wrapper

Maxsus imkoniyatlar

    Bu haqda Prezidentimizning 2018-yil 29-martdagi "Qashqadaryo viloyatida kichik sanoat zonalarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorida so‘z boradi. Ushbu hujjat vohamizdagi davlat mulki bo‘lgan va davlat ulushi mavjud xo‘jalik yurituvchi jamiyatlarning ishlab chiqarish maydonlari va obyektlaridan samarali foydalanish, investitsiyalarni faol jalb qilish uchun qulay sharoit yaratish maqsadida qabul qilindi.

Shuningdek, bundan raqobatbardosh zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlari va kichik korxonalarni rivojlantirishni yanada qo‘llab-quvvatlash, ularni muhandislik-kommunikatsiya va zarur infratuzilma tashkil etilgan alohida hududlarda joylashtirishni ta’minlash va shu asosda yangi ish o‘rinlari yaratish hamda aholining bandlik va farovonlik darajasini oshirish ko‘zlangan.

Qarorga muvofiq, viloyatimizdagi davlat mulki bo‘lgan va davlat ulushi mavjud xo‘jalik yurituvchi jamiyatlarining foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari va obyektlari negizida 7 ta hududda kichik sanoat zonasini barpo etish belgilandi. Mazkur ro‘yxatdan Qarshi (tuman "Agroservis MTP" MCHJning bino va inshootlari), Qamashi ("Qamashi paxta tozalash" AJning qurilishi tugallanmagan ip-yigiruv fabrikasi binosi), Kitob (tuman "Agroservis MTP" MCHJga qarashli bino va inshootlarning bir qismi), Muborak ("Muborak tuman savdo" MCHJ omborxona bino va inshootlari, “Muborak ishchi ta’minot” MCHJning ma’muriy va omborxona binolari), Chiroqchi ("Qashqadaryodonmahsulotlari" AJning "Ayritom don qabul qilish" maskani bino va inshootlari, “Chiroqchi paxta tozalash” AJ ga qarashli hududning bir qismi, tuman hokimligi tasarrufidagi ishlab chiqarish maydoni) tumanlari, Qarshi (shahar obodonlashtirish boshqarmasi balansidagi "Savdo bazasi" bino va inshootlari) hamda Shahrisabz (shahar hokimligi balansidagi "Guliston" MMTP bino va inshootlari) shaharlari o‘rin olgan. Tashkil etilajak kichik sanoat zonalarining jami maydoni 29,8 gektardan iborat bo‘ladi.

Ta’kidlash joizki, qarorda foydalanilmayotgan tegishli ishlab chiqarish maydonlari va davlat mulki obyektlarini belgilangan tartibda viloyat hokimligiga o‘tkazish nazarda tutilmoqda. O‘z navbatida  kichik sanoat zonasi hududidagi davlat ko‘chmas mulki tadbirkorlik subyektlariga keyinchalik mulk huquqi berilgan holda 10 yillik uzoq muddatga ijara asosida taqdim etilmoqda. Buning uchun ishbilarmonlar biznes-rejalarni bajarish, ish o‘rinlarini yaratish va saqlash, barcha turdagi soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lash shartini o‘z zimmasiga oladi. Hududdagi ko‘chmas davlat mulkidan ijara davrida foydalanish uchun ortib boradigan koeffitsiyentni qo‘llamasdan ijara to‘lovining eng kam stavkasi belgilanadi. Bunda ijaraga berilgan maydonda amalga oshirilayotgan faoliyat turi hisobga olinadi.



Qayd etish o‘rinliki, kichik sanoat zonasi ishtirokchilariga investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini ajratib berish to‘g‘risidagi qaror viloyat Erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari ma’muriy kengashi tomonidan qabul qilinadi. Ushbu kengash davlatimiz rahbarining 2017-yil 25-oktabrdagi "Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari faoliyati samaradorligini oshirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarori bilan tashkil etilgan.

