wrapper

Maxsus imkoniyatlar

O‘zbekiston Respublikasi o‘z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an’analari hurmat qilinishini ta’minlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi.

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 4-moddasidan.

O‘zbekiston – totuvlik va bag‘rikenglik mamlakati. Ayni e’tirof bugun dunyo minbarlarida aytilmoqda. Buning boisi shundaki, yurtimizda bag‘rikenglik muhitini, shuningdek, millatlararo va dinlararo munosabatlarni mustahkamlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri. Shunga monand 130 dan ortiq millat va elat vakillari hamfikru hammaslak bo‘lib, mustaqilligimizni yanada mustahkamlash, Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligiga munosib hissa qo‘shmoqda.

 

Bu 30-noyabr – 1-dekabr kunlari viloyatimizda “Millatlararo totuvlik va bag‘rikenglik – barqarorlik omili” shiori ostida o‘tgan tadbirlarda ham yana bir bor o‘z ifodasini topdi.

Tadbir ishtirokchilari qayd etganidek, tinchliksiz rivojlanish, rivojlanishsiz esa kelajak bo‘lmaydi. Tinchlikning muhim shartlaridan biri esa bag‘rikenglik va millatlararo totuvlikdir. Bag‘rikenglik qon-qoniga singib ketgan xalqimiz azal-azaldan turli millat vakillari bilan og‘a-inilardek, do‘st-birodar bo‘lib yashagan. Bu o‘zbekona fazilatlardan bahramand bo‘lgan koreys, nemis, turk, polyak, yunon, qrim-tatar, rus millatiga mansub kishilarning ko‘pchiligi shu elda doimiy qo‘nim topdi, xalqimizga xos do‘stona munosabatlar bois qaddini tikladi. Ular uchun O‘zbekiston haqiqiy Vatan bo‘lib qoldi.

Birgina viloyatimizni oladigan bo‘lsak, bugun bu zaminda o‘zbeklar qatorida 130 mingdan ziyod tojik, 40 mingga yaqin turkman, 20 mingdan ziyod rus, 10 mingga yaqin tatar va boshqa millatlar o‘zaro tinch-totuv, birdamlik, bahamjihatlikda umrguzaronlik qilmoqda.

Davlatimiz rahbarining joriy yil 24-yanvardagi “Respublika baynalmilal madaniyat markazining 25 yilligi munosabati bilan milliy madaniy markazlarning bir guruh faollarini mukofotlash to‘g‘risida”gi farmoniga ko‘ra, viloyat tojik milliy madaniy markazi raisi, Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti professori Abdurasul Ergashev “Do‘stlik” ordeni bilan, viloyat arab milliy madaniy markazi raisining o‘rinbosari, Mirishkor tumanidagi 20-maktab o‘qituvchisi Niyozmuhammad Panjiyev “Shuhrat” medali bilan taqdirlangani ham e’tiborga molik.

- Tojik va o‘zbeklar haqida gap ketganda, ular ikki tildagi bir xalq, degan ta’rif beriladi, - deydi Abdurasul Ergashev. – Chindan ham xalqlarimizning madaniyati, mentaliteti o‘xshash – vatanparvarlik, mehnatsevarlik, bag‘rikenglik, sabr-matonat kabi fazilatlar birdek xos. Shu yurtda ulg‘aydim, hurmat-e’tibor topdim. Barchasi uchun bag‘rikeng o‘zbek   xalqidan minnatdorman.

Ayni paytda viloyatda turkman, tatar-boshqird, rus, tojik, arab milliy-madaniy markazlari faoliyat olib bormoqda. Mamlakatimizda keng nishonlanadigan Navro‘z, Mustaqillik, Yangi yil bayramlari, Konstitutsiya qabul qilingan kun singari muhim sanalarga bag‘ishlangan ommaviy bayram tadbirlari “Sudarushka”, “Al-Arabiya”, “Quyosh”, “Alang” kabi milliy-etnografik guruhlari ishtirokisiz o‘tmaydi.

