wrapper

Ma'lumki, ko'p kitob mutolaa qilish inson dunyoqarashini o'stiradi, zehnini charxlaydi, ma'naviyatini yuksaltiradi. Kitobga oshno kishidan esa yomonlik chiqmaydi.
Muntazam badiiy asar o'qishga odatlanish inson ruhiyati va jismoniyholatiga ham foyda. Shu ma'noda yurtimizda aholi orasida kitobxonlik madaniyatini oshirishga, kitob mutolaasini keng targ'ib qilishga ustuvor e'tibor berilmoqda. Bunda ishni avvalo ta'lim muassasalaridan boshlash maqsadga muvofiqdir. Qarshi olimpiya zaxiralari kollejida o'tkazilgan tadbir ham shu masalada bo'ldi.

Viloyathokimligi tashabbusi bilan tashkil etilgan mazkur tadbirda maktab, maktabgacha ta'lim muassasalari vakillari, oliy o'quv yurtlari talabalari, Yoshlar ittifoqi faollari, o'quvchilar hamda OAV xodimlari ishtirok etdi.
Unda ta'kidlanganidek, davlatimiz rahbarining mamlakatimizda kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirishni ko'zda tutuvchi qaror hamda farmoyishi asosida ko'lamdor ishlar amalga oshirilayapti. Turli tanlovlar o'tkazilib, badiiy va siyosiy asarlar bilimdonlari aniqlanmoqda. Kitob nashr etish va savdosini yanada rivojlantirishga, bu faoliyat bilan shug'ullanuvchilarni qo'llab-quvvatlashga keng imkoniyatlar taqdim etilmoqda.
Shunga monand, tashkil etilayotgan turli ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarda yoshlarning kitob o'qishga bo'lgan rag'batini kuchaytirish, ularning ma'nan etuk, barkamol voyaga etishiga ko'maklashish, yurtga daxldorlik tuyg'usini yuksaltirish asosiy mezon qilib olinayotir. Bu galgi tadbir doirasida Prezident sovg'asi - turli mavzulardagi asarlarni o'z ichiga olgan jamlanmalar umumiy o'rta ta'lim maktablariga tarqatildi.
- Mazkur kitoblar jamlanmasidan 92 nomdagi adabiyot joy olgan bo'lib, jami 110 ming nusxani tashkil etadi, - deydi viloyat xalq ta'limi boshqarmasi axborot xizmati boshlig'i Sevin Ochilov. – Siyosiy, ijtimoiy, badiiy, ensiklopedik mazmundagi bu kitoblar va metodik qo'llanmalar viloyatimizdagi barcha maktablar kutubxonalari ixtiyoriga berildi. Shuningdek, jajji kitobxonlarimiz uchun maxsus tayyorlangan kitoblar jamlanmasi - 50 turdagi 16 ming nusxadagi adabiyotlar 328 ta maktabgacha ta'lim muassasasiga topshirildi.

- Anchadan buyon maktabda kutubxonachi bo'lib ishlab kelaman, - deydi Yakkabog' tumanidagi 5-maktab kutubxonachisi Komila Husanova. – Yurtboshimiz ta'kidlaganlaridek, kitobsiz taraqqiyotga, yuksak ma'naviyatga erishib bo'lmaydi. Buning uchun biz, yoshi kattalar ulargahar tomonlama o'rnak bo'lib yoshlarni ommaviy ravishda kitobxonlik mashg'ulotiga targ'ib qilishimiz lozim, deb o'ylayman. Bugun bu erda prezident sovg'asi sifatida ajoyib adabiyotlar durdonasi jamlangan kitoblarni qabul qilib oldik.
Albatta, kitob eng yaxshi sovg'adir. Yoshlar ularni o'qib, cheksiz bilimlar bulog'idan bahramand bo'ladi. Kitob mutolaa qilib kamolga etgan avlod esa jamiyat rivojini belgilaydi.
Viloyatimizda bu kabi tadbirlar davom etmoqda.

Manzilimiz


Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mustaqillik Maydoni,1
Pochta indeksi:180100
Telefon
: 0(375)221-12-88, 0(375)221-03-81
Faks
: 0(375)221-13-40
Veb-sayt
http://www.qashqadaryo.uz
Elektron pochta
Yaqin jamoat transport to`xtash joylari 
Milliy bank va Mustaqillik Maydoni bekati
Avtomashrut
1,4,5,7,10,18,20,22,23,27,
37,44,462,11,21,37,33

Hozir saytimizda

Bizning saytimizda 708 mehmonlar va ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar 0

Bosh sahifa

Qabul kunlari

Rahbariyatga murojaat etish

Rahbariyatga murojaat etish

Viloyat hokimligining umumiy bo'limiga murojjat etish (Yangi oynada ochiladi)

Mobil versiya

Mobil versiyaga o'tish

Bog'lanish

Ishonch telefon raqami 
0(371) 200-55-05 
Ishonch telefon raqami reglament
Yagona telefon raqami
0(375) 221-07-60 
Yagona telefon raqami reglamenti

Batafsil>>>

Biz bilan bog'lanish

Sahifa adressi

Maxsus imkoniyatlar

K'orinish

Pastda o'zingizga kerakli parametrni tanlasng
Blue Green Red Radian
Select menu
Google Font
Body Font-size
Body Font-family