Yana bir e’tiborli jihati, kichik sanoat zonasida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun O‘zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan 25 million AQSH dollari miqdoridagi kredit liniyalari ochilmoqda. Mazkur mablag‘lar import uskunalari va ularga butlovchi qismlarni xarid qilish uchun ajratilmoqda.

Prezident qaroriga asosan, viloyatimizda yangi tashkil etilayotgan kichik sanoat zonalarida muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmasini qayta tiklash ishlarining manzilli ro‘yxati ham tasdiqlandi. Ro‘yxatda muayyan davrda qilinishi lozim bo‘lgan barcha chora-tadbirlarga batafsil aniqlik kiritilgan. Bu ishlarni bajarish uchun aniq moliyalashtirish manbalari hisobidan 8 milliard so‘mdan ziyod mablag‘lar ajratilishi belgilangan.

Ahamiyatlisi, viloyat Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari ma’muriy kengashi tegishli vazirlik va idoralar, tijorat banklari bilan birgalikda kichik sanoat zonalari hududida import o‘rnini bosuvchi va eksportga yo‘naltirilgan tayyor mahsulotlar, materiallar va butlovchi buyumlar turlarini ishlab chiqarish korxonalarini joylashtirish bo‘yicha ikki oy muddatda aniq takliflar - "yo‘l xaritalari" ishlab chiqadi. Bunda viloyat iqtisodiyotining ehtiyojlari, shuningdek, mavjud mineral-xomashyo, qishloq xo‘jaligi resurslari va infratuzilma alohida inobatga olinadi. Shu maqsadda kichik sanoat zonalari hududida o‘zlashtirish uchun taklif qilinayotgan tayyor mahsulotlar, materiallar va butlovchi buyumlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar tadbirkorlik subyektlariga yetkaziladi. Qolaversa, istiqbolli loyihalarni ro‘yobga chiqarish uchun tadbirkorlik subyektlarini jalb etish, ular bilan tizimli ishlar olib borish, kichik sanoat zonalari hududida ishlab chiqarish quvvatlarini joylashtirish bo‘yicha investitsiya buyurtmanomalarini sifatli va o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, tadbirkorlik subyektlariga investitsiya loyihalarining biznes-rejalarini ishlab chiqishda ko‘maklashish ham tegishli kengash vazifalari sirasiga kiritilgan.

Ma’lumot o‘rnida aytish lozim, hozirgi kunda viloyatimizning 3 hududi - Qarshi shahri, Shahrisabz va Nishon tumanlarida kichik sanoat zonalari faoliyat ko‘rsatmoqda. Ular Birinchi Prezidentimizning 2014-yil 3-iyuldagi tegishli qaroriga asosan tashkil etilgan.

M.SHUHRATOV

Manzilimiz


Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mustaqillik Maydoni,1
Pochta indeksi:180100
Telefon
: 0(375)221-12-88, 0(375)221-03-81
Faks
: 0(375)221-13-40
Veb-sayt
http://www.qashqadaryo.uz
Elektron pochta
Yaqin jamoat transport to`xtash joylari 
Milliy bank va Mustaqillik Maydoni bekati
Avtomashrut
1,4,5,7,10,18,20,22,23,27,
37,44,462,11,21,37,33

Hozir saytimizda

Bizning saytimizda 103 mehmonlar va ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar 0

Bosh sahifa

Qabul kunlari

A- A A+

Rahbariyatga murojaat etish

Rahbariyatga murojaat etish

Viloyat hokimligining umumiy bo'limiga murojjat etish (Yangi oynada ochiladi)

Mobil versiya

Mobil versiyaga o'tish

Bog'lanish

Ishonch telefon raqami 
0(371) 200-55-05 
Ishonch telefon raqami reglament
Yagona telefon raqami
0(375) 221-07-60 
Yagona telefon raqami reglamenti

Batafsil>>>

Biz bilan bog'lanish

Sahifa adressi

Maxsus imkoniyatlar

K'orinish

Pastda o'zingizga kerakli parametrni tanlasng
Blue Green Red Radian
Select menu
Google Font
Body Font-size
Body Font-family