Dastlab tadbir doirasida Qarshi san’at kollejida xalq amaliy san’ati ustalari, hunarmandlar, rassomlar, milliy madaniy markazlar ishtirokida milliy totuvlikni namoyon etuvchi “Inson manfaatlari – ulug‘ qadriyat” nomli ko‘rgazma tashkil etildi.

Har bir millat boshqalarga o‘xshamagan udumlari, o‘ziga xos yashash tarzi bilan go‘zal. Demak, taraqqiy etgan davlatlarda har bir elning milliy xususiyatlariga hurmat bilan qaralishida ulkan ma’no bor.

- Arab ayollarining gizzi, xatabak, buxnak, natti kabi kiyim va taqinchoqlari qadimiy, o‘ziga xosligi bilan ko‘pchilikning e’tiborini tortadi, - deydi jeynovlik Guljamol Mirova. – Qishlog‘imizda esa arablarga xos sof milliy urf-odatlar ko‘p jihatlari bilan to‘liq saqlangan. Eng muhimi, yurtimizda milliy odatlarning to‘la saqlanishi va bardavomligini ta’minlash uchun barcha sharoit yaratilgan.

Tadbir “Yurt tinchligi, Vatan ravnaqi – oliy ne’mat” mavzusidagi ilmiy-amaliy seminar bilan davom etdi. Viloyat hokimi Zafar Ro‘ziyev, viloyat hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari Bahodir Qodirov, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Kamoliddin Ishanxodjayev do‘stlik uchrashuviga yig‘ilganlarni qutlarkan, ko‘pmillatlilik va ko‘pmadaniyatlilik – bu bizning milliy boyligimiz ekanini ta’kidlashdi.

“Millatlaro totuvlik va xalq birdamligi – mamlakat taraqqiyotining muhim omili”, “Tinchlik va totuvlik – oliy qadriyat” mavzularida ma’ruzalar tinglandi. Shu bilan birga, o‘zaro hamjihatlik va mehr-oqibat muhitini asrash, yosh avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash hamda milliy madaniy markazlar faoliyatini rivojlantirish borasidagi ishlari uchun viloyatdagi milliy madaniy markazlar faollaridan bir guruhi tashkilotchilarning esdalik   sovg‘alari bilan taqdirlandi.

“O‘zbekiston – umumiy uyimiz” nomli konsert dasturi barchaga haqiqiy bayramona kayfiyat ulashdi.

Xuddi shunday tadbirlar Dehqonobod, Mirishkor, Shahrisabz va Chiroqchi tumanlarida ham bo‘lib o‘tdi.

Manzilimiz


Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mustaqillik Maydoni,1
Pochta indeksi:180100
Telefon
: 0(375)221-12-88, 0(375)221-03-81
Faks
: 0(375)221-13-40
Veb-sayt
http://www.qashqadaryo.uz
Elektron pochta
Yaqin jamoat transport to`xtash joylari 
Milliy bank va Mustaqillik Maydoni bekati
Avtomashrut
1,4,5,7,10,18,20,22,23,27,
37,44,462,11,21,37,33

Hozir saytimizda

Bizning saytimizda 145 mehmonlar va ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar 0

Bosh sahifa

Qabul kunlari

A- A A+

Rahbariyatga murojaat etish

Rahbariyatga murojaat etish

Viloyat hokimligining umumiy bo'limiga murojjat etish (Yangi oynada ochiladi)

Mobil versiya

Mobil versiyaga o'tish

Bog'lanish

Ishonch telefon raqami 
0(371) 200-55-05 
Ishonch telefon raqami reglament
Yagona telefon raqami
0(375) 221-07-60 
Yagona telefon raqami reglamenti

Batafsil>>>

Biz bilan bog'lanish

Sahifa adressi

Maxsus imkoniyatlar

K'orinish

Pastda o'zingizga kerakli parametrni tanlasng
Blue Green Red Radian
Select menu
Google Font
Body Font-size
Body Font-family