hokimligi va Koreya fermerlar federatsiyasi o‘rtasida kelishuv imzolandi. Ushbu hujjatda mazkur yurt mutaxassislariga viloyatimizda samarali faoliyat olib borishi uchun bir qator qulayliklar yaratib berilishi ko‘zda tutildi.

Jumladan, viloyatimizda Koreya fermerlarining bevosita ishtirokida qishloq xo‘jaligi innovatsiya parki, boshqacha aytganda, o‘ziga xos klaster barpo etish belgilandi.

Tegishli loyihaga ko‘ra, mazkur innovatsiya majmuasi qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirish, seleksiya, urug‘ bilan ta’minlash, ekologik toza o‘g‘itlar ishlab chiqarish va yetkazib berish, issiqxona qurish va shunday texnologiyalarni yurtimizga olib kirish bilan shug‘ullanadi.

Bundan tashqari, koreyalik mutaxassislar meva-sabzavotni saqlash, muzlatkich qurilmalarini qurish, mahsulotni qadoqlash, standartdan o‘tkazish, sifat sertifikatsiyasini qo‘llash, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, “aqlli ferma” barpo etish bo‘yicha tajribalari bilan o‘rtoqlashadi.

Koreya fermerlari federatsiyasi“K-Farm” deya nomlanajak ushbu klasterni ishga tushirish uchun investitsiya kiritadi, obyektlarni qurish va texnik qo‘llab-quvvatlashni amalga oshiradi.

Loyihani muvaffaqiyatli ro‘yobga chiqarish maqsadida viloyat hokimligi tomonidan ham bir qancha muhim choralar ko‘rilishi nazarda tutilgan. Xususan, koreyalik hamkorlar bilan doimiy muloqot qilish uchun maxsus ishchi guruh tuziladi. Shuningdek, yer ajratish, elektr energiyasi, suv bilan ta’minlash, turli ruxsat etuvchi hujjatlarni olishda ko‘mak ko‘rsatiladi. “K-Farm” uchun zarur barcha infratuzilma yaratib beriladi.

Ma’lumotga ko‘ra, klaster uchun ajratilayotgan yer maydoni 300 gektarga yaqin bo‘ladi.

Manzilimiz


Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mustaqillik Maydoni,1
Pochta indeksi:180100
Telefon
: 0(375)221-12-88, 0(375)221-03-81
Faks
: 0(375)221-13-40
Veb-sayt
http://www.qashqadaryo.uz
Elektron pochta
Yaqin jamoat transport to`xtash joylari 
Milliy bank va Mustaqillik Maydoni bekati
Avtomashrut
1,4,5,7,10,18,20,22,23,27,
37,44,462,11,21,37,33

Hozir saytimizda

Bizning saytimizda 119 mehmonlar va ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar 0

Bosh sahifa

Qabul kunlari

A- A A+

Rahbariyatga murojaat etish

Rahbariyatga murojaat etish

Viloyat hokimligining umumiy bo'limiga murojjat etish (Yangi oynada ochiladi)

Mobil versiya

Mobil versiyaga o'tish

Bog'lanish

Ishonch telefon raqami 
0(371) 200-55-05 
Ishonch telefon raqami reglament
Yagona telefon raqami
0(375) 221-07-60 
Yagona telefon raqami reglamenti

Batafsil>>>

Biz bilan bog'lanish

Sahifa adressi

Maxsus imkoniyatlar

K'orinish

Pastda o'zingizga kerakli parametrni tanlasng
Blue Green Red Radian
Select menu
Google Font
Body Font-size
Body Font-family