wrapper

Shavkat MIRZIYOYEV:

 

Profilaktika inspektorlari bundan buyon ichki ishlar organlarining mahalladagi vakili emas, balki mahallaning ichki ishlar organlaridagi vakili sifatida o‘z ishini tashkil etishi kerak.

 

 

 

Ko‘rik-tanlov

 

NAMUNALI TAYANCH PUNKTI ANIQLANDI

 

Qarshi shahrida "Ichki ishlar organlarining namunali tayanch punkti" ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

 

 

Ma’lumki, mamlakatimizda profilaktika inspektorlarining mas’uliyatini oshirish, ularning o‘z vazifasini to‘laqonli ado etishi uchun barcha shart-sharoitlarni yaratib berishga katta e’tibor qaratilmoqda. Profilaktika inspektorlariga o‘zi xizmat qilayotgan mahalla hududida xizmat uylari qurib berilgani, imtiyozli kredit asosida shaxsiy avtoulovlar taqdim etilganidan ko‘zlangan maqsad ularning shu mahalla ahli bilan yaqin bo‘lishi, asosiy vaqtini shu hududda o‘tkazishini ta’minlashdir. Bu esa profilaktika inspektorining kunu tun o‘z xizmat joyida faoliyat olib borishi, mahalla faollari bilan hamkorligi mustahkamlanishi, pirovardida hududlarda jinoyat va huquqbuzarliklarning oldi olinishiga imkon bermoqda.

 

Tanlovda ana shu jihatlarga, ya’ni profilaktika inspektorining aholi va mahalla faollari bilan hamkorligi, bilimi, voyaga yetmaganlar bilan ishlash tajribasi, hududdagi ijtimoiy vaziyatga alohida e’tibor qaratildi. Ayniqsa, huquqbuzarlik va jinoyatlar sodir etilgandan so‘ng emas, uning oldini olish maqsadida samarali profilaktikani yo‘lga qo‘yishning natijadorligi o‘rganildi.

 

Yakuniy natijalarga ko‘ra, tanlovda Qarshi shahri Otchopar mahallasi hududidagi 32-sonli tayanch punkti profilaktika inspektori, kapitan Oybek Safarov birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Ikkinchi o‘rin Shahrisabz shahridagi Zingiron mahallasida joylashgan 270-sonli tayanch punkti profilaktika inspektori, kapitan  Husniddin Boysunovga nasib etgan bo‘lsa, uchinchi o‘ringa Chiroqchi tumani Suvliq mahallasidagi 357-sonli tayanch punkti profilaktika inspektori, leytenant  Ulug‘bek Rajabov munosib deb topildi.

 

Shuningdek, tanlovda "Eng fidoyi sektor rahbari", "Yoshlar va voyaga yetmaganlar bo‘yicha eng faol inspektor", "Eng faol jazoni ijro etish inspeksiyasi xodimi", "Ichki ishlar organlari boshlig‘ining yoshlar masalalari bo‘yicha eng faol o‘rinbosari", "Eng matonatli mahalla posboni" singari qator nominatsiyalar bo‘yicha ham g‘oliblar aniqlandi. Ularga maxsus diplom va sovg‘alar topshirildi.

 

Jahongir BOYMURODOV

 

* * *

 

Suratda: tadbirdan lavha.

Manzilimiz


Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mustaqillik Maydoni,1
Pochta indeksi:180100
Telefon
: 0(375)221-12-88, 0(375)221-03-81
Faks
: 0(375)221-13-40
Veb-sayt
http://www.qashqadaryo.uz
Elektron pochta
Yaqin jamoat transport to`xtash joylari 
Milliy bank va Mustaqillik Maydoni bekati
Avtomashrut
1,4,5,7,10,18,20,22,23,27,
37,44,462,11,21,37,33

Hozir saytimizda

Bizning saytimizda 68 mehmonlar va ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar 0

Bosh sahifa

Qabul kunlari

Rahbariyatga murojaat etish

Rahbariyatga murojaat etish

Viloyat hokimligining umumiy bo'limiga murojjat etish (Yangi oynada ochiladi)

Mobil versiya

Mobil versiyaga o'tish

Bog'lanish

Ishonch telefon raqami 
0(371) 200-55-05 
Ishonch telefon raqami reglament
Yagona telefon raqami
0(375) 221-07-60 
Yagona telefon raqami reglamenti

Batafsil>>>

Biz bilan bog'lanish

Sahifa adressi

Maxsus imkoniyatlar

K'orinish

Pastda o'zingizga kerakli parametrni tanlasng
Blue Green Red Radian
Select menu
Google Font
Body Font-size
Body Font-family