wrapper

Mamlakatimizda ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash, shu jumladan, tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug'ullanuvchi tadbirkorlik sub'ektlariga har tomonlama qulaylik yaratishga qaratilayotgan e'tibor sohaning izchil rivojlanishiga keng yo'l ochmoqda. Bu raqamlarda ham o'z ifodasini topmoqda.
Mavjud ma'lumotlarga ko'ra, 2017 yil davomida viloyat tashqi savdo aylanmasi hajmi 604 million 600 ming AQSh dollariga etgan. Uning tarkibida import tovarlar qiymati 374 million AQSh dollarini, eksportga chiqarilgan mahsulotlar ulushi esa 230 million  600 ming AQSh dollarini tashkil etdi.
Chet davlatlardan import asosida olib kelingan tovarlarning asosiy qismini xomashyo, texnologik asbob-uskunalar hamda maxsus avtotransport vositalari tashkil etgan bo'lsa, chet davlatlarga asosan polietilen granulasi, mineral o'g'itlar, suyultirilgan gaz hamda qishloq xo'jaligi mahsulotlari eksport qilingan. Eksport-import operasiyalarini amalga oshirishda “Muborak gazni qayta ishlash zavodi”, “Shurtanneftgaz”, Sho'rtan gaz-kimyo majmuasi mas'uliyati cheklangan jamiyatlari hamda “Dehqonobod kaliyli o'g'itlar zavodi” unitar korxonasi faol ishtirok etdi.
Ma'lumki, bugungi kunda hukumatimiz tomonidan tashqi iqtisodiy faoliyat qo'llab-quvvatlanayapti. Faoliyat qatnashchilariga bir qator imtiyoz va engilliklar berilmoqda. Misol uchun, o'tgan yilning 9 oyida import mahsulotlarga hisoblangan 965 milliard 690 million so'mlik bojxona to'lovlaridan 900  milliard 400 million so'miga yoki 93,24 foiziga bojxona to'lovlaridan imtiyozlar qo'llanildi. Imtiyozlar asosan investision loyihalar, mahalliylashtirish dasturi, ishlab chiqarishni modernizasiyalash, qayta ta'mirlash, texnik va texnologik jihatdan yangilashga qaratilgan dasturlar doirasida, respublikada ishlab chiqarilmaydigan texnologik asbob-uskunalar, butlovchi buyumlar, xomashyolar va materiallar importi bo'yicha qo'llanilmoqda.
Qayd etish joiz, mahsulotlarni eksport bojxona rejimiga rasmiylashtirishda amaldagi qonunchilikka ko'ra tadbirkorlar bojxona to'lovlarini to'lashdan ozod etilgan (bojxona yig'imlari bundan mustasno). Hozirgi vaqtda bojxona to'lovlaridan imtiyozlar berish nazarda tutilgan, tashqi iqtisodiy faoliyatning barcha sub'ektlariga taalluqli bo'lgan umumiy tusdagi 23 ga yaqin va faqat ayrim korxona va tashkilotlarga nisbatan tatbiq etiladigan individual tusdagi 300 dan ortiq me'yoriy-huquqiy hujjatlar amalda.

Misol uchun, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 28 yanvardagi “Mahalliy nooziq-ovqat iste'mol tovarlari ishlab chiqarish kengaytirilishini rag'batlantirish borasidagi qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi qaroriga binoan 2018 yil 1 yanvargacha bo'lgan davrda nooziq-ovqat iste'mol tovarlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalarga bojxona imtiyozlari hamda preferensiyalar berilishi ko'zda tutilgan. Xususan, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro'yxatlar bo'yicha import qilinadigan,  nooziq-ovqat iste'mol tovarlari ishlab chiqarishda foydalaniladigan asbob-uskunalar, butlovchi buyumlar, respublikada ishlab chiqarilmaydigan xomashyo hamda materiallarni bojxona to'lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yig'imlaridan   tashqari) ozod etish belgilangan. Ushbu qarorga asosan, viloyatda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub'ektlariga tegishli hisobot davrida 1 milliard 770 million so'm miqdorida bojxona to'lovlaridan imtiyoz berilgan.
Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining  2003 yil 7 iyulda “Ichki bozorni yog'och-taxta materiallari bilan to'ldirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi qarori qabul qilingan bo'lib, uning talablariga ko'ra, chetdan keltiriladigan yog'och-taxta materiallari, yog'och-taxta va yog'ochdan yasalgan buyumlarning ayrim turiga import bojxona boji va qo'shilgan qiymat solig'i to'lanmaydi. Buning samarasida hududda ushbu yo'nalishda ish olib borayotgan tadbirkorlik sub'ektlari o'tgan davrda 2 milliard 149 million 80 ming so'm miqdorida bojxona to'lovlaridan berilgan imtiyozlardan foydalandi.
Bundan tashqari, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 29 dekabrdagi “2016-2020 yillarda qishloq ho'jaligini yanada isloh qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarori shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo'jaliklarida chorva mollarini yanada ko'paytirish, shu asosda qishloq aholisining bandligi va daromadlarini, go'sht-sut mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining o'sishini oshirish hamda ichki iste'mol bozorining to'ldirilishini ta'minlash maqsadida qabul qilingan. Shunga ko'ra, 2021 yilning 1 yanvarigacha bo'lgan davrda naslchilikka ixtisoslashgan chorvachilik sub'ektlari, parrandachilik va baliqchilik xo'jaliklari, omixta em, ozuqa qo'shimchalari, veterinariya vaksinalari va preparatlari ishlab chiqaruvchi xo'jalik sub'ektlariga bir qancha engilliklar berilgan. Jumladan, ular Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro'yxatlar bo'yicha naslchilik materiallari, texnologik va yordamchi uskunalar, omixta em va ozuqa qo'shimchalarini ishlab chiqarish uchun komponentlar, shuningdek, fermer xo'jaliklari va boshqa tashkilotlar payvandtag, ko'chat va tomchilatib sug'orish uskunalarini yurtimizga olib kirishda bojxona to'lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yig'imlaridan tashqari) ozod qilinishi belgilangan. Mazkur qaror bo'yicha o'tgan yili viloyatimiz ishbilarmonlariga 4 milliard 560 million so'm miqdorida imtiyozlar qo'llanilgan.
Xulosa qilib aytganda, tadbirkorlar bu kabi imkoniyatlardan unumli foydalanib, zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish, mahsuldorlikni oshirishga qaratilgan istiqbolli loyihalarni ro'yobga chiqarish imkoniga ega bo'layapti, shu asnoda aholi bandligini ta'minlash, hudud iqtisodiyoti rivoji jadallashishiga katta hissa qo'shayotir. Ular tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar esa bozorlarimiz to'kinligini ta'minlashi bilan birga, viloyatimiz eksport salohiyati yuksalishiga ham xizmat qilmoqda.


Manzilimiz


Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mustaqillik Maydoni,1
Pochta indeksi:180100
Telefon
: 0(375)221-12-88, 0(375)221-03-81
Faks
: 0(375)221-13-40
Veb-sayt
http://www.qashqadaryo.uz
Elektron pochta
Yaqin jamoat transport to`xtash joylari 
Milliy bank va Mustaqillik Maydoni bekati
Avtomashrut
1,4,5,7,10,18,20,22,23,27,
37,44,462,11,21,37,33

Hozir saytimizda

Bizning saytimizda 270 mehmonlar va ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar 0

Maxsus imkoniyatlar

K'orinish

Pastda o'zingizga kerakli parametrni tanlasng
Blue Green Red Radian
Select menu
Google Font
Body Font-size
Body Font-family